scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YER - MILLIY BOYLIK: UNDAN OQILONA FOYDALANISH VA MUHOFAZA QILISHDA DAVLAT BOSHQARUVIGA OID QONUN HUJJATLARINING AHAMIYATI

Absalomova Dilnura Xusniddin qizi

Abstract

Ushbu tezisda yerning milliy boylik sifatidagi o’rni va ahamiyatli jihatlari, undan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlar yoritib beriladi. Tahlil jarayonida O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, O’zbekiston Respublikasining Davlat kadastrlari to’g’risidagi qonuni va boshqa qonun hujjatlarining tizimi o’rganilib, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda davlat boshqaruv organlarining vazifalari, yerni asrash va undan maqsadli foydalanish bo’yicha normativ-huquqiy mexanizmlar muhokama qilinadi. Shuningdek, tezis oddiy odamlar uchun tushunarli bo’lib, yerdan foydalanish va muhofaza qilishda davlat boshqaruviga oid qonun hujjatlarining qo’llanilishi bo’yicha tushuntirishlar beradi.

Full text

2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 40 YER - MILLIY BOYLIK: UNDAN OQILONA FOYDALANISH VA MUHOFAZA QILISHDA DAVLAT BOSHQARUVIGA OID QONUN HUJJATLARINING AHAMIYATI Absalomova Dilnura Xusniddin qizi Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura bosqichi talabasi E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17526744 Annotatsiya: Ushbu tezisda yerning milliy boylik sifatidagi o’rni va ahamiyatli jihatlari, undan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlar yoritib beriladi. Tahlil jarayonida O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, O’zbekiston Respublikasining Davlat kadastrlari to’g’risidagi qonuni va boshqa qonun hujjatlarining tizimi o’rganilib, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda davlat boshqaruv organlarining vazifalari, yerni asrash va undan maqsadli foydalanish bo’yicha normativ-huquqiy mexanizmlar muhokama qilinadi. Shuningdek, tezis oddiy odamlar uchun tushunarli bo’lib, yerdan foydalanish va muhofaza qilishda davlat boshqaruviga oid qonun hujjatlarining qo’llanilishi bo’yicha tushuntirishlar beradi. Kalit so‘zlar: yer, milliy boylik, davlat boshqaruvi, yer resurslari, yerni muhofaza qilish, yerdan oqilona foydalanish, huquqiy reglamentatsiya, davlat kadastri, ekologik xavfsizlik. ЗЕМЛЯ — НАЦИОНАЛЬНОЕ БОГАТСТВО: ЗНАЧЕНИЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬНЫХ АКТОВ, РЕГУЛИРУЮЩИХ ГОСУДАРСТВЕННОЕ УПРАВЛЕНИЕ В РАЦИОНАЛЬНОМ ИСПОЛЬЗОВАНИИ И ОХРАНЕ ЗЕМЕЛЬНЫХ РЕСУРСОВ Аннотация: В данной тезисной работе рассматриваются значение и роль земли как национального богатства, а также деятельность государственных органов в сфере рационального использования и охраны земельных ресурсов. В процессе анализа изучаются Земельный кодекс Республики Узбекистан, Закон Республики Узбекистан «О государственных кадастрах» и другие нормативно - правовые акты, регулирующие земельные отношения. Обсуждаются задачи государственных органов управления по рациональному использованию и защите земель, а также нормативно -правовые механизмы, обеспечивающие целевое использование и сохранение земельных ресурсов. Кроме того, тезис изложен в доступной форме для широкой аудитории и содержит разъяснения по применению законодательных актов, связанных с государственным управлением в сфере использования и охраны земель. Ключевые слова: земля, национальное богатство, государственное управление, земельные ресурсы, охрана земель, рациональное использование земель, правовое регулирование, государственный кадастр, экологическая безопасность. LAND AS A NATIONAL WEALTH: THE IMPORTANCE OF LEGISLATIVE ACTS REGULATING STATE GOVERNANCE IN THE RATIONAL USE AND PROTECTION OF LAND RESOURCES Annotation: This thesis examines the importance and role of land as a national wealth, as well as the activities of state authorities in the field of rational land use and protection. During the analysis, the Land Code of the Republic of Uzbekistan, the Law of the Republic of Uzbekistan “On 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 41 State Cadastres,” and other legislative documents regulating land relations are studied. The paper discusses the functions of state management bodies in ensuring the effective use and protection of land resources, as well as the legal and regulatory mechanisms for their targeted utilization and preservation. In addition, the thesis is presented in a form understandable to the general public and provides explanations on the application of legal acts related to state administration in the field of land use and protection. Keywords: land, national wealth, public administration, land resources, land protection, rational land use, legal regulation, state cadastre, environmental safety. Kirish Yer – davlat, jamiyat va har bir fuqaroning umummilliy boyligi sifatida e’tirof etilib, ularning farovonligi uchun muhim tabiiy resurs sifatida tan olinadi. Zero, yerga nisbatan har bir qatlamning o’ziga xos qarashlari mavjud: yer deganda - davlat umummiylik boylik sifatida boshqarishni, fuqarolar kundalik hayotda foydalanishni, dehqonlar esa samarali ekin yetishtiriladigan va barqaror hosil olinadigan joyni nazarda tutadi. Ya’ni, yer har bir qatlam uchun alohida ma’noga va ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, yer - barcha foydalanuvchilar uchun mas’uliyat maydoni ham hisoblanadi. Yer munosabatlari har bir insonning hayotida muhim rol o’ynagani sababli davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Xususan, O’zbekiston sharoitida yer resurslarining yetarliligi, unumdorligi va xavfsizligining ta’minlanishi iqtisodiy va ekologik barqarorlik uchun strategik ahamiyatga ega. Shu sababli, yer resurslaridan foydalanish va ularni himoya qilish bo‘yicha davlat boshqaruvi faoliyati uchun huquqiy baza, boshqaruv organlari tizimi va nazorat mexanizmlari yaratilgan. Bu tezisda yerdan foydalanish va muhofaza qilish sohasi uchun davlat boshqaruvi faoliyatiga oid qonun hujjatlari tizimi tahlil qilinadi. Shuningdek, yer resurslarining o’ziga xos ahamiyatga ega ekanligini yer huquqining asosiy manbasi hisoblangan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham guvoh bo’lishimiz mumkin 1 . Konstitutsiyaning 68-moddasi yerdan oqilona foydalanish hamda uni muhofaza qilishda davlatning yetakchi o’rinni egallashini ifodalaydi. Yer munosabatlarini tartibga soluvchi huquq manbasi esa - O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 2 hisoblanadi va unda yerdan foydalanish hamda boshqarishga oid tartiblar ifoda etilgan. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasining Davlat yer kadastri to’g’risidagi qonunida 3 davlat kadastrini yuritish, yerni sifat jihatdan baholash, ma’lumotlarni jamlash yo‘li bilan yerni foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish maqsadlari belgilangan. O’zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunida tabiiy resurslar, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning ekologik huquqiy asoslari bayon qilingan 4 . Yuqorida ko’rsatilgan va shu kabi boshqa qonunchilik hujjatlari orqali yerning har bir tarmog’idan foydalanishning asosiy me’yorlari belgilanadi. Zero, yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda davlat boshqaruviga oid qonun hujjatlari orqali 1 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi//Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son 2 O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksi//Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son 3 O’zbekiston Respublikasi Davlat yer kadastri to’g’risidagi qonun//Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son 4 O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun//Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 42 quyidagilar ta’minlanadi: yer munosabatlari tartibga solinadi, yer resurslari muhofaza qilinadi, fuqarolar va boshqa subyektlarning mas’uliyati oshishiga olib keladi. Chunki yerning muhofazasi uchun faqat davlat emas, fuqarolar ham mas’uldir. Tahlil O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksida huquqiy jihatdan yerni boshqarish bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Mahalliy hokimiyat organlarining, Kadastr agentliklarining vakolatlari berilgan. O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksida ko’rsatilgan organlar o‘zaro integratsiyalashgan boshqaruv tizimini ta’minlaydi: siyosatni belgilash, hududiy amalga oshirish va nazorat, ma’lumot bazasi orqali monitoring. Ushbu uch bosqichli mexanizm yerni maqsadli va himoyalangan tarzda foydalanishga imkon beruvchi institutsional natijadorlikka xizmat qiladi. Ushbu funksiyalar nafaqat milliy manfaatlarni, balki BMT tomonidan belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) 5 amalga oshirishni ham ta’minlaydi. Xususan, yerga egalik qilishning tartibga solinishlari va undan foydalanish huquqining adolatli taqsimlanishi, yer islohotlarining o’sib borishi, dehqon xo’jaliklarining qo’llab-quvvatlanishi BRMning 1-maqsadiga; oziq-ovqat xavfsizligining ta’minlanishi va unumdor yerlarni saqlash yo’lidagi islohotlar BRMning 2-maqsadiga; ekologik qonunlar orqali yerning ifloslanishini va chiqindilar orqali fuqarolarning zaharlanishini oldini olish BRMning 3-maqsadiga to’g’ri keladi. Mazkur tezisdan asosiy maqsad - yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda olib borilayotgan islohotlar, imtiyozlar hamda davlat boshqaruviga oid qonunchilik hujjatlarining ahamiyatlilik darajasini fuqarolarga yetkazish hisoblanadi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 9-sentabr kuni yerdan samarali foydalanish bo’yicha takliflarni ko’rib chiqdi 6 , jumladan, yerdan oqilona foydalanishni ta’minlash: davlat nazorati, kadastr hisobi, bo’sh yoki samarali foydalanilmayotgan yerlarni aniqlash kabi masalalar ham chetda qolmadi. Shuningdek, ushbu taqdimotda qishloq xo’jaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantirish va yangi imkoniyatlarni berishga oid ko’rsatmalar davlatimiz rahbari tomonidan berildi. Shuni yodda tutish kerakki, yerni asrash, oqilona foydalanish, qonunlar orqali muhofaza qilish nafaqat davlatning balki fuqarolarning ham majburiyati hisoblanadi. Zero, yer resurslaridan samarali, oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ko’p jihatdan yer egalari va yerdan foydalanuvchi subyektlarning yerdan foydalanish bo’yicha qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga qanchalik og’ishmay itoat etishlari, ularni to’la ijro qilishlari yerdan maqsadga muvofiq foydalanish hamda muhofazasini ta’minlashga xizmat qiladi 7 . Shunday ekan, yerdan foydalanish va muhofaza etish uchun qabul qilinayotgan qonunlarga nisbatan beparvolik qilish mumkin emas. Ushbu holatda esa yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda davlat boshqaruviga oid qonun hujjatlarining qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini bilishimiz mumkin. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, yerdan noto’g’ri foydalanish davlatimizga ancha katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin. Shu sababli, yerni muhofaza qilish davlat boshqaruvi faoliyatida alohida e’tibor talab qiladigan yo‘nalishdir. Shuningdek, yerga oid munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solinishidan asosiy maqsad - O’zbekiston Respublikasi xalqi, xalq xo’jaligi va 5 https://uzbekistan.un.org/uz/sdgs 6 https://president.uz/oz/lists/view/8472 7 Yer huquqi [Matn]: o’quv qo’llanma / Uzakova Go’zal Sharipova. - T.: TDYU nashriyoti, 2024, 59-bet. 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 43 uning tarmoqlari hamda yerdan foydalanuvchilar manfaatlarida davlatning yerni muhofaza qilish, undan o’ta samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash hisoblanadi 8 . Huquqiy jihatdan bu soha yerning unumdorligini tiklash, ekologik barqarorlikni ta’minlash, shuningdek yerlar ustida noqonuniy foydalanishni to‘xtatishdan iborat. Yerdan noto‘g‘ri maqsaddan foydalanish, yerni uzoq vaqt ishlatmaslik, unumdorligini pasaytirish, ekologik zarar yetkazish kabi holatlarga huquqiy hujjatlar tomonidan huquqiy chora-tadbirlar belgilangan. Shu sababli ham yerdan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilish uchun qonunlar va yerdan foydalanishga oid me’yorlar mavjud. Ammo ushbu normalarga doim ham fuqarolar, tadbirkorlar yoki boshqa subyektlar tomonidan amal qilinmaydi, shu sababli ham davlat boshqaruviga oid qonunchilik hujjatlari ham mavjud. Yer boyliklari va tuproqni muhofaza qilish davlatning qonun-qoidalari asosida olib borilib, uning maxsus tashkilotlari nazoratida bo’ladi 9 . Shu sababli, ushbu qonun-qoidalar to’g’risida fuqarolar xabardor bo’lishi kerak. Umuman olganda, yerdan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi faoliyati uchun O‘zbekistonda huquqiy-institutsional baza shakllangan: Yer kodeksi, Davlat yer kadastri to’g’risidagi qonuni, O’zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to’g’risidagi nizom, Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlari. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan siyosat belgilash, hududiy amalga oshirish va monitoring nazorat bosqichlari ham o‘zaro bog‘langan. Biroq, amaliyotda huquqiy normalar bilan real holatlar orasida tafovutlar mavjud bo‘lib, ma’lumotlar to‘liq emasligi, hududiy boshqaruvdagi vakolatlar aniq emasligi kabi muammolar paydo bo‘lmoqda. Shu sababli, yerni maqsadli foydalanish va muhofaza qilish — nafaqat huquqiy, balki institutsional va amaliy jihatdan ham yanada takomillashtirishni talab qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi//Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son. 2. O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksi//Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son. 3. O’zbekiston Respublikasi Davlat yer kadastri to’g’risidagi qonun//Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son. 4. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun//Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son. 5. https://uzbekistan.un.org/uz/sdgs 6. https://president.uz/oz/lists/view/8472 7. Yer huquqi [Matn]: o’quv qo’llanma / Uzakova Go’zal Sharipova. - T.: TDYU nashriyoti, 2024, 59-bet. 8. Yer huquqi [Matn]: o’quv qo’llanma / Uzakova Go’zal Sharipova. - T.: TDYU nashriyoti, 2024, 88-bet. 9. Yerdan foydalanish ekologiyasi: o’quv qo’llanma / Muqumov Abdug’ani Muratovich, 2022. 8 Yer huquqi [Matn]: o’quv qo’llanma / Uzakova Go’zal Sharipova. - T.: TDYU nashriyoti, 2024, 88-bet. 9 Yerdan foydalanish ekologiyasi: o’quv qo’llanma / Muqumov Abdug’ani Muratovich, 2022.