scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DAVLAT SEKTORIDA ICHKI AUDITNING XALQARO STANDARTLARI

Xamidova Z.U

Full text

434 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 DAVLAT SEKTORIDA ICHKI AUDITNING XALQARO STANDARTLARI Xamidova Z.U TDIU, “Byudjet hisobi va g’aznachilik” kafedrasi dotsenti, PhD. https://doi.org/10.5281/zenodo.17526835 Har bir sohadagi kabi iqtisodiy sohada ham faoliyat yuritish uchun umumiy qoidalar talab qilinadi. Umumiy belgilangan tartib qoidalar bir tartibda faoliyat yuritgan holda rivojlanish uchun asos bo‘ladi. Ichki auditda bunday tartib qoida bo‘lib, “Ichki auditning xalqaro professional standartlari” xizmat qiladi. Standartlar Professional amaliyotning Xalqaro asoslariga kiruvchi bir qancha hujjatlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular ichki auditorlar Xalqaro Instituti tomonidan o‘tgan asrning 40-yillarida ishlab chiqila boshlangan bo‘lib, ularda ichki audit xizmati funksiyalarini tashkil qilishning asosiy qoidalari va ichki auditni amalga oshirishning metodologik asoslari bayon etilgan. Ushbu standartlar barcha tarmoqlar va faoliyat sohalari, shuningdek, dunyodagi barcha huquqiy tizimlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Professional amaliyotning Xalqaro asoslari bugungi kunga kelib 7 ta asosiy tarkibiy bo‘limdan iborat bo‘lib, standartlar-ushbu bo‘limlarning eng asosiysi bo‘lib hisoblanadi. Professional amaliyotning Xalqaro asoslariga tegishli bo‘lgan boshqa bo‘limlarda ichki auditning asosiy vazifasi, mazmuni, prinsiplari, axloq kodeksi, standartlarni qo‘llash bo‘yicha qo‘llanma keltirilgan. Ta'kidlash joizki, qo‘llanma har bir standartni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha hujjat bo‘lib, standartlardan ham ancha batafsil yoritilgan, keng hajmga ega va u deyarli 200 betdan tashkil topgan. Ya'ni har bir standartqoida bo‘lsa, qo‘llanma – standartning izohidir. Shuningdek, yana bir hujjatlar to‘plami – Qo‘shimcha qo‘llanmalar ham mavjud bo‘lib, ushbu to‘plam qanday qilib standartlar talablarini amaliyotda amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida katta hajmli metodik hujjatlardan iborat. Qo‘shimcha qo‘llanmalar amaliyotda qo‘llash uchun majburiy hisoblanmasada, ichki auditorlarga ularni bilish va zaruriyat tug‘ilgan holatlarda amaliyotda qo‘llash tavsiya etiladi. Qo‘shimcha qo‘llanmalarda u yoki bu auditorlik vazifalarni bajarish va ichki audit ishini tashkil etishning yetakchi, ilg‘or amaliyoti aks ettirilgan. Maslahat xizmatlari asosan tavsiyalardir va odatda mijozning maxsus talabiga binoan amalga oshiriladi. Vazifaning mazmuni va hajmi maslahat berish mijoz bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Maslahatlashuv odatda ikki tomonni o‘z ichiga oladi: 1. Taklif qiluvchi shaxs yoki odamlar guruhi ichki audit xizmati; 2. Xizmat uchun murojaat qilgan shaxs yoki shaxslar guruhi va uni qabul qiluvchi mijozdir. Standartlar ikkiga bo‘linadi: sifat standartlari va ishchi standartlari. Sifat standartlari ichki audit funksiyasini bajaruvchi tashkilotlar va xodimlarga qo‘yiladigan talablarni aniqlaydi. Ishchi standartlar ichki audit ishining mazmunini ochib beradi. Sifat standartlari va ichki standartlar qo‘llaniladigan sohalarni bildiradi. Sifat ko‘rsatkichlar standartlari tashkilot va ichki audit xizmati faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning xususiyatlariga tegishli. Ushbu standartlarning asosiy jihatlari ichki audit xizmatining maqsadlari, vakolatlari va majburiyatlari tashkilotning ichki audit to‘g‘risidagi nizomida aniqlanishi kerak, xalqaro kasbiy amaliyot doiralarini (ichki auditning asosiy tamoyillari, axloq kodeksi, standartlar) elementlarini qo‘llash uchun majburiydir. Ichki auditning rahbari vaqti-vaqti bilan ichki audit to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish zaruratini ko‘rib chiqishi va ushbu nizomni rahbariyat tasdiqlashi uchun taqdim etishi kerak Mustaqillik va xolislik, ishga professionallik va professional munosabat, ichki auditni kafolatlash va takomillashtirish ichki audit xalqaro standartlarining sifat standartlarida o‘z aksini topgan. Auditni amalga oshirishning ichki yondoshuvlarini ochib beradigan ichki audit xizmati uchun majburiy bo‘lgan standartlar, ko‘rsatmalar, uslubiy ishlanmalar, qo‘llanmalar va boshqa hujjatlar ichki audit xizmatining ichki standartlariga taalluqli bo‘ladi. Ichki auditning professional xalqaro standartlarini ishlab chiquvchisi Xalqaro Ichki Auditorlar Instituti rivojlangan korporativ protseduralarga ega bo‘lgan tashkilot bo‘lib, unda direktorlar kengashi, turli qo‘mitalar, ishchi guruhlar, shu jumladan Xalqaro standartlar bo‘yicha standartlar kengashi (IIASB)mavjud va 435 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 o‘zgarishlar kiritish jarayoni puxta o‘ylangan. Ya’ni dunyo bo‘ylab jamoatchilik ba’zi hujjatlarni o‘zgartirish bo‘yicha ishlarni boshlashni taklif qilayotgani haqida oldindan ogohlantiriladi, belgilangan nuqtalar aniqlanadi, ishchi guruhlar yig‘iladi, takliflar tayyorlanadi, o‘zgartirishlarni loyihasi nashr etiladi, u professional hamjamiyatda muhokama qilinadi, oxirida yakuniy tasdig‘iga yuboriladi. Keyin o‘zgarishlar e’lon qilinadi, yangiliklar bilan tanishish uchun vaqt beriladi. Bundan kelib chiqadiki, sifat standartlari ham ishchi standartlar ham ko‘pgina muhokamalardan o‘tib, ma’lum yangilanishlar, takliflar bilan boyitilgan va amaliyotga joriy qilingan. Ichki audit xalqaro standartlarida ichki auditni boshqarish, ichki audit ishining mohiyati, ichki audit tekshiruvini rejalashtirish, amalga oshirish, natija to‘g‘risidagi hisobot,topshiriq natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring ishlari va qabul qilingan xatarlar to‘g‘risida ma’lumotlar ishchi standartlarda aks etadi. Ichki auditorlarning hamjamiyatida Xalqaro Ichki Auditorlar Instituti tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro standartlar tan olingan. Standartlar umumiy tamoyillar to‘plamidir, ulardan deyarli har qanday mamlakatda, shu jumladan bizning davlatimizda ham foydalansa bo‘ladi.