RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BANK DEPOZIT XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Full text
586 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BANK DEPOZIT XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Melikov Otabek Maxmadaminovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va bank ishi kafedrasi mudiri. (PhD) E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17536018 Annotatsiya: Ushbu tezisda moliya-kredit tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati, ayniqsa depozit xizmatlarini modernizatsiya qilishdagi roli yoritilgan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston bank sektorida raqamli transformatsiya jarayonlari jadallashib, mijozlarga qulay, tezkor va xavfsiz depozit xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlari kengaymoqda. Tadqiqotda mobil va internet banking, sun’iy intellekt, blokcheyn texnologiyasi kabi innovatsion yechimlarning afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli depozit xizmatlarining iqtisodiyotdagi barqarorlik va moliyaviy faollikka ta’siri ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: raqamli texnologiyalar, depozit, bank tizimi, mobil banking, blokcheyn, raqamli transformatsiya, moliyaviy xizmatlar. Annotation: This thesis highlights the importance of implementing digital technologies in the financial and credit system, particularly in the modernization of deposit services. In recent years, the digital transformation of the banking sector in Uzbekistan has accelerated, expanding opportunities to provide customers with convenient, fast, and secure deposit services. The study analyzes the advantages of innovative solutions such as mobile and internet banking, artificial intelligence, and blockchain technology. In addition, the impact of digital deposit services on economic stability and financial activity is examined. Keywords: digital technologies, deposit, banking system, mobile banking, blockchain, digital transformation, financial services. KIRISH So‘nggi yillarda O‘zbekiston moliya-kredit tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Bank sektorida raqamli transformatsiya nafaqat xizmatlar sifatini oshirish, balki mijozlarga taqdim etilayotgan xizmat turlarini kengaytirish va ularni yanada qulay shaklda tashkil etish imkonini bermoqda. Ayniqsa, depozit xizmatlarining raqamlashtirilishi bank faoliyatining samaradorligini oshirish, mijozlar vaqtini tejash va ularning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan mobil va internet banking tizimlari, sun’iy intellekt hamda blokcheyn kabi innovatsion yechimlar bank operatsiyalarini soddalashtirish, xavfsizlik va shaffoflikni ta’minlash imkonini bermoqda. Bunday yondashuv nafaqat banklar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytiradi, balki moliya xizmatlari bozorining barqaror o‘sishiga ham turtki bo‘ladi.Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning joriy etilishi aholining bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirib, moliyaviy faollikni oshirmoqda. Shu bois depozit xizmatlarini raqamli asosda rivojlantirish mamlakatimiz bank tizimi samaradorligini yanada oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI Bugungi kunda mamlakatda bank tizimini tubdan isloh qilish, banklarni raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish, aholining barcha qatlamlari uchun qulay masofaviy bank xizmatlarini joriy etish, shuningdek, iqtisodiyotni qayta tuzish, asosiy tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Banklarning ushbu jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash, ularning resurs bazasi va kapitallashuvini yanada oshirish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda.Umuman olganda, banklarning shakllanish tarixi XVIII asrga borib taqaladi, bugungi kundagi masofaviy bank xizmatlarining dastlabki shakllari esa XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan.Raqamli texnologiyalarning ta’siri masofaviy bank xizmatlarining rivojlanishidagi asosiy omillardan biridir. 1970-yilda banklar aloqa vositasi sifatida bankomatlarni joriy etgan bo‘lsa, 1980-yillarda telefon texnologiyasi, 1990yillarda internet-banking, 1990–2000-yillarda esa mobil banking xizmatlari bank texnologiyalarini tubdan o‘zgartirdi [1].
587 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 V.K. Spilnichenko ta’rifiga ko‘ra, bank hisobvarag‘ini masofadan turib boshqarish — bu mijozning bankka bormasdan, topshiriq asosida o‘z hisobvarag‘idagi ma’lumot va operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi axborot xizmatlari majmuasidir. Bank hisobvaraqlarini masofaviy boshqarish tizimi mijozning telekommunikatsiya tizimi orqali bank ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyatini anglatadi [2].Shundan kelib chiqadiki, banklardagi masofaviy xizmatlar tizimini mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tabiatiga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin: axborot xizmatlari va tranzaksion xizmatlar[3]. TAHLIL VA NATIJALAR Tadqiqotda mobil va internet banking, sun’iy intellekt, blokcheyn texnologiyasi kabi innovatsion yechimlarning afzalliklari tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda bank tizimida innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish raqamli moliyaviy xizmatlarning sifatini tubdan o‘zgartirdi. Jumladan, mobil va internet banking tizimlari mijozlarga bank filialiga bormasdan turib operatsiyalarni bajarish, balansni nazorat qilish, omonat ochish va to‘lovlarni amalga oshirish imkonini bermoqda. Bu xizmatlar nafaqat vaqt va xarajatlarni tejaydi, balki aholining keng qatlamlarini bank tizimiga jalb etishni ham ta’minlaydi. Sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari esa mijoz xatti-harakatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik darajasini baholash, shuningdek, xizmatlarni shaxsiylashtirish orqali mijoz tajribasini yaxshilash imkonini bermoqda. AI asosida ishlovchi “chatbot”lar va raqamli maslahatchilar bank mijozlariga 24/7 rejimda xizmat ko‘rsatib, operatsion samaradorlikni oshirmoqda. Blokcheyn texnologiyasi esa tranzaksiyalarni yuqori darajada shaffof va xavfsiz amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu texnologiya yordamida ma’lumotlar markazlashmagan tizimda saqlanadi, bu esa firibgarlik xavfini kamaytiradi va ishonchli depozit operatsiyalarini amalga oshirishga imkon beradi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston tijorat banklarida raqamli depozit xizmatlari jadal rivojlanmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilda omonatlarning atigi 12 foizi elektron kanallar orqali jalb qilingan bo‘lsa, 2024-yil yakuniga kelib bu ko‘rsatkich 55 foizdan oshdi. Ushbu o‘sish, avvalo, mobil ilovalar, internetbanking va boshqa raqamli platformalarning keng joriy etilishi bilan chambarchas bog‘liq.[4] Raqamli texnologiyalar asosidagi depozit xizmatlari mijozlar uchun qulaylik va tezkorlikni ta’minlash bilan birga, banklar uchun ham operatsion samaradorlikni oshirmoqda. Endilikda mijozlar o‘z omonatlarini masofadan turib boshqarish, turli banklarning foiz stavkalarini solishtirish, onlayn tarzda yangi depozit hisoblarini ochish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu esa, bir tomondan, aholining moliyaviy faolligini oshirsa, ikkinchi tomondan, bank tizimining ishonchliligini va raqobatbardoshligini mustahkamlamoqda.Natijada, raqamli depozit xizmatlari nafaqat mijozlar uchun qulay moliyaviy vosita, balki mamlakat moliya bozorining barqaror o‘sishiga, resurs bazasining kengayishiga va banklarning uzoq muddatli rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omil sifatida e’tirof etilmoqda. XULOSA Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalarning bank tizimiga joriy etilishi, xususan, depozit xizmatlarining raqamlashtirilishi O‘zbekiston moliya bozorida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi. Mobil va internet banking, sun’iy intellekt hamda blokcheyn texnologiyalari asosidagi yechimlar bank xizmatlarini tezkor, qulay va shaffof shaklda tashkil etish imkonini bermoqda. Bu esa mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirib, omonatlar hajmining ko‘payishiga va bank resurs bazasining mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.Kelgusida raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish, axborot xavfsizligini kuchaytirish va innovatsion texnologiyalarni kengroq tatbiq etish orqali depozit xizmatlarining raqobatbardoshligini oshirish, ularni xalqaro standartlarga mos darajaga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Devlin J.F. Technology and innovation in retail banking distribution // International Journal of Bank Marketing,1995, Vol. 13 No. 4, pp. 19-25. 2. Spilnichenko V.K. Transformation of banking payment systems in the Russian economy // Economic Journal. 2012, No.2 (26), 56-64 pp.
588 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 3. Otabek Maxmadaminovich Melikov. “The Role Of Distance Banking Services In the Context Of Integration Processes”. The American Journal of Management and Economics Innovations, vol. 3, no. 01, Jan. 2021, pp. 28-35. 4. Turdimuratov, A. (2025). Tijorat banklarida raqamli depozit xizmatlari va ularning hisobi. Modern Science and Research, 4(9), 336-341.