scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ESHQOBIL SHUKUR SHE'RIYATINING VAZN XUSUSIYATLARI

Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi

Abstract

Mazkur maqolada iste’dodli shoir Eshqobil Shukur lirikasining vazn xususiyatlari tadqiq etilgan. Maqola davomida shoirning “Hamal ayvoni”, “Sochlari sumbul-sumbul” to‘plamlaridan o‘rin olgan she’rlari tahlil qilingan bo‘lib ijodkorning janr qo‘llash mahorati ochib berilgan.

Full text

595 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 ESHQOBIL SHUKUR SHE’RIYATINING VAZN XUSUSIYATLARI Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.17526148 Annotatsiya. Mazkur maqolada iste’dodli shoir Eshqobil Shukur lirikasining vazn xususiyatlari tadqiq etilgan. Maqola davomida shoirning “Hamal ayvoni”, “Sochlari sumbulsumbul” to‘plamlaridan o‘rin olgan she’rlari tahlil qilingan bo‘lib ijodkorning janr qo‘llash mahorati ochib berilgan. Kalit so‘zlar: janr xususiyatlari, “Hamal ayvoni”, “Sochlari sumbul-sumbul”, ijodkor mahorati, so‘z qo‘llash uslubi. Abstract. This article examines the genre characteristics of the lyric of the talented poet Eshqabil Shukur. In the course of the article, the poet's poems from the collections "Hamal's Porch" and "Sochlari sumbul-sumbul" were analyzed and the artist's ability to use genres was revealed. Key words: genre features, "Hamal ayvoni", "Sochlari sumbul-sumbul", creative skill, style of using words. Аннотация. В данной статье изучаются жанровые особенности лирики талантливого поэта Эшкабила Шукура. В ходе статьи были проанализированы стихотворения поэта из сборников «Хамал айвони» и «Сочлари сумбул-сумбул» и выявлено умение художника использовать жанры. Ключевые слова: жанровые особенности, «Хамал айвони» и «Сочлари сумбулсумбул», творческое мастерство, стиль употребления слов. Qushning ikki qanoti boʻlgani kabi badiiy asar ham ikki qanot – mazmun va shakl birligiga ega. Ular doimo bir-birini taqazo qiladi. Chuqurroq olib qaralganda “Shakl badiiy asar mazmunining “libosi”dir. Uning mazmunini tushunish shu “libos” bilan tanishuvdan boshlanadi. Adabiy asarning shakli undagi mazmunning “yashash usuli”dir. Mazmun shaklsiz yashashi mumkin emas” 1 . “…shakl badiiy asarning qobigʻidir, u ham eng kichik zarralarigacha yaratilishini nazarda tutsak, badiiy asarning goʻzal va betakror “libosi”dir, degan xulosa haqqoniydir” 2 . Adabiyotshunos Dilmurod Quronov mazmun va shakl birligini quyidagicha izohlaydi: “Voqelikda mavjud narsalarning bari oʻzining tashqi koʻrinishi (shakli) va shu shakl orqali anglashilayotgan mohiyatiga (mazmun) ega. Shu bois ham “shakl’ va “mazmun” kategoriyalari umumfalsafiy xarakterga ega boʻlib, ular voqelikni (narsani) idrok qilishda muhim ahamiyatga molik ilmiy abstraksiyalar sanaladi. Abstraksiya deyishimizning boisi shuki, shakl va mazmun qabilidagi boʻlinish shartli, negaki ular - yaxlit bir narsada har vaqt birlikda mavjud boʻlgan va bir-birini taqozo etadigan ikki tomon. Zero, shakl narsaning biz bevosita koʻrib turgan, his qilayotgan tomoni boʻlsa, ayni shu shakl bizga o ʻsha narsaning nima ekanligini – mazmunmohiyatini anglatadi…” 3 . Yana bir adabiyotshunos olim Hotam Umurov “Shuni doimo yodda tutish lozim: mazmunga nisbatan shakl ikkilamchidir, mazmundan kelib chiquvchidir, ayni paytda, judayam faoldir. Faolligi shundaki, u mazmunni, o‘zida voqelik mohiyatini kashf etgan mazmunni 1 Султон Иззат. Адабиёт назарияси. Т., Ўқитувчи нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2005. –Б 143. 2 Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. –T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004. 103-bet. 3 Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. –T.: «Fan» nashriyoti, 2007. 86-bet. 596 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 go‘zallashtiradi, tiniq va betakrorligi bilan maftunkor qiladi, yoniqligi, ohanraboligi bilan zavqu shavqqa ko‘madi… ” 4 . – degan fikrni ilgari suradi. Davr o’tishi, ijodkor psixologiyasi va qalami sayqallana borishi bilan, albatta, shakliy tadrij yuzaga keladi hamda takomillashib boradi. O’z navbatida bu jarayon asar mazmunini ham boyitib boradi. Iste’dodli shoir Eshqobil Shukur she’rlarida ham aynan shu holatni kuzatish mumkin. Ijodkorning ilk mashqlari asosan barmoq vaznining to’rtlik shaklidan tashkil topgan bo’lsa, keyinchalik masnaviy, musabba, muxammas kabi turli shakllarning go’zal na’munalari va janrlar xilma-xilligiga duch kelamiz. Biz mazkur faslda shoir she’rlarining shakliy tadriji tahlili bilan tanishib chiqishni maqsad qilish barobarida har bir shakl hamda janrning poetik tadrij takomilidagi ahamiyatini ochib berishga harakat qildik. Adabiyotshunoslik nazariyasidan ma’lumki, barmoq vazni o’zbek she’riyati uchun yetakchi o’ringa ega. Adabiyotshunos Abdurauf Fitrat barmoq vaznini quyidagicha izohlaydi: “Milliy vaznimizda asos so‘z bo‘g'imlarining sanog’idir. Bir baytning birinchi misra’i necha bo'g'im esa, ikkinchi misra’i ham shuncha bo‘g‘im bo‘ladir. Bo'g'imlarning harf, cho'zg'i sonlariga esa ahamiyat berilmaydir”. Fitratning yuqoridagi ta’rifi haqida Dilmurod Quronov quyidagich yozadi: “Fitratning barmoqni “milliy vazn” deb atashiga asos shuki, barmoq tizimi о’zbek tili tabiatiga, uning tovush xususiyatlariga muvofiq keladi. Shu bois ham о’zbek xalq og’zaki ijodi namunalari asosan barmoqda yaratilgan. Keyinroq, arab istilosidan keyin yozma adabiyotda aruz qaror topgan bo’lsa-da, xalq og’zaki ijodining asosiy she’r tizimi barmoq bo’lib qolaverdi. Bu, birinchi galda, barmoqning o’zbek tili xususiyatlariga to’la muvofiqligi bilan izohlanadi” 5 . Demak, Eshqobil Shukur ijodida barmoq vaznining ustuvorligi xalq og’zaki ijodi va xalqona pafosning ta’siri natijasi desak, xato bo’lmaydi. Dastlab, shoirning “Sochlari sumbulsumbul” to’plamidan o’rin olgan “Ko’pkari” 6 she’ridagi barmoq vazni tuzilishini ko’rib o’tamiz (6-band): 1 2 3 4 5 6 7 Muzlab qoldi saraton, 7 Quyosh qorga botadi. 7 Ichdan yig’lar chopag’on 7 Oti o’lib yotadi. 7 Qisqa bo’g’inlar xalq og’zaki ijodiga yaqin bo’lib, yuqori pafos va ritmni hosil qilishda qo‘l keladi. Shuning uchun ham xalq qo’shiqlari, dostonlarning aksariyati 7 bo’g’inli barmoq vaznida yoziladi. Shoirning yuqoridagi she’rida 7 bo’g’inlik vaznning tanlanishi ham xalqona ruhdagi she’r xususiyatlaridan kelib chiqqan. Barmoq she’r tizimida bo’g’inlar miqdori 4 bo’g’inlidan tortib 16 bo’g’inligacha bo’lgan vazn shakllari ham bo’lishi mumkin. She’rning bo’g’inlar miqdori shoir uchun ixtiyoriydir. She’rning ohangi va g’oyaviy maqsadidan kelib chiqib xohlagan shaklni tanlaydi. Masalan, Eshqobil Shukurning 3 banddan iborat “Xudbinlik” 7 she’rining har bir misrasi 11 bo’g’indan iborat: 4 Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. –T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004. 103-bet. 5 Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. –T.: «Fan» nashriyoti, 2007. 151-bet. 6 Шукуров, Э. Сочлари сумбул-сумбул. Т, Адабиёт ва санъат нашриёти, 1988. –Б 6. 7 Шукуров, Э. Сочлари сумбул-сумбул. Т, Адабиёт ва санъат нашриёти, 1988. –Б 8. 597 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 Yana chegaradan chiqib ketibman, 11 Xavotir xurjuni keng keng orqangizda. 11 Faqat pul ekilgan… Xudbinlik o’sgan, 11 Gul izlab yuribman tomorqangizdan. 11 Shoirning ayrim she’rlarida 13 bo’g’inlik barmoq vazni shaklini ham ko’ramiz. Asosan, vazmin ohangga va chuqur falsafiy mushohadaga ega she’rlarida bo’g’inlar miqdori katta hajmni tashkil etganligini ko’rishimiz mumkin. Misol uchun, “Norboy aka marsiyasi” 8 she’rini olaylik: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 Ikki dilga ikki uya qo‘ygan, qaldirg’och, 13 Ko‘ya-ko’kaylar quridi, ko‘k tomirlar chiridi. 13 Toshlar tegib bu dunyodan to’ygan, qaldirg’och, 13 Qanotingda yozlar kuydi, qahratonlar qaridi. 13 To’rt banddan tashkil topgan ushbu she’rda bo’g’inlar miqdori she’r so’nggigacha qatiy saqlanadi. She’rda qo’llangan bo’g’inlar miqdori barmoq sistemasining o’zida yana ikkita turdagi vaznni keltirib chiqarishga asos bo’ladi. Bular: sodda barmoq vazni va qo’shma (murakkab) barmoq vazni. Sodda turida she’rning har bir misrasi bir xil tizimga ega bo’g’inlardan tarkib topadi: Tilimni kuydirdi bulbulning suti, 11 Tanglayimni yoqdi gul ichirgan qon. 11 Men ikki dunyoni bir hatlab o’tib, 11 Og’zimga solganimbor yo’g’i talqon 9 . 11 Qo’shma barmoq vaznida esa bo’g’inlar miqdori har xil bo’lib, ohang va ritmda ham murakkablikni keltirib chiqaradi. “Holat” 10 she’rida mazkur vazn turini ko’rishimiz mumkin: U zaminga sig’may qoldi. Vujudni qistar, 13 Parvozga chog’lab, 5 Osmonlarga uchib ketmoqni istar 11 Zaminni quchoqlab. 6 Ko’rinadi, she’rning har bir misrasi o’ziga xos bo’g’in miqdoriga ega. Bir qarashda bu har xillik vazniy tarqoqlikni yuzaga keltirganday ko’rinsa-da, ritmiylik jihatdan farqlanmaydi va mazmuniy yaxlitlikka putur yetkaza olmaydi. Barmoq she’r sistemasining asosiy unsurlaridan, tarkibiy qismlaridan biri, shubhasiz, turoqdir. Turoq haqida taniqli adabiyotshunos olim To’xta Boboyev quyidagicha fikr bildiradi: “Barmoq tizimida bo’g’inlarning muayyan guruhlarga ajrashi oqibatida paydo bo’ladigan ritmik bo’lak “turoq” deb yuritiladi. O’z vazifasiga ko’ra barmoqdagi turoq (stopa) aruzdagi “rukn”ga yaqin turadi. Turoqlar sheʼrda turkumni vujudga keltiradi. Yuzakiroq qaraganda, turoq (stopa) va turkum bir-biriga o’xshab ketadi, ammo ular aynan bir narsa emas. Аgar misradagi bo’g’inlar guruhlarga ajralib turoqlarni vujudga keltirsa, misra yoki baytda turoqlarning miqdori va 8 Шукуров, Э. Сочлари сумбул-сумбул. Т, Адабиёт ва санъат нашриёти, 1988. –Б 11. 9 Шукур, Эшқобил. Яшил Қушлар. Т, Ёзувчи, 19995. –Б 5. 10 Шукуров, Э. Сочлари сумбул-сумбул. Т, Адабиёт ва санъат нашриёти, 1988. –Б 10. 598 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 uyushuv tartibidan turkum yaratiladi” 11 . Masalan, Eshqobil Shukurning “Bobo dehqon” 12 she’ri 11 bo’g’indan iborat bo’lib bo’g’inlar o’z navbatida 6+5 turoqlanish tizimini hosil qilgan: Ko’pchigan tuproqda / qaqrar saraton, 11 (6+5) Bahor tebratadi / rangpar havoni. 11 (6+5) Olti oy oldinda / qaqshar qahraton 11 (6+5) Kuzgacha omon elt / olti daryoni. 11 (6+5) Mazkur she’rdagi har bir misra 11 bo’g’indan tarkib topgan va ikki guruhga bo’lingan. Birinchi guruh 6 bo’g’indan iborat. Ikkinchi bo’g’in esa 5 bo’g’indan tashkil topgan. She’rdagi bu guruhlanish turoqni hosil qilgan. Turoqlarning umumiy miqdori esa turkumni hosil qiladi. Ya’ni she’r barmoq vaznining o’n birlik turkumida yozilgan deb ayta olamiz. Hamma she’rda ham turoqlar miqdori bir xil bo’lavermaydi. She’r ohangi va ritmi turoqlarning turlicha ko’rinishini yuzaga keltiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Шукур, Эшқобил. Яшил Қушлар. Т, Ёзувчи, 19995. –Б 5. 2. Шукуров, Э. Сочлари сумбул-сумбул. Т, Адабиёт ва санъат нашриёти, 1988. –Б 10. 3. Бобоев Тухта. Адабиётшунослик асослари. — Т.: “Ўзбекистон” , 2001. — Б 8. 4. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. –T.: «Fan» nashriyoti, 2007. 151-bet. 5. Султон Иззат. Адабиёт назарияси. Т., Ўқитувчи нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2005. –Б 143. 11 Бобоев Тухта. Адабиётшунослик асослари. — Т.: “Ўзбекистон” , 2001. — Б 8. 12 Шукуров, Э. Сочлари сумбул-сумбул. Т, Адабиёт ва санъат нашриёти, 1988. –Б 18.