scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IQTISODIYOTDA IPOTEKA KREDITINING AHAMIYATI

Baxromov Baxtiyor Shunqor o'g'li

Full text

487 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 IQTISODIYOTDA IPOTEKA KREDITINING AHAMIYATI Baxromov Baxtiyor Shunqor o’g’li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Bank ishi va auditi yo’nalishi 6BI-22_guruh 4 -bosqich talabasi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17527047 Annotatsiya: Ushbu tezisda ipoteka kreditining yaqin yillardagi miqdori va uning iqtisodiyotda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritilgan va ushbu sohani rivojlantirish uchun xulosa va takliflar keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar:ipoteka, Digital ipoteka, Bank, Subsidiya, O'rtacha foiz stavkasi Respublikada aholi o‘rtasida uy-joyga va buning barobarida ipotekaga bo‘lgan ehtiyojning tobora ortishi banklarni uzluksiz resurs bilan ta’minlash zaruratini belgilab beradi. Mamlakatimiz uy-joy sektorini rivojlantirish, ipoteka kreditlarini taqdim etish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining barcha qatlamlari uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5715-sonli Farmoniga asosan “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” (keyingi o'rinlarda - Kompaniya) aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan 1 . 2025-yilning yarim yilligida O‘zbekistondagi tijorat banklari 31 ming 589 nafar fuqaroga jami 9,4 trln so‘m ipoteka krediti ajratdi. Ushbu mablag‘ning 6 trln 390 mlrd so‘mi yoki 68 foizi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan. 2025-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda tijorat banklari tomonidan 31 ming 589 nafar fuqaroga jami 9,4 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratildi. Bunda ipotekaning o‘rtacha qiymati 298,7 mln so‘mni tashkil etdi. 2024-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 262,7 mln so‘mga teng bo‘lgandi. Yarim yillikda berilgan ipotekalarning moliyalashtirish manbalari quyidagicha bo‘lgan: • Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 6 trillion 389,3 milliard so‘m (68%) • Bank o‘z mablag‘idan — 2 trillion 252,9 milliard so‘m (24%) • O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi — 794,3 milliard so‘m (8%) Ajratilgan ipoteka kreditlarining qariyb 7 trln so‘mi birlamchi bozordagi uylar uchun, 2,5 trln so‘mi esa ikkilamchi bozordagi uylar uchun ajratildi. Hududlar kesimida eng yuqori ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi. Bunda uning ulushi 3 trln so‘mni tashkil etdi. Keyingi o‘rinda esa 747,2 mlrd so‘m bilan Andijon viloyati qayd etildi. 1-rasm 2 Ipoteka miqdori 2025-yil.Ipoteka kreditlarining banklar kesimidagi ulushi 1 “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” 2 Iqtisodiyot va moliya vazirligi 488 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Ushbu tashabbus orqali respublikada ipoteka moliyasining barqaror infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Kompaniya faoliyati nafaqat aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga, balki moliyaviy bozor rivojiga, investorlar ishonchini oshirishga va bank tizimida resurslar aylanishining uzluksizligini ta’minlashga ham xizmat qilmoqda.Shu yuzadan mamlakatimizda ipotekaga berilgan e’tiborni quyidagi ma’lumotlardan bilib olishiz mumkin. Ipoteka kreditlari iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi? Ko'pchilik ipotekani faqat uy olish vositasi deb biladi. Ammo aslida ipoteka tizimi butun iqtisodiyotga ta'sir qiladi: Qurilish sektori rivojlanadi - odamlar ko'proq uy olgani sari talab oshadi, yangi uylar quriladi, ish o'rinlari paydo bo'ladi. Banklar foyda ko'radi - uzoq muddatli, kafolatli kreditlar orqali daromad oladi. Iste'molchilar moliyaviy savodli bo'ladi - byudjetini rejalashtiradi, intizomli to'lov qilishni o'rganadi. Davlat uchun ham foydali - soliq tushumlari ortadi, iqtisodiyotda pul aylanishi kuchayadi. Oddiy qilib aytganda, ipoteka bu - faqat uy emas, balki iqtisodiyot dvigateli hamdir. Ipoteka bozori har qanday davlatning moliyaviy sog'lomligi va uy-joy bilan ta'minlash siyosatining muhim ko'rsatkichidir. O'zbekistonda ham so'nggi yillarda ipoteka kreditlariga talab ortib bormoqda. Ushbu maqolada biz bugungi ipoteka bozorining holatini, asosiy raqamlar va tendensiyalarni, shuningdek, qanday omillar bu bozorga ta'sir qilayotganini ko'rib chiqamiz. Asosiy raqamlar (2024-yil misolida): O'zbekistonda o'rtacha ipoteka miqdori: 350 mln so'm. O'rtacha foiz stavkasi: 17-20% Kredit muddati: 15 yil Eng ko'p ipoteka berilayotgan hududlar: Toshkent shahri, Samarqand, Andijon Asosiy beruvchilar: Milliy bank, Ipoteka-bank, Xalq banki, Agrobank Rivojlanish tendensiyalari: Subsidiyalangan dasturlar ortmoqda - ayniqsa yoshlar va ayollar uchun. Bozor stavkalarining erkinlashuvi - banklar o'z shartlarini taklif qila boshladi. 489 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Digital ipoteka xizmatlari - hujjatlar onlayn topshirish, avtomatik skoring tizimlari. Tahlil va xulosa: Ipoteka bozori o'sishda davom etmoqda, lekin foiz stavkalari yuqoriligi ko'pchilik uchun to'siq bo'lmoqda. Buning yechimi sifatida ko'proq raqobat va davlat tomonidan shaffof subsidiyalar taklif etilishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5715-sonli Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Ipoteka kreditlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4957-sonli qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2023). O‘zbekiston bank tizimining rivojlanish ko‘rsatkichlari. Toshkent. 4. Karimov, S. (2022). Ipoteka kreditlash tizimi va uning iqtisodiyotdagi o‘rni. Toshkent: Iqtisodiyot va moliya nashriyoti. 5. Abdug‘aniyev, O., & Raximov, J. (2023). Tijorat banklarida ipoteka kreditlash tizimi: muammolar va yechimlar. Toshkent: Moliyaviy tadqiqotlar instituti. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi. (2023). O‘zbekistonda ipoteka kreditlash: natijalar va istiqbollar. Toshkent.