scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MASSAJ MUOLAJASINI ORGANIZMGA TA'SIRI

Sarvinoz Abduraimova Tojimahammad qizi Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi Fizioterapiya va massaj fani o'qituvchisi

Abstract

Massajning asosiy qo‘llaniladigan turlari: gigiyenik massaj, kosmetik massaj, davolash massaji va sport massaji. Gigiyenik massaj organizmning umumiy faolligini oshirish, salomatlikni mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi. Davolash massaji turli xil shikastlar va kasalliklarda keng qo‘llaniladi. Kosmetik massaj sog‘lom terini parvarishlash uchun qo‘llaniladi. Sport massaji organizmning funksional imkoniyatlarini oshirish va sportchida charchash alomatlarini bartaraf etish uchun qo‘llaniladi.

Full text

ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 11–to’plam 2025 y. 108 MASSAJ MUOLAJASINI ORGANIZMGA TA’SIRI Sarvinoz Abduraimova Tojimahammad qizi Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi Fizioterapiya va massaj fani o‘qituvchisi АNNОTАTSIYА Massajning asosiy qo‘llaniladigan turlari: gigiyenik massaj, kosmetik massaj, davolash massaji va sport massaji. Gigiyenik massaj organizmning umumiy faolligini oshirish, salomatlikni mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi. Davolash massaji turli xil shikastlar va kasalliklarda keng qo‘llaniladi. Kosmetik massaj sog‘lom terini parvarishlash uchun qo‘llaniladi. Sport massaji organizmning funksional imkoniyatlarini oshirish va sportchida charchash alomatlarini bartaraf etish uchun qo‘llaniladi. Massaj usullari. Massajning asosiy qo‘llaniladigan turlari quyidagilar: Silash usuli – massajning eng ko‘p qo‘llaniladigan va eng ommabop usuli hisoblanadi. Bu usul juda yengil va mayin bajariladi. Bunda qo‘l panjasini badanga tekkizib turib, barmoq uchlari yoki butun kaft bilan teri usti silanadi. Kaft harakatlari turli xil bo‘lishi mumkin: – to‘g‘ri chiziq yo‘nalishida; – aylana shakli yo‘nalishida; – spiralsimon yo‘nalishida; – zigzag yoki ilonsimon yo‘nalishida; – silash usulini ikki qo‘l yordamida. Silash usulining – taroqsimon turi ham keng qo‘llaniladi, bunda barmoqlar yozilib, barmoqlar yostiqchalari bilan taraganga o‘xshab silash kerak bo‘ladi. Ishqalash usuli – massajning bu usuli bo‘g‘imlar, paylar, boylamlar, nervlarning chiqish joylari va boshqa sohalarida qo‘llaniladi. Ishqalashning yuza va ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 11–to’plam 2025 y. 109 qattiq turlari mavjud. Yuza ishqalashda kaft to‘liq teri yuzasi va chuqur joylashgan mushaklarni massaj qilishda qo‘llaniladi. Oddiy uqalash – kaft ichki yuzasi bilan to‘rt barmoq yuzasiga tegib turishi kerak. Kaft yengil, oldinga qarab yo‘naltirib bajariladi yoki barmoqlar yordamida bosib aylantirib ishqalash ham mumkin. Qattiq ishqalash usuli – bosh barmoq tayanch holatida massaj qilinadigan joyda turadi, barmoqlar tobora botirilib, atrofdagi maydon to‘g‘ri chiziq yoki aylanasimon yo‘nalishda ishqalanadi. Uqalash usuli – massajning asosiy usuli bo‘lib, ikkala qo‘l bilan ko‘ndalangiga uqalash. Bunda qo‘llar massaj qilinadigan sohaga birbiriga qiyshiq burchak ostida qo‘yiladi, bosh barmoqlar muskulning bir tomonida, boshqa barmoqlar esa muskulning boshqa tomonida turadi. Massaj qilinayotgan to‘qimalar ohista itariladi, bosiladi va uqalanadi. Qoqish va tebrantirish usuli – massaj qilinayotgan joyga ko‘p qon kelishi va to‘qimalarning oziqlanishini yaxshilaydi. Bunda shapatilash, kaft qirrasi bilan urib qo‘yish, tirsak bilan qoqish qo‘llaniladi. Tebrantirish usuli – bu usul silkitibsilkitib qo‘yish, tebratish. Titratish va kaftlar orasida mushaklarni asta ezib, dumalatish harakatlaridan iborat. Silkitib qo‘yish – kaftning jimjilog‘i va katta barmoqni galmagaldan tezlik bilan tekkizib, silkitib qo‘yish va tebrantirish bilan bajariladi. Titratish – bemorni qo‘l bilan ushlab, o‘z tomoniga sal tortib o‘ng va chap tomonga, yuqori va pastga yo‘naltirib titratish harakatini bajarish kerak bo‘ladi. Kaftlar orasiga mushaklarni olib dumalatish – bu usul tez bajarilsa, silkitib qo‘yish usuliga o‘xshab ketadi (fiziologik ta’siri bilan ham). Agar asta-sekinlik bilan bajarilsa, mayin uqalashga o‘xshab ketadi. Bu usul faqat yelka va son sohalarida ishlatiladi. Kalit so‘zlar: silash, uqalash, ishqalash, qoqib qoʻyish, limfa, qon, toʻqima. Massajga ko‘rsatmalar: – vassaj muolajalarini deyarli barcha kasalliklarda, kasallikdan so‘nggi holatlarda; ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 11–to’plam 2025 y. 110 – nafas olish surunkali kasalliklari va o‘tkir holatdan keyingi holatlarda; – asab kasalliklarida; – asab tizimi funksional buzilishlarida; – jarohatlardan keyingi holatlarda; – kuyish natijasida qolgan asoratlarda (kontraktura); – qon tomirlar tonusi pasayib ketganida va qon mikrosir kulyatsiyasi buzilishi holatida; – bo‘g‘in kasalliklarida (o‘tkir yallig‘lanish holatlaridan tashqari); – nerv tolalari yallig‘langan holatlarda (nevrit va polinevritlarda); – mushaklar tonusi pasayib ketishi holatlarida; – semizlik(ortiqcha vazn) holatlarida; – ikki oydan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda oyoq mushaklari tonusi sust va oyog‘ini bosmayotgan bolalarda – bo‘ynini yaxshi tutolmayotgan va yaxshi o‘smayotgan bolalarda; – me’da-ichak surunkali kasalliklarida (o‘tkir infeksion va o‘sma kasalliklaridan tashqari); – kichik tos sohasi a’zolari kasalliklarida (qovuq yallig‘lanishi, siydik chiqaruv yo‘llari surunkali yallig‘lanishi). Massajga moneliklar: – teri qoplamlarining o‘tkir yallig‘lanishlari va teri toshmali, yuqumli kasalliklari; – teri yaralari va yiringli kasalliklari; – teri kapillyarlari nozikligi va qon ivishi buzilgan holatlari; – o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi va surunkali qon tomir yetishmovchiligi; – operatsiyalardan so‘nggi holatlarda; – ba’zi endokrin kasalliklarda; – tana harorati ko‘tarilgan holatlarda; – allergik holatlar va toshmalarda. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 11–to’plam 2025 y. 111 Amaliy jihatdan Odam terisi juda katta refleksogen maydon hisoblanadi. Massaj vaqtida birinchi navbatda terida joylashgan markaziy va vegetativ asab tizimi bilan bog‘liq ko‘p sonli asab retseptorlari (qabul qiluvchi) mexanik ta’sirlanib, qon va limfa aylanishida turli xil reflektor reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Organizmda qator umumiy va mahalliy reaksiyalar hosil bo‘ladi. Bunda hamma to‘qimalar va a’zolar ishtirok etadi. Massajning turli xil usullari organizmga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Asab tizimiga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Massaj ta’sirida teridagi qon tomirlar kengayadi, qon aylanishi yaxshilanadi, mushaklar mustahkamlashadi, ularning tonusi va elastikligi oshadi. Natijada ichki a’zolarning qon bilan ta’minlanishi va kislorod bilan to‘yinishi kuchayadi, moddalar almashinuvi, organizmning barcha a’zolar faoliyati yaxshilanadi (bosh miya, nafas olish tizimi, me’da-ichak trakti, yurak-qon tomir tizimining va siydik ajralib chiqaruvchi tizimi). Nazariy Bizni ayni paytda qiziqtiradigan davo massaji – turli xil shikastlar va kasalliklarda keng qo‘llaniladi. Kasallangan organizmning funksional holatiga qarab, davo massaji usullarini qo‘llash uchun ko‘rsatma va moneliklar mavjud. Kirish qismida ta’kidlanganidek, Barcha massaj muolajalarini silash usuli bilan boshlab, ta’sir kuchini asta-sekinlik bilan ko‘paytirish lozim. Har bir tana qismiga massaj qilish vaqti ham turlicha: Orqani massaj qilish uchun – 10 – 15 daqiqa. Ko‘krakni massaj qilish uchun – 7 – 12 daqiqa. Qo‘llarni massaj qilish uchun – 10 – 12 daqiqadan har biriga. Oyoqlarni massaj qilish uchun – 10 – 13 daqiqadan har biriga. Qorinni massaj qilish uchun – 7 – 12 daqiqa ajratiladi. Lekin ayrim holatlarda muolaja vaqti kamaytiriladi yoki uzaytiriladi. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 11–to’plam 2025 y. 112 1. Tananing turli sohalariga massaj Amaliy ta’siri Nazariy asosi Orqani massaj qilish muolajasi Har bir massaj muolajalari silash usuli bilan boshlanishi kerak. Orqa sohasi ancha katta maydon bo‘lgani uchun har bir qo‘l o‘z tomonini silaydi, avvaliga to‘g‘ri chiziq yo‘nalishida, keyin aylana chiziq yo‘nalishida bajariladi. Avval uzun mushaklar uqalanadi, keyin serbar muskullar uqalanadi. Uqalashdan keyin ishqalash usuli qo‘llaniladi. Uqalash bel sohasidan boshlanadi Bu muolajani bukilgan barmoqlar yordamida yoki kaft bilan to‘g‘ri chiziq va aylana yo‘li bilan uqalanadi. Oxirida esa silkitib-silkitib va qoqib qo‘yilishi mumkin. Ko‘krakni massaj qilish muolajasi Ko‘krakdagi katta ko‘krak muskullari, qovurg‘alararo mushaklar va oldingi tishsimon muskullar uqalanadi. Ko‘krak sohasi massaji ikki qo‘l yordamida bajariladi, sut bezini aylanib o‘tish tavsiya etiladi. Ko‘krak massaji silash, uqalash, yana silash va bir qo‘l bilan shapatilashdan iborat bo‘ladi. Qovurg‘alararo mushaklarni massaj qilishda, bemor qo‘llarini tepaga ko‘tarib yotishi kerak bo‘ladi, qo‘llar to‘shdan qovurg‘alar tomon harakatlanishi kerak. Qorin sohasi, ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 11–to’plam 2025 y. 113 kindik atrofi sohasi aylana chiziq yo‘nalishida va soat millari yo‘nalishiga qarab harakatlanib uqalanadi. Qo‘lni massaj qilish muolajasi Qo‘l massaji quyidagi tartibda bajariladi: dastlab barmoqlar alohida-alohida massaj qilinadi, keyin panja, bilak-kaft, bilak-tirsak bo‘g‘ini, yelka va yelka bo‘g‘ini massaj qilinadi. Avval silash usuli, so‘ngra ishqalash, yelka va yelka bo‘g‘inlarida silash, uqalash, ishqalash va qoqishlar qo‘llaniladi. Uqalash va ishqalash vaqtida to‘g‘ri chiziq, doira va ilonsimon yo‘nalishdan foydalaniladi. Muolaja oxirida bo‘g‘inlar ishlatiladi, ya’ni bukilib-yozilib (bir necha marta takrorlanishi kerak) yana uqalab silash bilan tugallanadi. Qo‘llarni massaj qilish, massaj qilinadigan yelka tanadan yon tomonlama 15–20 °ga va oldinga 60– 70 °ga bukib qo‘yiladi. Bu qo‘l va yelkani fiziologik (o‘tkazilgan va yotqizilgan holatda ham) bo‘shashgan holati. Oyoqni massaj qilish Oyoqlar massajida silash, ishqalash, bo‘g‘inlarni sekinsekin ishlatish bilan boshlanadi. Panja, boldirlar kaft bilan Bunda bemor, albatta, yotqizib qo‘yiladi. Avval oyoqni old ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 11–to’plam 2025 y. 114 Yuqoridagi jadval massajni tananing turli sohalariga qo’llashni quyidagi jadvallardan foydalangan holda salomatligini mustahkamlashda ham qanday ro’l o‘ynashini ko‘rsatadi. Har bir usulning o‘ziga xosligi amaliyotda va ilmiy tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan. Shu bilan birga, ushbu muolaja tanadagi qon aylanishni yaxshilab ,immunitetni ko’tarib beradi. ХULОSА Massaj muolajasi inson organizmini yoshartirib,qon aylanishni tiklab beradi,qariyalarda xotirani mustahkamlaydi,yosh bolalarda o’sish jarayonini yaxshilaydi, amaliy va nazariy jihatdan o‘zining yuqori samaradorligini namoyon etadi. Ushbu omillar qariyalar organizmiga nozik va tabiiy tarzda ta’sir qilib, ishqalanadi, ust va orqa tomonlar galma-galdan uqalanadi. Panja, boldirlarning orqa tomonini kaftni mushtlagan holda uqalash mumkin. Bunda ham to‘g‘ri chiziq va spiralsimon yo‘nalishida harakatlar qilish mumkin. Son va dumba sohasi ikkala qo‘l yordamida massaj qilinadi. Silash, uqalash, ishqalash va yana silash usullaridan foydalaniladi. Yana sonlarni bir-biriga yaqinlashtirish, oyoqlarni qoringa yaqinlashtirib, yana to‘g‘rilab yotqizishdan iborat. Bo‘g‘in va asab tarmoqlari ancha chuqur uqalanadi. Massaj ohista silash bilan yakunlanadi. tomonini, keyin bemorni yuz tuban yotqizib, oyoq orqa tomoni massaj qilinadi. Oyoq massajini panja va barmoqlardan boshlab, so‘ng boldirlar, bo‘g‘inlar, tizza bo‘g‘ini, son, dumba sohasi, tosson bo‘g‘inlari va asab tarmoqlari massaj qilinadi. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR JURNALI http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 11–to’plam 2025 y. 115 tiklanish jarayonini tezlashtiradi va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Amaliy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, tanani turli sohalaridagi yog’larni eritadi,tanadagi tuzlarni eritib beradi. Nazariy asoslar esa ushbu omillar ilmiy poydevorini yanada mustahkamlaydi. Odam terisi juda katta refleksogen maydon hisoblanadi. Massaj vaqtida birinchi navbatda terida joylashgan markaziy va vegetativ asab tizimi bilan bog‘liq ko‘p sonli asab retseptorlari (qabul qiluvchi) mexanik ta’sirlanib, qon va limfa aylanishida turli xil reflektor reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Xulosa qilib aytganda , Organizmda qator umumiy va mahalliy reaksiyalar hosil bo‘ladi. Bunda hamma to‘qimalar va a’zolar ishtirok etadi. Massajning turli xil usullari organizmga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Asab tizimiga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Massaj ta’sirida teridagi qon tomirlar kengayadi, qon aylanishi yaxshilanadi, mushaklar mustahkamlashadi, ularning tonusi va elastikligi oshadi. FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR 1. 1.Ilxo‘jayeva K.E., Xudoyberganova B.T. Fizioterapiya va tibbiy reabilitatsiya. T., 2004. 2. 2. F.SH. Bahadirova,Reabilitatsiya,massj va mehnat bilan davolash.