ASOSIY VOSITALAR AMORTIZATSIYASINING AUDITI TAHLILI
Full text
339 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 ASOSIY VOSITALAR AMORTIZATSIYASINING AUDITI TAHLILI Qudratov Umidjon Komiljon O’g`li Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Tadbirkorlik va Boshqaruv fakulteti “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi 7-BH-22 guruh talabasi Tel: +998 94 624 0700 E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17525538 Annotatsiya: Ushbu tezisda asosiy vositalarni aniqlash, ularning qiymatini tekshirish va amortizatsiya usullarini o’rganish, hisob siyosatini tekshirish, audit dalillarini yig`ish, inventarizatsiya o`tkazish, ichki nazoratni baholash, amortizatsiya hisob kitobini qayta hisoblash va audit xulosasini berish haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: Asosiy vositalar, amortizatsiya, amortizatsiyalangan qiymat, inventarizatsiya, auditorlik tekshiruvi, aktivlar, auditorlik xulosasi Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy maqsadi – ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdan iboratdir. Ushbu jarayonda korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini belgilovchi eng muhim omillardan biri bu – asosiy vositalar hisoblanadi. Chunki asosiy vositalar korxonaning ishlab chiqarish quvvatini, mahsulot sifati va hajmini bevosita belgilab beradi. Asosiy vositalardan samarali foydalanish uchun ularning texnik holatini doimiy nazorat qilib borish, eskirgan qismlarni o‘z vaqtida yangilash va ularning qiymatini to‘g‘ri hisobga olish zarur. Shu nuqtai nazardan asosiy vositalar amortizatsiyasini hisoblash masalasi katta amaliy va nazariy ahamiyat kasb etadi. Amortizatsiya — bu asosiy vositalarning qiymatini ularning foydalanish muddati davomida bosqichmabosqich mahsulot tannarxiga o‘tkazish jarayonidir. To‘g‘ri tashkil etilgan amortizatsiya siyosati korxonaning moliyaviy natijalariga, foyda miqdoriga hamda kelajakdagi investitsion faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, amortizatsiyani hisoblash usullarini tanlash va ularni amaliyotga tatbiq etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. T.Toshmurodov fikricha, “Asosiy vositalarning amortizatsiyasi korxona ishlab chiqarish faoliyati jarayonida ularning qiymatini asta-sekin mahsulot tannarxiga o’tkazish jarayonidir. Bu jarayon korxonaning haqiqiy moliyaviy natijasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi” A.Mavlonov fikriga ko’ra “Amortizatsiya ajratmalari korxonaning o’z ishlab chiqarish vositalarini yangilash Manbai sifatida xizmat qiladi. Shu sababli, amortizatsiya siyosati investitision faoliyat bilan uzviy bog’liq bo’lishi kerak” O‘zbekiston Respublikasida bu jarayonni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud bo‘lib, ularga muvofiq korxonalar o‘zlarining asosiy vositalari uchun belgilangan amortizatsiya me’yorlari asosida amortizatsiya ajratmalarini amalga oshiradilar. Biroq iqtisodiyotning jadal modernizatsiyalashuvi, texnologik yangilanishlar va xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o‘tish jarayonida amortizatsiya siyosatini takomillashtirish zaruriyati tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan ushbu ishda asosiy vositalar amortizatsiyasining mohiyati, hisoblash usullari, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri va amortizatsiya hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari o‘rganiladi. Amortizatsiyalanadigan qiymat — asosiy vositaning boshlang`ich yoki moliyaviy hisobotda o`rnini bosuvchi boshqa qiymatdan tugatish qiymatining chegirilishi natijasida aniqlanadigan qiymat. Boshlang`ich qiymati, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan taʼminlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash ishlari va boshqalar bo`yicha xarajatlar summasiga oshirilgan asosiy vositalar uchun amortizatsiyalanadigan qiymat bo`lib, ushbu ishlar tugatilganidan so`ng tugatish qiymatini chiqarib tashlagan
340 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 holda mazkur asosiy vositalar foydalanishga kiritilgan paytda aniqlangan ularning qoldiq (balans) qiymati hisoblanadi. 1 Asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo`lishimiz mumkin: yer, yerni obodonlashtirish, moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish, binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, mebel va ofis jihozlari, kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, koʻp yillik va hosildor oʻsimliklar, boshqa asosiy vositalar, konservatsiya qilingan asosiy vositalar. 2 Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinganda, ular boshlangʻich qiymat boʻyicha baholanadi va hisobga olinadi. Aktiv sifatida tan olinganidan soʻng, asosiy vosita boshlangʻich yoki qayta baholangan qiymati boʻyicha hisobga olinishi lozim. Asosiy vositalarni qiymatini hisobga olishning qoʻllaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Asosiy vositalar qiymati amortizatsiya hisoblash yoʻli bilan qoplanadi. Amortizatsiyalanadigan qiymat asosiy vositalarning butun foydali xizmat muddati mobaynida tashkilot xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari koʻrinishida tizimli taqsimlanadi. Asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati toʻliq qoplangan yoki ushbu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan sanadan toʻxtatiladi. Asosiy vositalarni foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash toʻxtatilmaydi, asosiy vositalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilishga oʻtkazilgan holatlar, shuningdek ularni toʻliq toʻxtatish sharti bilan obyektni qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan taʼminlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash davri bundan mustasno. Asosiy vositalar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summalari buxgalteriya hisobida ushbu summalarni alohida schyotda jamgʻarish yoʻli bilan aks ettiriladi. 3 Asosiy vositalar amortizatsiyasining auditini o’tkazishdagi muammolardan biri bu asosiy vositalarning foydali xizmat muddati va amortizatsiya siyosatini noto‘g‘ri belgilanishida. Bugungi kunda ko‘plab korxonalarda asosiy vositalarning eskirish darajasi, texnik holati va ularning ishlab chiqarish jarayonida qay darajada foydalanilayotganligi to‘g‘ri baholanmaydi. Natijada korxonalar amortizatsiyani ortiqcha yoki yetarli bo‘lmagan miqdorda hisoblaydi, asosiy vositalarning qoldiq qiymati real holatni aks ettirmaydi, moliyaviy hisobotlarda aktivlarning qiymati asossiz ravishda yuqori yoki past ko‘rsatiladi. Xulosa: Yuqorida ko’rsatilgan muommolarni bartaraf qilish uchun esa amortizatsiya siyosatini yangilash kerak, yani korxona hisob siyosatini muntazam qayta ko‘rib chiqishi lozim, yangi texnologiyalar joriy etilganda yoki uskunalar modernizatsiya qilinganda amortizatsiya stavkasi ham o‘zgaradi, bu o‘zgarishlar buxgalteriya siyosatida rasmiy ravishda tasdiqlanib, auditor nazoratidan o‘tadi.Xalqaro standartlarga moslashtirish yani IAS 16 (Property, Plant and Equipment) talablariga muvofiq ravishda foydali xizmat muddati aktivning ishlatilish darajasiga qarab qayta baholanadi, amortizatsiya usuli (chiziqli, kamayuvchi qoldiq va boshqalar) haqiqiy foydalanish modeliga mos tanlanadi va bu yondashuv orqali korxona moliyaviy hisobotini xalqaro investorlar va auditorlar uchun ishonchli qiladi. Ichki nazorat tizimini kuchaytirish, asosiy vositalar bo‘yicha inventarizatsiya rejalari, ta’mirlash jurnali, va amortizatsiya kartochkalarini elektron shaklda yuritish zarur. Natijada esa asosiy vositalar qiymati real bo‘ladi, amortizatsiya ajratmalari adolatli 1 O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (16 – bhxs Asosiy vositalar) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 9-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3400] 2 Абдуллаев Р. Бухгалтерский учет и аудит - T.: “IQTISОD –MОLIYA”, 2010. 3 Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ni tasdiqlash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 9-avgust roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3546)
341 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 shakllanadi, korxonaning moliyaviy hisobotlari xalqaro talablarga moslashadi, soliq, investor va boshqaruv qarorlarida xatoliklar kamayadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. M.Umarova, O`.Eshboev, K.Ahmadjanov.Buxgalteriya hisobi (Taqrizchilar: I. Nurmatov – iqtisod fanlari nomzodi, professor, A. Mahkamboyev - iqtisod fanlari nomzodi, dotsent) Toshkent – “Mehnat” – 1999. Buxgalteriya hisobi. 2. TIQXMMI”-MTU, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti i.f.d. M.Sh. Mamatkulov “TIQXMMI”-MTU, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti A.Z. Tabayev ( buxgalteriya hisobi. Toshkent 2022) O’quv qo’llanma 3. www.lex.uz O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.