scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SPORT TERMINLARINING YASALISH PARALLELIGI TADQIQI

Jo'raqulova Mushtariy Abdumalik qizi

Abstract

Globallashuv jarayonida sport nafaqat ijtimoiy-madaniy hodisa, balki tilshunoslik nuqtayi nazaridan ham alohida tadqiq etilayotgan sohalardan biridir. Sport terminlari milliy tillarning lug‘at boyligini boyitishda, yangi so‘z yasash jarayonlarida va xalqaro muloqotda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek va ingliz tillarida sportga oid terminlarning shakllanishida umumiylik va farqlanish mavjud bo‘lib, ular affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya, semantik kengayish va qabul qilingan so‘zlar orqali yasaladi. Mazkur tadqiqot ushbu ikki til paralleligida sport terminlarining yasalishini o‘rganish va ularning lingvistik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 140 O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SPORT TERMINLARINING YASALISH PARALLELIGI TADQIQI Jo‘raqulova Mushtariy Abdumalik qizi e-mail address: [email protected] Tadqiqotchi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17530884 Annotatsiya. Globallashuv jarayonida sport nafaqat ijtimoiy-madaniy hodisa, balki tilshunoslik nuqtayi nazaridan ham alohida tadqiq etilayotgan sohalardan biridir. Sport terminlari milliy tillarning lug‘at boyligini boyitishda, yangi so‘z yasash jarayonlarida va xalqaro muloqotda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek va ingliz tillarida sportga oid terminlarning shakllanishida umumiylik va farqlanish mavjud bo‘lib, ular affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya, semantik kengayish va qabul qilingan so‘zlar orqali yasaladi. Mazkur tadqiqot ushbu ikki til paralleligida sport terminlarining yasalishini o‘rganish va ularning lingvistik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Kalit so‘zlar: affiks, kompozitsiya, abbreviatsiya, semantik kengayish, qabul qilingan so‘zlar, sport terminologiyasi, parallellik. Abstract. In the process of globalization, sports are not only a socio-cultural phenomenon but also a field that is being studied from a linguistic perspective. Sports terminology plays an important role in enriching the vocabulary of national languages, in the processes of word formation, and in international communication. In the formation of sportsrelated terms in Uzbek and English, both similarities and differences are observed, as they are created through affixation, composition, abbreviation, semantic extension, and borrowed words. This study aims to explore the word-formation processes of sports terms in the parallelism of these two languages and to identify their linguistic features. Keywords: affix, composition, abbreviation, semantic extension, borrowed words, sports terminology, parallelism. Аннотация. В условиях глобализации спорт рассматривается не только как социально-культурное явление, но и как область, изучаемая с лингвистической точки зрения. Спортивная терминология играет важную роль в обогащении словарного запаса национальных языков, в процессах словообразования и в международной коммуникации. В формировании спортивных терминов в узбекском и английском языках наблюдаются как общие черты, так и различия: они образуются посредством аффиксации, композиции, аббревиации, семантического расширения и заимствованных слов. Настоящее исследование направлено на изучение процессов словообразования спортивных терминов в параллели этих двух языков и выявление их лингвистических особенностей. Ключевые слова: аффикс, композиция, аббревиация, семантическое расширение, заимствованные слова, спортивная терминология, параллелизм. Til taraqqiyoti jarayonida yangi tushunchalarni ifodalash, ayniqsa sport sohasi terminlarini shakllantirishda so‘z yasashning affiksal usuli katta ahamiyatga ega. O‘zbek va ingliz tillarida sport terminlari affikslar yordamida hosil qilinadi, ammo ularning yasalish mexanizmlarida muayyan farqlar mavjud. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 141 O‘zbek tilida yangi so‘zlar asosiy besh xil uslubda yasaladi: I. O‘zbek tilida sportga oid terminlar ko‘pincha affiks ya’ni qo‘shimchalar yordamida yangi termin hosil qilinadi. Ular quyidagicha 1. –chi ma’lum sport turi bilan shug‘ullanuvchini bildiradi. • futbol → futbolchi • boks → bokschi[1] 2. –uvchi Harakatni bajaruvchini bildiradi. • yugur- → yuguruvchi • suz- → suzuvchi 3. –lik Holat yoki faoliyat nomini bildiradi. • sportchi → sportchilik • murabbiy → murabbiylik 4. –dosh Sheriklikni bildiradi. • jamoa → jamoadosh • musobaqa → musobaqadosh 5. –boz, –xona Mos ravishda shug‘ullanuvchini yoki joyni bildiradi. • kurash → kurashboz Dor -dorboz • sport → sportxona II. Kompozitsion usul sport terminologiyasida keng tarqalgan. [2] Ikki yoki undan ortiq so‘zning qo‘shilishi orqali murakkab terminlar hosil bo‘ladi: • stol tennis • qo‘l jangi • suv sporti • erkin kurash • ot sporti • III. Abbreviatsiya Xalqaro sport tashkilotlari nomlari qisqartma ko‘rinishda faol qo‘llanadi: • FIFA — Xalqaro futbol federatsiyasi • UEFA — Yevropa futbol assotsiatsiyasi • O‘zPFA — O‘zbekiston professional futbol assotsiatsiyasi Abbreviatsiya usuli sport terminologiyasida ko‘proq zamonaviy jarayonlar bilan bog‘liqdir. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 142 IV. Semantik usul Ba’zi umumtil so‘zlari sport terminiga aylangan: • ring — dastlab “halqa”, sportda esa boks maydoni ma’nosida • maydon — umumiy joy tushunchasidan futbol maydoni ma’nosiga kengaygan V. Qabul qilingan so‘zlar Sport terminologiyasi ko‘p jihatdan xalqaro leksikaga tayangan. Bir qator so‘zlar boshqa tillardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashgan: • futbol (ing. football) • basketbol (ing. basketball) • tennis (fr. tennis) • karate, judo (yap. kelib chiqishi)[3] Ingliz tilida sport terminlarining affiksal yasalishi (derivation) I. Ingliz tilida esa sport terminlari ko‘pincha suffix va prefixlar yordamida hosil qilinadi. 1. –er / –or sport turi bilan shug‘ullanuvchini bildiradi. • run → runner (yuguruvchi) • swim → swimmer (suzuvchi) • compete → competitor (musobaqadosh) 2. –ing jarayon yoki mashg‘ulotni bildiradi. • boxing (boks) • running (yugurish) • training (mashq) 3. –ship holat yoki mavqe bildiradi. • sportsmanship (sportchilik, halollik) • championship (chempionlik) 4. –mate / –partner sheriklikni bildiradi. • teammate (jamoadosh) • playmate (o‘yin sherigi) 5. Prefix misollari • pre-match (o‘yin oldidan) • post-game (o‘yin tugagandan keyin) • co-player[4] (birgalikda o‘ynovchi) II. Kompozitsiya (compounding) Ikki yoki undan ortiq so‘zning qo‘shilishi bilan yangi sport atamasi hosil qilinadi: • football (foot + ball) – futbol • basketball (basket + ball) – basketbol • weightlifting (weight + lifting) – og‘ir ko‘tarish • table tennis[5] (table + tennis) – stol tennisi III. Abbreviatsiya (abbreviation & acronyms) Xalqaro sport tashkilotlari nomlari va sport musobaqalari qisqartmalar shaklida qo‘llanadi: • FIFA – International Federation of Association Football • NBA – National Basketball Association ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 143 • UFC – Ultimate Fighting Championship • ATP – Association of Tennis Professionals IV. Semantik kengayish (semantic extension) Oddiy so‘z sport sohasida yangi ma’noda ishlatiladi: • ring – aslida “uzuk” yoki “halqa”, sportda esa boks maydoni • field – “dala”, sportda futbol yoki regbi maydoni • match – oddiy “mos kelish”, sportda esa o‘yin, bellashuv V. Qabul qilingan so‘zlar (borrowings) Ingliz sport terminologiyasi ham boshqa tillardan so‘zlarni o‘zlashtirgan: • karate, judo, sumo (yapon tilidan) • samba football (portugalcha ta’sir) • taekwondo (koreys tilidan) Ikki tildagi sportga oid terminlarni taqqoslab ko‘rilganda, • O‘zbek tilida –chi qo‘shimchasi juda faol bo‘lsa, ingliz tilida unga mos ravishda –er / – or suffixlari keng qo‘llanadi. • O‘zbek tilida harakatni bildiruvchi –uvchi affiksi mavjud, ingliz tilida esa bu ma’no ko‘proq –er yoki –ing bilan ifodalanadi. • O‘zbek tilidagi –lik suffixi ingliz tilidagi –ship ga ma’no jihatdan mos keladi (sportchilik – sportsmanship). • Sheriklikni anglatuvchi o‘zbekcha –dosh ingliz tilida –mate / –partner orqali ifodalanadi (jamoadosh – teammate). • O‘zbek tilida joy nomlari uchun –xona, –zor ishlatilsa, ingliz tilida ko‘proq mustaqil so‘zlar ishlatiladi: gym (sport zali), stadium (stadion)[6]. O‘zbek va ingliz tillarida sport terminlari ko‘pincha bir xil usullar bilan yasaladi: qo‘shimcha qo‘shish, so‘zlarni qo‘shib yozish, qisqartmalar va mavjud so‘zga yangi ma’no berish orqali. Masalan, futbolchi – footballer, qo‘l to’pi – handball. Farqi shundaki, ingliz tilida -er, -ist, -ing kabi qo‘shimchalar ko‘p ishlatilsa, o‘zbek tilida -chi, -lik, -kor, -dosh ko‘p qo‘llanadi. Ingliz tilida sport terminlari ko‘p hollarda boshqa tillardan (masalan, judo, karate) olinadi, o‘zbek tilida esa asosan rus tili orqali kirgan (futbol, basketbol). Umuman olganda, ikkala til ham sport terminlarini yasashda o‘xshashlikka ega, lekin qo‘shimchalar va o‘zlashmalar manbasi turlicha. Xulosa qilib aytganda, o‘zbek va ingliz tillaridagi sport terminlari parallellikda rivojlanadi, faqat ularni shakllantirishda milliy til xususiyatlari va boshqa tillardan o‘zlashmalar muhim rol o‘ynaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Yo‘ldoshev, M. O‘zbek tilining so‘z yasalishi. – Toshkent: Fan, 1980. – 300 b. 2. Nurmonov, A. Leksikologiya va terminologiya masalalari. – Toshkent: Fan, 2007. – 215 b. 3. Rasulov, R. O‘zbek tilida so‘z yasalishi nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2015. – 280 b. 4. Crystal, D. A Dictionary of Linguistics and Phonetics. – Oxford: Blackwell, 2008. – 529 p. 5. Matthews, P. H. Morphology. – Cambridge: Cambridge University Press, 1991. – 235 p. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 144 6. Karimov, S., & Xudoyberganova, M. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2010. – 250 b. 7. Abdurahmonova N. Mashina tarjimasining lingvistik ta’minoti (monografiya). – Toshkent: Muharrir, 2018.57b. 8. Abdurakhmonova, N. (2016). The bases of automatic morphological analysis for machine translation. Izvestiya Kyrgyzskogo gosudarstvennogo tekhnicheskogo universiteta, 2(38), 12 7.