XO'JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA MEHNAT HAQI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
Full text
370 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA MEHNAT HAQI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT Shukurоv Zаfаr Nаzаrоvich Denоv tаdbirkоrlik vа pedаgоgikа instituti “Mоliyа vа bаnk ishi” kаfedrаsi kаttа о‘qituvchisi. Zаfаr Shukurоv 3250@gmаil.cоm Tojiddinov Xusan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultiteti Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi IV-bosqich talabasi. Tel:+998 97 153 26 04 E-mail:tojiddinovhusa[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17525853 Annotatsiya: Ushbu tadqiqot ishida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda mehnat haqini buxgalteriya hisobiga olish va xodimga ish haqi hisoblash yo’llari uslublari va uning qonunchilik bilan bog’liqligi o’rganilgan Kalit so’zlar:mehnat haqi,vaqtbay ish haqi,ishbay ish haqi,ta’rif setkasi,ta’rif razryadi. Xalqaro amaliyotda kompaniyalar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning turli darajada belgilanishi, hisobda va hisobotda aks ettirishi, ichki nazorat yuritish va audit qilish tartiblari bir qator iqtisodiy-ijtimoiy huquqiy hujjatlar asosida olib boriladi. Kompaniyalarda xodimlarning ish vaqti, vazifalarning turli darajadaligi, hamda, noanʼanaviy xususiyatlaridan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlashning hisobini xalqaro standartlar va xorijiy tajriba asosida yuritish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Mehnatga haq toʻlash ‒ ish beruvchining qonunlarga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, jamoaviy bitimlarga va mehnat shartnomalariga muvofiq ish beruvchilarning xodimlar mehnatlari uchun haq hisoblash va toʻlashlarini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tizimidir 1 .Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlishi mumkin emas va uning eng koʻp miqdori biron-bir tarzda cheklanmaydi 2 . Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo‘lib hisoblanadilar. Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo‘shimcha holatlar (tanlovdan o‘tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bo‘lishi mumkin. Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo‘yicha, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan quyidagilar belgilanadi: − ish joyi(korxona yoki uning bo‘linmasi); − xodimning mehnat vazifasi − mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan lavozim; − ishning boshlanish kuni; − mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish muddati; − mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari. Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi. Mehnat shartnomalari: − nomuayyan muddatga; − besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga; − muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin 3 . 1 K.B.Urazov “Buxgalteriya hisobi va audit” O’quv qo’llanma. T-2024 2 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi. IX bob, 153-modda 3 Darslik / A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev, S.A. Jumanazarov; – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2020.
371 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi. Mehnat shartnomasi quyidagi sabablarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin: 1)taraflarning kelishuviga ko‘ra.Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin; 2)taraflardan birining tashabbusi bilan; 3)muddatning tugashi bilan; 4)taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra; 5)mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra. Mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida bu shartnoma ish beruvchi tomonidan korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilganda, shuningdek qonunda yo‘l qo‘yiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi mumkin. 6)yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov bo‘yicha o‘tmaganligi) yoxud saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan. Ish haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar ish bay va vaqtbay ish haqini hisoblash deb quyidagicha hisoblagan. ishbay ish haqi shaklida ishlovchi xodimga asosiy ish haqi summasi uning haqiqatda bajargan ish hajmini bir birlik ish uchun belgilangan ish haqi me„yoriga ko’paytirish yo’li bilan topiladi; vaqtbay ish haqi shaklida ishlovchi xodimga asosiy ish haqi summasi uning haqiqatda ishlagan soatlari yoki kunlari sonini bir soatlik yoki bir kunlik o’rtacha ish haqiga ko’paytirish yo’li bilan topiladi deb taqidlagan. 4 Odatda, har qanday korxonaning asosiy maqsadi foydani oshirish va xarajatlarni kamaytirish hisoblanadi. Amaliyotda esa, ayrim boshqaruv xodimlari xarajatlarni shakllantirish va kamaytirish bo’yicha to’g’ri siyosat yuritmaydi. Natijada, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat darajasi past bo'ladi. Xodimlar mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish asosi sifatida Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasidan foydalanuvchi tashkilotlar mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qoʻllanilayotgan tarif koeffitsiyentlari oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishini taʼminlasin. 5 Ish haqi xodimning malakasi, bajarayotgan ishining murakkabligi va mehnat sharoitlariga qarab ta’rif setkasi, ta’rif razriyadi va koeffitsient asosida belgilanadi. Ta’rif setkasi – bu ishchi va xizmatchilarning kasbi hamda lavozimiga qarab ularning ish haqi darajasini aniqlovchi hujjatdir. Ta’rif razriyadi – bu xodimning malaka darajasini bildiradi va ishning murakkabligi oshgani sari yuqoriroq razryad belgilanadi. Koeffitsient esa har bir razryad uchun bazaviy tarif stavkasiga nisbatan ko‘paytmani ifodalaydi. Byudjet tashkiloti xodimlarga ish haqi hisoblash(maktab o’qtuvchisi misolida) formulasi: Ish haqi= eng kam oylik ish haqi* razriyad koeffsenti * ishlagan vaqtiga Misol uchun:8-razryad uchun bazaviy tarif stavkasi — 1 271 000 so‘m, xodimning razriyadi — 8-razryad, koeffitsienti — 1,630 oylik ish vaqti — 176 soat. Ish haqi=1 271 000*1,630= 2 071 730 Xodimlarga ish haqi hisoblashda ta’rif setkasi, razriyadi va koeffitsienti asosida yondashish — bu mehnatni moddiy rag‘batlantirish tizimining eng muhim tarkibiy qismidir. Ushbu tizim xodimning kasbiy malakasi, ish murakkabligi, sifat darajasi hamda ishlab chiqarish samaradorligini hisobga olgan holda ish haqi miqdorini aniqlash imkonini beradi. 4 “XODIMLAR BILAN HISOB – KITOBLAR AUDITINI TASHKIL ETISHNING AYRIM JIHATLARI” A. N. Danilovna T-2023 5 https://lex.uz/docs/-4514781
372 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Ta’rif setkasi korxona yoki muassasa xodimlarini ularning kasb turlari va malaka darajasiga qarab tartiblash imkonini beradi. Ta’rif razriyadi esa xodimning amaliy tajribasi, ishni bajarish sifati va murakkablik darajasiga bog‘liq holda belgilanadi. Har bir razryad uchun o‘rnatilgan koeffitsientlar bazaviy tarif stavkasiga nisbatan qo‘llanilib, adolatli mehnat haqini ta’minlashga xizmat qiladi. 6 Mazkur tizimning afzalligi shundaki, u mehnat natijasini aniq me’yoriy mezonlar asosida baholash imkonini beradi. Bu esa xodimlarning kasbiy o‘sishiga, ishga bo‘lgan mas’uliyatini oshirishga, yuqori malakaga ega bo‘lishga intilishiga zamin yaratadi. Shuningdek, korxona yoki tashkilot faoliyatida samaradorlikni oshirish, mehnat unumdorligini kuchaytirish va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi 7 . Ta’rif setkasi va razryad tizimi davlat miqyosida yagona mehnat standartlarini shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. U ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida mehnat munosabatlarini tartibga soladi, mehnat haqi bo‘yicha adolatli yondashuvni ta’minlaydi va ijtimoiy tenglik tamoyillarini amalga oshiradi. Umuman olganda, ta’rif setkasi va koeffitsient asosida ish haqi hisoblash tizimi mehnat iqtisodiyotining muhim mexanizmi bo‘lib, u xodimlarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonida raqobatbardoshlikni kuchaytirish hamda jamiyatda adolatli mehnat munosabatlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi.2019-yil 12.30; 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori “Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 3. “Xodimlar bilan hisob – kitoblar auditini tashkil etishning ayrim jihatlari” A. N. Danilovna t-2023; 4. Darslik / A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev, S.A. Jumanazarov; – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2020. 5. K.B.Urazov “Buxgalteriya hisobi va audit” O’quv qo’llanma. T-2024 6. Yo’ldoshev Q.Q “ Mehnat iqtisodiyoti” Toshkent-2019 Foydalanilgan saytlar ro’yxati: 7. https://lex.uz/docs/-4514781. 6 O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi 151-modda 7 Yo’ldoshev Q.Q “ Mehnat iqtisodiyoti” Toshkent-2019