ASOSIY VOSITALAR AMORTIZATSIYASINING AUDITI
Full text
406 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 ASOSIY VOSITALAR AMORTIZATSIYASINING AUDITI Sobirov Javohir Jiyanboy og`li Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Tadbirkorlik va Boshqaruv fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi 7-BH-22 guruh talabasi Tel: +998 94 483 29 04 E-mail: ssobirovja[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17526718 Annotatsiya: Ushbu tezisda asosiy vositalarni aniqlash, ularning kelib tushishi va baholanishi, amortizatsiya hisoblash, inventarizatsiya qilish va audit xulosasi berish haqida ma`lumot berilgan Kalit so‘zlar: Asosiy vositalar, amortizatsiya, hisob siyosati, inventarizatsiya, auditorlik tekshiruvi, tahlil qilish, ichki nazorat, aktivlar. Kirish. Asosiy vositalar — tashkilotning uzoq muddat davomida (bir yildan ortiq) xo`jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish jarayonida yoxud maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni bajarish jarayonida foydalaniladigan, shuningdek ijaraga berish mumkin bo`lgan moddiy aktivlar; Amortizatsiyalanadigan qiymat — asosiy vositaning boshlang`ich yoki moliyaviy hisobotda o`rnini bosuvchi boshqa qiymatdan tugatish qiymatining chegirilishi natijasida aniqlanadigan qiymat. Boshlang`ich qiymati, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan taʼminlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash ishlari va boshqalar bo`yicha xarajatlar summasiga oshirilgan asosiy vositalar uchun amortizatsiyalanadigan qiymat bo`lib, ushbu ishlar tugatilganidan so`ng tugatish qiymatini chiqarib tashlagan holda mazkur asosiy vositalar foydalanishga kiritilgan paytda aniqlangan ularning qoldiq (balans) qiymati hisoblanadi. 1 Asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo`lishimiz mumkin: yer, yerni obodonlashtirish, moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish, binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, mebel va ofis jihozlari, kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, koʻp yillik va hosildor oʻsimliklar, boshqa asosiy vositalar, konservatsiya qilingan asosiy vositalar. Asosiy vositalarning kelib tushishida mulk huquqi, xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqi asosida tashkilotga tegishli boʻlgan asosiy vositalarning qiymati tashkilot balansiga kiritilishi lozim. Asosiy vositalar qiymati tashkilot balansiga kapital qoʻyilmalar tugaganidan soʻng qurilgan obyektni qabul qilishtopshirish, obyektni oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha xarid qilish, taʼsischilarning ustav kapitaliga ulushlari, tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi boʻyicha), ayirboshlash, tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan oʻtkazish, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi boʻyicha olish, asosiy vositalarga mulk huquqi, xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqini qoʻlga kiritishga olib keladigan boshqa operatsiyalar yoki hodisalar natijasida kiritiladi. Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinganda, ular boshlangʻich qiymat boʻyicha baholanadi va hisobga olinadi. Aktiv sifatida tan olinganidan soʻng, asosiy vosita boshlangʻich yoki qayta baholangan qiymati boʻyicha hisobga olinishi lozim. Asosiy vositalarni qiymatini hisobga olishning qoʻllaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Asosiy vositalar qiymati amortizatsiya hisoblash yoʻli bilan qoplanadi. Amortizatsiyalanadigan qiymat asosiy vositalarning butun foydali xizmat muddati mobaynida tashkilot xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari koʻrinishida tizimli taqsimlanadi. Asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur 1 Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ni tasdiqlash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 9-avgust roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3546)
407 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati toʻliq qoplangan yoki ushbu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan sanadan toʻxtatiladi. 2 Asosiy vositalarni foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash toʻxtatilmaydi, asosiy vositalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilishga oʻtkazilgan holatlar, shuningdek ularni toʻliq toʻxtatish sharti bilan obyektni qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbobuskunalar bilan taʼminlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash davri bundan mustasno. Asosiy vositalar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summalari buxgalteriya hisobida ushbu summalarni alohida schyotda jamgʻarish yoʻli bilan aks ettiriladi. Asosiy vositalarning haqiqatda mavjudligini aniqlash va ularning but saqlanishini nazorat qilish maqsadida tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, biroq ikki yilda kamida bir marta asosiy vositalar inventarizatsiyasi oʻtkaziladi, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarizatsiya qilinadi. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan ortiqcha asosiy vositalar boshqa operatsion daromadlar sifatida aks ettiriladi. Inventarizatsiya vaqtida kamomad fakti aniqlangan yetishmayotgan asosiy vositalar aybdor shaxslar aniqlangan kunga qadar kamomadlar hisobga olinadigan schyotda aks ettiriladi 3 . Asosiy vositalar amortizatsiyasining auditini o’tkazishdagi muammolardan biri bu asosiy vositalarning foydali xizmat muddati va amortizatsiya siyosatini noto‘g‘ri belgilanishida. Bugungi kunda ko‘plab korxonalarda asosiy vositalarning eskirish darajasi, texnik holati va ularning ishlab chiqarish jarayonida qay darajada foydalanilayotganligi to‘g‘ri baholanmaydi. Natijada korxonalar amortizatsiyani ortiqcha yoki yetarli bo‘lmagan miqdorda hisoblaydi, asosiy vositalarning qoldiq qiymati real holatni aks ettirmaydi, moliyaviy hisobotlarda aktivlarning qiymati asossiz ravishda yuqori yoki past ko‘rsatiladi. Muammoning sabablari esa hisob siyosati yangilanmaydi, yani ko‘p korxonalar 5–10 yildan beri eski amortizatsiya stavkalarini ishlatib keladi. Xalqaro standartlarga (IAS 16) moslashmagan milliy yondashuv — foydali xizmat muddati davriy ravishda qayta baholanmaydi. Auditorlik tekshiruvlarida chuqur tahlil yetishmasligi — auditorlar ba’zan faqat hujjatlar bilan cheklanadi, aktivning haqiqiy texnik holatini joyida tekshirmaydi. Yuqoridagi ko’rsatilgan muammolarni bartaraf qilish uchun esa amortizatsiya siyosatini yangilash kerak, yani korxona hisob siyosatini muntazam qayta ko‘rib chiqishi lozim, yangi texnologiyalar joriy etilganda yoki uskunalar modernizatsiya qilinganda amortizatsiya stavkasi ham o‘zgaradi, bu o‘zgarishlar buxgalteriya siyosatida rasmiy ravishda tasdiqlanib, auditor nazoratidan o‘tadi. Auditorlik jarayonida texnik ekspert jalb qilish. Auditor korxonaning yirik asosiy vositalari (bino, uskuna, transport vositalari) bo‘yicha muhandis yoki texnik mutaxassis xulosasini talab qilishi kerak, bu xulosa asosida amortizatsiya hisobining adekvatligi baholanadi, agar aniqlangan farq sezilarli bo‘lsa, auditor moliyaviy hisobotni tuzatishni tavsiya etadi. Xalqaro standartlarga moslashtirish yani IAS 16 (Property, Plant and Equipment) talablariga muvofiq ravishda foydali xizmat muddati aktivning ishlatilish darajasiga qarab qayta baholanadi, amortizatsiya usuli (chiziqli, kamayuvchi qoldiq va boshqalar) haqiqiy foydalanish modeliga mos tanlanadi va bu yondashuv orqali korxona moliyaviy hisobotini xalqaro investorlar va auditorlar uchun ishonchli qiladi. Ichki nazorat tizimini kuchaytirish, asosiy vositalar bo‘yicha inventarizatsiya rejalari, ta’mirlash jurnali, va amortizatsiya kartochkalarini elektron shaklda yuritish zarur. Natijada esa asosiy vositalar qiymati real bo‘ladi, amortizatsiya ajratmalari adolatli shakllanadi, korxonaning moliyaviy hisobotlari xalqaro talablarga moslashadi, soliq, investor va boshqaruv qarorlarida xatoliklar kamayadi. Xulosa: Asosiy vositalar amortizatsiyasining auditi korxonaning moliyaviy hisobotlari ishonchliligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Bu audit jarayoni orqali asosiy vositalarning eskirish darajasi, ularning qiymatining to‘g‘ri kamaytirilib borilishi va buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilishi nazorat qilinadi. Umuman olganda, asosiy vositalar amortizatsiyasining auditi korxona hisob siyosatini takomillashtirish, 2 O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (16 – bhxs Asosiy vositalar) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 9-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3400] 3 Абдуллаев Р. Бухгалтерский учет и аудит - T.: “IQTISОD –MОLIYA”, 2010.
408 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 aktivlardan oqilona foydalanish, buxgalteriya ma’lumotlarining shaffofligini oshirish va moliyaviy hisobotning sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Bu jarayon natijasida korxonaning iqtisodiy faoliyati yanada barqarorlashadi, boshqaruv qarorlari uchun aniq va ishonchli ma’lumotlar shakllanadi, moliyaviy intizom mustahkamlanadi hamda korxona obro‘si ortadi.. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. M.Umarova, O`.Eshboev, K.Ahmadjanov.Buxgalteriya hisobi (Taqrizchilar: I. Nurmatov – iqtisod fanlari nomzodi, professor, A. Mahkamboyev - iqtisod fanlari nomzodi, dotsent) Toshkent – “Mehnat” – 1999. Buxgalteriya hisobi. 2. “O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni. 3. TIQXMMI”-MTU, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti i.f.d. M.Sh. Mamatkulov “TIQXMMI”-MTU, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti A.Z. Tabayev ( buxgalteriya hisobi. Toshkent 2022) O’quv qo’llanma 4. www.lex.uz O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.