XO'JALİK YURİTUVCHİ SUBYEKTLARDA SOLİQ MAJBURİYATLARİ HİSOBİ
Full text
364 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 XO‘JALİK YURİTUVCHİ SUBYEKTLARDA SOLİQ MAJBURİYATLARİ HİSOBİ Yuldashova Farangiz Taxirovna Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti 7-BH-22 guruh talabasi Tel:+998938729599 E.mail:farangiztaxirovn[email protected] Tilovova Shahnoza Soibqiron qizi Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti 7-BH-22 guruh talabasi Tel:+998912398949 E.mail:shahnozatilovov[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17525761 Annotatsiya: Mazkur tezisda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda soliq majburiyatlarini hisobga olish jarayonida aylanmadan olinadigan soliqning amaliy jihatlari, afzalliklari hamda mavjud muammolar ilmiy asosda tahlil qilinadi. Kalit so`zlar: Aylanmadan olinadigan soliq, soliq majburiyatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, buxgalteriya hisobi, soliq tizimi, raqamlashtirish, elektron hisobot, soliq imtiyozlari, fiskal barqarorlik, soliq ma’murchiligi. Hozirgi raqamli iqtisodiyot sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda soliq majburiyatlarini to‘g‘ri va shaffof yuritish davlat moliya tizimining barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Buxgalteriya hisobining zamonaviy axborot texnologiyalari asosida avtomatlashtirilishi moliyaviy intizomni mustahkamlaydi, soliq hisobotlari aniqligini oshiradi hamda inson omiliga bog‘liq xatoliklarni kamaytiradi. Soliq majburiyatlari hisobi buxgalteriya tizimining ajralmas qismi bo‘lib, korxonalarning davlat oldidagi moliyaviy javobgarligini ifodalaydi. Bugungi kunda “e-Hisob”, “my.soliq.uz” kabi elektron platformalar soliq organlari bilan axborot almashinuvini tezlashtirmoqda. ERP tizimlari, bulutli texnologiyalar va elektron invoislar asosida hisobot yuritish esa soliqqa oid risklarni kamaytiradi. Soliq hisobining raqamlashtirilishi korxonalarda ichki nazoratni kuchaytirish bilan birga davlat soliq siyosatini samarali amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli bu yo‘nalishning o‘rganilishi ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi. Soliq majburiyatlari hisobi — bu xo‘jalik yurituvchi subyektning davlat byudjeti va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi majburiyatlarini aniqlash, hisobga olish va hisobotda aks ettirish jarayonidir. U Soliq kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun hamda Moliya vazirligi tomonidan belgilangan milliy buxgalteriya standartlariga asoslanadi. Soliq majburiyatlari tarkibiga asosan quyidagilar kiradi: -foyda solig‘i (yuridik shaxslar uchun); -qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS); -ijtimoiy soliq; -jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShODS); -mol-mulk, yer va suv soliqlari. -Aylanmadan olinadigan maxsus soliq rejimi Shu o’rinda biz xo‘jalik yurituvchi subyektlarda soliq majburiyatlari hisobini yuritishda soddalashtirilgan soliq tizimi aylanmadan olinadigan soliq bo’yicha buxgalteriya hisobini yuritishda raqamli iqtisodiyot sharoitida avtomatlashtirilgan soliq hisobotlarini shaklantirish va taqdim etishda mavjud muammolar ilmiy amaliy yechimlari to’g’risida tadqiqot olib boramiz. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar aylanmadan soliq to‘lash tartibini qo‘llashda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 461-moddasiga asosan soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard soʻmdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari 1 ushbu soliq to‘lovchilari deb e’tirof etilishi belgilangan. Shuningdek soliq kodeksining 470-moddasiga asosan Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi belgilangan bo‘lib bunda hisobot 1 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 461-moddasi
365 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 davri yakunlari boʻyicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: 1) hisobot davri yakunlari boʻyicha — hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay; 2) soliq davri yakunlari boʻyicha — soliq davridan keyingi davrning 15-fevralidan kechiktirmay. Hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha soliqni toʻlash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda majburiyatlar hisobini yuritishda soliq majburiyatlarini bajarishda va to‘g‘ri, shaffof hisob yuritish muhim omil hisoblanadi. Shu o‘rinda mazkur tezisimizda olib borayotgan tadqiqot mavzumiz doirasida majburiyatlar mazmun mohiyatini tushunish mavjud muammolarni bartaraf etish hamda oldini olishda asosiy qadam sifatida qaraladi. Majburiyat - bu xo‘jalik subyektining amalga oshirilgan harakatlari (bitimlar) natijasida shakllangan jalb qilingan mablag‘lar manbai bo‘lib, tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar yoki bajarilgan ishlar uchun kelgusi to‘lovlar uchun yuridik asos sifatida xizmat qiladi 2 . Aylanmadan olinadigan solik tulovi summasi savdo va umumiy ovkatlashni korxonalari misolidan ko‘radigan bo‘lsak olib borilgan savdo faoliyati turlari bo‘yicha ular uchun belgilangan soliq stavkasini har bir faoliyat turiga to‘g‘ri keluvchi soliq solish bazasi summasiga kupaytirish orqalq topiladi. Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi summasi yil boshidan boshlab o‘sish tartibida hisob-kitob yuritiladi. Jami hisoblangan soliq summasi va oldingi xisob-kntob summasi o‘rtasidagi farq oxirgi xisobot davriga (chorakka) to‘g‘ri keladigan soliq summasini bildiradi. Ushbu summaga buxgalteriyada quyidagi yozuv beriladi: Debet 9810 «Daromad (foyda)dan soliqlar bo‘yicha xarajatlar» Kredit 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo’yicha qarzlar”. Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovining byudjetga o‘tkazib berilishiga buxgalteriyada quyidagicha yozuv beriladi: Debet 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar” Kredit 5110 «Hisob-kitob schoti». Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda aylanmadan olinadigan soliq hisobini yuritishda hozirgi kunda uchraydigan asosiy muammolar (ayniqsa, kichik biznes segmentida) quyidagilardan iborat: Xo‘jalik yurituvchi subtektlar AOS toʻlovchilar uchun daromad chegarasi (ayni paytda (1 milliard so'm)) mavjud. Bu chegaradan ozgina oshib ketish korxonani majburan QQS va Foyda soligʻi toʻlash rejimiga oʻtkazadi, bu esa soliq yukini keskin oshirib yuborishi mumkin. Bu oʻtish davrida buxgalteriya hisobida katta murakkabliklarni keltirib chiqaradi va oqibatida chegaraga yaqin ishlaydigan korxonalar oʻsishni toʻxtatishga yoki daromadni yashirishga urinishi mumkin. Shuningdek AOS rejimida boʻlgan subyektlar uchun buxgalteriya hisobi qisman soddalashtirilgan boʻlsa-da, ularning hammasi baribir milliy buxgalteriya standartlari (MBHS) asosida toʻliq hisob yuritishga majburdir (moliyaviy hisobotni topshirish talabi bor). Kichik tadbirkorlar va yakkka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) uchun buxgalteriyani toʻliq yuritishga malakali kadr yoʻqligi yoki qimmatligi sababli hisobotlarda xatolar yuzaga keladi. Xulosa: Aylanmadan olinadigan soliq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq majburiyatlarini soddalashtirish va fiskal barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, bu soliq turini amaliyotda qo‘llashda axborot texnologiyalarini keng joriy etish, nazorat tizimlarini avtomatlashtirish va kadrlar malakasini oshirish zarur. AOS hisobini to‘g‘ri yuritish korxonalarning moliyaviy shaffofligini oshiradi, davlat byudjetiga barqaror tushumlarni ta’minlaydi hamda soliq siyosatining samaradorligini kuchaytiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. – T.: Adolat, 2024. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari: www.soliq.uz 2 A.A.Karimov, J.E.Kurbanbayev, S.A.Jumanazarov “Buxgalteriya hisob” Darslik “Iqtisod Moliya” 2019 yil 516 bet.
366 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-dekabrdagi PQ–451-sonli qarori “Soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. 4. A.A.Karimov, J.E.Kurbanbayev, S.A.Jumanazarov “Buxgalteriya hisob” Darslik “Iqtisod Moliya” 2019 yil 5. F.T.Abduvaxidov, I.N.Qo’ziyev, SH.X.Dadabayev “Buxgalteriya hisobi” 2019 yil 6. M.SH.Mamatqulov, A.Z.Tabayev “Buxgalteriya hisobi” o’quv qo’llanma 2022 yil.