scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NODIR JONUZOQ SHE'RIYATINING MATNIY TUZILISHI VA TEMATIK KO'LAMI

Mirxoliyev Hayotjon Niyatqobul o'g'li

Abstract

Ushbu tezisda Nodir Jonuzoq she’riyatining matniy tuzilishi va tematik ko‘lami ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqotda shoir ijodida poetik matnning kompozitsion qurilishi, ritm va ohang uyg‘unligi hamda semantik qatlamlarning mazmun shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, uning she’rlarida aks etgan mavzular — milliy qadriyatlar, inson ruhiyati, tabiat manzaralari va ijtimoiy-falsafiy masalalar — badiiy talqin doirasida ko‘rib chiqilgan. Tezisda shoir poetik olamining matniy tuzilishdagi izchilligi va tematik rang-barangligi o‘zaro bog‘liq holda tahlil etilib, ularning o‘zbek adabiy jarayonidagi ahamiyati ochib berilgan.

Full text

2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 4 NODIR JONUZOQ SHE’RIYATINING MATNIY TUZILISHI VA TEMATIK KO‘LAMI Mirxoliyev Hayotjon Niyatqobul o‘g‘li Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchi mirxoliy[email protected]. +998995905598 https://doi.org/10.5281/zenodo.17526453 Annotatsiya. Ushbu tezisda Nodir Jonuzoq she’riyatining matniy tuzilishi va tematik ko‘lami ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqotda shoir ijodida poetik matnning kompozitsion qurilishi, ritm va ohang uyg‘unligi hamda semantik qatlamlarning mazmun shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, uning she’rlarida aks etgan mavzular — milliy qadriyatlar, inson ruhiyati, tabiat manzaralari va ijtimoiy-falsafiy masalalar — badiiy talqin doirasida ko‘rib chiqilgan. Tezisda shoir poetik olamining matniy tuzilishdagi izchilligi va tematik rang-barangligi o‘zaro bog‘liq holda tahlil etilib, ularning o‘zbek adabiy jarayonidagi ahamiyati ochib berilgan. Kalit so‘zlar: matn, badiiy matn, matn tuzilishi, she’riyat, individuallik, tematik ko‘lam, lisoniy tahlil, badiiy tasvir. XXI asrning birinchi choragida respublikamizda ilm-fanning barcha jabhalarida ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Boshqa sohalardagi kabi filologiya, shu jumladan, tilshunoslik sohasidagi o‘zgarishlar alohida diqqatga sazovordir. Keyingi yillarda tilshunosligimizda o‘zbek tilini ilmiy asosda tadqiq qilish rivojlandi. O‘zbek tilida eng faol boʻlgan lingvistik vositalarni oʻzbek she’riyatidagi roli va shu bilan birga uning she’riy matnlarda oʻziga xos xususiyati, ma’nomazmuni, lingvistik xususiyati keng qamrovda qamrab olindi. Oʻzbek tilshunosligida badiiy matn va uning birliklari, matnni bogʻlovchi vositalar haqida oʻzbek tilshunos olimlari turli fikrlarni aytib oʻtishadi. Avvalo “Matn” atamasi va uning ma’nosi haqida toʻxtalib oʻtamiz. “Matn” atamasi haqida ilmiy adabiyotlarda uning ma’nosi haqida turlicha talqin etiladi. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida matn soʻzini arab tilidan oʻzlashganligi haqida ma’lumot berilgan. “Matnyelka; nutqning yozuvdagi ifodasi, tekst / 1. Yozuvda yoki bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat. 2. Bosma nashrning rasmi , chizma va izohlarsiz asosiy qismi”[13: 663]. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida matn soʻzini aynan tekst soʻzi anglatgan ma’noga ishora qilinadi. Avvalo shuni alohida takidlash lozimki, insonlar oʻrtasidagi muloqot matn vositasida amalga oshishini hisobga olsak. Matnni faqat yozma shakl bilan chegaralash haqidagi qoidalar nazariyasiga zid boʻlishi turgan gap. Oʻz navbatida matn ham nutqning bir koʻrinishi hisoblanadi. Har bir matn murakkab tuzilishi va mazmuniy mundarijaga ega boʻlib, u yozma va ogʻzaki ijod namunasi sanaladi. O‘zbek adabiyotining yorqin vakllaridan biri bo‘lgan Nodir Jonuzoq she’riyatini tahlil qilar ekanmiz, uning ijodida vatan va milliy g‘urur, sevgi va insoniyat, falsafiy va ijtimoiy, tarixiy xotira va milliy meros hamda tabiat kabi mavzular o‘z ifodasini topadi. Shoirning yaqinda nashrdan chiqqan “Muborak kunlar” deb nomlangan kitobidagi she’rlar, maqolalar, suhbat va munosabatlardan tartiblangan ushbu kitob shoirning ijodiy salohiyatini bor bo‘y-basti, salobat va zalvori bilan kitobxon ko‘zi oldida gavdalantiradi. 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 5 Kitobga jamlangan barcha asarlarni bir mavzu – Vatan, millat mavzusi birlashtirgan bo‘lib, ular janr va shaklidan qat’i nazar, kuchli vatanparvarlik, elparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan. Sezdim, hech uzib bo‘lmas huzuringda qarzim bor, Sha’ningga yarashiq so‘z aytsam, deya orzum bor. Tilla tashbeh so‘rayman, so‘rayman gavhar ta’rif - Xudoyimga dunyoda yolg‘izgina arzim bor: O‘zingga mos, munosib she’r bo‘lay, O‘zbekiston, Quyoshli so‘z tashigan she’r bo‘lay, O‘zbekiston. [2: 4] Ushbu to‘plamdan joy olgan “O‘zbekiston” she’ridagi har bir so‘z vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan. Shoirning vatanga mos ta’rif berish uchun tilla tashbeh va gavhar ta’rif kerakligini ta’kidlaydi. Shoirning “Sizni sevar edim…” to‘plami haqida so‘z ketganda, “sizni sevar edim…” Bu so‘zlarni tilga olmagan yoki hayolidan o‘tkazmagan kishi bormikan ?! Sevgi – inson botinini poklaydigan, uni yuksaklarga ko‘taradigan ilohiy quyun, to‘fon, alanga… Nodir Jonuzoqning ushbu to‘plamiga ana shu tuyg‘u asosida bitilgan, turli yillarga mansub she’rlar jamlangan. Ushbu to‘plam bir necha mustaqil she’rlardan tarkib topgan. Lekin kitobga yagona lirik qahramon – MEN bor. U she’rlarda ham, dostonda ham yetakchilik qiladi. U kitobning so‘nggi sahifasini tugatgandan so‘ng sizning yoningizga kelib o‘tirib oladi. Umuman olganda, ushbu kitob oshiq odamga o‘xshaydi. “So‘z chamani” she’riy to‘plamlaridan joy olgan she’rlarini o‘qish jarayonida ulardagi tematik xilma-xilllik namoyon bo‘ladi. She’rlarining mavzu ko‘lami keng, badiiy topilmalari yangi va ohorli, o‘xshatishlari o‘ziga xos va tabiiy. Satrlar qatidagi samimiyat va sehr o‘quvchini ohangraboday o‘ziga tortadi, serjilo timsollar she’rxonni o‘yga toldirib, fikriy tanballikdan qutqaradi. Nodir Jonuzoq she’rlarini tahlil davomida shoir she’riyatining matniy tuzilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shoir ijodida shakl va mazmun o‘zaro uyg‘unlikda bir butunlikni aks ettiradi. Matniy tuzilish jihatidan Nodir Jonuzoqning ijodi muhim ahamiyat kasb etadi. Shoirning obrazli va mantiqiy bog‘lash orqali o‘quvchilarga ta’sirli va chuqur fikrlarni yetkaza oladi. She’rlarining qofiya va ritmga mosligi, qisqalik va mazmuniy yondashuvi shoirning uslubini yanada ko‘zga ko‘rinarli qiladi. Bu esa shoir she’rlarining matniy tuzilishi nafaqat o‘quvchilarning ko‘nglini zabt etadi, balki ularning tafakkurini ham boyitadi. Masalan, Shoir she’rlarida anaforalarni keng qo‘llaydi. Uning “Bu cheksiz koinot” nomli she’ri bunga yorqin misol boʻla oladi. Bu cheksiz koinot ichra bu Zamin, Bu zamin ichida yagona Vatan, Bu vatan ichida horgʻin bir qishloq, Bu qishloq ichida jim-jit bir hovli, Bu hovli ichida hayolchan bir qiz , Bu qizning koʻksida esa bir yurak , Yurakda nima bor, afsus , bilmayman... [6: 6] Ushbu she’r oʻzining tuzilishi va ma’nosi jihatidan chuqur va ta’sirli boʻlib, unda inson va koinotning oʻzaro bogʻliqligi, shuningdek, inson qalbining sirli bir tilsim ekanligi badiiy obrazlar 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 6 va metaforalar orqali tasvirlangan. She’rning matniy tuzilishi jihatdan barmoq vaznidagi yettilikda yozilgan. She’rni lingvopoetik tahlil qilish orqali uning estetik va badiiy qimmatini yanada chuqurroq anglashga harakat qilamiz. She’rning tuzilishi bosqichma-bosqich kengayish asosida qurilgan. Har bir satr biror joyni tasvirlab, keyingi satrda u joy ichida yana bir kichikroq joyni ochib beradi. Bu usul orqali she’r oʻquvchini makrodan mikroga olib boradi: 1. “Bu cheksiz koinot ichra bu Zamin,” – Eng keng koʻlamli tasvir, koinot va zamin. 2. “Bu zamin ichida yagona Vatan,” – Zamin ichida yagona vatan. 3. “Bu vatan ichida horgʻin bir qishloq,” – Vatan ichida qishloq. 4. “Bu qishloq ichida jim-jit bir hovli,” – Qishloq ichida hovli. 5. “Bu hovli ichida hayolchan bir qiz,” – Hovli ichida qiz. 6. “Bu qizning koʻksida esa bir yurak,” – Qizning yuragi. 7. “Yurakda nima bor, afsus, bilmayman...” – Yurakdagi sir. Bu tuzilma she’rning ichki uygʻunligini va oʻzaro bogʻliqligini ta’minlaydi. Har bir element bir-biriga bogʻlangan va kaskad usulida ketma-ket keladi. Shuningdek, “Bu cheksiz koinot” she’ridagi har bir satrda takrorlanib kelayotgan bu koʻrsatish olmoshi oʻziga xos vazifa bajarib kelgan. She’rning matniy tuzilishiga e’tibor beradigan boʻlsak, har bir element bir-biriga ketma-ket bogʻlangan holda keladi va bu koʻrsatish olmoshi takrorlanib anaforani va musiqiylikni ta’minlamoqda. She’rda bir nechta obrazlardan mohirona foydalanilgan boʻlib, shoir ularni bir tizim qilib, bir qatorga ustalik bilan teradi. Ushbu she’rda koinot, zamin, vatan, qishloq, hovli, qiz va yurak kabi obrazlar keltirilgan. Bu obrazlarning har biri birinchisiga nisbatan kichikroq va yaqinroq boʻlgan joyni tasvirlaydi. Bu usul oʻquvchini qizning yuragiga qadar yetaklaydi. She’rda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan gap qoliplaridan foydalanilgan. Bu esa tilshunoslikda parallelizm atamasi ostida oʻrganiladi. Parallelizm (yunoncha, parallelos – yonmayon boruvchi) yonma-yon gaplar, sintagmalarning bir xil sintaktik qurilishga ega boʻlishi. Shu jihatdan yuqorida tahlilga tortilgan she’rda har bir satr “Bu ... ichra/ichida ...” shaklida tuzilgan. Bu usul she’rning musiqiyligini oshiradi va bir xil ritm yaratadi. “Bu ... ichra/ichida ...” shakli orqali she’rdagi har bir element bir-biriga ketma-ket bog’lanadi. Yuqorida ta’rif etilganidek, mazmun va mohiyat bosqichma-bosqich kengayib, makrodan mikroga qarab boradi. Bu shakl oxirgi satrga borib oʻzgaradi va shoir quyidagicha e’tirof etadi. “Yurakda nima bor, afsus, bilmayman...” – Bu yakuniy satr she’rning avvalgi qismlaridagi aniq tasvirlardan farq qiladi. Bu yerda shoirning yurakning sirli tilsim ekanligini va inson uni anglashda qiyinchiliklarga duch kelishini tasvirlangan. Bu e’tirof insonning ichki dunyosini anglash va tasvirlash qiyinligini koʻrsatadi. Emotsional-ekspressivlikni yana oshirish uchun shoir afsus achinish munosabatli modal soʻzdan mohirona foydalanib, misradagi mazmunni va ma’no koʻlamini kengaytiradi. Yuqorida tahlilga tortilgan she’rda shoir makrodan mikroga, koinotdan inson qalbigacha boʻlgan yoʻlni tasvirlab, oʻquvchini chuqur falsafiy va hissiy sayohatiga ta’sir etadi. She’rda foydalanilgan obrazlar, epitetlar va sintaktik parallelizm uning badiiy qimmatini oshiradi va oʻquvchiga estetik zavq bagʻishlaydi. Shu tariqa, matniy tuzilish va mazmuniy butunlik she’rni yanada ta’sirchan qiladi. Ey, yoronlar, tarona, 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 7 Jonli qo‘shiq bo‘laylik. Urush yoprilgan onda Yakdil to‘siq bo‘laylik. To Yer uzra shu savol Uchar misli daydi o‘q, Halqa bo‘laylik darhol: Net! Ni! Non! La! Nein! No! Yo‘q! [2: 186] Shoirning “Muborak kunlar” to‘plamidan o‘rin olgan ushbu she’r o‘zining matniy tuzilishi bilan o‘quvchini e’tiborini tortadi. Bitta so‘z turli tillarda halqa o‘laroq shinday jaranglaydi. Uni istalgan tarafdan o‘qish mumkin – barining ma’nosi qat’iy – “Yo‘q!”. Halqa xalqlarning ko‘ngil birligi, birdamligi ifodasidir. Nodir Jonuzoq bu she’rning oxirgi misrasida o‘ziga xos bir topilmani taqdim etadi va, albatta, bu shakliy o‘zgachalik o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etadi. Xulosa qilib aytganda, Nodir Jonuzoq sheʼriyatining matniy tuzilishi murakkab va ko‘p qirralidir. Uning ijodida turli sheʼriy janrlar, boy badiiy obrazlar, sodda va chuqur maʼnoli til va uslub uyg‘unligida namoyon bo‘ladi. Nodir Jonuzoq she’riyati o‘zining tematik kengligi va badiiy mazmun boyligi bilan ajralib turadi. Shoir ijodida inson ruhiyatining turfa qirralari, milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, tabiat manzaralari va zamon ruhiga mos ijtimoiy-falsafiy masalalar o‘ziga xos poetik ifodasini topgan. U yaratgan lirik qahramonlar orqali insonning orzu-intilishlari, iztiroblari, muhabbat va sadoqat tuyg‘ulari samimiy ohangda tasvirlanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Nodir Jonuzoq poetik olamining tematik rang-barangligi nafaqat mavzu tanlashdagi kenglikda, balki uni badiiy yetuklik bilan ifoda etish mahoratida ham namoyon bo‘ladi. Shoir ijodi o‘zbek adabiy merosida dolzarb ahamiyat kasb etib, kelajak avlod uchun milliy ruh va badiiy tafakkurni uyg‘otuvchi manba bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Jonuzoq N. Soʻz chamani. – Toshkent: Akademnashr, 2020. -125 b. 2. Jonuzoq N. Muborak kunlar. – Toshkent: Adabiyot, 2024. -190 b. 3. Каримов С.А. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. Ўкув кўлланма. - Самарканд, 1994. – 69 б. 4. Лапасов Ж. Бадиий матн ва лисоний тахлил. – Тошкент: Ўкитувчи, 1995. – 87 б 5. Мелиев С. Художественная функция слова в стихотворном контексте (на материале современной узбекской поэзии): автореф. дисс. … канд. филол. наук. – Ташкент, 1985. – 119 с. 6. Нодир Жонузоқ. Сизни севар эдим. - Тошкент: Зарқалам, 2006. – 95 б. 7. Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. -Тошкент: Фан, 1977. - 152 б. 8. Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. Toshkent: Фан, 2008. -160 б 9. Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. Ўқувқўлланма. - Тошкент, 2007. -151 б 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 8 10. Йўлдошев Б. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик тахлили асослари. –Тошкент: Фан, 2007. 123 б 11. Yo‘ldoshev M., Isaqov Z., Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili. Metodik qo‘llanma. –Toshkent, 2010. -111 b. 12. Ўзбек тилининг изоҳли луғати . - Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 5 жилдлик, 2-жилд, 2020. -663.