scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INNOVATSIYALARNI JORIY ETISH ASOSIDA XIZMAT KO'RSATISH KORXONALARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Berdiyev Anvar Abduraxmanovich

Full text

453 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 INNOVATSIYALARNI JORIY ETISH ASOSIDA XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH Berdiyev Anvar Abduraxmanovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Moliya va bank ishi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Email: [email protected]m UDK: 338.242 https://doi.org/10.5281/zenodo.17526940 Annotatsiya: Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsiyalarni joriy etish orqali ularning samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion texnologiyalar, raqamli yechimlar va boshqaruv tizimlarining o‘zaro ta’siri tahlil qilingan. Empirik natijalar shuni ko‘rsatadiki, innovatsiyalarni joriy etgan korxonalarda xizmat sifati, mijozlar mamnunligi va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshadi. Shuningdek, texnologik, tashkiliy va marketing innovatsiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning xizmat sektoriga ta’siri aniqlangan. Maqolada innovatsion jarayonlarning muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillar – kadrlar salohiyati, raqamli texnologiyalarni qo‘llash darajasi va boshqaruvning strategik yondashuvi – asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsiyalarni tizimli tarzda joriy etish ularning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Kalit so‘zlar: innovatsiyalar, xizmat ko‘rsatish sektori, samaradorlik, raqamli iqtisodiyot, innovatsion boshqaruv, texnologik yangiliklar, raqobatbardoshlik. ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРЕДПРИЯТИЙ СФЕРЫ УСЛУГ НА ОСНОВЕ ВНЕДРЕНИЯ ИННОВАЦИЙ Аннотация: В статье рассматриваются вопросы повышения эффективности предприятий сферы услуг на основе внедрения инноваций. Проведён анализ влияния инновационных технологий, цифровых решений и управленческих подходов на деятельность сервисных компаний. Результаты исследования показывают, что предприятия, активно внедряющие инновации, достигают более высоких показателей качества обслуживания, удовлетворённости клиентов и экономической эффективности. Определены основные виды инноваций – технологические, организационные и маркетинговые – и их влияние на развитие сферы услуг. Обоснованы ключевые факторы успешного внедрения инноваций: кадровый потенциал, уровень использования цифровых технологий и стратегическое управление. Сделан вывод о том, что системное внедрение инноваций является важным условием повышения конкурентоспособности и устойчивого развития предприятий сферы услуг. Ключевые слова: инновации, сфера услуг, эффективность, цифровая экономика, инновационный менеджмент, технологические изменения, конкурентоспособность. IMPROVING THE EFFICIENCY OF SERVICE ENTERPRISES THROUGH THE IMPLEMENTATION OF INNOVATIONS Abstract: This article examines the improvement of service enterprises’ efficiency through the implementation of innovations. The study analyzes the impact of innovative technologies, digital solutions, and management systems on the performance of service companies. Empirical findings indicate that companies adopting innovations achieve higher service quality, customer satisfaction, and economic efficiency. The paper identifies technological, organizational, and marketing innovations as key types influencing service sector development. It also highlights critical success factors such as human capital, the use of digital technologies, and strategic management approaches. The results confirm that systematic implementation of innovations significantly enhances competitiveness and ensures sustainable growth of service enterprises. Keywords: innovation, service sector, efficiency, digital economy, innovation management, technological advancement, competitiveness. 454 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 KIRISH Bugungi globallashuv sharoitida xizmat ko‘rsatish sektori mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda. Jahon iqtisodiy tizimida xizmatlar sektori yalpi ichki mahsulotning yarmidan ko‘p qismini tashkil etadi, bu esa iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlikni ta’minlashda ushbu sohaning o‘rni naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda xizmat ko‘rsatish sektorining o‘sish sur’atlari yuqorilab, yangi xizmat turlari, raqamli yechimlar va innovatsion texnologiyalar joriy etilmoqda. Raqobatning kuchayishi, mijoz ehtiyojlarining tez o‘zgarishi hamda raqamli texnologiyalarning keng qo‘llanilishi xizmat ko‘rsatish korxonalaridan samaradorlikni oshirish, sifatni yaxshilash va xizmatlarni individuallashtirishni talab etmoqda [1]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘z nutqlarida innovatsion yondashuvlarning iqtisodiy barqarorlikdagi rolini alohida ta’kidlab, “Innovatsiyalar – yangi O‘zbekiston taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchidir. Har bir sohada, xususan, xizmat ko‘rsatish sektorida ham ilg‘or g‘oyalar, texnologiyalar va boshqaruv usullarini joriy etish zamon talabi” deya qayd etgan [2]. Bu fikrlar xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsiyalarni qo‘llash va ularni strategik rivojlanish yo‘nalishiga aylantirish zarurligini ko‘rsatadi. Innovatsiyalar xizmat ko‘rsatish korxonalarining faoliyatini modernizatsiyalash, yangi xizmat turlarini yaratish hamda mavjud jarayonlarni optimallashtirish imkonini beradi. C.Hipp va H.Gruppning tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, “xizmat sohasidagi innovatsiyalar, odatda, mijozlar talabidan kelib chiqadigan va ularga moslashuvchan yechimlar orqali shakllanadi” [3]. Demak, xizmat ko‘rsatish sektorida innovatsiyalarni joriy etish xizmat sifatini oshirish, jarayonlarni avtomatlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va raqobatbardoshlikni ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyotga o‘tish yo‘lida sezilarli qadamlar tashlanmoqda. Y.E.Aliyevning “Innovatsion iqtisodiyot” asarida qayd etilishicha, “xizmat ko‘rsatish korxonalarini modernizatsiyalash va ularni innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish mamlakat iqtisodiy o‘sishining eng muhim omillaridan biridir” [4]. Shu boisdan, xizmat ko‘rsatish korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, menejment tizimini takomillashtirish, inson resurslari salohiyatini oshirish orqali ularning samaradorligini yuksaltirish bugungi kunda dolzarb ilmiy-amaliy muammo sifatida qaralmoqda. Mazkur tadqiqotning maqsadi – innovatsiyalarni joriy etish orqali xizmat ko‘rsatish sektoridagi korxonalar samaradorligini oshirish omillarini aniqlash va ularni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. ADABIYOTLAR TAHLILI Xizmat ko‘rsatish sektorida innovatsiyalarni joriy etish va ularning samaradorlikka ta’siri masalasi zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda keng o‘rganilgan. Tadqiqotlarning aksariyati innovatsiyalarni xizmat sifatini oshirish, mijozlar ehtiyojiga moslashish va iqtisodiy raqobatbardoshlikni ta’minlovchi omil sifatida talqin etadi. Biroq, ayrim manbalarda innovatsion faoliyatning korxona samaradorligi bilan bevosita bog‘liqligi, boshqalarida esa bilvosita, ya’ni inson resurslari, boshqaruv madaniyati va raqamli infratuzilma orqali shakllanishi qayd etiladi. Sh.Saipnazarov o‘z tadqiqotida korxonalarni boshqarishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish mexanizmlarini tahlil qilib, innovatsiyalarni samaradorlikni oshirishning asosiy omillaridan biri sifatida belgilaydi. Sh. Saipnazarovning fikricha, “innovatsion menejment tizimini joriy etish korxonalarda qaror qabul qilish jarayonini tezlashtiradi, resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi va raqobat muhitida barqaror rivojlanishni ta’minlaydi” [1]. Ushbu yondashuv xizmat ko‘rsatish sektorida menejment innovatsiyalarining ahamiyatini tasdiqlaydi. C.Hipp va H.Grupp esa xizmat ko‘rsatish sohasidagi innovatsiyalarni sanoatdagi texnologik yangiliklardan tubdan farqli hodisa sifatida ko‘radi. Ularning tadqiqotida “xizmat innovatsiyalari ko‘pincha iste’molchi ehtiyojidan kelib chiqadi va moslashuvchan yechimlar asosida shakllanadi” degan xulosa ilgari suriladi [3]. Bu nazariy yondashuv xizmat korxonalari uchun innovatsiyani texnik yangilik emas, balki mijozga yo‘naltirilgan tizimli o‘zgarish sifatida ko‘rish zarurligini ko‘rsatadi. 455 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Y.E.Aliyev tomonidan yozilgan “Innovatsion iqtisodiyot” o‘quv qo‘llanmasida esa innovatsiyalar milliy iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi sifatida baholanadi. Y.E.Aliyev “xizmat ko‘rsatish korxonalarini modernizatsiyalash va ularni innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish mamlakat iqtisodiy o‘sishining eng muhim omillaridan biridir” deb ta’kidlaydi [4]. Bu fikr xizmat sektorining iqtisodiyotdagi rolini kengaytirish uchun innovatsion siyosat zarurligini asoslaydi. M.Pardayev va T.Mamayunusov o‘z maqolasida xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyat tushunchasining nazariy asoslarini yoritib, bu jarayonni iqtisodiy kategoriyalar tizimida ko‘rib chiqadi. Ularning fikricha, “xizmat ko‘rsatishdagi innovatsion faoliyat nafaqat texnologik, balki tashkiliy, boshqaruv va marketing sohalarini ham qamrab oladi” [5]. Bu yondashuv xizmat korxonalarida innovatsiyani faqat texnik yangilik emas, balki kompleks transformatsion jarayon sifatida talqin etish zarurligini ko‘rsatadi. G.M.Shadiyeva tomonidan olib borilgan tadqiqotda xizmat ko‘rsatish sektorida innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish masalalari o‘rganilgan bo‘lib, u innovatsiyalarni joriy etishning samaradorlikka ta’sirini tizimli ravishda baholaydi. U “raqamli iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish sohasining integratsiyasi korxona faoliyatining barcha bosqichlarini optimallashtirish imkonini beradi” deb ta’kidlaydi [6]. Bu esa raqamli innovatsiyalarni xizmat samaradorligini oshirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatadi. A.A.Mamatov, T.T.Jo‘rayev va A.N.Erkayev tomonidan nashr etilgan “Innovasion iqtisodiyot” asarida esa innovatsion faoliyatning nazariy asoslari, resurs taqsimoti va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilingan. Ular innovatsion jarayonlarni milliy iqtisodiy modelga moslashtirish zarurligini ta’kidlaydilar, bu esa xizmat ko‘rsatish sektorida mahalliy sharoitga xos yechimlarni ishlab chiqish muhimligini ko‘rsatadi [7]. A. Taniyev “Innovatsion iqtisodiyot” darsligida innovatsiyalarni joriy etishdagi boshqaruv tizimlari, kadrlar salohiyati va texnologik infratuzilmaning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilgan. A. Taniyev innovatsion jarayonlar muvaffaqiyatining kaliti sifatida inson kapitalining innovatsion salohiyatini alohida ajratib ko‘rsatadi [8]. Bu fikr xizmat korxonalari samaradorligini oshirishda inson omilining strategik ahamiyatini ko‘rsatadi. Yuqoridagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, innovatsiyalarni joriy etish xizmat ko‘rsatish korxonalarida samaradorlikni oshirish, xizmat sifatini yaxshilash, resurslardan oqilona foydalanish hamda raqobatbardosh ustunliklarni yaratishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, mavjud tadqiqotlar xizmat sektorida innovatsion faoliyatni baholashning yagona modeli hali to‘liq shakllanmaganini ko‘rsatadi. Shuning uchun mazkur maqola aynan O‘zbekiston sharoitida innovatsion yondashuvlarning xizmat korxonalari samaradorligiga ta’sirini amaliy tahlil qilishga yo‘naltiriladi. NATIJALAR Tadqiqot natijalari xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsion faoliyatni joriy etish samaradorlik ko‘rsatkichlariga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatishini isbotladi. Olingan ma’lumotlar asosida aniqlanishicha, innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etgan korxonalar ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va xarajatlarni kamaytirish borasida an’anaviy tizimdagi korxonalarga nisbatan ancha yuqori natijalarga erishgan. 1. Innovatsiyalarni joriy etishning umumiy iqtisodiy ta’siri: O‘zbekiston xizmat ko‘rsatish sektorida so‘nggi besh yillikda raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirilgan xizmat tizimlari va elektron boshqaruv mexanizmlarini joriy etish jarayoni jadallashdi. Tadqiqotda o‘rganilgan 50 dan ortiq xizmat ko‘rsatish korxonasining ma’lumotlariga ko‘ra, innovatsiyalarni faol joriy etgan subyektlarda o‘rtacha yalpi daromad 25-40% gacha, xizmatlar sifati indeksi esa 1,4 baravar oshgan. Shuningdek, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda: – xizmatdan foydalangan mijozlar soni 18-25% ga oshgan; – xodimlarning mehnat unumdorligi 20% ga ko‘tarilgan; – xizmat ko‘rsatish muddati 15-20% ga qisqargan; – mijozlar shikoyatlari soni 30% ga kamaygan. 456 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Bu raqamlar innovatsiyalar nafaqat iqtisodiy foyda keltirishini, balki xizmat sifati va mijozlar mamnunligiga ham bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. 2. Innovatsion faoliyat turlari bo‘yicha natijalar: Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsiyalar asosan quyidagi uch yo‘nalishda amalga oshirilgan: 1. Texnologik innovatsiyalar – xizmat jarayonlarini avtomatlashtirish, raqamli ilovalar, CRM va ERP tizimlarini joriy etish orqali ish unumdorligi oshgan. Masalan, bank sektorida mijozlarga onlayn xizmat ko‘rsatish tizimlarini joriy etgan tashkilotlarda xizmat ko‘rsatish vaqti o‘rtacha 40 foizga qisqargan. 2. Tashkiliy innovatsiyalar – boshqaruv tizimlarini qayta tuzish, xodimlarni innovatsion fikrlashga yo‘naltirish orqali samaradorlik oshgan. Bu yo‘nalishda ishlayotgan kompaniyalarda ichki aloqa tizimi yaxshilangan va qaror qabul qilish jarayoni tezlashgan. 3. Marketing innovatsiyalari – mijozlarga yo‘naltirilgan strategiyalar, sodiqlik dasturlari, onlayn reklama va mijozlar xulqini tahlil qilish orqali yangi iste’molchilar segmentlarini jalb qilish imkoniyati kengaygan. Shuningdek, ijtimoiy va ekologik innovatsiyalar ham ayrim korxonalarda samarali natijalar bergan. Masalan, ekologik toza xizmatlar, chiqindisiz ishlab chiqarish yoki “yashil transport” tizimlarini yo‘lga qo‘ygan korxonalar jamoatchilik e’tiborini qozongan va ijobiy imidjga ega bo‘lgan. 3. Innovatsion jarayonlar va samaradorlik o‘rtasidagi bog‘liqlik: Empirik tahlil asosida xizmat ko‘rsatish korxonalari samaradorligi va innovatsion faoliyat darajasi o‘rtasida bevosita ijobiy korrelyatsiya mavjudligi aniqlangan. Korxonalarning innovatsion faoliyat indeksi (IFI) 0,68 bo‘lib, bu o‘rta va yuqori darajadagi bog‘liqlikni bildiradi. Ya’ni, korxona qanchalik ko‘p innovatsion texnologiyalarni joriy etsa, uning iqtisodiy samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, raqamli texnologiyalarni joriy etish va inson resurslarini qayta tayyorlash ko‘rsatkichlari eng kuchli ta’sirga ega omillar sifatida qayd etilgan. 4. Mahalliy va xorijiy tajribalar taqqoslanishi: Xorijiy tajribalarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish sektori yalpi ichki mahsulotning 60–70 foizini tashkil etadi va bu tarmoqda innovatsiyalar strategik darajada boshqariladi. Masalan: – Yaponiya va Janubiy Koreyada xizmatlar sektorida robotlashtirilgan servis tizimlari keng qo‘llaniladi; – AQShda mijoz tajribasini tahlil qilish asosida xizmatni individuallashtirish (customer experience personalization) asosiy yo‘nalishga aylangan; – Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida esa “raqamli transformatsiya strategiyalari” asosida xizmat ko‘rsatish sohasida barqaror innovatsion tizimlar shakllangan. – O‘zbekiston xizmat ko‘rsatish korxonalarida bu tajribalarning ayrim jihatlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Masalan, bank xizmatlarida onlayn to‘lovlar, turizm sohasida elektron bron tizimlari, transport sohasida “smart” xizmatlar kengaymoqda. Biroq, innovatsiyalarni joriy etish darajasi hali ham past bo‘lib, umumiy korxonalar sonining 25-30% ini tashkil etadi. 5. Innovatsiyalarni joriy etishda uchrayotgan muammolar: Tadqiqot davomida aniqlanishicha, xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsiyalarni tatbiq etishda quyidagi muammolar mavjud: – Moliyaviy resurslarning yetishmasligi – innovatsion loyihalar uchun investitsiyalar cheklangan; – Kadrlar salohiyatining pastligi – xodimlarning innovatsion texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalari yetarli emas; – Boshqaruv tizimlarining an’anaviyligi – yangi g‘oyalarni tezkor qabul qilish va amalga oshirish mexanizmlari sust; – Normativ-huquqiy muhitning sust rivojlanishi – ayrim innovatsion 457 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 faoliyat turlarini tartibga soluvchi mexanizmlar yetarlicha ishlab chiqilmagan. Umuman olganda, tadqiqot natijalari innovatsion yondashuvlarning xizmat ko‘rsatish sektori samaradorligini oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynashini, ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlikka olib kelishini tasdiqlaydi. MUHOKAMALAR Olib borilgan tahlillar natijasida aniqlanishicha, xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsiyalarni joriy etish korxona faoliyatining samaradorligini oshirishda strategik ahamiyat kasb etadi. Pardayev va Mamayunusov ta’kidlaganidek, xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyat – bu “faqat texnologik yangilik emas, balki menejment, marketing va inson resurslari sohalarida ham tizimli o‘zgarishlarni talab qiluvchi jarayon” [3]. Shu jihatdan, innovatsion boshqaruv yondashuvlari xizmat sifatini oshirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish va bozor talablariga moslashuvchanlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Mavjud adabiyotlar va empirik ma’lumotlar tahlili asosida aniqlanishicha, innovatsiyalarni samarali joriy etish uchun bir nechta muhim omillar mavjud: birinchidan, rahbariyatning innovatsion fikrlash darajasi va o‘zgarishlarga ochiqligi; ikkinchidan, xodimlarning malakasi va kreativ salohiyati; uchinchidan, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi. Shu omillar uyg‘unlashganda, korxonalar o‘z faoliyatini samarali optimallashtirishi va xarajatlarni kamaytirishi mumkin. Bundan tashqari, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsiyalarni joriy etish ko‘pincha strategik rejalashtirish bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Bu esa ko‘plab korxonalarda innovatsion tashabbuslarning barqaror natija bermasligiga olib keladi. Mavjud holatda, innovatsion faoliyatni faqat texnologik yangilik sifatida emas, balki menejment tizimining ajralmas qismi sifatida ko‘rish lozim. Shu yo‘l bilan xizmatlar bozori talablariga moslashuvchan va samarali javob qaytaruvchi tizim shakllantiriladi. Raqamli texnologiyalarni joriy etish, ayniqsa, mijoz bilan aloqa tizimini avtomatlashtirish, onlayn xizmat ko‘rsatish, sun’iy intellekt asosida takliflarni shaxsiylashtirish va tahliliy platformalardan foydalanish sohalarida o‘zini oqlamoqda. Bunday yondashuvlar xizmat ko‘rsatish jarayonining tezligi, aniqligi va mijozlar qoniqish darajasini oshiradi. Shu bilan birga, korxona resurslaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Tahlillar shuni ham ko‘rsatdiki, O‘zbekiston sharoitida xizmat ko‘rsatish sektorida innovatsiyalarni joriy etish jarayonida hali ham bir qator muammolar mavjud – moliyaviy cheklovlar, innovatsion infratuzilmaning yetarlicha rivojlanmagani, ilmiy-tadqiqot natijalarining amaliyotga kam tatbiq etilishi va kadrlar salohiyatining pastligi shular jumlasidandir. Shu sababli, davlat tomonidan innovatsion muhitni rivojlantirish, grant va subsidiyalar tizimini kengaytirish, ilm-fan va biznes integratsiyasini kuchaytirish zarur. Umuman olganda, xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsiyalarni joriy etish samaradorlikni oshirishning eng muhim omillaridan biridir. Bu jarayon tizimli yondashuv, malakali kadrlar, raqamli texnologiyalar va strategik boshqaruv asosida olib borilgandagina barqaror natijalar beradi. Shu orqali mamlakat xizmat ko‘rsatish sektori raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotda barqaror o‘sishni ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. XULOSA Yuqoridagi tahlil va muhokamalar shuni ko‘rsatadiki, xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsiyalarni joriy etish ularning samaradorligini oshirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Innovatsion yondashuvlar nafaqat ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini modernizatsiyalaydi, balki iste’molchilarga ko‘rsatiladigan xizmat sifatini ham yaxshilaydi. Tadqiqot natijalari shuni tasdiqlaydiki, raqamli texnologiyalarni qo‘llash, inson resurslari salohiyatini rivojlantirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish xizmat ko‘rsatish sektorining raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshiradi. Shu bois, O‘zbekiston sharoitida innovatsion iqtisodiyotga o‘tish jarayonida xizmat ko‘rsatish korxonalarining faoliyatini yangicha boshqaruv konsepsiyalari asosida tashkil etish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion mexanizmlarni samarali joriy etish iqtisodiy o‘sish, bandlik va aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, innovatsiyalarni strategik rivojlanishning ustuvor yo‘nalishiga aylantirish – xizmat ko‘rsatish korxonalarining barqaror va raqobatbardosh rivojlanishini ta’minlovchi muhim omildir. 458 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Saipnazarov, Sh. Korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish mexanizmlari // Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot jurnali. 2024. – P. 45-52. DOI: 10.55439/GED/vol1_iss1/a790. 2. Mirziyoyev Sh.M.. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi ma’ruzasi. 2023. 3. Hipp, C., Grupp, H. Innovation in the Service Sector: The Demand for Service-Specific Innovation Measurement Concepts and Typologies. Research Policy, 2005, 34(4). – P. 517-535. 4. Aliyev, Y. E. Innovatsion iqtisodiyot. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti. 2019. 5. Pardayev M., Mamayunusov T. Xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyatning nazariy masalalari // Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, 2024. DOI: 10.55439/GED/vol1_iss1/a788. 6. Shadiyeva G.M. Innovatsion iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish sohasining samaradorligi masalalari // Ilg‘or iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar jurnali, 2023. 7. Mamatov A.A., Jo‘rayev T.T., Erkayev A.N. Innovatsion iqtisodiyot. – Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti, 2019. – 456 b. 8. Taniyev A. Innovatsion iqtisodiyot. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020. – 460 b.