scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YASHIL IQTISODIYOT TAMOYILLARINI JORIY ETISH ASOSIDA SANOATNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH

Maksumova Dildora Alisherovna

Full text

500 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 YASHIL IQTISODIYOT TAMOYILLARINI JORIY ETISH ASOSIDA SANOATNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH Maksumova Dildora Alisherovna TDIU, “Yashil” iqtisodiyot kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17528691 Annotatsiya: Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish asosida sanoatni barqaror rivojlantirishning asosiy yо‘nalishlari bayon etilgan. Jumladan, energiyani yashil manbalarga diversifikatsiya qilish va skrap-logistika tizimini rivojlantirish asosida sanoatning barqaror modernizatsiyasi va “yashil iqtisodiyot”ga о‘tishining strategik asoslari taklif etilgan. Kalit sо‘zlar: yashil iqtisodiyot, sanoat, sanoat tarmoqlari, barqaror rivojlanish, issiqxona gazlari, investitsiya, diversifikatsiya. XXI asrda global iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun asosiy strategiya sifatida yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish dolzarblikni keskin oshib bormoqda. Oxirgi yillarda jahon miqyosidagi iqtisodiy о‘sish, sanoatdagi transformatsiya va iqlim о‘zgarishi bilan bog‘liq xavflar bir vaqtning о‘zida faollashdi. Bu holat barcha mamlakatlar uchun sanoat siyosatni qayta kо‘rib chiqish va dekarbonizatsiya jarayonlarini tezlashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Shu bois, mamlakatimizda ham bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar jadallashdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4477-son [1] va 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son [2] qarori bilan “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi”ni tasdiqlandi. Ushbu xujjatlarda sanoat tarmog‘ining energiya samaradorligi va resurs tejamkorligini oshirish, chiqindilarni kamaytirish, qayta tiklanadigan energiya ulushini oshirishni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Bularning barchasi mazkur tadqiqot mavzusining dolzarbligini ifodalaydi. Xalqaro energetika agentligi (IEA) ma’lumotlariga kо‘ra, 2024-yilda jahon bо‘yicha issiqxona gazlari chiqindisi 57,1 mlrd. tonna SO₂ ekvivalentga yetgan. Bu kо‘rsatkich 1,5°Clik iqlim yо‘nalishidan chetlashish xavfini oshirmoqda. Aynan shu sababli sanoat tarmoqlarida dekarbonizatsiya va energiya samaradorligini oshirish siyosatlari dolzarb masalalardan biriga aylandi [3]. Xususan, 2024-yilda xalqaro investitsiya fonida toza energiya va yashil sanoatga sarmoyalar ulushi rekord darajaga yetdi. IEA va Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF) ma’lumotlariga kо‘ra, toza energiyaga jami 2 trln. AQSH dollari yо‘naltirilgan bо‘lib, bu neft va gaz sohalari sarmoyasidan ikki barobar kо‘pdir [4]. Bu holat sanoat modernizatsiyasining asosiy moliyaviy drayveriga aylandi. Bu esa sanoatda energiyani “yashil manbalar”ga о‘tkazishni jadallashtirishni taqozo etmoqda. 2024yilga kelib jahon bо‘yicha sanoat tarmoqlari umumiy SO₂ chiqindilarining qariyb 30-35 foizini tashkil etib, bu holat iqlim о‘zgarishini kuchaytirayotgan asosiy omillardan biri bо‘lib qolmoqda. Bu о‘z navbatida an’anaviy yoqilg‘ilarga bog‘liqlikni kamaytirishni taqozo etmoqda. Zero, qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh, shamol, biomassa, geotermal)ni sanoat jarayonlariga integratsiya qilish orqali korxonalar: - energiya xarajatlarini barqaror ravishda kamaytiradi; - xalqaro “karbon izi” standartlariga moslashadi; - eksport bozorlarida raqobatbardoshligini oshiradi; - mamlakat miqyosida energiya xavfsizligini mustahkamlaydi. Shu bois, “yashil energiya”ga о‘tish nafaqat ekologik majburiyat, balki iqtisodiy samaradorlik va sanoat barqarorligi uchun strategik yо‘nalish hisoblanadi. Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya agentligi (IRENA) ma’lumotlariga kо‘ra, 2024-yilda jahonda qayta tiklanuvchi energiya quvvatlari 510 GVtgacha oshdi. Lekin, bu о‘sish sur’ati 2030-yilga qadar uch barobarlik ulush maqsadini ta’minlay olmaydi. Demak, sanoatda energiyani “yashil manbalar”ga о‘tkazish jarayonini tezlashtirish strategik ahamiyat kasb etmoqda [5]. 501 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 BloombergNEF (Green Finance Outlook 2024) tahlillariga kо‘ra, jahon miqyosida “green, social, sustainability” obligatsiyalarining umumiy hajmi 1,05 trln. AQSH dollaridan oshgan bо‘lib [6], yashil moliya vositalari sanoat korxonalariga arzon va uzoq muddatli kapital manbalari orqali dekarbonizatsiya loyihalarini amalga oshirish imkonini bermoqda. Bu ayniqsa, resurslar tejamkor texnologiyalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2024-yildan boshlab, xalqaro hisobdorlik tizimida IFRS S1 va S2 standartlari tо‘liq amalga kirdi. Ushbu standartlar barcha yirik sanoat korxonalaridan iqlim risklarini moliyaviy hisobotlarda ochiq ifoda etishni talab qiladi [7]. Shuningdek, Yevropa Ittifoqining CBAM (Carbon Border Adjustment Mechanism) tizimi 2024yildagi hisobot davridan sinov bosqichiga о‘tdi va 2026-yilda tо‘liq amalga joriy etilishi kutilmoqda [8]. Bu holat eksportga yо‘naltirilgan korxonalarni past-karbon ishlab chiqarish standartlariga moslashishni talab etadi. Jahon banki va OECD tahlillariga kо‘ra, 2024-yilda kritik minerallar (litiy, kobalt, nikel, mis, grafit) bо‘yicha talab keskin oshmoqda. 2040-yilgacha bu resurslarga bо‘lgan talabni qondirish uchun kamida 200 mlrd. AQSH dollari miqdorida yangi investitsiyalar zarur. Shu sababli sanoat tarmoqlarida aylanma iqtisodiyot va resurs samaradorligi tamoyillarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda [9, 10]. Yuqoridagilardan kelib chiqib, sanoatni barqaror rivojlantirishda quyidagilarni ustuvor yо‘nalishlar sifatida keltirish mumkin: 1) Elektrlashtirish va energiya samaradorligiga erishishi – bu sanoatdagi CO₂ chiqindilarini qisqartirishning tez va arzon yо‘lidir. Shuningdek, ISO 50001 energiya menejmenti tizimini joriy etish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va optimallashtirish zarur; 2) Aylanma iqtisodiyot va material samaradorligiga erishish – qayta ishlash, skrap-logistika (sanoatdagi chiqindilarni (metall, plastik, shisha, elektron komponentlar va boshqalar) samarali yig‘ib, qayta ishlash korxonalariga yetkazish tizimi) va resurs tejamkor konstruksiya orqali xom ashyo xarajatlarini kamaytirish, bu bilan ESG kо‘rsatkichlarini yaxshilashga erishish mumkin; 3) Eksport bozorlariga moslashish – CBAM (Carbon Border Adjustment Mechanism) talablariga tayyorgarlik sifatida mahsulotlarning “embedded” karbon izini aniqlash, ISO 14040/44 “Life Cycle Assessment” (LCA) metodikasini joriy etish maqsadga muvofiq. Xulosa qilib aytganda, 2024-yil holatida jahon iqtisodiyotida “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amalga oshirish nafaqat ekologik, balki iqtisodiy raqobatbardoshlik omiliga aylandi. Toza energiyaga sarmoyalar, xalqaro hisobdorlik standartlari va yoshil moliya instrumentlari sanoatning barqaror rivojlanishi uchun yangi institusional va moliyaviy imkoniyatlarni yaratmoqda. Demak, sanoatda yashil iqtisodiyotni joriy etish – bu ekologik majburiyat emas, yangi iqtisodiy о‘sish modeliga о‘tishning strategik shartidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “2019-2030 yillar davrida О‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga о‘tish strategiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi PQ-4477son Qarori. 2. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-436-son Qarori. 3. International Energy Agency (IEA). World Energy Outlook 2024. https://www.iea.org/reports/worldenergy-outlook-2024 4. International Monetary Fund (IMF). Global Financial Stability Report 2024. https://www.imf.org/en/Publications/GFSR/Issues/2024/10/22/global-financial-stability-report-october-2024 5. IRENA, Renewables Capacity Statistics 2024. https://www.irena.org/- /media/Files/IRENA/Agency/Publication/2024/Mar/IRENA_RE_Capacity_Statistics_2024.pdf 6. BloombergNEF. Green Finance Outlook 2024. https://about.bnef.com/insights/clean-energy/newenergy-outlook/ 502 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 7. IFRS Foundation. ISSB Standards S1 and S2 Implementation Guidance, 2024. https://www.ifrs.org/news-and-events/updates/issb/2024/issb-update-november-2024/ 8. European Commission. Carbon Border Adjustment Mechanism (CBAM) Report, 2024. https://www.epa.ie/our-services/licensing/climate-change/eu-carbon-border-adjustment-mechanism/ 9. World Bank. Critical Minerals Outlook 2024. https://documents1.worldbank.org/curated/en/099126301312598929/pdf/IDU-5b1fc086-2883-4323-8cf34b6fd5ddf0c0.pdf 10. OECD. Industrial Decarbonization Pathways, 2024. https://www.oecd.org/en/topics/decarbonisingindustry.html 11. https://lex.uz