TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA ASOSIY VOSITALARNING TARKIBI, HARAKATI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH TAHLIL
Full text
401 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA ASOSIY VOSITALARNING TARKIBI, HARAKATI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH TAHLIL Rahmatullayev Javohir Eshniyoz o’g’li Denov Tadbirkorlik va Pedogogika Instituti ‘’Buxgalteriya hisobi va auditi yo’nalishi talabasi Tel: +998 (77) 418 03 05 E-mail:rahmatullayevjavo[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17526449 Annotatsiya: Ushbu tezisda tadbirkorlik subyektlarida asosiy vositalarning iqtisodiy mazmuni, ularning tarkibi, harakati hamda ulardan samarali foydalanishning buxgalteriya hisobida ifodalanishi o‘rganilgan. Ishda asosiy vositalarning korxona moliyaviy holatiga ta’siri samaradorlikni oshirish yo‘llari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: asosiy vositalar, amortizatsiya, tahlil, samaradorlik, buxgalteriya hisobi, modernizatsiya Kirish. Asosiy vositalar har bir tashkilotda ishlab chiqarishning muhim tarkibiy qismlaridan biri boʻlib, ularning holati bevosita, shuningdek samarali foydalanish tashkilot faoliyatining yakuniy natijalariga taʼsir qiladi. Oʻz navbatida, asosiy vositalar hisobini tashkil etish mashina, uskunalar va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishga yordam beradi. Tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish faoliyati ko‘p jihatdan ularning moddiy-texnik bazasiga, ya’ni asosiy vositalarning hajmi, sifati va ulardan foydalanish darajasiga bog‘liq. Asosiy vositalar korxonaning ishlab chiqarish quvvatini belgilovchi eng muhim resurslardan biri bo‘lib, ularning to‘g‘ri hisobi, harakati va tahlili korxonaning iqtisodiy barqarorligiga bevosita ta’sir etadi. Binolar, isshoatlar, uzatish moslamalari, mashina va uskunalar, transport vositalari, asbob uskunalar, xo’jalik inventarlari, ishchi va mahsuldor hayvonlar , ko’p yillik ekinlar va boshqa asosiy vositalar 1 . Asosiy vositalar tahlilida korxonaning asosiy vositalar bilan qurollanish darajasiga ularning tehnik holat va harakat ko’rsatkichlari samaradorlik ko’rsatkichlariga dinamikasi va holatiga baxo beradi. Asosiy vositalar bilan ta’minlanish deyilganda korxonanning reja yoki o’tgan yillarga nisbatan asosiy fondlar bilan qurollanish darajasi tushuniladi. Ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatdagi maqsadga qarab asosiy vositalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga boʻlinadi. 2 Ishlab chiqarish maqsadlari uchun asosiy vositalar bevosita ishlab chiqarish jarayonida korxonaning asosiy faoliyatidan foyda olish uchun, noishlab chiqarish-xodimlarning maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi Asosiy vositalarning iqtisodiy mohiyati toʻgʻrisida koʻplab fikrlar mavjud, ammo ularning barchasi asosiy vositalarni uzoq vaqt davomida asl koʻrinishini saqlab, ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor ishlatiladigan mehnat vositasi sifatida aniqlashga qaratiladi.Ishlab chiqarish jarayoni va tashqi muhit taʼsiri ostida asosiy vositalarning eskirishi va boshlangʻich tannarxning butun foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga oʻtkazilishi kuzatiladi. Tadbirkorlik subyektlarida asosiy vositalardan samarali foydalanish bo’yicha quyidagicha muammolar kuzatilmoqda va uni yuzaga kelish sabablari: Asosiy vositalarni nazoratidagi muammolarga guvoh bo’lyabmiz va bularni yuzaga keladigan sabablardan quyidagilar so’zimizga asos bo’ladi: ✓ Asosiy vositalarning eskirganligi-jismonan va manaviy jihatdan ✓ Zaxira qismlarining yetishmasligi ✓ Texnik xizmat ko’rsatish sustligi ✓ Masul xodimlar yetishmasligi ✓ Amortizatsiya ajratmalarini noto’g’ri hisblanishi yoki maqsadsiz ishlatilishi ✓ Samaradorlikni oshirish yo‘llari Texnik jihatdan eskirgan asbob-uskunalarni yangilash, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, asosiy vositalarni to‘g‘ri baholash va amortizatsiya siyosatini takomillashtirish zarur. 1 I-58 Buxgalteriya hisobi. Texnikum va kasb–hunar kollejlari uchun darslik 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentabrdagi PF-6314-son Farmoniga muvofiq
402 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Asosiy vositalardan samarali foydalanish korxonaning ishlab chiqarish hajmini, foydalilik darajasini va raqobatbardoshligini oshiradi. Samaradorlikni aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: fond qaytimi, fond sig‘imi, amortizatsiya darajasi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar ijobiy o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lsa, demak korxona asosiy vositalardan samarali foydalanmoqdamiz. Xulosa. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, asosiy vositalar tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish imkoniyatlari va moliyaviy natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ularni to‘g‘ri hisobga olish, muntazam tahlil qilib borish va samarali boshqarish korxona raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Kelgusida asosiy vositalarning samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va eskirish darajasini kamaytirish zarur. Asosiy vositalar har bir korxona uchun ishlab chiqarish jarayonini va faoliyatini amalga oshirish uchun zarurdir. Asosiy vositalarning optimal soni korxonaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va hokazolarga imkon beradi. Asosiy vositalar hisobini samarali tashkil etish ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini aniq hisoblash, asosiy vositalarning holatini oʻz vaqtida nazorat qilish va ularni oʻz vaqtida yangilashga imkon beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Qonuni. 2. Buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS). 3. Mamatqulov B. “Buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyoti”. – T.: 2022. 4. www.stat.uz sayti 5. www.lex.uz. Sayti.