SADRIDDIN AYNIYNING "SUDXO'RNING O'LIMI" ASARIDAGI TOPONIMLARNING ETIMOLOGIYASI
Abstract
Ushbu maqolada Sadriddin Ayniyning “Sudxo’rning o’limi” qissasidagi toponimlar va ularning etimologiyasi tahlil qilingan. Toponimlarning madaniy va tarixiy kontekstga bog’liqligi ko’rsatilib, adabiy matnni chuqurroq tushunishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.
Full text
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 70 SADRIDDIN AYNIYNING “SUDXO’RNING O’LIMI” ASARIDAGI TOPONIMLARNING ETIMOLOGIYASI Odinayeva Mohinur Buxoro davlat universiteti, Lingvistika (o’zbek tili ) yo’nalishi magistratura bitiruvchisi Mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.17530583 Annotatsiya. Ushbu maqolada Sadriddin Ayniyning “Sudxo’rning o’limi” qissasidagi toponimlar va ularning etimologiyasi tahlil qilingan. Toponimlarning madaniy va tarixiy kontekstga bog’liqligi ko’rsatilib, adabiy matnni chuqurroq tushunishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Kalit so’zlar: toponim, etimologiya, Sudxo’rning o’limi, qissa, adabiy tahlil. Аннотация. В данной статье анализируются топонимы и их этимология в повести Садриддина Айни «Смерть ростовщика». Показывается зависимость топонимов от культурно-исторического контекста и подчёркивается их роль в более глубоком понимании художественного текста. Ключевые слова: топоним, этимология, «Смерть ростовщика», повесть, литературный анализ. Abstract. This article analyzes the toponyms and their etymology in Sadriddin Ayni's story "The Death of the Usurer". It shows the dependence of toponyms on the cultural and historical context and emphasizes that they serve to provide a deeper understanding of the literary text. Keywords: toponym, etymology, The Death of the Usurer, story, literary analysis. Sobiq sho‘ro davlati parchalanib ketgandan keyin joy nomlari milliy qadriyat qatlamlaridan biri sifatida qaralib, mustaqil toponimik siyosat yurgizila boshlandi, xalq, tarixi, madaniyati, tiliga aloqador bo‘lmagan shahar va qishloqlar, ko‘chalar va boshqa geografik obyektlarning nomlari o‘zgartirila boshlandi, tarixiy nomlar tiklandi, qayta nomlandi. Toponimlar xalq ijodi mahsuloti o‘laroq xalq kabi sodda, oddiy, hamma uchun tushunarli bo‘lmasa, real haqiqatni aks ettirmasa, uzoq vaqt yashay olmaydi. 1 Sadriddin Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi” asaridagi toponimlar etimologiyasi bilan tanishamiz: Azizobod - “Aziz qishlog‘i” demakdir. XII-XIII asrlarda ijod qilib, 10 jildlik “Mu’jam ulbuldon” ni tuzgan arab geografi va filologi Yoqut Hamaviy shahar-qishloqlarning nomlari tarkibida keladigan “obod” unsuri fors tilida “aholi punkti” maʼnosini bildiradi. 2 Buxoro – shahar. Shahar nomining kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Yozma manbalarda keltirilishicha, Buxoro turli nomlar bilan mashhur bo‘lgan: No‘mijkat, Madinatus Sufriya, Madinatus Tujjor va boshqalar. Ayrim manbalarga ko‘ra, shahar turk qabilasiga mansub Buxorxudot ismli kishi nomiga qo‘yilgan. Buxoro forscha (kishi ismi) va roh “yo‘l” so‘zlarining qo‘shilishidan tashkil topgan. Talaffuzni yengillatish maqsadida Buxoro deb atalgan izoh ham bor. Toponimning eng ko‘p tarqalgan talqini Sanskrit va so‘g‘d tili asosidadir. Buxoro sanskritcha Vixara so‘zi bilan aloqador bo‘lib, “monastr, ibodatxona, haram” degan maʼnoni beradi. 1 Suyun Qorayev. Toponimika. –Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006. –B.23. 2 Suyun Qorayev. Ko‘rsatilgan manba –B.25.
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 71 So‘g‘dcha parxar demakdir. Ko‘pchilik tadqiqotchilar shu keyingi izohni maʼqul topadilar. Buxoro shahriga Suyun Qorayevning “Toponimika” asarida “Azim shahar, Movarounnahrning eng obod shahri” degan izoh beriladi. Bo‘lmaxo‘ron – tumanning Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi punkti nomi. Taxminlarga ko‘ra, qishloq aholisining ko‘pchiligi “bo‘lama kochi” va bo‘tqaga o‘xshash ovqatni ko‘p iste’mol qilishgan. Chetdan kelgan kishilar bo‘lamani ko‘p iste’mol qiluvchilar “bo‘lamaxo‘ronlar” deb atashgan. Z.Madrahimov kishilarning xo‘jalik faoliyati, mehnat taqsimotini ko‘rsatadigan qadimgi kasb-hunar nomlari bilan bog‘liq oykonimlarga misol keltirar ekan, Bilamixchi (atalabo‘lamiq sotuvchilar) toponimini qayd etgan. 3 Devonbegi – xonaqoh. Devonbegi “devon (hukumat idorasi) boshlig‘i” demakdir. O‘rta asrlarda soliq yig‘uvchi muassasa boshlig‘i, keyinchalik esa unga mamlakatning barcha moliya ishlari topshirilgan. Xususan, Xiva xonligida devonbegilar ko‘p bo‘lgan, ular elchilik, yasovulchilik va boshqa ishlarni bajargan. Maʼlum devonbegiga qarashli yerlar uning nomi bilan yuritilgan. 4 Denov – O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida uchraydigan ushbu nom negizidagi “deh” so‘zi asli qadimiy forsiy “dah” – o‘lka,viloyat, yurt so‘ziga borib taqaladi va toponimlar tarkibida deh, de, di, dek, deg, dev, dey shakllarida uchraydi. Dehqishloq, navyangi, yaʼni yangi qishloq. Boshqa qishloqlarga nisbatan yangi qurilgan qishloq maʼnosini beradi. Denavning yangiligi unga asos solingan davrda, unga nom qo‘yilayotgan davrga tegishlidir. Hozirda esa u tarixiy toponimlar sirasiga kiradi. Yonidagi shaharcha qishloqdan keyin so‘nggi davrda qurilgani uchun shu nom bilan atalgan. 5 Govkushon – mahalla nomi. Bu toponim tojik tili asosida ikki qismga bo‘lib izohlanadi, yaʼni gov- “sigir”, kushso‘ymoq maʼnosidagi “kushidan - fe’lining hozirgi zamon asosi ”, ushbu toponim sigir so‘yuvchilar degan maʼnoni bildiradi, yaʼni toponim kasb nomi bilan bog‘liq. Ko‘kaldoshmadrasa, madrasani Buxoro xonining noibi Qulbobo Ko‘kaldosh XVI asrda qurdirgan. Ko‘kaldoshko‘krakdosh, yaʼni asli begona bo‘lsa ham bir onani emib qarindoshlashgan kishilar maʼnosini bildiradi. Sangsabzqishloq nomi, sang- “tosh”, sabz- “yashil”, “ko‘kalamzor joy”, “ bog‘-u rog‘ ” maʼnolariga ega. Bu joy nomining maʼnosini “yashil tosh”, “ toshloqdagi bog‘-u rog‘ “ tarzida sharhlash mumkin. 6 Sarrofonhammom nomi, sarrof-pul almashtiruvchi, pul maydalaydigan va valyuta almashtiradigan shaxs. O‘rta Osiyoda sarroflik serdaromad kasb hisoblangan. 7 Hammom nomi kasb nomidan olingan bo‘lishi mumkin. Salloxxonadarvoza nomi, salloh arabcha so‘z bo‘lib, “ kushxonada mol so‘yuvchi qassob” maʼnosini anglatadi. Darvoza nomi kasb nomidan olingan. Xitoyonchorbog‘ nomi, xitoy+on, yaʼni xitoylar degan maʼnoni anglatadi. Xitoy qavmiga mansub kishilar yashaydigan joy. 3 Adizova N. Yuqoridagi manba. –B.32. 4 Z.Do‘simov., X.Egamov. Joy nomlarining qisqacha izohli lug’ati. –Toshkent: O‘qituvchi, 1977.-B.50 5 Adizova N. Yuqoridagi manba. –B.28. 6 Adizova N.Buxoro tumani toponimlarining etimologiyasi.Monografiya.Buxoro,2021.- B.42. 7 Suyun Qorayev. Toponimika.– Т.:O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti,2006.43-b.
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 72 Shirbadanqishloq nomi, shir- “sut” degan maʼnoni anglatadi, yaʼni “sut badan”, “oq rangli kishilar” deb sharhlash mumkin. Asarda qo‘llangan toponimlar haqida shuni aytishimiz mumkinki, toponimlarda pozitivlik, geografik reallik aks etadi. Bulardagi informatsion potensiallik kuchli bo‘ladi. Qissadagi joy nomlari o‘sha davrga xos bo‘lgan maʼlum bir voqelikdagi geografik reallikni ifodalab keladi. Buning sababi shundan iboratki, asar voqealari yuz bergan toponimlar tariximizda sodir bo‘lgan muhim voqealarni yoritishga xizmat qiladi. Asarda o‘rgangan toponimlarimiz ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi deb o‘ylaymiz. Toponimlar til tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, uni alohida o‘rganish lozim. Qissadagi joy nomlari xalqimiz tarixining ayrim jihatlarini ochib berishga xizmat qilish bilan birga bugun mavjud bo‘lgan nomlarning uzoq tarixga egaligidan ham dalolat beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Adizova N.Buxoro tumani toponimlarining etimologiyasi. Monografiya.Buxoro, 2021. – B.42. 2. Қораев С. Географик номлар маъноси. – Т.: Ўзбекистон, 1978. – Б.6. 3. Sadriddin Ayniy.Sudxo‘rning o‘limi.-Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016.-B.3. 4. Suyun Qorayev. Toponimika. –Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006. –B.23. 5. Z.Do‘simov., X.Egamov. Joy nomlarining qisqacha izohli lug’ati. –Toshkent: O‘qituvchi, 1977.-B.50.