scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OROL DENGIZI MUAMMOSINI XALQARO MIQYOSGA OLIB CHIQISHDA O'ZBEKISTONNING TARIXIY ROLI

Isroilov Xojiakbar G'ulomjon o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada Orol dengizining qurishiga sabab bo’lgan omillar va dengizning qurishi sababli yuzaga kelgan ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, ularning tarixiy sabablari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan ishlar va ushbu muammoni hal qilish istiqbollari tahlil qilinadi. Orol fojeasi nafaqat mintaqaning ekologik holatiga, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham keskin ta’sir ko‘rsatgan. Tadqiqot tavomida ilmiy xujjatlar va ilmiy maqolalar o’rganildi. Ushbu manbalar asosida Orol dengizi qurishi jarayonida SSSR siyosati, paxtachilikni majburiy rivojlantirish, suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish va ekologik nazoratning yetishmasligi kabi omillar ochib beriladi.

Full text

76 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 OROL DENGIZI MUAMMOSINI XALQARO MIQYOSGA OLIB CHIQISHDA O‘ZBEKISTONNING TARIXIY ROLI Isroilov Xojiakbar G’ulomjon o’g’li Millat Umidi Universiteti. isr[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17523928 Annotatsiya. Ushbu maqolada Orol dengizining qurishiga sabab bo’lgan omillar va dengizning qurishi sababli yuzaga kelgan ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, ularning tarixiy sabablari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan ishlar va ushbu muammoni hal qilish istiqbollari tahlil qilinadi. Orol fojeasi nafaqat mintaqaning ekologik holatiga, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham keskin ta’sir ko‘rsatgan. Tadqiqot tavomida ilmiy xujjatlar va ilmiy maqolalar o’rganildi. Ushbu manbalar asosida Orol dengizi qurishi jarayonida SSSR siyosati, paxtachilikni majburiy rivojlantirish, suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish va ekologik nazoratning yetishmasligi kabi omillar ochib beriladi. Kalit so’zlar: Orol dengizi, suv havzasi, O’zbekiston, SSSR, paxtachilik, yer unumdorligi, Orolbo’yi, mahalliy aholi, Orolqum cho’li. ИСТОРИЧЕСКАЯ РОЛЬ УЗБЕКИСТАНА В МЕЖДУНАРОДНОМ МАСШТАБЕ ПРОБЛЕМЫ АРАЛЬСКОГО МОРЯ Аннотация. В статье анализируются факторы, приведшие к высыханию Аральского моря, а также экологические и социально-экономические проблемы, возникшие в связи с высыханием моря, их исторические причины, работа, проводимая под руководством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева, и перспективы решения этой проблемы. Аральская трагедия оказала драматическое влияние не только на экологическую обстановку региона, но и на его социально-экономическое развитие. В ходе исследования изучались научные документы и статьи. На основе этих источников раскрываются такие факторы, как политика СССР в процессе высыхания Аральского моря, форсированное развитие хлопководства, нерациональное использование водных ресурсов и отсутствие экологического контроля. Ключевые слова: Аральское море, водный бассейн, Узбекистан, СССР, хлопководство, плодородие земель, Аральское море, местное население, пустыня Арал. THE HISTORICAL ROLE OF UZBEKISTAN IN THE INTERNATIONAL SCALE OF THE ARAL SEA PROBLEM Annotation. This article analyzes the factors that led to the drying up of the Aral Sea and the ecological and socio-economic problems that arose due to the drying up of the sea, their historical causes, the work being carried out under the leadership of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev, and the prospects for solving this problem. The Aral tragedy had a dramatic impact not only on the ecological situation of the region, but also on its socio-economic development. Throughout the study, scientific documents and scientific articles were studied. Based on these sources, factors such as the policy of the USSR in the process of drying up the Aral Sea, the forced development of cotton farming, improper use of water resources, and the lack of environmental control are revealed. Keywords: Aral Sea, water basin, Uzbekistan, USSR, cotton farming, land fertility, Aral Sea, local population, Aral desert. 77 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 O’zbekiston SSSR tarixida Orol dengizinig qurishi katta axamiyatga ega. 1960yillargacha Orol dengizi dunyodagi eng katta to’rtinchi ichki suv havzasi bo’lib kelgan lekin bugungi kunga kelib bu bebaho tabiat mojizasi chang, zaharli tuz va kimyoviy o’g’itlar bilan to’lgan Orolqum sahrosiga aylanib qolgan. Avval maydoni taxminan 68 ming kvadrat kilometr, uzunligi esa 428 kilometr bo’lgan bu suv havzasida hayot juda ham qaynagan, dengiz atrofida yashovchi odamlarni bu dengiz ish bilan ta’minlagan chunki u davrda baliqchilik sanoati juda ham rivojlangan bo’lib mahalliy aholi asosan baliqchilik bilan shug‘ullangan, dengiz odamlar uchun asosiy daromad manbai bo‘lgan. Mo’ynoq va Orol port shaharlida kuniga o’n ming tonnalab baliq ovlanar edi va 10 ta baliq konservalash zavodlari ishlar edi. Dengizning yana bir ahamiyatga sazovorligi shuki yuk va yo’lovchi tashishda u juda ham qo’l kelgan, odamlarning uzog’ini yaqin qilgan va yuk yetkazib berishga ketadigan vaqtni anchagina qisqartirgan. Shuningdek, Orol dengizi mintaqasining nisbatan mo‘tadil iqlimi atrofdagi hududlarda dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi uchun qulay imkoniyat yaratgan. [1] Muammoning sabablari: Ko’pchilikka ma’lumki, ilgari Amudaryo va Sirdaryodo daryolarining suvlari to’gridan to’gri kelib Orol dengiziga quyilgan. Ammo 1960-yillar o’rtasida sobiq ittifoq hukumati O’rta Osiyoda guruch, paxta va boshqa ekinlarni ko’paytirishga juda katta e’tibor qaratib irrigatsiya loyihalarini amalga oshirila boshladi. Paxtichilikni “oq oltin” sifatida rivojlantirishga esa alohida e’tibor qaratildi; natijada Amudaryo va Sirdaryoda oqayotgan suvlar meyoridan ortiqcha paxta va boshqa ekin maydonlarini sug’orish uchun yo’nalritildi va Orol dengiziga suvning yetib borishi sezilarli darajada kamaydi. [2] 1990-yilda dengizning katta qismi butunlar qurib, tubi cho’lga aylana boshladi. Kanallarning katta qismi oddiy tuproq o‘zanda qazilganligi, suvning sezilarli qismi filtratsiya va bug‘lanish natijasida yo’qolishi sababli 2005-yilga kelib Amudaryodan Orol dengiziga kelayotgan suvlar batamom kelmay qo’ydi. Natijada dengizning 55 ming km2 maydoni qurib, bepoyon quruqlikga aylandi. Bunday katta yo’qotish natijasida yangi cho’l – Orolqum cho’li paydo bo’ldi. [3] Orol dengizining qurishi mintaqa va butun dunyo uchun ko’plab salbiy o’qibatlarni keltirib chiqardi:  Ekologik oqibatlar: 20-asrdan boshlab eng jiddiy global muammolardan biri bo’lgan iqlim o’zgarishi butun dunyoda kuzatila boshladi. Markaziy Osiyo ham bu muammodan 1970yillarda anchagina zarar ko’ra boshladi; eng ko’p zarar ko’rayotgan davlatlar O’zbekiston va Turkmanistondir. Bu global muammo Orol dengizi qurishining boshlariga to’gri keladi. Natijada yoz oylari juda issiq va quruq, qish esa uzoq va sovuq bo’lib qoldi; yog’ingarchilik kamaydi; tuproq namgarchiligining yetarli bo’lmasligi sabali mintaqada hosildorlik koʻrsatkichi anchagina kamaydi. Qurigan dengiz o‘rnida 5,5 million gektardan ortiq maydonni egallagan yangi sahro – Orolqum paydo bo‘ldi. Orolqum cho’li zaharli cho’l bo’lib chang, tuz va kimyoviy o’gitlar bilan qoplangan edi. Har yili shamol yordamida shu inson salomatligi va qishloq xo’jaligi uchun zararli bo’lgan moddalar havoga ko’tarilib minglab kilometr uzoqlikka tarqalgan. Buning natijasida ko’plab davlatlarda xususan Turkmaniston, Qozog’iston, O’zbekiston, va Qirg’istonda xo’jalik mahsulotlari hosili 40%, 33%, 30% hamda 20% foizga qisqargan. [4]  Ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar: Mahalliy iqtisodiyot tanazzulga uchradi, odamlar ishsiz qoldi. Avval minglab odamlar ishlab kelayotgan baliqchilik sanoati, kanserva zavodlari, va kema tamirlash ustaxonalari butunlay ishlashni to’xtatdi (40 mingdan ortiq ish o'rinlari yo'qolgan). 78 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Orolbo’yi hududlarida yashovchi aholi ish o’rinlarining yo’qolishi, suv resusrslarini yetishmasligi, yerdagi hosildorlikning yo’qolishi, chorvachilik qiyinlashishi va xavfli kasalliklar tarqalishi sababli boshqa hududlarga ko’chib ketishga majbur bo’lishdi. [1]  Aholi salomatligining yomonlashishi: Orol dengizi hali to’liq qurib ulgurmasdan mahalliy aholi orasida turli kasalliklar ko’paya boshladi. Chunki qurigan dengiz tubidan havoga ko’tarilga tuz, chang va kimyoviy moddalar butun mintaqa bo’ylab tarqalib, inson salomatligiga o’z ta’sirini ko’rsata boshladi. Shamol orqali tarqalib, yuzlab kilometr masofaga uchgan bu zaralli moddalar nafas yo’llari kasalliklari, xususan astma va bronxit, shuningdek qizilo’ngach saratoni, buyrak va jigar kasalliklari hamda teri kasalliklari mahalliy aholi orasida avj oldirdi.  Eng achinarlisi shundaki, onalar va bolalar o’limi ko’rsatkichlari oshgan, nuqson bilan tug’ilayotgan chaqaloqlar soni yil sayin ortib borgan. [1] Go’daklar o’limi ko’rsatkichlari oshishi nafaqat O’zbekistonda balki chegaradosh davlatlar hududlarida ham ortganligi kuzatilgan [5]: Markaziy Osiyoning beshta davlati 1993-yil 4-yanvard Toshkentda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasini (OQXJ) tashkil etish to‘g‘risida tarixiy qaror qabul qilishdi va bu qaror Qizilo‘r shahrida 1993-yil 26-martda tasdiqlandi. Davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoyevning ilgari surgan ustuvor tashabbuslari OQXJ yanada faollashishiga va samaradorligini oshishiga xizmat qildi. Lekin ta’sischi davlatlar negadir 2009-yildan keyin o’z sammitlarini to’xtatib qo’yishdi va hech qancha o’tmay davlatimiz Prezidenti tashabbusi bilan yana qayta ish yurita boshladi. O’rta Osiyo davlatlari oldiga qo’ygan eng muhim vazifa bu Orol dengizi inqirozining oqibatlarini bartaraf qilish bo’yicha shaxdam qadam tashlash bo’lgan. Aholining turmush tarzini yaxshilash, mintaqada ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida O’zbekiston keng ko’lamli loyihalarni amalga oshirdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Orol dengizining qurishi natijasida paydo bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni bartaraf etishga jiddiy e’tibor qaratildi. Ta’kidlash joizki, Sh. M. Mirziyoyev tomonidan ohirgi 7 yill ichida Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish yo’lida 30 dan ziyod farmon va qarorlari qabul qilindi. Mazkur qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv va yer resurslaridan to’g’ri foydalanish, aholini ish bilan taminlash, qishloq xo’jaligi, chorvachilik hamda biznessni rivojlantirishga qaratilgan. [6] 79 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Muammoning yechimlari: Orol dengizini avvalgi holatiga qaytarish bugungi kunga kelib imkonsiz ishga aylangan. Biroq, jadal chora-tadbirlar alamga oshirish orqali bu muammoni oz bo’lsada yumshatish mumkin. Xususan, nafaqat O’zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyodagi besh davlat o’rtasida suv resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish orqali, masalan, tomchilatib sug’orishga yordam beradigan texnologiyalardan ko’proq foylanish muhim ahamiyat kasb etadi. Dengiz qurishi oqibatida paydo bo‘lgan Orolqum cho‘lining og‘ir sharoitlariga bardosh bera oladigan, kam suv talab qiluvchi daraxtlarni ekish orqali muammoni ma’lum darajada kamaytirish mumkin. Undan tashqari 1993-yil 28-martda tashkil etilgan Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) faoliyatini kuchaytirish ham muammoni yumshatish yo’lidagi muhim omil hisoblanadi. [1] Xulosa qilib aytganda, Orol dengizi fojiasi nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat uchun katta fojia bo’ldi. Uni to‘liq tiklash imkoniyati mavjud bo‘lmasa-da, mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholi hayot sifatini yaxshilash yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar kelajak avlodlar uchun sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi. Foydalanilgan manbaalar: 1. demokrat.uz, Orol dengizi fojiasi: tarix, oqibatlar va kelajak, 2025. https://demokrat.uz/2025/04/07/orol-dengizi-fojiasi-tarix-oqibatlar-va-kelajak 2. Hamidov A. H. O‘zbekiston ssrda ekologik muammolar va orol fojeasi tarixining manbashunosligi. 2025, p.3. 3. file:///C:/Users/user/Downloads/70_78_Xomidov_Abror%20(4).pdf 4. Mardiyev Sh. H. Tabiiy sharoitlarni yaxshilash, p.10. 5. https://staff.tiiame.uz/storage/users/810/presentations/gdXvO93uH6HmIKYkHEM7SJH W7zwMFSafnmOIrjge.pdf 6. Uzaqov I. E., Xamroxonova S.J., Ro’zimova M.M. Orol dengizini qurishidan kelib chiqadigan global muammolar va yechimlar. 2024, p.3. 7. file:///C:/Users/user/Downloads/orol-dengizini-qurishidan-kelib-chiqadigan-globalmuammolar-va-yechimlar.pdf 8. uz.wikipedia.org, Orol dengizi hududidagi odamlarning sogʻligidagi muammolar, 2022. 9. https://uz.wikipedia.org/wiki/Orol_dengizi_hududidagi_odamlarning_sog%CA%BBligid agi_muammolar#cite_note-11 10. senat.uz, Orol dardi – olam dardi, 2023. https://senat.uz/post/post-1303