TALABA YOSHLARDA AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHNI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Maqolada zamonaviy axborot tahdidlari sharoitida talaba yoshlarining axborot va psixologik xavfsizligini ta'minlashning psixologik jihatlarini o'rganish bo‘yicha usullar va yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.
Full text
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 66 TALABA YOSHLARDA AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHNI TAKOMILLASHTIRISH Fayziyeva Gulzoda Ulugbekovna Yangi asr universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17530548 Annotatsiya: Maqolada zamonaviy axborot tahdidlari sharoitida talaba yoshlarining axborot va psixologik xavfsizligini ta'minlashning psixologik jihatlarini o'rganish bo‘yicha usullar va yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: axborot-psixologik xavfsizlik, axborot-psixologik tahdidlar, manipulyatsiya texnikasi, psixologik bosim, dezinformatsiya, kiberbulling, kiberxavfsizlik, psixo-emotsional holat. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi axborot olamining tobora kengayishiga, insoniyatning xabardorlik darajasining oshishiga shu bilan birga axborot xavfsizligi masalasining dolzarbligining oshishiga ham xizmat qilmoqda. Bu borada davlatimiz raxbarining 2020-yil 25dekabrdagi yoshlar bilan uchrashuvida, yoshlar ma’naviyati bilan bog‘liq muammolarga to‘xtaldi.Forumda, jahonda turli nizo va ziddiyatlar avj olayotgani, terrorizm, ekstremizm balosi va boshqa tahdidlar internet makoniga chuqur kirib, moslashib olgani ta’kidlandi. Prezidentimiz: “Mana shunday murakkab sharoitda yoshlarimiz sezgir va ogoh bo‘lishi, har bir masalada, avvalo Vatan manfaatlarini o‘ylab ish tutishi zarur. Ilm-ma’rifat va kasb-hunarga intilish, oilani muqaddas bilish, ma’naviy poklik, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, qadriyatlarimizga sadoqat kabi ezgu fazilatlar azaldan xalqimiz, millatimizning qonida bo‘lib kelgan. Biz mana shunday bebaho merosimizni nafaqat asrashimiz, balki uni yanada boyitishimiz, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazishimiz kerak. Shu o‘rinda men hurmatli ota-onalar, bobolarimiz va momolarimizni, jonkuyar ustoz va murabbiylarni, muhtaram ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimizni bu masalaga befarq bo‘lmasdan, yoshlar tarbiyasiga qaratilgan ishlarimizni yanada kuchaytirishga da’vat etaman[1] degan so‘zlari ham aslida yoshlarimizni axborot xavfsizligini ta’minlashning takomillashishiga jiddiy munosabatda bo‘lishimizga murojaat desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Davlatimiz rahbari forumda yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega ekanini alohida takidladi. Darxaqiqat, zamonaviy axborot texnologiyalari inson ongi va imkoniyatlariga taʼsir koʻrsatdi, uning turmush tarzi va qadriyatlarini o‘zgartirdi, bu esa insoniyatning axborot muhitini sifat jihatdan qayta ko‘rib chiqishga olib keldi. Jamiyatning maʼnaviy-madaniy sohasida axborot texnologiyalaridan noqonuniy maqsadlarda foydalanish xavfi inson ongini manipulyatsiya qilish, shaxsning ruhiy va ijtimoiy moslashuvi xavfini keltirib chiqargan boʻlsa, harbiy siyosiy sohada yangi turdagi axborot qurolini ishlab chiqarish imkoniyatlariga bo‘lgan zaruriyat keskin oshdi, shuning uchun ham, hozirgi zamonaviy urushda, axborot kommunikatsiya texnologiyalari zarba berishning asosiy usullari va vositalari deb qabul qilinmoqda, bunda axborot targʻiboti alohida oʻrin egallayotgani nam hech kimga sir emas[2]. Bu o‘z navbatida, yoshlarda axborot psixologik xavfsizlikni ta’minlashni takomillashtirishga jiddiy ahamiyat berishimiz kerakligidan dalolat. Ushbu forumda, davlatimiz rahbarining: Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz yoshlar tarbiyasi bo‘yicha o‘zimizga xos va ta’sirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak.
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 67 Jondan aziz farzandlarimizni buzg‘unchi va zararli g‘oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, ma’naviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etishda barchamiz, avvalo, siz, aziz yoshlar faol bo‘lishingiz kerak. Xalqimizning ma’naviy qudrati va boqiy an’analarini asrab-avaylash va butun dunyoga tarannum etishga sizlar albatta qodirsiz[3], – deganlari ham bejizga emas edi. Axborot muhiti jamiyat faoliyatining sifatini, uning rivojlanish darajasi va xavfsizligini belgilash bilan bir qatorda jamiyat hayotini taʼminlashning barcha jarayonlarini tartibga soladi. Shuning uchun zamonaviy axborot tahdidlari sharoitida talaba yoshlarining axborot va psixologik xavfsizligini ta'minlashning psixologik jihatlarini o'rganish bugungi olimlardan yeng shimarib ishlashni talab qiladi. Quyida esa talabalarning axborot ta'siriga psixologik barqarorligiga hissa qo'shadigan asosiy omillarni aniqlashga, shuningdek, psixologik himoya mexanizmlarini shakllantirish va axborot ta'sirining salbiy oqibatlarini oldini olish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan: 1. Yoshlarning axborot-psixologik xavfsizligi muammosi bo'yicha ilmiy adabiyotlarni nazariy tahlil qilish, psixologik jihatlarga alohida e'tibor berish. 2. Talaba yoshlar duch keladigan asosiy axborot tahdidlarini va ularning psixoemotsional holatga ta'sirini aniqlash. 3. Axborot hujumlari va manipulyatsiyalarga qarshilik ko'rsatadigan psixologik omillarni o'rganish. 4. Talabalarning axborot va psixologik xavfsizligi darajasini oshirish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan himoya mexanizmlarini aniqlash. 5. Axborot-psixologik tahdidlarning salbiy oqibatlarini oldini olish va minimallashtirishga qaratilgan tarbiyaviy va psixologik strukturalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish. 6. Talabalarning psixologik xavfsizligi kontekstida axborot savodxonligi va tanqidiy fikrlash dasturlarining samaradorligini tadqiqot qilish. Ushbu tadqiqot ob'yekti oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan talaba yoshlardir. Ushbu guruh raqamli texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va umuman internetdan faol foydalanish tufayli axborot tahdidlariga eng ko'p duch kelgan va qaram bo‘lganlar. Afsuski, tadqiqot ob'yekti sifatida aksariyat qismi yoshlar(ayniqsa talabalar) ekani va bu esa bir qancha omillarga bog'liqligini kuzatishimiz mumkin: 1. Psixo-emotsional beqarorlik. Universitetda o'qish davrida talabalar ko'pincha yangi sharoitlarga moslashish, o'quv yuklari va ijtimoiy o'zaro ta'sirlar kabi yangi stress omillariga duch kelishadi, bu ularning axborot tahdidlariga moyilligini oshirishi mumkin. 2. Dunyoqarashni shakllantirish. Talabalik yoshi o‘z-o‘zini anglash va qadryatlar qiymatini shakllantirishning asosiy davri hisoblanadi. Dezinformatsiya va manipulyatsiyaning ta'siri haqiqatni idrok etishni sezilarli darajada buzilishiga va psixo-emotsional farovonlikni buzishilishiga sabab bo‘lishi mumkin. 3. Ijtimoiy-madaniy omillarning ta'siri. Talabalar axborot makonining faol ishtirokchilaridir va ularning bu kontekstdagi xatti-harakatlari jamoatchilik fikri va ijtimoiy tendentsiyalarni shakllantirish kabi ijtimoiy jarayonlarga ta'sir qilishi mumkin.
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 68 Talaba yoshlarning axborot-psixologik xavfsizligining psixologik jihatlarini o'rganish uchun quyidagi yondashuvlar va metodlar tanlashni belgilashimiz maqsadga muvofiq. Ushbu ishda ham miqdoriy, ham sifat usullari qo'llaniladi, bu muammoni har tomonlama tahlil qilishga imkon beradi. Asosiy metodologik yondashuvlarga quyidagilar kiradi: Tizimli yondashuv. Tadqiqot axborot-psixologik xavfsizlikni turli jihatlarni (psixologik, ijtimoiy, texnologik) o'z ichiga olgan murakkab va ko'p darajali hodisa sifatida ko'rib chiqadi. Tizimli yondashuv ushbu jihatlar o'rtasidagi munosabatni hisobga olishga va ularning talabalarning psixo-emotsional holatiga ta'sirini aniqlashga imkon beradi. Sifatli usullar. Axborot tahdidlarini idrok etish va ularning talabalarga ta'sirini o'rganish uchun chuqur intervyular va fokus-guruhlar metodologiyasidan foydalaniladi. Ushbu usullar talabalarning shaxsiy tajribasi va ularning axborot xavfsizligiga munosabati to'g'risida sifatli ma'lumotlarni olish imkonini beradi. Miqdoriy usullar. Axborot-psixologik xavfsizlik darajasini aniqlash va talabalarning axborot tahdidlariga chidamliligiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash uchun so'rovnomalar va testlar qo'llaniladi. Bu esa statistik ma'lumotlarni qayta ishlash va qonuniyatlarni aniqlashni ta'minlaydi. Kontent-analiz. Ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan axborot tahdidlari va manipulyatsiyalarini tahlil qilish uchun kontent-analiz metodi qo'llaniladi. Bu axborot makonida qo'llaniladigan asosiy mavzular, ta'sir shakllari va metodlarini ochib beradi. Ta‘lim faoliyatiga nisbatan ―axborot xavfsizligi tushunchasi shakllanish bosqichida va bir nechta talqinlarga ega. Shaxsning axborot xavfsizligi – bu shaxsni himoya qilish holati, uning faol ijtimoiy subyekt sifatida yaxlitligini va atrof-muhit bilan axborot oʻzaro ta‘siri sharoitida rivojlanish imkoniyatlarini ta‘minlaydi [4]. Shaxsning axborot xavfsizligi-bu uning asosiy manfaatlarini himoya qilish holati, bu konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni amalga oshirish, shaxsiy xavfsizlikni ta‘minlash, turmush sifati va darajasini oshirish, jismoniy, ma‘naviy va intellectual rivojlanish, insonning psixikasi va ijtimoiy-madaniy rivojlanishiga axborot ta‘siridan kelib chiqadigan tahdidlardan iborat jamiyatning turli xil ijtimoiy subyektlari va axborot muhiti [5]. Sivilizatsiyalashgan jamiyatdagi xavfsizlik darajasi tashqi dunyodan sun‘iy izolyatsiya emas, balki tsivilizatsiyalashgan jamiyatdagi haqiqiy oʻzaro ta‘sir jarayonida shakllanadigan talabalarning tanqidiy tafakkurining yuqori darajada rivojlanishi bilan ta‘minlanishi mumkin va kerak. Axborot bilan oʻzaro aloqada boʻlish, global tarmoqdagi odob-axloq qoidalariga rioya qilish qobiliyati birinchi oʻringa chiqadi. Bularning barchasi madaniyatli jamiyatda yoshlar xavfsizligi madaniyatini shakllantirish uchun ishonchli platformaga aylanmoqda[6]. Shunday qilib, turli xil metod va yondashuvlardan foydalanish axborot va psixologik xavfsizlik muammosini har tomonlama tushunishni va uni ta'minlash uchun samarali tavsiyalar ishlab chiqishga imkon beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati. 1.O‘zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi kadrlar malakasini oshirish va statistika tadqiqotlar instituti axborot xavfsizligini ta’minlash maruza matnlari
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 69 2. Alikariev N.S., Alikarieva A.N. Oliy ta‘lim sifati menejmenti tizimini rivojlantirish konsepsiyasi//―Ijtimoiy tadqiqotlar jurnali‖ (www.tadqiqot.uz\soci) elektron jurnali. №1. – Toshkent, 2020. – B. 7-18. DOI http://dx.doi.org/10.26739/2181-9297-2020-1 3. https://www.gazeta.uz/oz/2020/12/25/forum/ 4.Заитов Э. Mahallaning o ‗rganilishida tarixiy yondashuv //Журнал социальных исследований. – 2024. – Т. 7. – №. 1. 5-6. YOSHLAR AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA‟MINLASHNING ZAMONAVIY USULLARI B. J. Rispaev Erkin tadqiqotchi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent, Oʻzbekiston