TA'LIM SOHASIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING ROLI VA YANGI KOMPETENSIYALAR
Full text
528 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 TA’LIM SOHASIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING ROLI VA YANGI KOMPETENSIYALAR Omondavlatova Fotima Otabekovna Omondavlatova ZuhraOtabekovna Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Iqtisodiyot yo’nalishi talabalari E-mail:@omondavlatovafotima, @omondavlatovazuhra Tel:+998954707678 https://doi.org/10.5281/zenodo.17531307 Annotatsiya: Ushbu maqolada raqmli texnologiyalardan foydalanish ahamiyati hamda qulayliklari yoritiladi.Maqola raqamli iqtisodiyotni yaxshilash jarayonida ta’lim sohasida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish va uning electron ta’limdagi ahamiyati haqida mulohaza yuritiladi . Kalit so’zlar: raqmli iqtisodiyot, ta’lim,texnologiya,elektron ta’lim,innovatsiya Aннотация: В данной статье рассматриваются важность и преимущества использования цифровых технологий в образовании в условиях современной цифровой экономики. В статье рассматривается эффективное использование информационных технологий в образовании и их значение в электронном обучении в процессе совершенствования цифровой экономики. Ключевые слова: цифровая экономика, образование, технологии, электронное обучение, инновации. Abstract: This article discusses the importance and benefits of using digital technologies in education in the current digital economy. The article discusses the effective use of information technologies in education and its importance in e-learning in the process of improving the digital economy. Keywords: digital economy, education, technology, e-learning, innovation Kirish XXI asrda raqamli iqtisodiyot jamiyatning barcha sohalarida, shuningdek ta’lim sohasiga ham chuqur kirib kelmoqda. Raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonini samarali, ochiq va innovatsion qilishga xizmat qilmoqda.Bu jarayonda nafaqat o‘quv dasturlari, balki ta’lim tizimining boshqaruvi ham yangilanmoqda. Bugungi globallashuv va innovatsiyalar davrida raqamli iqtisodiyot barcha sohalar singari ta’lim tizimiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda.Shuningdek, axborot texnologiyalari rivoji, sun’iy intellekt, onlayn platformalar va raqamli resurslarning keng qo‘llanilishi ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda yangi kompetensiyalarni shakllantirishda muhim vositaga aylanmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek,"Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko'p mablag' va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo'lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo'ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o'tish - kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo'ladi. BMT va Jahon banki tadqiqotlariga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot XXI asrda iqtisodiy o‘sishning asosiy omillaridan biriga aylanmoqda. Ta’lim sohasi ham bu jarayondan mustasno emas. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) jadal rivoji ta’lim tizimining samaradorligini oshirish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda o‘quvchilarda yangi kompetensiyalarni shakllantirish uchun muhim vosita sifatida qaralmoqda. Asosan, O‘zbekistonda 2000-yillarning boshlaridayoq raqamlashtirish va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berildi. Jumladan, O‘zbekistonda 2013-2020-yillarda Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi, 2017-2021yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Milliy Harakatlar strategiyasi, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va so‘nggi “Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” 2022-yilda milliy iqtisodiyotni raqamli iqtisodiyotga aylantirish va 2022-yilda amalga oshirilmoqda. umumiy.Raqamli iqtisodiyotga qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda katta o'zgarishlarga olib kelgan va serilarli darajada o'sib ketgan. Yangi texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilodari bilan shaxsiy muloqotni minimalizatsiyalashga yordam berdi, korxonalar va jismoniy shaxslarga sarajatlarni kamaytirish, shuningdek, o'zaro muloqotni tez va oson yo'lga qo'yish imkoniyatini yaratdi. Natijada, tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki electron iqtisodiyot paydo boladi.
529 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Ta’lim sohasida texnologik rivojlantirishni kuchaytirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish zarur.O’quv jarayonini texnologiyalar samarali qiladi hamda o’quv jarayonini innovatsiyalsh va o’quvchilarga faol ta’lim imkoniyatlarida o’z aksini topadi. Ta’lim jarayonidagi axborot texnologiyalari ya’ni onlayn platformalrdan foydalanish imkonini yaratadi.O’quvchilarni rivojlantirishda electron kitoblar,vebsaytlar,onlayn darslar juda ham kerakli bo’lib o’zlarini rivojlantirishda yordam beradi.Axborot texnologiyalari ta’lim tizimida o’quvchilarning dars faoliyati davomida o’quv manbalar oson takliflar qilishi mumkin shuningdek ,maqolalar ,electron kitoblar,darsliklar va materiallar o’quv mashg’ulotlarini boshqarishga xizmat qiladi. Global pandemiya boshlanganidan buyon raqamli texnologiyalarning ahamiyati va samarali raqamlashtirish siyosati yaxshi namoyon bo‘ldi. Darhaqiqat, pandemiya davrida jamiyat va biznes asosan raqamli texnologiyalar yordamida faoliyat yurita oladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun, xususan, O‘zbekiston uchun raqamli transformatsiya jamiyatni yanada modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotni global jarayonlarga integratsiyalash imkoniyatiga ega. Shu nuqtai nazardan, amalga oshirilayotgan islohotlar va O‘zbekistonni kelgusi besh yilga mo‘ljallangan yangi Rivojlanish strategiyasida mamlakatimizda asosiy sohalarni raqamlashtirish, haqiqiy axborot jamiyatini barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2017-2021-yillarda Axborot va kommunikatsiya sohasida yalpi qoʻshilgan qiymat 2 barobardan ziyod oshib, 2021-yilda 11,8 trillion soʻmga (1 milliard AQSH dollaridan ortiq) yetdi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda IT-parklar tashkil etilganidan buyon soha eksporti hajmi 50 barobar oshib, 46 million AQSH dollariga yetdi. Bog‘ aholisi soni 147 nafardan 500 nafarga ko‘paydi, 300 dan ortiq yangi korxona ochildi, 8,5 mingta yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rni yaratildi. Ayni paytda IT-parklarda 11 mingdan ortiq yoshlar mehnat qilmoqda. 2017-yildan buyon mamlakatimizda optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi sezilarli darajada kengayib bormoqda. Masalan, 2017-2022-yillarda qariyb 6 barobar ko‘payib, 2022-yil yanvar holatiga ko‘ra 118 ming kilometrga yetdi .2017-yildan beri xalqaro tarmoqlarning umumiy o‘tkazish tezligi 28 baravardan ko‘proq – 2022 yil yanvarida 64,2 dan 1800 Gbit/s gacha oshirildi .2022-yil yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda davlat boshqaruvi sohasini isloh qilish va sohani raqamlashtirish natijasida davlat xizmatlari 56 foizga interaktiv davlat xizmatlari portali (elektron hukumat portali) orqali ko‘rsatilmoqda. Mamlakatimizning “Elektron hukumat” platformasidagi (my.gov.uz) davlat xizmatlari soni 307 taga yetdi va 1,3 million fuqaro bunday elektron davlat xizmatlaridan faol foydalanmoqda. Holbuki, Oʻzbekistonda internet foydalanuvchilarining umumiy soni 27,2 million kishiga yetdi. Shu bilan birga, sohada aniqlangan zaifliklar va muammolardan so‘ng hukumat global pandemiya ta’sirida raqamlashtirish milliy strategiyasini qayta ko‘rib chiqdi va yangiladi. Davlatning ertangi kuni yoshlarning qay darajada bilimli ekani bilan bevosita bog‘liq. Shu bois, ta’lim tizimini rivojlantirish masalasiga hukumat darajasida e’tibor qaratilishi har bir davlatning muhim vazifasi hisoblanadi. O‘zbekistonda so‘nggi yillar davomida Harakatlar strategiyasi va uning mantiqiy davomi sanalmish Taraqqiyot strategiyasi doirasida, rivojlangan davlatlar kabi uzluksiz ta’lim tizimini muntazam takomillashtirib borish, sifatli ta’lim-tarbiya berish, malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha sezilarli islohotlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlar uchun davlat budjetidan xarajatlar so‘nggi 6 yilda 4,3 baravarga oshirildi, maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 2016-yildagi 5 211 tadan 2021-yilga kelib 19 316 taga, maktablar soni 9 719 tadan 10 289 taga yetkazildi, 11 yillik majburiy maktab ta’limi qayta tiklandi, maktab o‘qituvchilarining ish yuklamasi maqbullashtirildi va majburiy mehnatga barham berildi. Ta’lim sohasi vakillarining oylik maoshi qariyb 4 baravarga oshirildi, OTM soni 70 tadan 191 taga yetkazildi, oliy ta’limdan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (Doctor of Science) tizimi joriy etildi. Ta’lim sohasidagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 27,7 foizdan 67 foizga, maktablardagi malakali oliy ma’lumotli o‘qituvchilar ulushi 81,8 foizdan 87,8 foizga, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 38 foizga yetkazildi. Sohada islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida 2026-yilga qadar Taraqqiyot strategiyasi doirasida maktabgacha ta’limda qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan 80 foizga yetkazish, 7 mingdan ziyod yangi nodavlat MTTlarni tashkil etish, xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rnini yaratish,
530 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ijobiy amaliyotni 2023/2024 o‘quv yilidan qolgan barcha viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etish ko‘zda tutildi. Shuningdek, oliy ta’limda qamrov darajasini 50 foizga, nodavlat OTMlar sonini kamida 50 taga yetkazish belgilab olindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnalogiyalariga ega bo’lish zarur va shart. Bu bizga yukalishning eng qisqa yo’lidir.” Ta’lim sohasida raqamli iqtisodiyotning roli juda muhim, chunki u bilim olish, uzatish va boshqarish jarayonlarini tubdan o‘zgartirmoqda. Quyidagi asosiy jihatlarni keltirish mumkin: 1.Bilimga tezkor kirish imkoniyati .Raqamli iqtisodiyot vositalari (onlayn kutubxonalar, elektron darsliklar, ma’lumot bazalari) orqali talabalar va o‘qituvchilar istalgan joyda va istalgan vaqtda kerakli bilim manbalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 2. Ta’lim sifatini oshirish Sun’iy intellekt, virtual laboratoriyalar, onlayn test tizimlari va interaktiv platformalar o‘quvchilarning bilimini yanada chuqurroq o‘zlashtirishiga yordam beradi. Bu o‘z navbatida ta’lim jarayonini samarali qiladi. 3. Uzluksiz ta’lim imkoniyati Raqamli iqtisodiyot sharoitida insonlar hayot davomida ta’lim olishlari mumkin (lifelong learning). Masofaviy kurslar, onlayn seminarlar va treninglar bunga sharoit yaratadi. 4. Yangi kompetensiyalarni shakllantirish Talabalarda raqamli savodxonlik, ma’lumotlarni tahlil qilish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish kabi kompetensiyalar shakllanadi. Bu kelajakda ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlaydi. 5. Boshqaruv jarayonini soddalashtirish Elektron jurnal, raqamli reyting tizimi, onlayn monitoring kabi vositalar ta’lim jarayonini samarali nazorat qilish imkonini beradi. 6. Global integratsiya Raqamli iqtisodiyot ta’lim sohasini xalqaro darajaga olib chiqadi. Talabalar xorijiy universitetlarning ochiq kurslaridan foydalanib, global ta’lim jarayoniga qo‘shilishlari mumkin. Yangi kompetensiyalar Raqamli iqtisodiyot sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun o‘quvchi va talabalar koplab komptensiyalarni o’rganishlari, bular quyidagilar: Raqamli savodxonlik. Axborotni izlash, saralash, tahlil qilish va undan samarali foydalanish(oddiy qilib aytganda raqamli savodxon odam, kompyuter, plashetlardan yaxshi foydalana olishi zarur). Kreativ va innovatsion fikrlash. Muammolarga yangicha yondashish va kreativ yechimlarni taklif qilish(bu yangi, noodatiy, samarali va original gʻoyalarni ilgari surish, muammolarga yangicha yondashuv topish va mavjud jarayonlarni yaxshilash qobiliyatidir). Tanqidiy fikrlash. Axborotning ishonchliligini baholash va tahliliy qaror qabul qilish(bu insonning o‘ziga kelayotgan ma’lumot, fikr yoki g‘oyani shunchaki qabul qilib olmay, balki uni tahlil qilish, solishtirish, dalillarga asoslab baholash va xulosaga kelish qobiliyatidir). Axborot xavfsizligi. Shaxsiy va jamoaviy ma’lumotlarni himoya qilish ko‘nikmalari(bu ma’lumotlarni ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki tarqatilishdan himoya qilish tizimi va choralari majmuasidir). Kommunikatsiya va hamkorlik. Onlayn muhitda jamoaviy ishlash, ko‘p tillilikni rivojlantirish(bu insonlar o‘rtasida o‘zaro aloqa qilish va birgalikda ishlash jarayonidir). Moslashuvchanlik va lifelong learning. Tez o‘zgarayotgan mehnat bozoriga moslashish va doimiy ravishda yangi bilimlarni egallash(Moslashuvchanlik — bu insonning o‘zgarayotgan sharoitlarga, vaziyatlarga yoki talab va ehtiyojlarga moslasha olish qobiliyatidir.Life-long learning — bu odamning hayoti davomida doimiy ravishda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallab borishga intilishi. Muammolar va cheklovlar Ta’limda raqamli iqtisodiyotga moslashishda bir qator to‘siqlar ham bor: Internet va texnologik infratuzilma har doim ham barqaror emas, ayniqsa chekka hududlarda.
531 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Ustoz‐o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalari yetarli darajada shakllanmagan. O‘quv dasturlari va metodologiyalari ko‘pincha eski formatda qolib ketgan, bozor talabiga mos kelmaydi. Moliyaviy resurslar cheklanganligi. Talabalar va ota-onalar orasida texnologiyalarga nisbatan ong yetishmasligi yoki qarshilik bo‘lishi mumkin. Takliflar Ta’lim sohasida raqamli iqtisodiyotga moslashuvni tezlashtirish uchun quyidagi yo‘llar samarali bo‘lishi mumkin: 1. Ta’lim dasturlarini yangilash — yangi kompetensiyalarni kiritish, modullar, kurslar, amaliy mashg‘ulotlar (projekty, hackathonlar va boshqalar). 2. O‘qituvchilarning malakasini oshirish — digital pedagogika, texnologiyalarni o‘qitishda ishlatish, onlayn va blended metodologiyalarni o‘zlashtirish. 3. Infratuzilmani mustahkamlash — Internet, qurilmalar, platformalar, virtual laboratoriyalar. Xulosa Xulosa qilib shuni aytish kerakki keyingi 10-15 yil ichida ta’lim sohasidagi barcha tizimlar raqamli iqtisodiyot sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Hamda, raqamli iqtisodiyot ta’lim tizimini innovatsion yo‘nalishda rivojlantirib, sifat, qulaylik va samaradorlikni ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Raqamli Iqtisodiyot” B.A.Begalov, M.K. Abdullayev 2.Gulyamov S.S va b. (2019).Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. -T.: Iqtisod-Moliya. 396 b. 3.O’zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to’g’irisida”gi Qonuni (O’RQ-792-SON 29.09.2022). 4.https://doi.org/10.5281/zenodo.13353198 5.https://kso.page.link/wps 6.https://go.wps.com/s8w97gSEOoOd Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi. "Milliy hisoblar". 2022 yil 17 mart. https://stat.uz/uz/official-statistics/national-accounts UzDaily. “IT xizmatlari sifatini oshirish va qamrovini kengaytirish vazifasi qo‘yildi”. 2022 yil 14 aprel. https://www.uzdaily.com/uz/post/72427 9.Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. "Optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi." Yanvar, 2022. https://mitc.uz/uz/stat/6 10.Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. "Xalqaro tarmoqlarga kirishning umumiy tezligi (Mbps)." Yanvar, 2022. https://mitc.uz/uz/stat/2 11.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali. “My.gov.uz raqamlarda”. 03 fevral, 2022 yil. https://my.gov.uz/ru/news/728 12.Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. "Internet foydalanuvchilarining umumiy soni (minglab)." Yanvar, 2022. https://mitc.uz/uz/stat/2 13.Avliyoqulov, B. “Oʻzbekistonda COVID-19 bilan kurashish uchun raqamli transformatsiyani tezlashtirish”. BMTTD Yevropa va Markaziy Osiyo. 19-avgust, 2020-yil. https://www.eurasia.undp.org/content/rbec/en/home/blog/2020/speeding-digital-transformationuzbekistan.html 14."Bir necha kun ichida pandemiya paytida taqdim etilgan masofaviy xizmatlar onlayn rejimga o'tdi." 20may, 2020-yil. https://uzdaily.uz/uz/post/57109.