scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AKTYORLIK MAHORATIDA TAGMATN, PAUZA VA URG'UNING ROLI

Mahliyo Abdurahmonova

Full text

International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 19 (65) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 150 AKTYORLIK MAHORATIDA TAGMATN, PAUZA VA URG‘UNING ROLI Mahliyo Abdurahmonova Magistratura bo‘limi uslubchisi Annotatsiya: maqolada aktyorlik san'atining muhim jihatlari – tagmatn, pauza (tin olish) va urg'u masalalari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda sahna san’atida partnyor bilan munosabat o‘rnatish, suhbatga tayyorgarlik ko‘rish, sukut saqlash orqali ta’sir o'tkazish, ichki monolog tashkil etish kabi aktyorlik texnikasi elementlari ko'rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: aktyorlik mahorati, tagmatn, pauza, tin olish, urg‘u, partnyor, ichki monolog, ohang, nutq plastikasi, sahna san’ati, teatr, pedagogika. Аннотация: в статье подробно анализируются важные аспекты актёрского мастерства – вопросы подтекста, паузы (дыхания) и акцента. В исследовании рассматриваются такие элементы актёрской техники в сценическом искусстве, как установление отношений с партнёром, подготовка к разговору, воздействие молчанием и организация внутреннего монолога. Ключевые слова: актёрское мастерство, подтекст, пауза, дыхание, акцент, партнёр, внутренний монолог, тон, пластика речи, сценическое искусство, театр, педагогика. Abstract: The article provides an in-depth analysis of important aspects of acting - the issues of subtext, pause (breathing) and emphasis. The study examines such elements of acting techniques in stage art as establishing a relationship with a partner, preparing for a conversation, influencing through silence, and organizing an internal monologue. Keywords: acting skills, subtext, pause, breath, emphasis, partner, internal monologue, tone, speech plasticity, stage art, theater, pedagogy. Partnyor bilan biror ijobiy yoki salbiy munosabat о‘rnatishdan avval uni о‘rganish, moslashish va bо‘lajak munosabatga partnyorni tayyorlash kerakligi bizga ma’lum. Bu tayyorgarlik jarayoni kо‘p hollarda jismoniy va shu bilan birga sо‘zlashuv harakatlaridan ham tashkil topishi mumkin. Partnyor bilan jiddiy mavzuda suhbatga kirishishdan oldin uni shu suhbatga ruhan tayyorlash maqsadida ahamiyatga molik bо‘lmagan sо‘zlar sо‘zlanadi: sog‘lik - omonlik, uy ichi va boshqa shu kabi sо‘zlardan sо‘nggina kerakli mavzuga о‘tish mumkin. Bu sо‘zlar bir qarashda ahamiyatsizdek kо‘rinsa ham partnyor ahvolini bilish, aniqlash, vaqtdan yutish, uni kerakli mavzudagi suhbatga tayyorlashga zamin yaratadi. Partnyorga ta’sir etish jarayoniga nafaqat partnyor, balki sо‘zlashi kerak bо‘lgan mavzu obyektini ham yaxshilab о‘rganish, partnyorga о‘z taassurotini berish uchun International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 19 (65) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 151 uni ham aynan о‘z ta’sir doirasi yо‘nalishiga olib kirish kerak bо‘ladi. Buning uchun aktyor aqlan, jismonan va ruhan ziyraklik bilan tayyorgarlik kо‘rishi kerak. Sо‘zlashuv munosabati jarayonining ayni shu bosqichi kо‘p hollarda sahnada aktyorlar tomonidan tushirib qoldiriladi. Ba’zi aktyorlar ma’lum bosqichni о‘tamagan holda oliy maqsad sari tо‘g‘ridan - tо‘g‘ri о‘tib borishga odatlanib qolganlar. Tagmatn aktyorga faqat sо‘zlarning talaffuzi uchun emas, balki partnyorni eshitayotgan vaqtida ham kerakligini hisobga olish zarur. Bizga ma’lumki, inson gapirayotganida sо‘z bilan ta’sir о‘tkazishga urinadi, tinglayotganida esa qabul qiladi. Ta’sir vositasining almashib turishi, qabul qilish va baho berish, ta’sir о‘tkazish jarayonini replika bilan bog‘lash notо‘g‘ri. Eshituvchi suhbatga kirishish uchun navbatini kutayotgan vaqtda ham ma’lum harakatni amalga oshiradi, partnyorning sо‘zlariga bosqichma - bosqich baho berib, sо‘zsiz munosabat olib boradi. U о‘zining jismoniy xatti -harakati, fe’l - atvori, sukut saqlash bilan ta’sir о‘tkazadi. Bu esa har qanday sо‘zdan kо‘ra kuchliroqdir. Agar dialog jarayoni yuzaga kelsa, о‘zaro ta’sir bir lahza ham tо‘xtamaydi. Sо‘zlashuvchi partnyoriga faqat sо‘zlar bilan ta’sir о‘tkazib qolmay, balki bir vaqtning о‘zida uning о‘ziga nisbatan munosabatini ham baholaydi, ta’sir о‘tkazishning yangi vositalarini qidiradi. Sukut saqlash biron - bir xatti-harakatni ifoda etishi va ma’lum ma’noni anglatishi uchun uni yaxshi tashkil etish lozim. Buning uchun aktyor ichki monologini tо‘g‘ri yо‘lga qо‘ya bilishi kerak. Aktyor sukut saqlashi vaqtida atrofida sodir bо‘layotgan voqea -hodisani, partnyori xatti - harakatini fikran baholaydi, uni qabul qiladi yoki partnyorining dalil - isbotlariga qarshi chiqadi. Shuni unutmaslik lozimki, ijod jarayonida aktyor tagmatn borasida о‘ylamaydi. U partnyori bilan munosabat о‘rnatishi, atrofda sodir bо‘layotgan eng kichik detallarni ham nazardan chetda qoldirmasligi uchun ijodiy kayfiyatda, ruhan erkin bо‘lishi kerak. Bu ijodiy erkinlik aktyor ijrosining kechagisidan bugun farq qilishini, betakrorligini belgilab beradi. Ijodning bunday nozik jihatini egallash uchun aktyor sahnadagi hatto kо‘zga tashlanmaydigan eng kichik ma’lumotlarni ham nazardan chetda qoldirmasin. Aktyor о‘zida barcha voqea - hodisalarga о‘ziga xos ta’sir kuchi va tasodifiylik taassuroti, hissiyotini tarbiyalay olsin. Aktyor intonasiyasi plastik xususiyatga ega bо‘lishi va bu xususiyat tagmatndagi kichik о‘zgarishlarni ham yoritib bera olishi kerak”. [1.B.88.] Sahnada rol ijro etayotgan aktyor avtor sо‘zlarining tub ma’nosiga yetib borishi va ularni mantiqiy ifodalay olishi uchun nutqning barcha texnik jihatlari qatori tin olish (pauza)dan ham unumli foydalana bilishi shart. Biz yaxshi bilamizki, ichki fikrning yozma yoki nutqiy ifodalanishi - sо‘z, gap yoki sо‘zlar oqimi, deyiladi. Ana shu sо‘zlar oqimida aytmoqchi bо‘lgan fikrning aniqligini ijroda tin olish (pauza) belgilaydi. Tin olish (pauza)ning о‘zi nima? Afsuski, kо‘pchilik aktyorlar tin olishni oddiy tо‘xtalish sifatida baholashadi. Hayotda esa inson о‘z fikrini uqtirish uchun International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 19 (65) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 152 sо‘zlar oqimidan foydalanayotganda tabiiy holatda, aynan kerakli joylarda tin oladi. Bu tin olishlarni inson aynan maqsad - muddaosidan kelib chiqib amalga oshiradi. Tin olish borasida turli mutaxassislarning ilmiy va amaliy isbotlangan ta’riflari mavjud. Shular orasida Abdurahim Sayfiddinovning bu borada о‘zlaridan oldingi aytilgan fikr - mulohazalarni rivojlantirib, yanada aniqlik kiritib keltirgan ta’rifi tin olish tushunchasiga yanada oydinlik kiritgan. Ular bunday deydi: “N.M.Bajenov va R.A.Cherkashinning “Ifodali о‘qish” kitobida pauzaga shunday ta’rif berilgan: Sо‘z oqimini intonasiya jihatidan shakllangan qismlarga ajratishga imkon beruvchi nuqtaga tо‘xtash, pauza deb ataladi. Garchi bu ta’rif pauzaning hamma xususiyatlarini о‘z ichiga qamrab olmasa - da, asosan tо‘g‘ri. Haqiqatan ham pauza uzluksiz sо‘z oqimini ma’lum bо‘laklarga bо‘ladi. Ammo pauzaning vazifasi bu bilan tugamaydi. Negaki, pauzalar sо‘z oqimini faqat “intonasiya jihatidan shakllangan qismlarga ajratish” bilan chegaralanib qolganda nutqimiz bir - biriga uzviy bog‘lanmagan uzuq -yuluq gaplardan va gap bо‘laklaridan iborat bо‘lib qolardi. Vaholanki, inson nutqi bir - biriga uzviy bog‘lanagan sо‘z oqimidan iborat. Demak, pauzalarning intonasiya jihatidan shakllangan qismlarga ajratish xususiyati tо‘g‘risida gapirish bilan birga, uning shu ajratilgan qismlarni ma’no va intonasiya jihatidan bir - biriga bog‘lash xususiyatiga ega ekanligini ham qayd etish lozim. Ana shunda pauzaning mohiyati tо‘g‘ri kо‘rsatilib, quyidagi ta’rif hosil bо‘ladi: Sо‘zlar oqimini intonasiya jihatdan shakllangan qismlarga ajratuvchi va shu ajralgan qismlarni ma’no jihatidan intonasiya yordamida bir-biriga bog‘lashga imkon beruvchi nutqdagi tо‘xtalish pauza deb ataladi”. [2.B.48.] Abdurahim Sayfiddinovning tin olish (pauza)ga keltirgan bu ta’rifi teatr san’ati mutaxassislarining qarashlarini rivojlantirgan holda, “tin olish (pauza) - sо‘zlar oqimidagi fikr uzviyligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega” ekanligini amaliy va nazariy jihatdan isbotlab berdi. Chunki kо‘p hollarda aktyorlar tin olishga faqat texnik nuqtai - nazaridan qarashadi va natijada fikrlashdan yiroq bо‘lgan quruq talaffuz qoladi. Bu albatta tomoshabinning ijroga nisbatan befarqligini keltirb chiqaradi va mutaxassislarning “Sahnada sо‘z xatti-harakati yо‘q-ku!” - degan mulohazasiga olib keladi. Fikrlash insonni sо‘z xatti-harakatiga undaydi, agar tin olishlarda fikr tashlab yuborilsa, sо‘zlar oqimidagi ma’no - mazmun ochilmaydi. Bu hol xuddi sahnada rol ijro etayotgan ikki aktyorning biri sо‘zlayotganda ikkinchisi shart -sharoitni unutib, replika poylayotgandagi kabi quruq va ishonarsiz bо‘ladi. Shuning qatorida, matnning tub ma’nosini, mazmun-mohiyatini ochib berishda urg‘uning ham ahamiyati katta. Shuning uchun ham urg‘u tushunchasiga qisqacha tо‘xtalib о‘tsak. Ba’zi mualliflarning qо‘llanmalarida: “Nutqdagi biron bir bо‘lakni kuchliroq talaffuz etish hodisasi - urg‘u deyiladi. Urg‘u - sо‘z urg‘usi va mantiqiy urg‘uga bо‘linadi” degan ta’rif uchraydi. Bu tо‘g‘ri ta’rif. Lekin masalaga chuqurroq yondashsak, urg‘u - tovush urg‘usi, sо‘z urg‘usi va mantiqiy urg‘uga bо‘linadi, deb International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 19 (65) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 153 ta’riflash о‘rinliroqdir. Tovush urg‘usi nima? Tovush urg‘usi deb - ma’lum bir sо‘zning ifodasida biron bir tovushning kuchliroq va chо‘ziqroq talaffuz etilishiga aytiladi. Masalan “raketa” sо‘zida urg‘u о‘rta bо‘g‘indagi “e” tovushiga, “magistral” sо‘zida oxirgi bо‘g‘indagi “a” tovushiga tushadi. Tinglovchiga esa bu jarayonda xuddi ana shu tovush ishtirok etayotgan bо‘g‘in urg‘u olayotgandek tuyuladi. Urg‘uning bu jihatlariga e’tibor berish aktyorlarga xorijiy adabiyot namunalaridan parcha yoki spektakllar ijrosida, ayniqsa xorijiy ismlar va atamalarni tо‘g‘ri talaffuz etishlarida yordam beradi. Kо‘p hollarda, ayniqsa viloyat teatrlarida, jahon va rus dramaturgiyasi asosidagi spektakllarda aktyorlarning chet el ismlarini notо‘g‘ri talaffuz etishlarining guvohi bо‘lamiz. Masalan, Volodya sо‘zini talaffuz qilishda ikkinchi bо‘g‘indagi “o” tovushi kuchliroq va chо‘ziqroq talaffuz qilinishi kerak. Lekin aktyor urg‘uni oxirgi bо‘g‘indagi “ya” tovushiga beradi va natijada sof ruscha ism g‘ayritabiiy jaranglaydi. Yoki talaba - aktyorlar ijrosida “Gamlet” spektaklini tomosha qilyapmiz. Aktyorning eng asosiy sahnalardan biridagi “Monastirga bor!” degan sо‘zlarni talaffuz qilishda urg‘u oluvchi tovushni notо‘g‘ri tanlashi oqibatida Gamlet ijrosidagi barcha yutuqlarni hissiy qabul qilayotgan, Gamletga hamdard bо‘layotgan tomoshabinda biroz noqulaylik tug‘iladi. Chunki aktyor “monastir” sо‘zining oxirgi bо‘g‘inidagi “i” tovushiga emas, ikkinchi bо‘g‘indagi “a” tovushiga urg‘u berib ifodalashi miriqib tomosha qilayotgan tomoshabinning g‘ashiga tegadi. Uning hissiy qabul qilish jarayonini bir muddat bо‘lsa g‘am tо‘xtatib qо‘yadi. Ana endi aktyor tomoshabinni zabt etish uchun kurashni yana boshidan boshlashiga tо‘g‘ri keladi. Eng asosiysi, tovush urg‘usiga e’tibor berish sо‘zning о‘ziga xos plastikasini va rangini paydo qiladi, uning talaffuzini yengillashtiradi. Chunki sо‘z bilan ishlovchi aktyorning о‘z kasbini mukammal egallashi yо‘lida har qanday “mayda” bо‘lib kо‘ringan g‘alizliklarni ham oydinlashtirib olish katta ahamiyatga ega. Yana bir jihat: tovush urg‘ulari bir sо‘zning о‘zida uning vazifasiga qarab о‘zgarishi mumkin. Lekin bunday holat kamdan - kam uchraydi. Masalan, “akademik” sо‘zi ilmiy unvon ma’nosida kelsa “ye” tovushiga urg‘u tushadi. Masalan, “akademik olim”, “akademik teatr”. Bu sо‘z san’atdagi ijro uslubi ma’nosida kelsa oxirgi bо‘g‘indagi “i” tovushi urg‘u oladi. Masalan, “akademik ijro”. Yoki yana bir о‘zgacha manzarani kuzatish mumkin: “simfoniya” sо‘zining taaffuzida urg‘u ikkinchi bо‘g‘indagi “o” tovushiga tushadi. “Simfonik orkestr ijrosi” sо‘z birikmasida esa “simfoniya” sо‘zi “simfonik” shaklida о‘zgarib kelayapti. Natijada “simfoniya” sо‘zining talafuzida urg‘u olgan “o” tovushi о‘zining urg‘u olish mavqeini “simfonik” sо‘zidagi oxirgi bо‘g‘inda joylashgan “i” tovushiga bо‘shatib beradi. Sо‘z urg‘usi, deganda esa talaffuz paytida sо‘zlar oqimidagi biron bir sо‘zning kuchliroq talaffuz etilishiga aytiladi. Mantiqiy urg‘u, deb sо‘zlar oqimidagi va nutq davomidagi ayrim gap bо‘laklarining bо‘rttirilishiga aytiladi. Bunday bо‘laklar International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 19 (65) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 154 kamida ikki sо‘zdan tortib, butun jumla va fikrni ifodalovchi nutq vositalarining katta bо‘laklari hajmida bо‘lishi mumkin. Agar ma’lum vaqtga sо‘zni, matnni unutib, butun diqqat -e’tiborni fikr va tovush urg‘ulariga qaratsak, natijada inson nutqining qurilmasi yaqqol yuzaga keladi. Sahnada faqat qarama - qarshi fikr emas, balki urg‘u ohanglari konflikti ham mavjudki, ular repetisiya jarayonlarida о‘z - о‘zidan yuzaga keladi. Aktyorlar shuni unutmasliklari lozimki, ma’lum bir asarda tagmatnni aniqlash jarayoni tin olish, urg‘u va intonatsiyaning aniq, tabiiy tashkil etilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdullayeva M. Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati. -T.: Tafakkur qanoti, 2014. 2. Sayfiddinov A. Adabiy asar va ijrochilik mahorati. -T.: Fan, 1980. 3. Alisher Navoiy. “Hayrat-ul abror” dostonining sо‘z ta’rifida bobidan. -T.: G‘afur G‘ulom, 1989. 4. Maxmudova J., Maxmudova H. Aktyorlik mahorati. –T.: Lesson Press, 2010.