scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLARDA MEHNAT HAQI HISOBI VA AUDITI

Temirov Xudoyberdi

Full text

425 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARDA MEHNAT HAQI HISOBI VA AUDITI Temirov Xudoyberdi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakultiteti Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi IVbosqich talabasi Tel:+998 90 418 75 71 E-mail: xudoyberdi84[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17526779 Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda korxona va tashkilotlarda xodimlarga hisoblanadigan ish haqi va uning hisob kitob bajarilganligidan so‘ng audit tekshiruvlari va uning natijalari bo‘yicha ishlar haqida o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: Ish haqi, audit, haq to‘lash , qonunchilik. Hozirgi paytda munosib maosh olish har bir xodimning farovon hayot kechirishining asosi hisoblanadi. Har bir inson va uning oila a’zolari o‘zlarining fiziologik va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishlari kerak. Bunday ehtiyojlarni qondirish uchun odamlarga doimiy daromad kerak bo‟lib, uning asosini har qanday xodimning ish haqqisi tashkil qiladi. Hammamizga ma’lumki, iqtisodiy manbalar va adabiyotlarda “ish haqi”, “ish haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” va “ish haqi hisob-kitoblar auditi” tushunchalariga iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan bir-biriga yaqin turlicha yondashuvlar bildirilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksida ish haqi – ish beruvchi tomonidan xodimning malakasiga, bajaradigan ishining murakkabligiga, miqdoriga, sifati va sharoitlariga qarab to‘lanadigan mehnat uchun mukofot summasi, shuningdek kompensatsiya xususiyatiga ega to‘lovlar va rag‘batlantiruvchi to‘lovlar (rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega qo‘shimcha to‘lovlar hamda ustamalar, mukofotlar va taqdirlovchi to‘lovlar) hisoblanadi degan ta’rif berilgan. 1 Ishbay va vaqtbay ish haqini hisoblash deb quyidagicha hisoblagan. Ishbay ish haqi shaklida ishlovchi xodimga asosiy ish haqi summasi uning haqiqatda bajargan ish hajmini bir birlik ish uchun belgilangan ish haqi me’yoriga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi; Vaqtbay ish haqi shaklida ishlovchi xodimga asosiy ish haqi summasi uning haqiqatda ishlagan soatlari yoki kunlari sonini bir soatlik yoki bir kunlik o‘rtacha ish haqiga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi deb taqidlagan. 2 Odatda, har qanday korxonaning asosiy maqsadi foydani oshirish va xarajatlarni kamaytirish hisoblanadi. Amaliyotda esa, ayrim boshqaruv xodimlari xarajatlarni shakllantirish va kamaytirish Bo‘yicha to‘g‘ri siyosat yuritmaydi. Natijada, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat darajasi past bo‘ladi. Fikrimizcha, mahsulot tannarxini shakllantirish vaqtida xarajatlar elementlarini to‘g‘ri va aniq guruhlarga taqsimlash kerak. Ish haqi auditi — bu korxonaning ish haqi hisob-kitoblarini, xodimlarga to‘lovlarni, soliqlarni va ijtimoiy ajratmalarni tekshirish jarayonidir. Asosiy maqsad — ish haqi to‘lovlari to‘g‘ri, qonuniy va buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq amalga oshirilganini aniqlash. Ish haqi auditi maqsadi: - Xodimlarga ish haqi, mukofot, ustama va boshqa to‘lovlar to‘g‘ri hisoblanganini tekshirish.Ish haqi fondining qonuniy ishlatilganini aniqlash. - Ish haqi bo‘yicha soliq va ijtimoiy ajratmalar to‘g‘ri hisoblanganini va o‘z vaqtida to‘langanini aniqlash. - Mehnat shartnomalari va kadrlar hujjatlari to‘liq yuritilganini tekshirish. Auditning asosiy obyektlariga quyidagilar kiradi: - Mehnat shartnomalari va buyruqlar; - Xodimlar hisob varaqalari; 1 Mehnat kodeksi 243-modda. 30.04.2023 2 K.B.Urazov “Buxgalteriya hisobi va audit” O’quv qo’llanma. T-2024. 426 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 - Ish haqi hisob-kitob vedomostlari; - Soliq va ajratma hujjatlari (YaIM, ijtimoiy to‘lovlar va boshqalar). Ish haqi hisoblashning to‘g‘riligini tekshirish — tabel ma’lumotlariga asoslanib mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar va kompensatsiyalar qonuniyligini tekshirish, soliq va ajratmalar (daromad solig‘i, pensiya, sug‘urta, tibbiy ajratma) to‘g‘riligini nazorat qilish, xodimlar ro‘yxati va haqiqatda ishlaganlar o‘rtasida farq yo‘qligini (ya’ni “soxta xodimlar” mavjud emasligini) aniqlash va h.k.. Audit yakunida auditor: - Aniqlangan xatolar va kamchiliklar haqida hisobot (audit xulosasi) tayyorlaydi; - Ish haqi hisobi va ichki nazorat tizimini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beradi. Ish haqi auditining ahamiyati: - Korxonaning moliyaviy hisobini aniq qiladi; - Ishchilarga nisbatan adolatli to‘lovni ta’minlaydi; - Soliq va qonunbuzarliklarning oldini oladi; - Korxonaning obro‘sini oshiradi. 3 Mehnatga haq toʻlash ‒ ish beruvchining qonunlarga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, jamoaviy bitimlarga va mehnat shartnomalariga muvofiq ish beruvchilarning xodimlar mehnatlari uchun haq hisoblash va toʻlashlarini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tizimidir. Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlishi mumkin emas va uning eng koʻp miqdori biron-bir tarzda cheklanmaydi. Mehnatga haq to‘lashning tarif tizimi: O‘zR Mehnat kodeksi (IX bob) amaliyotda eng ko‘p qo‘llaniladigan haq to‘lash tarif tizimlarini, shu jumladan mehnatga haq to‘lashning tarif tizimini tartibga soladi. Tarif tizimi – xodimlarning turli guruhlari va malakalariga qarab ish haqi darajasini tartibga soluvchi normativlar majmui (bajarilgan ishning murakkabligi, mehnat sharoitlari, xarakteri va intensivligi, xodimlarning malakasi, ishni bajarish sharotitlari). 4 Mehnat shartnomasi oʻzgartirilganligini qonunga xilof deb hisoblovchi xodim oʻzi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi oʻzgartirilganligi ustidan shikoyat qilishga haqli. Mehnat sharoitlari qonunga xilof ravishda oʻzgartirilgan taqdirda, xodimning avvalgi mehnat sharoitlarini tiklash toʻgʻrisidagi talablari qanoatlantirilishi lozim. Agar mehnat sharoitlarining qonunga xilof deb eʼtirof etilgan oʻzgarishlari xodimning mehnatga haq toʻlash miqdori kamayishiga olib kelgan boʻlsa, xodimning oʻziga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash haqidagi talablari qanoatlantirilishi lozim. Xodim boshqa ishga qonunga xilof ravishda oʻtkazilgan taqdirda, xodimning oʻzini avvalgi ishiga tiklash, boshqa ishga qonunga xilof ravishda oʻtkazilganligi sababli kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun haq toʻlanishi toʻgʻrisidagi talablari qanoatlantirilishi lozim. Agar xodim oʻzi qonunga xilof ravishda oʻtkazilgan ishni bajarsa, lekin bu ishdagi mehnatiga haq toʻlash miqdori ushbu xodim bu ishga oʻtkazilishidan ilgari bajargan ishidagi mehnatiga haq toʻlash miqdoridan past boʻlsa, majburiy progul uchun haq toʻlash xodimga avvalgi ishidagi va xodim qonunga xilof ravishda oʻtkazilgan ishdagi mehnatga haq toʻlash oʻrtasidagi farqning oʻrnini qoplashdan iborat boʻladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi. 2023-yil 2. G.Q.Turayeva, B.E.Matrasulov “Buxgalteriya hisobi” Toshkent-2023. 3. K.B.Urazov “Buxgalteriya hisobi va audit” O‘quv qo‘llanma. T-2024. 4. Foydalanilgan saytlar: lex.uz.’ Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. 3 https://www.norma.uz.mehnat kodeki 4 G.Q.Turayeva.B.E.Matrasulov.“Buxgalteriya hisobi” Toshkent-2023