scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XOʻJALIK YURUTUVCHU SUBYEKTLAR TOVAR-MODDIY ZAHIRALARIDA KUZATILADIGAN MUAMMOLARNI O'RGANISH TAHLILARI

Abduxalimov Jonibek Rustam o'g'li

Full text

344 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 XOʻJALIK YURUTUVCHU SUBYEKTLAR TOVAR-MODDIY ZAHIRALARIDA KUZATILADIGAN MUAMMOLARNI O’RGANISH TAHLILARI Abduxalimov Jonibek Rustam o’g’li Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti "Buxgalteriya hisobi va audit" yoʻnalishi talabasi tel +998 (88) 710 16 66 E-mail: abduxalimovjoni[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17525600 Annotatsiya: Tovar-moddiy zahiralari xoʻjalik yurutuvchi subyetlarning ishlab chiqarish jarayonida ajralmas boʻgin sifatida aks etadi, hamda zahiralar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom etishi va uni samaradorligini, ishlab chiqarish hajmini ortishini proporsianal ravishda shakllantiradi. Ushbu tezisda korxonalarninig ishlab chiqarish hajmini sustlashuviga sabab boʻlayotgan joriy aktivlar (Tovar-moddiy zaxiralar) ni nuqsonlarini bartaraf etishga doir taklif va tavsiyalar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Tovar-moddiy zaxiralar, materiallar, tayyor mahsulot, samaradorlik , barqarorlik . Xo‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida tovar-moddiy zaxiralar yirik miqdordagi moliyaviy resurslar qo‘yilmasini talab etuvchi obyektlar jumlasiga kiradi va shuning uchun ular xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish yoki marketing siyosatini belgilab beradigan muhim omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ko‘pchiligi odatda ularga etarli darajada e’tibor berishmaydi va doimo mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan zaxiralar bo‘lgan ehtiyojga baho berishmaydi. Buning natijasida, ular tovarmoddiy zaxiralarga ko‘zlangan darajadan ortiqcha mablag‘lar sarflashlariga duch kelishadi 1 . Keltirilgan jumlalardan kelib chiqadigan boʻlsak tovar moddiy zahiralari koʻrxona faoilyatida asosiy daromad manbai hisoblanib ular ishlab chiqarish jarayoniga bevosita tasir koʻrsatishni nazarda tutilgan. A. Smit fikricha, “tovar-moddiy zahiralar hisobi korxona tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarni to‘liq ifoda etishi va investorlarga kutilayotgan foyda haqida to‘liq ma’lumot berishga xizmat qilishi kerak” 2 M. Xaydarov fikriga ko‘ra “Tovar-moddiy zaxiralarga tashkilotga tegishli bo‘lgan va xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan yoki bir operatsion sikl mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar kiritiladi”, degan xulosaga kelgan 3 ,deb oʻz fikirlarini yuritgan. Bizning fikrimizcha tovar moddiy zahiralari korxona faoilyatida faqat bir sikl mobaynida ishlatiladigan aktivlar emas, balki ular ishlab chiqarish malum bir muddat mobaynida ishlab chiqarish jarayonini tutib turuvchi dastak sifatida qarashimiz lozim deb oʻylaymiz. Zahiralar hisobi joriy aktivlar qatorida keltirilgan boʻlsada lekin bazi bir tovar-moddiy qiymatliklar uzoq muddatda naf keltirish uchun keltirilganiniga duch kelgamiz . Korxonalarda TMZ boʻyicha quyidagicha muamolar kuzatilmoqda va uni yuzaga kelish sabablari: Tovar-moddiy zaxiralarni va nazoratdagi muammolar ga guvoh boʻlyabmiz va bularni yuzaga kelaydigan sabablariga quyidagilar asos boladi: ➢ Omborlarda TMZni noto‘g‘ri joylashtirish yoki sharoitga rioya qilmaslik (namlik, harorat, xavfsizlik). ➢ Inventarizatsiya o‘z vaqtida o‘tkazilmasligi yoki rasmiyatchilik uchun o‘tkazilishi. ➢ Kamomad, ortiqcha, buzilish va yaroqsizlanish holatlari. ➢ Ombor hisobi bilan buxgalteriya hisobi o‘rtasida tafovutlar mavjudligi. Baholashdagi muammolar yaqoll koʻzda tutiladi. Misol uchun birinchi kelgan tavarlar foydalanmasdan saqlanib qolib ketyabdi bunga sabab baholash usullari toʻgri yoʻlga qoʻyilmaganidan dalolat boʻladi .TMZni 1 Buxgalteriya hisobi 1-qism: Darslik / A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev, S.A. Jumanazarov; – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2020. b. 299 bet 2 Sam Sedki, Abby Smith, Aissa Strickland. Differences and Similarities Between IFRS and GAAP on Inventory. Revenue Recognition and Consolidated Financial Statements. Journal of Accounting and Finance vol. 14(2) 2014 3 Xaydarov M. T. Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini yuritish tartibi. //Iqtisod va moliya. 2015. 8-son. – B. 61. 345 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 baholash usullarini (FIFO, LIFO, o‘rtacha tortilgan narx va boshqalar) noto‘g‘ri qo‘llash.Yaroqsiz yoki eskirgan zaxiralarni haqiqiy qiymatida aks ettirmaslik. Ichki nazorat sustligi. TMZ harakati bo‘yicha ichki nazorat tizimi (tasdiqlash, ruxsat berish, tekshirish) yetarli darajada tashkil etilmagan. Ombor mudiri, moddiy javobgar shaxslar faoliyati doimiy tekshirib borilmaydi. Axborot tizimlaridan to‘liq foydalanilmasligi sababli inson xatoliklari ko‘p uchraydi. Rejalashtirish va tahlildagi muammolar. TMZ zaxiralarini ortiqcha yoki yetarli darajada bo‘lmagan hajmda rejalashtirish. Aylanma koeffitsienti, saqlash muddati, xarajatlar samaradorligi bo‘yicha tahlillar yetarli darajada olib borilmasligi. Eskirgan yoki sotilmayotgan mahsulotlar kapital aylanishini sekinlashtiradi. Xulosa: Umuman olganda, hozirgi kunda koʻrxonalarda ushbu amaliy usullardan foydalanimayotgani sababli tovar-moddiy zahiralari yarqsiz holatda va shuningdek toʻgʻri baholanmaslik oqibatida ular omborda saqlanib qolib ketayotganiga guvoh boldik. Amaliyotda TMZ bilan ishlashda hisob, nazorat va tahlil sohalaridagi kamchiliklar korxonaning foydasini kamaytiradi, aylanma mablag‘larning sekin aylanishiga va xarajatlarning ortishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun TMZ bo‘yicha ichki boshqaruv tizimini takomillashtirish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Buxgalteriya hisobi 1-qism: Darslik / A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev, S.A. Jumanazarov; – T.: “IqtisodMoliya”, 2020. b. 299 bet . 2. Sam Sedki, Abby Smith, Aissa Strickland. Differences and Similarities Between IFRS and GAAP on Inventory. Revenue Recognition and Consolidated Financial Statements. Journal of Accounting and Finance vol. 14(2) 2014 3. Xaydarov M. T. Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini yuritish tartibi. //Iqtisod va moliya. 2015. 8-son. – B. 61.