scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GIPS CHIQINDILARI ASOSIDA KALSIYLI BOG'LOVCHI MATERIALLAR OLISH VA ULARNI XUSUSIYATLARINI O'RGANISH

Xojimatov Aliser Nazirjonovich; Doliyev G'olibjon Alisherovich

Abstract

GIPS CHIQINDILARI ASOSIDA KALSIYLI BOG'LOVCHI MATERIALLAR OLISH VA ULARNI XUSUSIYATLARINI O’RGANISH Xojimatov Aliser Nazirjonovich Namangan davlat universiteti Kimyo kafedrasi doktaranti Doliyev G’olibjon Alisherovich Namangan davlat universiteti professori E-mail: [email protected] Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada Farg’ona viloyati Rishton tumani hududida faoliyat ko’rsatayotgan chinni buyumlarini ishlab chiqarish korxonalarida paydo bo’layotgan gipsli chiqindilarni qayta ishlab kalsiyli bog’lovchi materiallar olish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlarning natijalari keltirilgan. Gips chiqindilarni turli haroratlarda tarkibiga qo‘shimchalar qo‘shish orqali birlamchi mahsulotga o‘tkazish kattaliklari aniqlangan. Bir xil haroratda va turli vaqt oralig’ida qizdirib olingan namunalarni suv ta’sirida turli nisbatlarda qotishi o‘rganilgan. Olingan namunalarning standartga nisbatan mexanik mustahkamligi, siqilishga chidamliligi hamda suvni yutish miqdori aniqlangan. Olingan namunalarning IQ spektr taxlillari o’rganilgan. Kalit so‘zlar: gips chiqindisi, chinni va sopol buyumlari chiqindilari, kalsiyli bog‘lovchi, mexanik mustahkamlik, siqilishga chidamlilik, IQ spektr taxlillari.

Full text

"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 132 GIPS CHIQINDILARI ASOSIDA KALSIYLI BOG'LOVCHI MATERIALLAR OLISH VA ULARNI XUSUSIYATLARINI O’RGANISH Xojimatov Aliser Nazirjonovich Namangan davlat universiteti Kimyo kafedrasi doktaranti Doliyev G’olibjon Alisherovich Namangan davlat universiteti professori E-mail: [email protected] Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada Farg’ona viloyati Rishton tumani hududida faoliyat ko’rsatayotgan chinni buyumlarini ishlab chiqarish korxonalarida paydo bo’layotgan gipsli chiqindilarni qayta ishlab kalsiyli bog’lovchi materiallar olish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlarning natijalari keltirilgan. Gips chiqindilarni turli haroratlarda tarkibiga qo‘shimchalar qo‘shish orqali birlamchi mahsulotga o‘tkazish kattaliklari aniqlangan. Bir xil haroratda va turli vaqt oralig’ida qizdirib olingan namunalarni suv ta’sirida turli nisbatlarda qotishi o‘rganilgan. Olingan namunalarning standartga nisbatan mexanik mustahkamligi, siqilishga chidamliligi hamda suvni yutish miqdori aniqlangan. Olingan namunalarning IQ spektr taxlillari o’rganilgan. Kalit so‘zlar: gips chiqindisi, chinni va sopol buyumlari chiqindilari, kalsiyli bog‘lovchi, mexanik mustahkamlik, siqilishga chidamlilik, IQ spektr taxlillari. KIRISH. Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish uchun sanoat chiqindilari asosida zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarishning asosiy strategik loyihalar ishlab chiqilgan. Ushbu loyihalardan ko`zlangan maqsad O'zbekiston iqtisodiyotining yanada rivojlanishini ta`minlagan holda tabiiy resurslardan samarali foydalanishdir. Qayta tiklanadigan tabiiy resurslarni ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarining muvozanatini saqlash, chiqindilardan oqilona foydalanish, hamda tabiatning daslabki turlari va ularning genofondini, landshaftning xilma - xilligini saqlash kabi bir qator chora-tadbirlardan iboratdir. Bu borada sanoat chiqindilaridan foydalangan holda, ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarni tannarxini kamaytirish hamda ishlab chiqarishning energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish asosiy yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qurilish sohasida devor qoplamalarining yangi zamonaviy turlarini ishlab chiqarish va kengaytirishga oid 4335-son qarori bilan ana shu maqsadlarni qamrab olgan [1]. Bugungi kunlarda mamlakatimiz xalq xo’jaligida 50 dan ortiq gipsli chiqindilari hosil bo’lmoqda va ular ichida eng hajmi kattasi bu fosfogipsdir. Hozirgi kunda fosfogipsli chiqindilarning 100 mln tonnadan ortiq miqdori mavjud. Kimyo sanoati chiqindilarini ikkilamchi resurslar sifatida ishlatishning jihatlarini quyidagicha ifodalash maqsadlidir: fosfogips va boshqa gips tarkibli chiqindilar asosida bog’lovchilar olish bo’yicha professor T.A.Otaqo’ziyev va uning maktabi yaratgan bog’lovchilar tayyorlash (modifikatsiyalangan fosfogips, sulfomineral sementlar va boshqalar) innovatsion texnologiyalari e’tiborga loyiqdir [2]. Shu kabi ilmiy asoslangan texnologiyalar Rossiya, Litva, Armaniston, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda joriy etilgan. Bolgariyada fosfogipsni yuvmasdan ekstruziya usulida buyumlar olish, Belorussiyada polimerfosfogips tayyorlash texnologiyalari diqqatga sazovordir [3]. https://doi.org/10.5281/zenodo.17528705 "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 133 Jahonda hammasi bo‘lib 35-40 mln.t. gips bog‘lovchi moddalari ishlab chiqariladi, shundan 90% qurilish ishlarida ishlatiladi. O‘zbekistonda gips bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish Buxoro va Fargona viloyatlarida yaxshi rivojlangan. Toshkent, Fargona, Samarkand viloyatlarida ishlab chiqarish chikindilaridan foydalanib gips ishlab chiqarish ustida ancha ishlar qilinayapti. Bundan tashqari mamlakatimiz yuqori sifatli gips bog‘lovchibop xomashyo zahiralariga juda boy o‘lka bo‘lib, O‘rta Osiyo davlatlari ichida mineral bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha etakchi o‘rinni egallaydi. Hozirda respublikamizda umumiy hajmi 12 million tonnaga yaqin 25 xil gipsbop xom ashyo zahiralari topilgan [4]. Gips bog‘lovchilari ishlab chiqarish usuliga ko‘ra past va yuqori haroratda pishirilgan turlariga bo‘linadi. Past haroratda pishirilgan gips ikki molekula suvli gips toshini (CaSO4·2H2O) 110-180oC haroratda qisman suvini yo‘qotish hisobiga olinadi. Yuqori haroratda kuydirilgan gips (angidrit) bog‘lovchisi gips toshini 600-1000oC haroratda kuydirib olinadi. Bu jarayon tufayli gips toshi tarkibidan suv butunlay chiqib ketadi va suvsiz kalsiy sulfati (CaSO4) hosil bo‘ladi[5]. NATIJALAR Tadqiqotlar avvalida chinni va sopol ishlab chiqarishda va Bino va inshoatlarga dekarativ bezak ishlab chiqarish karxonalarida hosil bo’ladigan gips chiqindilarining namunalarini infraqizil spektrlari va mineral tarkiblari keltirilgan (1a,1b-rasm). a) b) 1-rasm. Chinni va sopol ishlab chiqarishda paydo bo’ladigan gips chiqindilarining namunalarini (a) Bino va inshoatlarga dekarativ bezak ishlab chiqarish karxonalarida hosil bo’ladigan gipsli chiqindilar namunalarini (b) infraqizil spektrlari va mineral tarkiblari. Ushbu olingan natijalardan ko’rinib turibdiki, olingan chiqindilar tarkibi bir-biriga o’xshash. Tadqiqotlar davomida ushbu namunalar elakdan o’tkazildi. Elakdan o’tkazilgan gips chiqindilarining namunalari turli haroratlarda ishlov berildi. "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 134 Gips chiqindilarni turli haroratlarda tarkibiga qo‘shimchalar qo‘shish orqali birlamchi mahsulotga o‘tkazish kattaliklari aniqlandi. 1jadval.Gips chiqindisini qayta ishlash bo’yicha olingan natijalar № Qizdirish harorati, oC Qizdirish vaqti, daq. Massa kamayishi, g Suvsizlanish, % Gip/ suv nisbati Suvsizlanish tezligi, daq. Qotish vaqti daq. 1 180 30 5,9 19,67 1,0:1,5 60 42 2 220 30 6,15 20,50 1,0:1,5 27 40 4 240 30 6,155 20,51 1,0:1,5 60 85 Chiqindi gipsni tarkibidagi suvni chiqarib yuborish uchun turli haroratlarda qizdirildi. Qizdirilish natijalari gips 220oC haroratdan yuqorida deyarli suvchizlanishi sezilmadi. Yutilgan suvni 95% ni ushbu haroratda chiqib ketganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu haroratda (220oC) chinni va sopol ishlab chiqarishda paydo bo’ladigan gips chiqindilarini (2a-rasm), Bino va inshoatlarga dekarativ bezak ishlab chiqarish karxonalarida hosil bo’ladigan gipsli chiqindilarni (2b-rasm) qayta ishlashda olingan gips namunalari infraqizil spektr va mineral tarkiblari tahlil qilindi. a) b) 4-rasm. Chinni va sopol ishlab chiqarishda paydo bo’ladigan gips chiqindilarini qayta ishlashda hosil bo’lgan gips namunalarini (a), Bino va inshoatlarga dekarativ bezak ishlab chiqarish karxonalarida hosil bo’ladigan gips namunalarini (b) infraqizil spektrlari va mineral tarkiblari. Keltirilgan natijalardan shuni ko’rish mumkinki, qayta ishlanmagan namunalarga qaraganda ularning mineral tarkiblari sezilarli darajada farq qiladi. Gips xamirini tayyorlashda qo’shiladigan suv miqdorini aniqlash standart konussimon silindirdan oqib chiqadigan gips xamiri yoyilgan diametri bilan tavsiflanadi. Dav.Stand. talabiga asosan namunalar bir necha nisbatlarda sinovdan o’tkazildi [6]. Olingan sinov natijalariga ko’ra gips va suv nisbati 1:1 qiymat bo’yicha tayyorlangan gips xamirining yoyilishi Dav.Stand. talabiga mos ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar asosida tayyorlangan gips namunasidan 23789-2018 raqamli Davl.Stand. talablariga muvofiq mexanik xossalari: bosim ostida siqilishga va egilishga chidamliligi AlfaTest qurilmasi yordamida tekshirildi (5-rasm). "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 135 4-rasm. AlfaTest qurilmasi yordamida namunalarni siqilishga chidamliligini tekshirish. 2jadval. Chinni va sopol buyumlari ishlab chiqarish korxonalari chiqindisidan olingan namunaning mexanik xossalari Namunalar Namunalarni siqilishga chidamliligi Namunalarni egilishga chidamliligi 1 G-6 markali qurilish gips 14.69 0.79 2 Chinni va sopol buyumlari ishlab chiqarish korxonalari chiqindisidan olingan namuna 11.67 0.57 XULOSA Chiqindilardan gips bog‘lovchisi ishlab chiqarishda ikkilamchi mahsulot, tabiiy gips xom ashyosidan sezilarli darajada farq qiladi. Har xil qo’shimchalarning mavjudligi qo‘shimcha ishlov berishni talab qiladi: zararsizlantirish, boyitish va quritish. Bunday ishlov berish gips narxini oshiradi. Gips toshi asosidagi bog‘lovchilar bilan taqqoslaganda, raqobatbardoshligini pasaytiradi. Bunday materiallar faqat ma'lum sohalarda raqobatdosh bo‘lishi mumkin. Olingan natijalarning standartga nisbatan siqilishga chidamliligi 79% ni tashkil etdi. Bunda vaqt o’tishi bilan kalsiyli bog’lovchilarning mexanik mustahkamligi oshib borishini aniqlandi.Tuzilgan moddiy balans natijalari shuni ko’rsatdiki, korxona chiqindilari asosida gips olish texnologiyasi ham iqtisodiy ham ekologik jihatdan samarali bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4335-sonli qarori. 2. M.X.Siddiqov, N.R. Sadullayev. Sanoat chiqindisi fosfogipsni qurilish gipsi sifatida qo’llash va uning mustahkamligini oshirishni tadqiq etish Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities 2023-yil, 138-144 bet file:///C:/Users/AORUS/Downloads/27%20(13).pdf 3. D.Qodirova, X.Nuriddinov. Bog’lovchi moddalar va qurilish materiallarini tadqiq etish usullari. (1-qism–“Bog’lovchi moddalar”) O’quv qo’llanma. Toshkent-2011 y. 4. E.Qosimov. “Qurilish ashyolari’’. Darslik. Toshkent. Mehnat nashriyoti 2004-yil 512b. 5. T.A.Otaqo’ziyev, E.T.Otaqo’ziyev. “Bog`lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi’’. Oliy о‘quv yurtlari bakalavrlari uchun darslik. Toshkent 2005-yil 258 b 6. 23789-2018-raqamli Davl.Stand.