scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON DAVLAT SIYOSATIDA BIOSIYOSIY BOSHQARUVNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Jabborova, Sevara

Abstract

Ushbu tezisda O‘zbekiston davlat siyosatida inson hayoti va sog‘lig‘i ustidan nazorat mexanizmlari biosiyosat konsepsiyasi asosida sotsiologik tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida pandemiya, demografik siyosat, sog‘liqni saqlash va ekologik xavfsizlik kabi yo‘nalishlarda davlatning biosiyosiy boshqaruvi amaliy misollar orqali yoritiladi. Ishning ilmiy yangiligi shundaki, O‘zbekiston misolida davlat siyosatining biosiyosiy jihatlari birinchi marta sotsiologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari davlat siyosatini fuqarolarning hayot sifati, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish va ijtimoiy boshqaruv samaradorligini oshirishga amaliy yordam beradi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 07 2025 45 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us O‘ZBEKISTON DAVLAT SIYOSATIDA BIOSIYOSIY BOSHQARUVNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI Jabborova Sevara Shuxratovna Siyosatshunos, siyosiy tahlilchi, magistr E-mail: [email protected] Telefon: (99) 266-77-33 Annotatsiya: Ushbu tezisda O‘zbekiston davlat siyosatida inson hayoti va sog‘lig‘i ustidan nazorat mexanizmlari biosiyosat konsepsiyasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda pandemiya, demografik siyosat, sog‘liqni saqlash va ekologik xavfsizlik sohalarida davlat boshqaruvi mexanizmlarining biosiyosiy jihatlari yoritilgan. Ishning ilmiy yangiligi shundaki, O‘zbekiston misolida davlat siyosati va boshqaruvining biosiyosiy tamoyillari ilk bor boshqaruv nazariyasi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari davlat siyosatini inson salomatligi, demografik barqarorlik va ekologik xavfsizlikni ta’minlash orqali boshqaruv samaradorligini oshirishga amaliy yordam beradi. Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, biosiyosat, davlat siyosati, boshqaruv, inson hayoti, pandemiya, demografiya, ekologiya, ijtimoiy barqarorlik. Dolzarbligi: Zamonaviy davlat siyosati jamiyat hayotining barcha sohalariga chuqur kirib borayotgan sharoitda inson hayoti va sog‘lig‘i ustidan nazorat mexanizmlari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Davlatning ijtimoiy siyosati, sog‘liqni saqlash, demografik barqarorlikni ta’minlash va ekologik xavfsizlik sohalaridagi faoliyati aslida biosiyosiy boshqaruv tamoyillarining amaliy ifodasidir. Fransuz faylasufi M. Fuko ilgari surgan “biosiyosat” nazariyasiga ko‘ra, davlat hokimiyati jamiyat hayoti ustidan boshqaruvni kuchaytirish orqali barqarorlikni ta’minlaydi. O‘zbekiston misolida ham so‘nggi yillarda inson hayoti va sog‘lig‘iga oid qarorlar pandemiya davridagi siyosiy chora-tadbirlar, ekologik xavfsizlik strategiyalari va demografik dasturlar orqali biosiyosiy boshqaruvning shakllanishi kuzatilmoqda. Shu bois O‘zbekiston davlat siyosatini biosiyosiy nazariyalar nuqtayi nazaridan tahlil etish, uning jamiyat hayotiga ta’sirini aniqlash va sotsiologik xususiyatlarini ochib berish ilmiy hamda amaliy ahamiyatga ega. Maqsad: O‘zbekiston davlat siyosatida biosiyosiy boshqaruvning nazariy va amaliy asoslarini aniqlash, uning boshqaruv tizimi samaradorligiga, ijtimoiy barqarorlik va fuqarolar farovonligiga ta’sirini o‘rganish. INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 07 2025 46 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us Ilmiy yangiligi: O‘zbekiston misolida davlat siyosati va boshqaruvining biosiyosiy jihatlari ilk bor sotsiologik tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqot davlatning inson hayoti ustidan nazorat mexanizmlarini ilmiy asosda tushuntirish imkonini beradi. Global jarayonlar va O‘zbekiston kontekstida Bugungi globallashuv davrida davlat boshqaruvi tizimlari inson hayoti, sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash masalalarida yangi yondashuvlarni shakllantirmoqda. Biosiyosiy boshqaruv konsepsiyasi bu jarayonlarning markazida bo‘lib, davlat siyosatining fuqarolar hayoti ustidan nazorat, tartibga solish va himoya mexanizmlarini anglatadi. So‘nggi yillarda pandemiyalar, ekologik inqirozlar, demografik o‘zgarishlar va texnologik rivojlanish global miqyosda davlatlarning boshqaruv uslublariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. COVID-19 pandemiyasi, masalan, davlatlarning sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va xavfsizlik tizimlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur etdi. Shu bilan birga, aholining sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, vaksinalar siyosati, ijtimoiy masofa, raqamli nazorat tizimlari kabi chora-tadbirlar davlat boshqaruvining biosiyosiy shakllanishini yanada kuchaytirdi. O‘zbekiston ham ushbu global tendensiyalardan chetda qolmagan. Mamlakatda pandemiya davrida aholini himoya qilish, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va demografik muvozanatni saqlashga qaratilgan strategiyalar biosiyosiy boshqaruvning amaliy ko‘rinishlarini namoyon etdi. Davlat siyosatida inson hayoti va farovonligini ustuvor yo‘nalish sifatida belgilash, “Yangi O‘zbekiston – inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlar biosiyosatning boshqaruv konsepsiyasi sifatida shakllanayotganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda ekologik xavfsizlik, reproduktiv salomatlik, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish va aholi salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlari ham biosiyosiy boshqaruvning amaliy jihatlarini tashkil etadi. Masalan, “2030 yilgacha sog‘lom avlod” konsepsiyasi, “Yashil makon” tashabbusi va sog‘liqni saqlash sohasida olib borilayotgan raqamli transformatsiya loyihalari fuqarolar hayoti ustidan ijtimoiy boshqaruvni takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Boshqaruv nuqtayi nazardan, bu jarayonlar davlat siyosatining yangi paradigmasini ifodalaydi: u nafaqat inson hayotini himoya qilishga, balki uni strategik resurs sifatida boshqarishga qaratilgan. Shunday qilib, O‘zbekiston kontekstida biosiyosiy boshqaruv davlatning ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarning hayot sifatini oshirish va boshqaruv samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan zamonaviy mexanizmlar tizimini shakllantirmoqda. Xulosa O‘zbekiston davlat siyosatida biosiyosiy boshqaruv konsepsiyasi inson hayoti, sog‘lig‘i va ijtimoiy farovonlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan yangi boshqaruv modeli INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 07 2025 47 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us sifatida shakllanib bormoqda. Ushbu yondashuv davlatning boshqaruv tizimini inson resursini strategik kapital sifatida ko‘rishga, aholining hayot sifatini oshirish orqali siyosiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, biosiyosiy boshqaruv O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, ekologik xavfsizlik, demografik siyosat va ijtimoiy himoya tizimlarida aniq ifodasini topgan. Davlatning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i ustidan olib borayotgan nazorat mexanizmlari, ayni paytda, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga yo‘naltirilgan boshqaruv tamoyillari bilan uyg‘unlashmoqda. Bu esa “inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan boshqaruv falsafasining amalda ro‘yobga chiqishidir. Umuman olganda, O‘zbekiston tajribasi shuni ko‘rsatadiki, biosiyosiy boshqaruv konsepsiyasi davlat siyosatida inson omilini markazga qo‘ygan, jamiyat barqarorligini ta’minlash va farovonlikni oshirishga qaratilgan strategik yondashuv sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu konsepsiya kelgusida boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish, innovatsion siyosat yuritish va davlat hamda jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlash uchun nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. M Foucault The Will to Knowledge: The History of Sexuality Volume 1 (1976) (trans. R Hurley, 1998). 2. Human Rights Watch. (2022). Uzbekistan: Surveillance of online activity and internal movement. https://www.hrw.org/news/2022/05/03/uzbekistan-surveillancemeasures-expand 3. Foucault, M. (2003). Society Must Be Defended: Lectures at the Collège de France, 1975– 1976. (D. Macey, Trans.). Picador. 4. Lyon, D. (2014). Surveillance, Snowden, and Big Data: Capacities, consequences, critique. Big Data & Society, 1(2), 1–13. https://doi.org/10.1177/2053951714541861