PEDAGOGIKALIK TA'LIM ASOSLARI VA UNING STRUKTURAVIY BO'LIMLARI
Abstract
Ushbu tadqiqotda ta’lim sistemasini modernizatsiyalash jarayonlarining huquqiy-normativ asoslari tahlil qilinadi. Shu bilan birga zamonaviy ta’lim dasturlariga asoslangan holda pedagogika va pedagogik metodlar kontekstida o‘qitish metodlarini tashkil qilish, o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, psixologik salohiyatga ega bo’lgan o’qituvchilarni ta’lim metodlari bilan ishlashga o’rgatish, ta’lim sistemasini modernizatsiyalash orqali ta’lim modellari hamda zamonaviy o‘qitish texnikasi metodlarini tashkil qilish bo’yicha ma’lumotlar keltirib o’tiladi.
Full text
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 27 PEDAGOGIKALIK TA’LIM ASOSLARI VA UNING STRUKTURAVIY BO’LIMLARI Turemuratova Aziza Begibaevna Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti [email protected] Bekmuratova Sevara Qoʻziboy qizi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Baxtiyorova Sarvinoz Jasurbek qizi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Gulimmatov Diyorbek Ibodulla oʻgʻli Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17526865 Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda ta’lim sistemasini modernizatsiyalash jarayonlarining huquqiy-normativ asoslari tahlil qilinadi. Shu bilan birga zamonaviy ta’lim dasturlariga asoslangan holda pedagogika va pedagogik metodlar kontekstida o‘qitish metodlarini tashkil qilish, o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, psixologik salohiyatga ega bo’lgan o’qituvchilarni ta’lim metodlari bilan ishlashga o’rgatish, ta’lim sistemasini modernizatsiyalash orqali ta’lim modellari hamda zamonaviy o‘qitish texnikasi metodlarini tashkil qilish bo’yicha ma’lumotlar keltirib o’tiladi. Kalit so’zlar: Pedagogika, o'qitish metodi, pedagogik mahorat, ta'lim, psixologik salohiyat, huquqiy ta'lim, ta'lim modellari, pedagogik metodlar, zamonaviy o'qitish texnikasi. Kirish O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlarini huquqiy-normativ jihatdan yoritish va pedagogika, psixologiya, ta’lim texnologiyalari parametrlarini integratsiyalash orqali yangi yondashuvlarni aniqlash bu ta’limning innovatsion imkoniyatidir. Zamonaviy ta’lim dasturlarining integratsiyalashgan me’yorlaridan kelib chiqqan holda ta’lim sistemasida modernizatsiya tushunchasi ta’lim jarayonida faqat mazmuniy emas, balki pedagogik, psixologik, metodologik jihatdan ham yangilanishni nazarda tutadi. Modernizatsiyalashtirilgan ta’lim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirgani qayd etilgan. Pedagogikaning ta’lim sistemasida zamonaviy metodlarni tashkil qilish bu ta’lim va tarbiya jarayonlarini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganadigan pedagogik jarayon deb qarashimiz mumkin. Modernizatsiya jarayonida pedagogika konsepsiyalari yangilanishi zarur bo’lgan metodik tahlillarga asoslangan holda: didaktik hamda metodik yondashuvlar zamonaviy ijtimoiytexnologik muhitga moslashishi lozim. Pedagogik metodlar, ta’lim modellari hamda zamonaviy o‘qitish texnikasi bu jarayonda muhim o‘rin tutadi. Pedagogik ta’lim sistemasining modernizatsiyalashgan ta’lim tizimi asosida o‘qitish metodini tashkil qilish – ma’lumotni o‘quvchilarga yetkazishga, bilim, ko‘nikma, salohiyat shakllantirishga qaratilgan usullarning yig‘indisidir. Zamonaviy pedagogik metodika o‘quvchi markazli, faol ishtirokchilikni rag‘batlantiruvchi bo‘lishi talab qilinadi. Shuningdek, Ta’lim sistemasida o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishda yangi uslublardan foydalanish dasturi – bu o‘qituvchi kasbiy faoliyatida zamonaviy metodlar, texnologiyalarni qo‘llash hamda o‘quvchi psixologiyasini
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 28 tushunish, individual yondashuvni ta’minlashga qodirligi bilan belgilanadi. Psixologik salohiyat deganda o‘quvchi yoki o‘qituvchining psixologik jihatdan rivojlangan qobiliyatlari tushuniladi: motivatsiya, e’tibor, ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalar, refleksiya, metakognitsiya va boshqa kompetentsiyalar. Ta’limning modernizatsiyasi jarayonida psixologik salohiyatga e’tibor berish muhim: o‘qitish jarayonida o‘quvchining psixologik xususiyatlari hisobga olinishi, uning ustida individual ish yuritilishi, aktiv o‘rganish metodi qo‘llanilishi kutiladi.Pedagogik mahoratni oshirish ham psixologik salohiyatga bog‘liq: o‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyatida o‘quvchi psixologiyasini tushunib ishlay olishi kerak — shuning uchun pedagogik tayyorgarlik, malaka oshirish masalalari ham modernizatsiyaning muhim komponentiga aylanmoqda.Ta’lim modellariga misollar sifatida an’anaviy modeli hisoblanib, ta’limni asosan didaktik o‘qitish shaklida tashkil etish qoidalari, faol model o‘quvchi faoliyatini markazga qo‘yishning alohida ahamiyati, ta’limda konstruktivistik modellarni tashkil qilish orqali o‘quvchi o‘z bilimini konstruktsiyalashga ishtirok qiladi va zamonaviy konsepsiyalarga asoslangan holda masalan, shaxs-yo‘naltirilgan model, muammoga yo‘naltirilgan model, raqamli ta’lim modeli orqali erkin fikrlash qobiliyatlarini oshirish kabi jarayonlar kiradi. Modernizatsiyalash jarayonida, ayniqsa, o‘quvchi markazli, internet-texnologiyalar asosida tashkil etiladigan, individual va guruh bilan interaktiv ishlashga asoslangan ta’lim modellarini joriy etish zarurligi tug‘ildi. Bu jarayonda huquqiy normalarga asoslangan holda qaror qabul qilishni o’rganadi. Pedagogik metodlar deganda o‘qitish-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan usullar, yo‘nalishlar, texnikalar tushuniladi: ma’ruzali metod, suhbat, muhokama, masalalarni hal etish, loyiha asosida o‘qitish, kooperativ o‘qitish va h.k. Modernizatsiya nuqtai nazaridan, pedagogic metodika yangilanishi, zamonaviy texnikalar — masalan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), masofaviy ta’lim, interfaol media vositalari — ta’lim jarayonida qo‘llanilishi lozimligi ko‘rilmoqda. Misol uchun, maktabgacha ta’lim bosqichida normativ-huquqiy baza, litsenziyalash, sifat standartlari va akkreditatsiya jarayonlari shakllantirilayotgani qayd etilgan. Pedagogik mahorat nuqtai nazaridan, o‘qituvchi kasbiy tayyorgarligining tarkibiy elementi sifatida texnologiya va yangicha didaktik usullar bilan ishlash ko‘nikmasi e’tibor markaziga chiqmoqda. Shuningdek, psixologik jihatdan ta’lim jarayonida interaktiv, o‘quvchi ishtirokchiligi yuqori bo‘lgan metodlarni qo‘llash unga o‘rganishga motivatsiya o‘rnatishga yordam beradi. Modernizatsiya jarayonida bir qator muammolar ham yuzaga kelmoqda, jumladan: O‘qituvchilarning pedagogik mahorati va zamonaviy metodlarni qo‘llashga tayyorligi yetarli emasligi; Psixologik salohiyatni rivojlantirishga profilaktika, malaka oshirish mexanizmlari kamligi; Ta’lim muassasalari moddiytexnik bazasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanishi bir xilda emasligi; Normativ-me’yoriy hujumlarda amalda ijro etilmasligi yoki nazorat mexanizmlarining zaifligi asosiy sabablar bo’lishi mumkin. Modernizatsiyalashtirilgan ta’lim sistemasining metodik dasturlariga asoslangan modellarni ishlab chiqish orqali o‘qituvchilarning malakasini oshirishga, pedagogik va psixologik tayyorgarlikni kuchaytirishga, innovativ ta’lim modellari va texnikalarini joriy etishga, talabalar va o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga oladigan yondashuvlarni qo‘llashga, hamda normativ-me’yoriy hujjatlarga rioya qilish, monitoringni kuchaytirishga e’tibor qaratish lozim. Modernizatsiyalash jarayoni faqat huquqiy hujjatlar bilan cheklanishi mumkin emas — u pedagogika va psixologiya bilan sinergiyada bo‘lishi zarur. Quyida integratsiyalashning asosiy tamoyillari keltiriladi. Huquqiy ta’lim: ta’lim jarayonida
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 29 talabalarga va o‘qituvchilarga huquqiy ongni shakllantirish, ta’lim huquqi, ta’limda tenglik, ta’lim sifati, o‘quvchi huquqlari va majburiyatlari haqidagi bilimlarni berish muhim. Pedagogika va psixologiya: o‘quvchi markazli metodologiyalar, faol va ijodiy o‘qitish, ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni rivojlantirish, o‘zini o‘zi boshqarish salohiyatini oshirish — bular psixologik salohiyat rivojini ta’minlaydi. Zamonaviy ta’lim modellari va zamonaviy texnikalar bilan huquqiy cheklovlar: misol uchun, davlat ta’lim standartlari, akkreditatsiya me’yorlari, o‘qituvchilarning malaka oshirish talablari zamonaviy pedagogik metod va texnikalarni qo‘llashga yo‘l ochadi. Bunday ta’lim reformalariga asoslangan ta’lim sistemasi integratsiyalash jarayonida o‘qitish metodi markazida o‘quvchi bo‘lishi, pedagogik mahorat esa o‘qituvchining yangi rolini – bilimi, motivator, metodik rahbar shaklida ijro etishini ta’minlaydi. Bunda psixologik salohiyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatini samarali boshqarib, o‘quvchilarni faol ishtirokga undaydi. Huquqiy normativ esa ta’lim jarayonini tartibga soladi, sifatni kafolatlaydi, adolat tamoyilini ta’minlaydi. Modernizatsiya jarayonida zamonaviy o‘qitish texnikasi ya’ni axborotkommunikatsiya texnologiyalari, interfaol darsliklar, onlayn ta’lim platformalari, mobil o‘qitish, masofaviy o‘qitish, loyiha va muammoga yo‘naltirilgan o‘qitishdan foydalanish kengaymoqda. Masalan, maktabgacha ta’lim bosqichida normativ-huquqiy baza maktabgacha ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, sifat standartlari va litsenziyalashni tartibga solish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirishga e’tibor qaratilyapti. Shuningdek, maktab va oliy ta’limda raqamli ta’lim muhiti shakllantirilmoqda. Zamonaviy o‘qitish texnikasi bilan pedagogik metodlar birlashtirilishi: masalan, loyiha asosida o‘qitish, kooperativ o‘qitish, interaktiv mediadarslar, gamifikatsiya, virtual va kengaytirilgan reallik komponentlari. Bu usullar o‘quvchi psixologik salohiyatini ochishga, pedagogik mahoratni qo‘llashga imkon beradi. Zamonaviy o’qitish texnikasining huquqiy jihati ham muhim ahamiyatga ega: Pedagogik o’qitish ta’lim muassasalarida AKT qo‘llanilishi bo‘yicha davlat normativlari, litsenziyalash talablari, ta’lim standartlari, maxfiylik va ma’lumotlarni himoya qilish huquqlari kabi huquqiy jihatlar ham e’tiborga olinishi zarur. Shu jihatdan, normativ-huquqiy hujjatlar texnologik yangilanishlarni qo‘llab-quvvatlashi lozim. Ta’lim dasturlari yangilandi, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ilg‘or pedagogik metodlar va axborot texnologiyalari qo‘llanilmoqda. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini sistemali oshirish va zamonaviy o‘qitish texnikalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan dasturlarni kengaytirish; Ta’limda psixologik salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan metod va metodikalarni ishlab chiqish o’qituvchi uchun juda muhim hisoblanadi. Ta’lim modellarini milliy kontekstga moslashtirib, lekin global tajribalarni integratsiyalash orqali yangicha ta’lim modeli va pedagogik metodlarni ishlab chiqish bu ta’limda ustuvor natijalarga erishishda yordam beradi degan fikrdamiz. Xulosa Xulosa qilib aytganda respublikamizda ta’lim sistemasini modernizatsiyalash jarayonlarining huquqiy-normativ asoslari, pedagogik faoliyatning zamonaviy bosqichlari, o‘qitish metodlarining innovatsion tashkil qilinganligi, pedagogik mahoratni oshirishning zamonaviy metodologiyasi, ta’lim modellari, pedagogik metodlar va zamonaviy o‘qitish texnikasi jihatlaridan tahlil qilindi. Ta’lim tizimi modernizatsiyasida huquqiy normalar ta’lim jarayonini tartibga soluvchi bazaviy vosita bo‘lsa, pedagogika va psixologiyaga oid kontseptual yondashuvlar
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 30 o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatini samarali tashkil etishga imkon yaratadi. Zamonaviy o‘qitish texnikasi va pedagogik metodlar esa ta’lim jarayonining sifatini oshirishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Turemuratova A., Kurbanova R., Saidboyeva B. EDUCATIONAL TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 318-322. 2. Jarilkapovich M. A. Program Technology for Choosing an Effective Educational Methodology Based on Modern Pedagogical Research in The Educational System //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2025. – Т. 6. – №. 02. – С. 30-33. 3. Jarilkapovich M. A. USE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON THE MODERN EDUCATIONAL PROGRAM TO INCREASE THE EFFECTIVENESS OF EDUCATION //European International Journal of Pedagogics. – 2024. – Т. 4. – №. 06. – С. 26-33. 4. Jarilkapovich M. A. The Role of Modern Education and The Teacher's Pedagogical Skills in The Application of Pedagogical Teaching Methods //International Journal of Pedagogics. – 2025. – Т. 5. – №. 04. – С. 266-268. 5. Turemuratova A. B. TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA O’QUVCHIYOSHLARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI //Inter education & global study. – 2025. – Т. 3. – №. 4. – С. 242-250. 6. Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA O'QUVCHILARNING AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024): 114-121. 7. Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kujamuratova Gulnaz Jumabayevna, and Iskendarova Shayra Sabirovna. "PEDAGOGICAL MECHANISMS OF DEVELOPING COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON A MULTI-VECTOR APPROACH." International Journal of Pedagogics 4.09 (2024): 55-62. 8. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "APPLYING METHODS THAT IMPROVE STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON MULTI-VECTOR PEDAGOGICAL APPROACHES." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 178-182. 9. Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Asamatdinova Bazargul Bakhadirovna. "PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON A MULTI-VECTOR APPROACH." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 183-187. 10. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "THE ROLE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON MULTI-VECTOR APPROACHES IN MODERN EDUCATION IN IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.11 (2024): 98-102.
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 31 11. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "EFFECTIVE EDUCATIONAL INDICATORS OF MULTI-VECTOR APPROACHES IN FORMING COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON PEDAGOGICAL METHODS OF INNOVATIVE EDUCATION." International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 153-157. 12. Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Ayimbaeva Aynura Rustamovna. "PEDAGOGICAL ANALYSIS AND ESSENCE OF MULTI-VECTOR APPROACHES IN IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON THE EDUCATIONAL PROGRAM." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.11 (2024): 88-92. 13. Turemuratova, Aziza. "TRADITIONS OF FORMING THE SPIRITUAL AND MORAL WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN PEDAGOGY." Евразийский журнал академических исследований 3.7 (2023): 225-229. 14. Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kushbaeva Indira Tursinbaevna, and Dawletmuratova Raxila Genjemuratovna. "THE MAIN ESSENCE OF DEVELOPING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON MULTI-VECTOR PEDAGOGICAL APPROACHES IN MODERN EDUCATION." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.09 (2024): 43-46. 15. Turemuratova, Aziza, and Marhabo Kenjayeva. "KO’P VEKTORLI YONDASHUVLAR ASOSIDA TALABALARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK TRENING USLUBI." Modern Science and Research 4.4 (2025): 252-261.