scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KICHIK VA O'RTA BIZNES SUBYEKTLARI, ULARDA BUXGALTERIYA HISOBINING O'RNI

Aktamov Sardor Akram o'g'li; Misirov Komoliddin

Full text

346 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 KICHIK VA O‘RTA BIZNES SUBYEKTLARI, ULARDA BUXGALTERIYA HISOBINING O‘RNI Aktamov Sardor Akram o’g’li Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Buxgalteriya hisobi fakulketi talabasi Ilmiy rahbar:Misirov Komoliddin Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtisodiyot fаnlаri doktori, professor ORCID: 0009-0007-0298-6714 [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17525626 Annotatsiya: Ushbu maqolada, kichik va o‘rta biznes subyektlari mamlakatimiz iqtisodiyotda muhim o’rin egallaydi. Ular yangi ish o‘rinlari yaratishda, aholining daromadlarini oshirishda hamda raqobat muhitini rivojlantirishda beqiyos o‘rin tutadi. Bunday sharoitda kichik va o‘rta biznes subyektlari faoliyatini samarali tashkil etish va ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda buxgalteriya hisobining o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligigga doir ilmiy,taklif va tavsiyalar shakllantirilgan. Аннотация: В статье рассматривается важная роль малого и среднего бизнеса в экономике нашей страны. Он играет неоценимую роль в создании новых рабочих мест, повышении доходов населения и развитии конкурентной среды. В этих условиях формулируются научные предложения и рекомендации о значении бухгалтерского учета в эффективной организации деятельности субъектов малого и среднего бизнеса и обеспечении их финансовой устойчивости. Abstract: This article discusses the important role of small and medium-sized businesses in the economy of our country. They play an invaluable role in creating new jobs, increasing the income of the population, and developing a competitive environment. In such conditions, scientific proposals and recommendations are formulated on the importance of accounting in effectively organizing the activities of small and medium-sized businesses and ensuring their financial stability. Kalit so’zlar: biznes,kichik va o’rta biznes,buxgalteriya hisobi,moliyaviy hisobot. Ключевые слова: бизнес, малый и средний бизнес, бухгалтерский учет, финансовая отчетность. Keywords: business, small and medium-sized businesses, accounting, financial reporting. Kirish: Bugungi glaballashuv jarayonida kichik va o’rta biznes subyektlari mamlakat iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi vositalardan biri sifatida e’tirof e’tilmoqda.Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki,iqtisodiy barqarorlik va aholining ijtimoiy farovonligini ta’minlashda kichik biznesning roli katta hisoblanadi. Shuni aytib o’tish lozimki, yalpi ichki mahsulotida kichik biznesning ulushi yuqori bo’lgan davlatlarda ish o’rinlari ko’paymoqda,ya’ni ishsizlik yo’qolib bandlik oshib bormoqda.Aholing yashash tarzi,turmush darajasi yuqorilab borqmoqda.So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasida ham davlat tomonidan tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash,soliq imtoyozlari,kreditlar va raqamli infratuzilmani rivojlantirish orqali kichik va o’rta biznes faoliyatini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida “Kichik va oʻrta biznes subyektlariga konsultatsiya xizmatlarini koʻrsatadi va ular uchun muhandis, texnolog, dizayner, buxgalter, marketologlarni hamda boshqa malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qiladi, oʻzlari biriktirilgan tumanda 10 tadan drayver loyihalarni ishga tushirish, 5 tadan milliy brend mahsulotlarini yaratish, kichik va oʻrta biznesning ishlab chiqarish va eksport koʻrsatkichlarini 1,5 barobar oshirishga masʼul boʻlishligi” 1 - ta’kidlangan. Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi farmonida kichik va o’rta biznes subyektlarining ahamiyati va ularning rivojlantirish haqida zarur chora-tadbirlar to’g’risida so’z 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2025-y., 06/25/50/0272-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son. https://lex.uz/uz/docs/-7444738 347 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 boradi. Albatta tadbirkorlarga berilayotgan erkinliklarning natijasi sifatida tadbirkorlikning iqtisodiyotimizdagi o’rni kundan kunga kengaymoqda. Kichik va o’rta biznes sub’yektlarning samarali faoliyat yuritishi, avvalo, ularning moliyaviy resurslarini to‘g‘ri boshqarish, iqtisodiy jarayonlarni aniq hisobga olish va tahlil qilish bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu nuqtayi nazardan buxgalteriya hisobi kichik va o’rta biznes sub’yektlar uchun nafaqat qonunchilik talablarini bajarish vositasi, balki boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishonchli axborot manbai sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Bu subyektlar o’zining ichki hisobotlari orqali qonunchilikda belgilab o’tilgan soliqlar va majburiy to’lovlarni o’z vaqtida to’lashga erishishadi.Shu bilan birga, kichik va o‘rta biznes vakillari uchun buxgalteriya hisobi jarayonlarida duch kelinayotgan muammolar – malakali kadrlar yetishmasligi, texnologik infratuzilma kamchiliklari va axborot tizimlaridan samarali foydalanish masalalari ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. ADABIYOTLAR TAHLILI: O‘zbekiston olimlari tomonidan kichik va o‘rta biznes sub’yektlarida buxgalteriya hisobi masalalari bo‘yicha qator tadqiqotlar olib borilgan. Tojiyev Jаvlonbek Rustаmovich tomonidan chop etilgan “Yangi o‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash: muammolar va yechimlar” nomli maqolasida kichik va o‘rta biznesda moliyaviy menejmentning asosiy muammolari, jumladan, moliyaviy rejalashtirishda yuzaga keladigan kamchiliklar, kredit olishning cheklanganligi va daromadlarning beqarorligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada moliyaviy hisob va nazoratni tashkil etishda tadbirkorlar duch keladigan asosiy qiyinchiliklar, shuningdek, iqtisodiy omillarning kompaniyalarning moliyaviy barqarorligiga ta’siri tahlil qilinadi. 2 Ikromiddin Sirojiddinov, Akbarjon Isomuxamedov tomonidan yozilgan “Kichik biznes sub'ektlarida soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi” nomli darsligida kichik biznesda buxgalteriya hisobining iqtisodiy mohiyati, konseptual asoslari, hisob yuritishda qo‘llanadigan asosiy qoidalar, xarajatlar va zahiralar hisobi, asosiy vositalar hisobi, moliyaviy natijalarni aniqlash va moliyaviy hisobotlarni ishlab chiqish, kapital tarkibining hisobi va uning shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari xo‘jalik amaliyoti bilan bog‘langan holda yoritilgan. 3 Ergashev Olloyor tomonidan chop etilgan “Kichik biznes uchun buxgalteriya hisobi standartlarini soddalashtirish muammolari” nomli maqolasida O’zbekiston hududida kichik biznes subyektlarida buxgalteriya hisobi standartlashtirishni soddalashtirish masalalari atroflicha ko’rib chiqilmoqda.Muallifning fikriga ko’ra, O'zbekistondagi bu ijobiy o'zgarishlar kichik biznesning rivojlanishini qo'llab-quvvatlashga, ularning yuridik va buxgalteriya masalalarida yanada samarali faoliyat yuritishiga imkon yaratmoqda. Hozirda, kichik biznes sub'ektlari uchun soddalashtirilgan tizimlar nafaqat soliqlarni to'lashda, balki umumiy ish yuritishda ham ko'plab qulayliklar yaratmoqda. 4 Tadqiqot metodologiyasi: Tadqiqot metodologiyasi bo’lib,kichik va biznes subyektlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish bilan bo’g’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlarni hisobga olishdab iborat. kichik va biznes subyektlarida buxgalteriya hisobi,undagi iqtisodiy jarayonlarni qayd qilish va hisobot tuzishga doir masalalar umumlashtiriladi. Tadqiqot jarayonida statistik ma’lumotlar hamda amaliy materiallarni taqqoslash va guruhlash kabi usullardan foydalanib,xulosa va takliflar ishlab chiqildi. Tahlil va natijalar: O’zbekiston Respublikasida kichik va o’rta biznes subyektlari mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YaIMning) 50% dan ortiqroq qismini tashkil etayotganligini rasmiy statistic ma’lumotlarda ko’rishimiz 2 Tojiyev Jаvlonbek Rustаmovich. “Yangi o‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash: muammolar va yechimlar”. Innovations in Science and Technologies,4-son,2025-yil. 348-bet.https://zenodo.org/records/15350063 3 Ikromiddin Sirojiddinov, Akbarjon Isomuxamedov.” Kichik biznes sub'ektlarida soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi”/Darslik/Namangan: "Usmon Nosir media", 2022. – 116 b.. 4 Ergashev Olloyor, “Kichik biznes uchun buxgalteriya hisobi standartlarini soddalashtirish muammolari”. “Лучшие инновационные исследования”. Часть-37_ Том-4_ Январь-2025.62-65 348 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 mumkin. O’zbekiston Respuplikasi Prezidentining 19.03.2025-yildagi PF-50-sonli “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida 2025-yil quyidagi maqsadlarni belgilab qo’yilganini ko’rishimiz mumkin: 1.Kichik va o’rta biznesni yalpi ichki mahsulotdagi (YaIMdagi) hajmini 55% ga ,sanoatdagi ulushini34% ga, eksportda – 34%va aholini ish bilan ta’minlashda 75% ga yetkazishni ta’minlash; 2. Kamida 600 nafar kichik va oʻrta biznes subyektlarining yiriklashishiga koʻmaklashish va bu orqali ularni “chempion” tadbirkorlarga aylantirish; 3.Ichimlik va oqova suv, yoʻl, qurilish, kommunal xoʻjalik, utilizatsiya, migratsiya, madaniyat va ijtimoiy xizmatlarda kichik biznes ulushini kamida 2 baravarga oshirish va hk. 5 Ushbu farmonda to’liq qismida kichik va o’rta biznes korxonalariga berilayotgan imkoniyatlar,ularda yaratilayotgan shart-sharoitlar, kichik va oʻrta biznes uchun infratuzilmani yaxshilash chora-tadbirlari haqida batafsil so’z borgan. Bu qarorda belgilab o’tilgan chora-tadbirlar orqali yurtimizda biznes subyektlari yanada rivojlanishini ko’rishimiz mumkin. 1-jadval Kichik tadbirkorlik subyektlarining jami bandlikdagi ulushi (foizda) 6 Klassifikato r 2 016 2 017 2 018 2 019 2 020 2 021 2 022 2 023 O‘zbekisto n Respublikasi 7 8.2 7 8 7 6.3 7 6.2 7 4.5 7 4.5 7 3.9 7 4 Qoraqalpog ‘iston Respublikasi 7 5.1 7 5.1 7 5.6 7 4.9 7 4.2 7 4.2 7 4.1 7 4.5 Andijon viloyati 8 4.4 8 4.2 8 1.7 8 2.1 8 0.8 8 0.7 8 0.2 8 0.7 Buxoro viloyati 7 8.5 7 8.5 7 6.5 7 6.1 7 4.9 7 4.2 7 4.3 7 4.5 Jizzax viloyati 8 1.8 8 0.9 7 9 7 9.7 7 8.4 7 8.8 7 7.3 7 7.1 Qashqadary o viloyati 7 9.9 8 0 7 9 7 8.5 7 8.1 7 8.5 7 8.2 7 8.1 Navoiy viloyati 6 0.3 5 9.3 5 6.2 5 5 5 1.9 5 2.3 5 1.1 5 2.1 Namangan viloyati 8 3.3 8 3.5 8 3 8 2.8 8 1.6 8 2.2 8 1 8 0.9 Samarqand viloyati 8 4.5 8 4.5 8 3.1 8 2.8 8 1.7 8 1.5 8 0.9 8 1.1 Surxondary o viloyati 8 0.9 8 0.9 7 9.4 7 9.6 7 8.2 7 8.4 7 6.9 7 6.8 Sirdaryo viloyati 7 9.4 7 8.8 7 7.4 7 6.4 7 4.5 7 4.4 7 2.9 7 1.9 Toshkent viloyati 7 6.9 7 5.1 7 3.2 7 2.8 7 0.8 6 9.8 7 0 7 0.6 Farg‘ona viloyati 8 0.5 8 0.6 7 8.9 7 9.4 7 8.4 7 8.5 7 8.7 7 9.1 5 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2025-y., 06/25/50/0272-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son. https://lex.uz/uz/docs/-7444738 6 1-jadval www.stat.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 349 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Xorazm viloyati 8 2.8 8 2.2 8 0.6 8 0.4 7 9.3 7 9.1 7 8.1 7 8.5 Toshkent shahri 5 6.6 5 6.7 5 3.1 5 3.7 4 9.7 5 0.2 5 0 4 9.4 Davlat Statistika agentligining rasmiy saytiga ko’ra,kichik tadbirkorlik subyektlarining jami bandlikdagi ulushi 2023-yilda74% ni tashkil etganini ko’rishimiz mumkin. Bu esa 2016-yilda esa bu korsatkich 78,2 foizni tashkil etgan va bu 2023-yilga nisbatan 4,2%ga ko’pdir. Buning sabablaridan biri sifatida boshqa iqtisodiy subyektlarning roli oshib borayotganligini ko’rsatishimiz mumkin. 1-rasm. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlarining 2021-2025-yillarda soni. 7 Oʻzbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni yildan-yilga sezilarli oʻzgarishlarga duch kelmoqda. 2021-yilda kichik tadbirkorlik subyektlari soni 411,2 mingni tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilda bu koʻrsatkich 462,8 mingga yetgan. Ya’ni bir yil ichida qariyb 12,5 foizlik oʻsish qayd etilgan.(1-rasm) 2023-yilda esa eng yuqori natija kuzatilgan boʻlib, kichik tadbirkorlik subyektlari soni 523,5 mingga yetgan. Bu davrda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati, imtiyozlar va kreditlarning kengaytirilgani hamda tadbirkorlik muhitini yaxshilashga oid islohotlar o‘zining ijobiy samaralarini berganini koʻrish mumkin. Shu bilan birga, 2024-yildan boshlab keskin kamayish kuzatilmoqda. Xususan, 2024-yilda faol kichik tadbirkorlik subyektlari soni 417 080 tani tashkil etgan boʻlsa, 2025-yilda bu koʻrsatkich 358 116 tagacha pasaygan. Ushbu holat bir qator omillar bilan izohlanadi: iqtisodiy sikllarning ta’siri, ayrim kichik korxonalarning faoliyatini to‘xtatishi yoki yirik korxonalarga aylanishi, shuningdek, raqobatning kuchayishi va tashqi iqtisodiy omillarning ta’siriva boshqalar bilan. Eng asosiy sabablardan biri sifatida ularning moliyaviy nazorati to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligidadir. Kirim va chiqim hisoblaring noto’gri qo’llanishi, narx belgilashda mahsulot tannarxini to’gri hisoblamaslik.zamonaviy buxgakteriya tizimidan foydalanmaslik kabi sabablarni keltirishimiz mumkin. Xulosa va takliflar.O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik va o‘rta biznes sub’yektlari hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu bois buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish bozor ishtirokchilarining shaffofligini ta’minlash va davlat bilan o‘zaro munosabatlarini yengillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, amaldagi soliq tartibotlari kichik biznes uchun ma’lum qulayliklarni yaratgan bo‘lsa-da, ayrim hollarda hisobot topshirishdagi murakkabliklar, elektron tizimlardan foydalanishdagi texnik muammolar hamon dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Kichik korxonalarning aksariyatida malakali buxgalter mutaxassislar yetishmasligi ularning hisob-kitob jarayonida xatolarga yo‘l qo‘yishiga olib kelmoqda. Bu esa nafaqat soliq intizomiga, balki korxonaning kredit 7 1-rasm. www.stat.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 411203 462834 523556 417080 358116 0 100000 200000 300000 400000 500000 600000 2021 2022 2023 2024 2025 Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni (yillik): Soni 350 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 reytingiga ham salbiy ta’sir qiladi. Shu bois buxgalteriya hisobini yuritishda zamonaviy dasturlarni keng tatbiq etish, mutaxassislarni doimiy ravishda o‘qitish va qayta tayyorlash zarurdir. 1.Buxgalteriya dasturlarini soddalashtirish va arzonlashtirish – kichik korxonalarga mo‘ljallangan qulay onlayn hisob-kitob tizimlari yaratilsa, bu ularga vaqt va resurslarni tejash imkonini beradi. 2.Malaka oshirish dasturlarini kengaytirish – Oliy ta’lim muassasalari hamda professional tashkilotlar hamkorligida amaliy treninglar tashkil etilishi lozim. 3.Elektron hujjat aylanishini kengaytirish – hisobotlarni topshirishda inson omilini kamaytirish orqali xatoliklar soni qisqaradi. 4.Imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish – ayrim soliq va imtiyozlarning aniq mezonlari belgilansa, kichik va o‘rta biznes yanada faol rivojlanadi. Umuman olganda, kichik va o‘rta biznes sub’yektlarida buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish nafaqat davlat byudjeti tushumlarini oshiradi, balki tadbirkorlarning ishonchini kuchaytirib, mamlakat iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2025-y., 06/25/50/0272-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son. https://lex.uz/uz/docs/-7444738 2. Isroilov B.I,Xajimuradov N.Sh, Ibragimov B.Blar tomonidan yozilgan “Biznesda Buxgalteriya hisobi”, 2023-yil. Darslik.169-175-betlar 3. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuni. 4. Matmurodov, Toshpo‘lat. “Kichik va o‘rta biznesda moliyaviy risklarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” – Iqtisodiyot va ta’lim, Toshkent, 2021. 5. Isomuxamedov A.B. “Kichik biznes subyektlarida buxgaleteriya hisobida xarajatlarning moliyaviy talqini” nomli maqolas” Multidisciplinary Scientific Journal. https://t.me/Erus_uz. 2023-yil Oktabr oyidagi soni.374379-betlar. 6. Ikromiddin Sirojiddinov, Akbarjon Isomuxamedov. “Kichik biznes sub'ektlarida soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi”/Darslik/Namangan: “Usmon Nosir media”, 2022. – 116 b 7. Tojiyev Jаvlonbek Rustаmovich. “Yangi o‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash: muammolar va yechimlar”. Innovations in Science and Technologies,4son,2025-yil. 348-bet.https://zenodo.org/records/15350063. 8. Ergashev Olloyor, “Kichik biznes uchun buxgalteriya hisobi standartlarini soddalashtirish muammolari”. “Лучшие инновационные исследования”. Часть-37_ Том-4_ Январь-2025.62-65-betlar. 9. Axmedova D., Xasanov B. Kichik va o‘rta biznes sub’yektlarida buxgalteriya hisobini yuritish muammolari va ularni hal qilish yo‘llari. // O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi, 2021, №4, 55–60-betlar. 10. Normatov Sh. Kichik biznesni kreditlashda buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanish. // Bank ishi va moliya, 2023, №5, 73–79-betlar. 11. Davlat statistika qo’mitasining rasmiy sayti: www.stat.uz.