scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XO'JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA TOVAR MODDIY ZAHIRALARINI BAXOLASHDA KUZATILAYOTGAN MUAMMOLAR

Xo'janazarov Samandar Bobir o'g'li

Full text

409 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA TOVAR MODDIY ZAHIRALARINI BAXOLASHDA KUZATILAYOTGAN MUAMMOLAR Xo’janazarov Samandar Bobir o’g’li Denov tadbirkorlik va pedagokika insituti Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi tel +998( 91) 584 47 04 E-mail: xujanazarovsaman[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17526734 Annotatsiya: Tovar-moddiy zahiralar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi eng muhim joriy aktivlardan biridir. Ularni to‘g‘ri baholash va samarali tahlil qilish ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi, mahsulot tannarxining aniqligi hamda korxona foydaliligining oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tezisda tovar-moddiy zahiralarni baholashning amaldagi usullari, ularning ustun va zaif jihatlari, shuningdek,zahiralarni baholashda bo’ladigan muammolar aks ettirilgan, korxonalarda hisob va tahlil jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar bayon etilgan. Kalit so’zlar:Tovar-moddiy zahiralar, tovar moddiy zahirlarini baholash,materiallsr ,uzluksizlik, tayyor mahsulot ,samaradorlik,tovar moddiy zahiralar tahlili. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida tovar-moddiy zahiralar ishlab chiqarish jarayonining ajralmas bo‘g‘ini bo‘lib, ular katta hajmdagi moliyaviy resurslarni o‘zida mujassam etadi. Ushbu zahiralarni to‘g‘ri baholash va tahlil qilish korxona ishlab chiqarish hajmi, tannarxi hamda moliyaviy barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Amaliyotda esa ko‘plab korxonalarda tovar-moddiy zahiralarni boshqarish va baholashga yetarli e’tibor berilmasligi natijasida ortiqcha mablag‘ sarflanishi yoki resurslardan samarasiz foydalanish holatlari kuzatiladi. Shu bois, tovar-moddiy zahiralarni baholashning aniq mezonlarini ishlab chiqish va ularni muntazam tahlil qilib borish korxonada ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi hamda iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 2-sonli BHXSda tovar-moddiy zaxiralarga quyidagicha ta’rif berilgan keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlami bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiymadaniy vazifalami amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar 1 Tovar-moddiy zaxiralar-bu quyidagi aktivlardir: - odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun mo‘ljallangan; - bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan; -ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko‘rsatilishida foydalanilishi ko‘zlangan xomashyo va materiallar ko‘rinishidagi aktivlar. “Tovar-moddiy zahiralar xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz ta’minlash va mahsulotni iste’molchiga yetkazishdagi asosiy vositalardan biridir. Ularning to‘g‘ri hisobga olinishi va baholanishi korxonaning moliyaviy natijalariga bevosita ta’sir qiladi.” Ishlab chiqarish zaxiralari - xo‘jalik yurituvchi subyektda keyinchalik qayta ishlashga yo‘naltirilgan sotib olingan yoki mustaqil ravishda tayyorlangan buyumlardir 2 Xomashyo va asosiy materiallar - ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming moddiy asosini tashkil etadi yoki uni tayyorlashningzaruriy qismi hisoblanadi. Samaradorlik — bu iqtisodiyotda, boshqaruvda yoki ishlab chiqarishda erishilgan natija bilan unga sarflangan resurslar (vaqt, mehnat, mablag‘, materiallar) o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydigan tushunchadir.Oddiy qilib aytganda, samaradorlik — bu kam resurs bilan ko‘proq natija olish demakdir.Ya’ni korxona qancha resurs sarflab, shuncha foyda yoki mahsulot olganini ko‘rsatadi. 1 .Вarry Elliot, Jam Elliot. Financial accounting and reporting. (IS B N 9 7 8 -1 -29208057-4) L ondon, 2015. 17 th Edition. 101 p 2 Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 232-page, 2014 410 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Uzluksizlik — bu korxonaning ishlab chiqarish yoki savdo faoliyati to‘xtovsiz, muntazam ravishda amalga oshib borishini anglatadi. Ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashda tovar-moddiy zahiralar hal qiluvchi rol o‘ynaydi, chunki zarur materiallar yoki xomashyo yetishmasa, butun ishlab chiqarish jarayoni to‘xtab qoladi. Tayyor mahsulot - barcha ishlab chiqarish bosqichlaridan o‘tgan hamda sotish uchun moijallangan buyumlar 3 Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlarda: mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish, ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish, maʼmuriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan xom ashyo va materiallar, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilgʻi, tara va tarabop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va xoʻjalik jihozlari, boshqa materiallar zaxiralari; boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsizga chiqarilgan katta yoshdagi chorva mollari, sotish uchun chetdan qabul qilingan chorva mollari; mexanizm qismlari, qurilmalar, buyumlarga tugallanmagan ishlov berilishi va ularning yigʻilishi hamda tugallanmagan texnologik jarayonlar koʻrinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Xizmatlar koʻrsatuvchi va ishlar bajaruvchi tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarishning qiymati sifatida qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tegishli daromad sifatida tan olinmagan tugallanmagan xizmatlar (ishlar) boʻyicha xarajatlardan tashkil topadi; 4 Bizning fikrimizcha, tovar-moddiy zahiralarni baholash jarayoniga faqat buxgalteriya ko‘rsatkichlari nuqtayi nazaridan emas, balki ularning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri nuqtayi nazaridan ham yondashish zarur. Chunki baholashning tanlangan usuli korxonaning moliyaviy natijalariga, foyda miqdoriga va tannarx ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, har bir korxona o‘z faoliyatining xususiyatlari, mahsulot aylanish tezligi va bozor sharoitlarini inobatga olgan holda eng maqbul baholash usulini tanlashi lozim, deb hisoblaymiz. Baholashdagi aniqlik va izchillik korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Tovar moddiy zahiralarini baholash tartibi Korxona yoki muassasalar, uyushma, konsern, hissadorlik jamiyatlari ixtiyorida ma’lum miqdordagi mablag‘larning bo’lishi ularning o’z faoliyatini amalga oshirishning muhim shartlaridan biridir. Korxona mablag‘lari turli va joylanishiga ko’ra ishlab chiqarish doirasidagi, sanoatga tegishli bo’lmagan ishlab chiqarish va xo’jalik mablag‘lariga bo’linadi. Ishlab chiqarish doirasidagi mablag‘lar bajaradigan vazifasiga qarab mehnat vositalari va mehnat buyumlariga bo’linadi. Mehnat buyumlariga mahsulot tayyorlashda foydalaniladigan tovar moddiy zahiralari kiradi. Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, tugallanmagan ishlab chiqarish, ehtiyot qismlar va boshqalar kiradi. Ularning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, bir ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadi, ya’ni o’zining qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga butunlay o’tkazadi. Xom ashyo deb, hali sanoat ishlovidan qtmagan, jumladan, paxta zavodlari uchun tozalashga keltirilgan paxta tolasi, metallurgiya zavodi uchun ruda, koks kombinati uchun ishlovga keltirilgan toshkqmir va shunga qxshash mahsulotlarga aytiladi. Tovar-moddiy zaxiralarni (TMZ) baholashning ikki muhim usuli mavjud: 5 Yalpi foyda usuli -Bu usul, asosan, hisobot davrida yo‘qotilgan yoki hisobdan chiqarilgan zaxiralar qiymatini aniqlash uchun qo‘llaniladi.Asosiy g‘oya — oldingi davrlardagi yalpi foyda foizidan foydalanish orqali TMZ ning qiymatini hisoblash. Ya’ni, sotilgan tovarlarning tannarxi yalpi foyda foiziga tayanib aniqlanadi. Sotilgan tovarlarning tannarxi = Sof tushum × (1 - Yalpi foyda foizi) Chakana savdo usuliBu usul chakana savdo korxonalarida keng qo‘llaniladi. 3 Financial and m anagerial accounting, 12e, C arl S .W arren, Jam es M .R eeve, Jonathan E .D uchac, 233-page, 2014 4 LEX.UZ. 5 Wan Madznah Wan Ibrahim va Mobd Rizal Palil “Fundaments of business accounting “Oxford university Press. 411 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Unda tovarlar chakana narxda hisobda yuritiladi.So‘ngra savdo ustamasi (ya’ni foyda marjasi) chegirib tashlanadi va shundan tovarlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi. TMZ tannarxi = Chakana narx - Savdo ustamasi Asosiy baholash usullari 1. FIFO 2. LIFO 3. AVECO FIFO — Birinchi kirgan birinchi chiqadi.Birinchi sotib olingan (yoki ishlab chiqarilgan) mahsulotlar birinchi bo‘lib sotiladi yoki ishlab chiqarishga sarflanadi, deb hisoblanadi. • Omborda eng oxirgi kirgan tovarlar eng oxirgi chiqadi. • Qoldiq qiymati so‘nggi narxlarda, xarajat esa eski narxlarda bo’ladi. LIFO — Oxirgi kirgan birinchi chiqadi Eng oxirgi kelgan mahsulot birinchi bo‘lib sotiladi yoki ishlatiladi, deb hisoblanadi. • Qoldiq qiymati eski narxlarda, • Xarajat esa yangi (oxirgi) narxlarda bo‘ladi. AVECO — O‘rtacha og‘irlangan (Weighted Average Cost)Har safar yangi tovar kirganda, o‘rtacha baho qayta hisoblanadi. Ya’ni har bir chiqim o‘rtacha baho bo‘yicha baholanadi. Tovar-moddiy zahiralarning qiymatini, agar tovar-moddiy zahiralar shikastlangan bo’lsa, agar ular to’la yoki qisman eskirgan bo’lsa yoki ularni sotish narxi arzonlashgan bo’lsa, tiklash mumkin. Tovar-moddiy zahiralarning qiymatini, agar butlash uchun baholangan mo’ljaldagi xarajatlar yoki sotish bo’yicha mo’ljallangan xarajatlar oshib ketgan bo’lsa, tiklash mumkin emas. Tovar-moddiy zahiralarni tannarxdan past darajada, sotish sof qiymatigacha arzonlashtirish zahiralar haddan ziyod to’planib qolgan va ular sust aylanayotgan taqdirdagina, barcha aktivlar moliyaviy hisobotda ularni sotish yoki ulardan foydalanishdan kutilayotgan so’mmadan yuqori darajada aks ettirilmasligi uchun, amalga oshiriladi. Materiallar va mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa xom ashyo, agar ulardan tayyorlangan mahsulot bozor (kundalik) narxida sotilsa, qiymatidan past narxda arzonlashtirilmaydi. Biroq, agar omborda mavjud bo’lgan narxdagi materialdan tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi sotish sof qiymatidan oshib ketsa, materiallar sotish sof qiymatigacha arzonlashtiriladi. Bunday vaziyatlarda materiallar qiymatini qoplash ularning sof sotish qiymatini qlchashning mavjud shakllaridan eng yaxshisi bo’lishi mumkin. Tovar-moddiy zahiralarni baholashda uchraydigan kamchiliklar va muammolar buxgalteriya amaliyotida juda muhim masala hisoblanadi, chunki ular korxonaning moliyaviy natijalariga bevosita ta’sir qiladi. Quyida asosiy kamchiliklar va muammolar keltirilgan: 1. Baholash usullarining to‘g‘ri tanlanmasligi Korxonalar ko‘pincha FIFO, LIFO, o‘rtacha og‘irlangan qiymat kabi usullarni tanlashda bir xillikni saqlamaydi. Natijada, turli davrlarda turlicha natijalar paydo bo‘lib, bu moliyaviy hisobotning solishtiriluvchanligini buzadi. 2. Bozor narxlari o‘zgarishining inobatga olinmasligiTovar moddiy zahiralar bozor bahosi tushganida ularni qayta baholamaslik foyda va aktivlarning sun’iy oshishiga olib keladi.Aksincha, narxlar oshgan paytda eskirgan zahiralarni o‘ta past bahoda hisobda saqlash ham korxonaning haqiqiy holatini aks ettirmaydi. 3.Inventarizatsiya jarayonidagi kamchiliklar Inventarizatsiya vaqtida kamomad, ortiqcha yoki sifatdan chiqqan zahiralar aniqlanmasligi yoki to‘g‘ri rasmiylashtirilmasligi.Natijada, hisobdagi ma’lumotlar bilan amaldagi zaxira holati o‘rtasida tafovut paydo bo‘ladi. 4. Hisob siyosatida aniqlik yetishmasligi.Ba’zi korxonalarda zahiralarni baholash va hisobga olish tartibi hisob siyosatida to‘liq ifodalanmagan.Bu esa hisobotlarni tayyorlashda sub’ektiv qarorlar qabul qilinishiga olib keladi. 412 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 5. Tovar harakati hujjatlarini yuritishda xatolar .Kirim-chiqim hujjatlarining noto‘g‘ri rasmiylashtirilishi yoki kechiktirilgan kiritilishi.Bu ombor va buxgalteriya hisobi o‘rtasida nomuvofiqliklar keltirib chiqaradi. 6. Standart narxlar bilan haqiqiy narxlar orasidagi tafovut .Rejalashtirilgan (standart) baholashdan foydalanilganda haqiqiy xarajatlar bilan standart baholar farqi aniqlanmay qolishi mumkin.Bu esa ishlab chiqarish tannarxining noto‘g‘ri shakllanishiga olib keladi. Xulosa va Yechimlar:Tovar-moddiy zahiralarni baholash jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar korxonaning moliyaviy barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Baholashning noto‘g‘ri usullaridan foydalanish, bozor narxlarining o‘zgarishiga e’tibor bermaslik hamda eskirgan zahiralarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarmaslik korxona aktivlarining haqiqiy qiymatini buzadi. Natijada, foyda miqdori sun’iy ravishda oshib yoki kamayib ko‘rsatiladi, bu esa boshqaruv qarorlarining samarasizligiga olib keladi. Shuningdek, inventarizatsiya va hujjatlashtirishdagi xatoliklar ham zaxiralar hisobi, nazorati va tahlilida muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli, korxonalarda tovar-moddiy zahiralarni baholash tizimini takomillashtirish, buxgalteriya hisobida yagona yondashuvni joriy etish va ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish zarur. Buxgalteriya siyosatini qayta ko‘rib chiqish.Korxona TMZni baholashda foydalaniladigan usul (FIFO, LIFO yoki AVCO)ni o‘z faoliyat xususiyatiga mos ravishda tanlashi va uni yil davomida izchil qo‘llashi zarur. Bu hisobotlarning solishtirilishini va tahlil qilishni yengillashtiradi. Bozor narxlarini muntazam tahlil qilish.Tovar va materiallar qiymati bozor kon’yunkturasiga mos ravishda baholanishi lozim. Narxlar pasayganda zahiralarning qadrsizlanishi hisobda aks ettirilsa, aktivlarning haqiqiy qiymati saqlanadi. Eskirgan va harakatsiz zaxiralarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarish.Bu korxona balansida real bo‘lmagan aktivlarning saqlanishining oldini oladi hamda foyda ko‘rsatkichlarini sun’iy oshib ketishidan himoya qiladi. Inventarizatsiya tizimini kuchaytirish.Yillik va rejalashtirilgan inventarizatsiyalarni o‘tkazish, farqlarni o‘z vaqtida aniqlash va hujjatlashtirish, moddiy javobgar shaxslar faoliyatini muntazam nazorat qilish lozim. Ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish.Zaxiralar harakati ustidan ichki audit o‘tkazish, hujjat aylanishini tekshirish va noto‘g‘ri baholash holatlariga tezkor chora ko‘rish kerak.. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Wan Madznah Wan Ibrahim va Mobd Rizal Palil “Fundaments of business accounting “Oxford university Press. 2. Вarry Elliot, Jam Elliot. Financial accounting and reporting. (IS B N 9 7 8 -1 -292-08057-4) L ondon, 2015. 17 th Edition. 101 p 3. Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 232-page, 2014 4. Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 232-page, 2014 5. LEX.UZ.