XOʻJALIK YURUTUVCHI SUB'YEKLARDA MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBINI OʻRGANISH
Full text
342 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 XOʻJALIK YURUTUVCHI SUB'YEKLARDA MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBINI OʻRGANISH Abduraxmonov Azamat Yahyo O’g’li Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti, 4-kurs talabasi Tel: +998 (95) 646 29 39 e-mail abduraxmonovazamat2[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17525585 Annotatsiya: Ushbu tezisda moliyaviy natijalar mohiyati, ko’rsatkichlari va hisobi, hamda ularning shakllanishi ishlatilishish tartibi, shuningdek iqtisodiy sohada qo’llanilishi haqida keltirilgan. Kalit so‘zlar: moliyaviy natijalar daromad, xarajatlar, aktivlar, passivlar,rentabellik darajasi,salbiy va ijobiy moliyaviy natijalar,foyda,zarar. Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda moliyaviy natijalar hisobini tog’ri yuritish bugungi kunda iqtisodiyotning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki korxonaning foyda yoki zarar ko‘rishi, rentabellik darajasi, moliyaviy barqarorligi bevosita moliyaviy natijalarni to‘g‘ri yuritishilishiga bog‘liq.Korxonada hisob-kitoblarda xatoliklar, ichki nazorat va audit tizimining zaiflashuvi, moliyaviy barqarorlikning buzilishi, xodimlar manfaatiga salbiy ta’sirlar kelgusida moliyaviy natijalarninig salbiy bolishiga olib keladi. Moliyaviy natijalar hisobi, daromad, xarajatlar, aktivlar, passivlar va boshqa moliyaviy o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. Bu, barcha moliyaviy faoliyatlar haqida to'liq va doimiy ma'lumotlarni taqdim etadi Moliyaviy natija – korxonaning yil davomidagi faoliyati natijasida olgan foydasi yoki ko’rgan zararini ifodalaydi. Moliyaviy natija yil oxirida aniqlanadi, chunki, korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar haqiqiy tannarxi yil oxirida aniqlanib, so’ngra sotilgan mahsulotlarning moliyaviy natijasi aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasi “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos”ga ko‘ra, moliyaviy natijalar - subyektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir, yoki boshqacha qilib aytganda, moliyaviy natijalar - bu xo‘jalik subyektining ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli mablag‘ning oshishi yoki kamayishidir. 1 Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos”da keltirilganidek, moliyaviy natijalar xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy faoliyatining eng muhim yakuniy ko‘rsatkichidir. U korxona faoliyatining samaradorligini, ya’ni foyda yoki zarar miqdorini ifodalaydi. Foyda subyekt mablag‘larining oshishini, zarar esa kamayishini bildiradi. Shu bois moliyaviy natijalar korxonaning iqtisodiy holatini, boshqaruv qarorlarining to‘g‘riligini hamda resurslardan qay darajada samarali foydalanilganini baholashda asosiy mezon sifatida xizmat qiladi. Moliyaviy natijalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin.Agar daromadlar xarajatlardan yuqori bo‘lsa, korxona foyda oladi, bu esa uning iqtisodiy barqarorligini ko‘rsatadi. Aksincha, xarajatlar daromadlardan oshib ketsa, zarar yuzaga keladi, bu esa moliyaviy boshqaruvda muammolar yoki resurslardan samarasiz foydalanish belgisi hisoblanadi. Shu bois foyda va zarar tahlili korxona rivoji hamda kelgusi strategik qarorlarni belgilashda muhim ahamiyatga ega. Xo‘jalik subyek yoki tadbirkorning olgan foydasi qancha ko‘p bo‘lsa, faoliyatini tomonlama kengaytirishga, foydani yanada oshirishga va barqaror faoliyat olib borishga xarakat qiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda aktiv va passivlar moliyaviy holatni ko‘rsatadigan eng asosiy qismlardir. Aktivlar — bu korxonaga tegishli bo‘lgan barcha mablag‘lar, ya’ni pul, binolar, uskunalar, tovarlar, debitor qarzlar va boshqa resurslardir. Ular korxonaning foyda olishiga xizmat qiladi. Passivlar esa korxonaning mablag‘lari manbalari bo‘lib, ular o‘z kapitali va majburiyatlardan (qarzlardan) iborat bo‘ladi. Oddiy qilib aytganda, aktivlar korxona nimaga ega ekanini, passivlar esa bu mablag‘lar qayerdan olinganini ko‘rsatadi. Aktiv va passivlar o‘zaro teng yani muvanatda bo‘lishi kerak, chunki bu korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi. 1 “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” (0 ‘zRAV tomoni ro‘yxatga olingan, №3530, 12. 07. 2024y.)
343 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Xulosa: Xulosa qilib aytganda, moliyaviy natijalar korxonaning kelgusida faoliyatining barqarorligi va qay darajada foyda yoki zarar olishini bildiradi.Agar korxona o’zining aktivlaridan to‘g‘ri va samarali foydalansa, daromad ortadi va moliyaviy natijasi ijobiy bo‘ladi. Shuning uchun har bir korxona o‘z aktiv va passivlarini to‘g‘ri boshqarishi, xarajatlarni nazorat qilishi va foyda olish mumkun bo’lgan qarorlarni qabul qilishi zarur. Bu esa korxonaning barqarorligi va uning rivojlanishida juda muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ–404, 2016-yil 13-aprel. 2. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos (O‘zRAV tomoni ro‘yxatga olingan, , №3530, 12. 07. 2024. 3. Buxgalteriya hisobi 1-qism: Darslik / A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev, S.A. Jumanazarov; – T.: “IqtisodMoliya”, 2020. b. 299 bet . 4. Internet saytlari. 5. https://lex.uz.