scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON BANK TIZIMIDA XALQARO MOLIYAVIY HISOBOT STANDARTLARIGA (MHXS) O'TISHNING JARAYONLARI VA MASALALARI

Munira Yusupova Chori qizi

Full text

383 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 O‘ZBEKISTON BANK TIZIMIDA XALQARO MOLIYAVIY HISOBOT STANDARTLARIGA (MHXS) O‘TISHNING JARAYONLARI VA MASALALARI Munira Yusupova Chori qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Buxgalteriya hisobi yo'nalishi 2-bosqich talabasi +998902496406 @[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17525981 Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston bank tizimida Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS)ni joriy etish jarayonlari, u bilan bog‘liq normativ, tashkiliy va texnik masalalar tahlil qilingan. MHXSga o‘tish jarayonining iqtisodiy natijalari, moliyaviy hisobotlarning shaffofligi va xalqaro solishtiruvchanlik darajasiga ta’siri xorijiy tadqiqotlar hamda mahalliy amaliy tajriba asosida o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, MHXSni to‘liq tatbiq etish O‘zbekiston bank tizimida investitsion jozibadorlikni oshirish va xalqaro ishonchni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Kalit so‘zlar: MHXS, bank tizimi, moliyaviy hisobot, xalqaro standartlar, shaffoflik, investitsiyalar. So‘nggi yillarda global moliyaviy tizimda ishonch, shaffoflik va ma’lumotlarning solishtiruvchanligini ta’minlash dolzarb masalaga aylandi. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS) ushbu maqsadlarni amalga oshirishda asosiy mexanizm sifatida e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tijorat banklari MHXSga asoslangan hisobot yuritish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tmoqda. Ushbu jarayon mamlakatda moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish hamda bank sektorining raqobatbardoshligini oshirish uchun zarur shartdir. MHXSning joriy etilishi natijasida moliyaviy hisobotlarning aniqligi va qiymatga dolzarbligi ortadi. CPA Avstraliya va Chartered Accountants Australia and New Zealand (CA ANZ) tashkilotlarining sertifikatlangan a’zosi hamda Yuksak Ta’lim Akademiyasining (FHEA) a’zosi Müller (2014) o‘z tadqiqotida shunday yozadi: “The statistical results have confirmed the initial prediction regarding the increase of consolidated statements quality (value relevance) once IFRS were adopted... IFRS adoption in Europe leads to better complying with the OECD Corporate Governance Principle of high-quality disclosure and transparency.” (p.1227) [1] Bu xulosadan kelib chiqadiki, MHXSning asosiy ustunligi — bu axborotning oshkoraligi va ishonchliligini oshirishdir. O‘zbekiston uchun bu tajriba muhim, chunki bank tizimi orqali xalqaro kapitalni jalb qilishda moliyaviy ma’lumotlarning ishonchliligi birlamchi omil hisoblanadi.MHXSning mohiyati shundaki — u hisobotni nafaqat tartibga soladi, balki uni strategik boshqaruv vositasiga aylantiradi. MHXSning iqtisodiy samarasi haqida xorijiy va o’zbek olimlari fikr bildirgan. Shulardan Avstraliyalik olim Opare (2019) tomonidan olib borilgan meta-tahlil natijalariga ko‘ra: “The findings reveal that IFRS adoption improves market liquidity, enhances information comparability and reduces firms’ cost of capital.” (p.48) [2] Bu holat MHXSning iqtisodiy samaradorligini ochib beradi: standartlashtirilgan hisobotlar orqali kompaniyalar kapitalni arzonroq jalb qilishi, bozor likvidligi va investorlar ishonchini oshirishi mumkin. O‘zbekiston bank tizimida bu ayniqsa muhim, chunki tijorat banklari xalqaro moliya bozorlarida uzoq muddatli resurslar jalb etishda ishonch faktoriga tayanadi. MHXSning iqtisodiy afzalligi shundaki, u milliy bozorni global moliyaviy makonga integratsiyalashuvini tezlashtiradi. O‘zbekiston bank tizimida MHXSga o‘tish tajribasi va muammolari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan.Ergasheva (2023) O‘zbekiston bank tizimidagi MHXSga o‘tish holatini tahlil qilib, quyidagicha yozadi: “SWOT tahlili natijalari MHXSga o‘tishning kuchli tomonlari sifatida moliyaviy hisobotlarning shaffofligi oshishi va xalqaro investorlar ishonchining ortishini aniqladi. Biroq, zaif tomonlar orasida malakali kadrlarning yetishmasligi va axborot texnologiyalari infratuzilmasining etarli darajada rivojlanmagani alohida e’tiborga molik.” (p.2–3) [3] O‘zbekiston sharoitida bu fikrlar amalda ham o‘z isbotini topmoqda. MHXSga o‘tish uchun zarur bo‘lgan IT infratuzilma va inson resurslari yetarli darajada rivojlanmagan. Bu esa 384 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirish va xalqaro auditori talablariga javob berishda qiyinchilik tug‘diradi. MHXSning muvaffaqiyatli joriy etilishi uchun uchta omil muhim: malakali kadrlar tayyorlash, texnologik modernizatsiya va milliy me’yorlarni xalqaro standartlarga moslashtirish. Xulosa:Tahlil natijalaridan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston bank tizimida MHXSga o‘tish xalqaro moliyaviy integratsiya jarayonining ajralmas qismidir. Xorijiy tajriba (Müller, 2014; Opare, 2019) MHXSning hisobot sifati va bozor samaradorligini oshirishdagi rolini ko‘rsatsa, mahalliy tahlillar (Ergasheva, 2023) bu jarayonning ichki imkoniyat va to‘siqlarini yoritadi.Shu bois, kelgusida quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borish muhim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Müller, V.O. (2014). The impact of IFRS mandatory adoption on the quality of consolidated financial statements in Europe. Procedia Economics and Finance, Vol.15, pp.1225–1230. 2. Opare, J. (2019). International Financial Reporting Standards Adoption and Its Economic Consequences. Journal of Accounting and Financial Management, Vol.5, No.3, pp.45–58. 3. Ergasheva, F. (2023). O‘zbekiston bank tizimida MHXSga o‘tishning jarayonlari va masalalari. Samarqand Iqtisodiyot Instituti ilmiy to‘plami, №4, pp.