XOʻJALIK YURUTUVCHU SUBYEKTLARDA MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI VA AUDITI JARAYONI TAXLILINI OʻRGANISH
Full text
388 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 XOʻJALIK YURUTUVCHU SUBYEKTLARDA MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI VA AUDITI JARAYONI TAXLILINI OʻRGANISH. Nazarov Nodir Nazirjon o’g’li Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti "Buxgalteriya hisobi va audit" yoʻnalishi talabasi tel +998 (94) 009 11 95 E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17526017 Annotatsiya: Xoʻjalik yurutuvchi subyektlarning asosiy hamda qoʻshimcha faoilyatdan olinadigan daromadlari yoki soliq hisobotlari koxrxonaning moliyaviy natijalar toʻgrisidagi hisobotida aks ettiriladi. Moliya natijalari auditi nafaqat tashkilotning ichki nazorat tizimini yaxshilashga xizmat qiladi, balki investorlar va boshqa manfaatdor tomonlarga ishonchli ma'lumotlarni taqdim etadi. Tadqiqot moliyaviy natijalar auditining ixtiyoriy auditdan qanday farq qilishini o'rganadi, ularni tartibga soluvchi huquqiy va me'yoriy bazalarni ta'kidlaydi. Unda moliyaviy shaffoflikni ta’minlash, qonun hujjatlariga rioya etish va manfaatdor tomonlar manfaatlarini himoya qilishda moliyaviy natijalar auditning o‘rni alohida ta’kidlangan. Tadqiqot shuningdek, auditorlarning ushbu auditlarni samarali o'tkazishi uchun zarur bo'lgan kasbiy mahorat va malakalarni o'rganadi. Kalit so`zlar: Moliya natijalari auditi, mustaqillik, shaffoflik, sistematik yondashuv, risklarni baholash, axborot texnologiyalari. Umuman olganda hozirgi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatining moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan natijalarni baholash masalalariga yangicha, zamonaviy yondashuv uslublari juda ham zarur. Ushbu maqolaning maqsadi moliyaviy natijalar hisobotining ketma-ketlik asosida bajariladigan ishlarini, ya’ni uni rejalashtirishdan toki auditorlik hisobot tuzish va auditorlik xulosani rasmiylashtirishgacha bo’lgan auditorlik amallarini bajarishga yordam beradi. Bundan tashqari, moliyaviy natijalar auditining tekshiruv o’tkazish texnikasi va usuli bo’yicha olgan bilimlarini yanada kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Moliya natijalari auditi — tashkilotning moliyaviy hisobotlarini, ularning to'g'riligini hamda moliyaviy faoliyatini baholash jarayonidir. Bu audit turi tashkilotning moliyaviy ma'lumotlarining ishonchliligini ta'minlash, ichki nazorat tizimini baholash va moliyaviy rejalarni ishlab chiqishda yordam berish maqsadida amalga oshiriladi. Moliya natijalari auditi tashkilotlar uchun muhim ahamiyatga ega, chunki bu jarayon orqali ular o'z moliyaviy holatini tahlil qilib, kelajakdagi rivojlanish strategiyalarini belgilashlari mumkin 1 . Xorijlik iqtisodchi olim T.Yu. Druzhilovskaya fikriga ko’ra “MHXS tizimida moliyaviy hisobotning kontseptual asoslari buxgalteriya tizimida moliyaviy hisobot tamoyillari uchun o’ziga xos yo’riqnoma sifatida tanlangani bejiz emas. Darhaqiqat, Rossiya Federatsiyasi Hukumatining qarorlariga muvofiq, barcha ichki buxgalteriya hisobi xalqaro standartlar qoidalariga mos kelishi asosida isloh qilinmoqda va shuni e'tirof etish kerakki, “Rossiyaning bozor iqtisodiyotida buxgalteriya hisobi kontseptsiyasi” o'sha davrda MHXS tizimida amalda bo'lgan "Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning kontseptual asoslari” ga asosan yaqin edi deb” ta’kidlaydi 2 . Iqtisodchi olima Sh.Ergasheva fikricha, moliyaviy hisobotning konseptual asoslari (ingliz tilidan “Conceptual Framework for financial reporting yoki shunchaki 'IFRS Framework”) barcha MHXS standartlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. MHXSning konseptual asoslari o‘z-o‘zidan standart emas, lekin u moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha ba’zi tavsiyalarni o‘z ichiga olgan holda juda muhimdir. Konseptual asoslardagi o‘zgarishlar bironta standart muayyan operatsiya yoki voqea uchun qo‘llanmasligi vaziyatlarida MHXS qo‘llashga ta’sir qilishi mumkin deb ta’kidlaydi 3 . 1 Quziyev I.N. Auditorlik xisobotlarini tuzish va ularni umumlashtirish nazaryasi va metodologik masalalar. Monografiya. –T “Iqtisod-Moliya”, 2015 yil 2 Т.Ю. Дружиловская / Международный бухгалтерский учет, 2017, т. 20, вып. 10, стр. 596–610 http://finizdat.ru/journal/interbuh//. 3 Ergasheva Sh.T., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Ibragimova I.R. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDIU, 2019. – 227 b.
389 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Ilmiy nuqtai nazardan, Druzhilovskaya va Ergasheva fikrlari O‘zbekiston uchun amaliy jihatdan dolzarb va ijobiy yo‘nalish ko‘rsatadi, chunki ularning asosiy g‘oyasi – buxgalteriya tizimini MHXS konseptual asoslariga yaqinlashtirish – mamlakatimizda ham amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatiga mos keladi. Ammo, MHXS konseptual asoslarini to‘liq joriy etishdan oldin, quyidagi shartlar bajarilishi lozim: ➢ Buxgalterlarning malakasini oshirish va xalqaro sertifikatlash tizimini kengaytirish. ➢ Milliy normativ hujjatlarni MHXSga moslashtirish. ➢ Kichik korxonalar uchun soddalashtirilgan MHXS (IFRS for SMEs) tizimini keng joriy etish. ➢ Axborot texnologiyalari asosida buxgalteriya tizimini modernizatsiya qilish. Moliya natijalari auditi — bu tashkilotning moliya hisobotlari va operatsiyalarining aniqligini va ishonchliligini ta'minlash uchun o'tkaziladigan mustaqil tekshiruvdir. Ushbu auditorlik jarayoni quyidagi asosiy maqsadlarni ko'zlaydi: 1. Ishonchlilikni ta'minlash: Tashkilotning moliya hisobotlari aniq va to'liq ekanligini tasdiqlash. 2. Ichki nazorat tizimini baholash: Tashkilot ichidagi nazorat mexanizmlarining samaradorligini tahlil qilish. 3. Normativ hujjatlarga muvofiqlik: Davlat qonunlari va xalqaro standartlarga amal qilinishini tekshirish. 4. Moliyaviy ko'rsatkichlarni tahlil qilish: Tashkilotning moliya ko'rsatkichlarini o'rganib chiqish va ularning samaradorligini baholash. Moliya natijalari auditi, tashkilotlarni moliyaviy hisobotlarining aniqligi va ishonchliligini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladigan muhim jarayondir. Ushbu tezisda moliya natijalari auditining asosiy xususiyatlari, uning ahamiyati va o'ziga xos jihatlari ko'rib chiqiladi. Audit jarayoni, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishda muhim rol o'ynaydi 4 . Xulosa Umuman olganda, Moliya natijalari auditi — bu har qanday tashkilot uchun zarur bo'lgan jarayon bo'lib, u nafaqat moliya hisobotlarini yaxshilaydi balki ichki nazorat mexanizmlarini mustahkamlaydi hamda kelajakdagi muvaffaqiyatli rivojlanishni ta'minlaydi. Bunday audit orqali tashkilot o'z faoliyatini yanada samarali olib borishi mumkinligini anglaydi va investorlar hamdamanfaatdor tomonlarga ishonchli axborotni taqdim etishi mumkin bo'ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ergasheva Sh.T., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Ibragimova I.R. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDIU, 2019. – 227 b. 2. Quziyev I.N. Auditorlik xisobotlarini tuzish va ularni umumlashtirish nazaryasi va metodologik masalalar. Monografiya. –T “Iqtisod-Moliya”, 2015 yil. 3. Т.Ю. Дружиловская / Международный бухгалтерский учет, 2017, т. 20, вып. 10, стр. 596–610 http://fin-izdat.ru/journal/interbuh//. 4. Abdumannonovna, T. D. (2024). Methods of Obtaining Audit Evidence. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 3(2), 221-226. 4 Abdumannonovna, T. D. (2024). Methods of Obtaining Audit Evidence. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 3(2), 221-226.