G'O'ZA NAVLARIDA O'SIMLIK TUPI KONUSLARI BO'YICHA 1000 DONA CHIGIT VAZNI, UNISH QUVVATI, UNUVCHANLIK VA PISHIB YETILGANLIK KO'RSATKICHLARI
Full text
17 УЎТ: 633.41+631.52 G‘O‘ZA NAVLARIDA O‘SIMLIK TUPI KONUSLARI BO‘YICHA 1000 DONA CHIGIT VAZNI, UNISH QUVVATI, UNUVCHANLIK VA PISHIB YETILGANLIK KO‘RSATKICHLARI Seytmusayev Abatbay Idirisovich, Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent Qoraqalpog’iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Nukus, [email protected] Narimanov Abdujalil Abdusamatovich, Qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Genetika va o'simlikar eksperimental biologiyasi instituti, Toshkent, Seytmusayev Bayrambay Abatbayevich mustaqil tadqiqotchi, Toshkent davlat agrar universiteti, DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536438 Annotatsiya. Tadqiqotlarimiz o‘rta tolali g‘o‘za navlariga mansub o‘simliklar tupining turli konuslaridan terilgan paxta tolasi va chigit sifatini aniqlash hamda konuslarga bog‘liq ravishda ularning o‘zgarishini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot natijalarga ko‘ra, har xil konuslaridan terib olingan paxta xom ashyosining 1000 dona chigit vazni I-konusida belgining yuqori bo‘lishi II, III va IV-konuslarga borgan sari 1000 dona chigit vazni belgisining nisbatan pasayib borishi kuzatilgan bo‘lsa, unib chiqish quvvatining eng yuqori ko‘rsatkichlari II-IIIkonuslaridan terib olingan chigitlarga to‘g‘ri keldi. Kalit so‘zlar. Nav, g‘o‘za, urug‘lik paxta, unish energiyasi, konuslar, unuvchanlik, hosildorlik, pishganlik darajasi. Аннотация. Наши исследования были направлены на определение качественных показателей волокна и семян хлопчатника, собранных с различных ярусов куста растений, относящихся к средневолокнистым сортам хлопчатника, а также на изучение изменений этих показателей в зависимости от ярусов. По результатам исследований установлено, что масса 1000 семян хлопка-сырца, собранных с разных ярусов растения, было наибольшей в I ярусе, тогда как по мере перехода ко II, III и IV ярусам данный показатель постепенно снижался. При этом наивысшие показатели энергии прорастания и всхожести были отмечены у семян, собранных со II–III ярусов куста хлопкового растения. Ключевые слова: Сорт, хлопчатник, семенной хлопок, энергия прорастания, конусы, всхожесть, урожайность, степень спелости. Abstract. Our research was aimed at determining the quality indicators of fiber and seeds of cotton plants collected from different tiers of the bush, specifically for medium-staple cotton varieties, as well as studying how these indicators change depending on the tiers. The research results established that the weight of 1000 raw cotton seeds harvested from different tiers of the plant was highest in the 1st tier, while gradually decreasing as it progressed to the II nd, III rd, and III th tiers. At the same time, the highest germination energy and germination rates were observed in seeds collected from the II nd and III rd tiers of the cotton plant bush.
18 Key words: Variety, cotton plant, cotton seed, germination energy, cones, germination rate, yield, degree of maturity. Kirish. Urug‘lik chigitning sifatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri uning 1000 dona vazni hisoblanadi. Hozirgi vaqtda seleksioner olimlar tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan g‘o‘za navlarining hosildorligi, chigitining unish quvvati va unuvchanligi hamda chigit moydorligining yuqori bo‘lishida 1000 dona chigit vazni katta ahamiyat kasb etmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, yirikligiga va vazniga ko‘ra saralab olingan urug‘dan yetishtirilgan paxta hosildorligi 15-20 foizgacha oshishi mumkinligi aniqlandi. Jumladan, urug‘lik qanchalik to‘liq bo‘lsa, undagi urug‘kurtakning ilk fazalarda kerakli ozuqa moddalari bilan to‘liq ta’minlash uchun yetarli darajadagi ozuqa zahiralari yaratilgan bo‘ladi. Tajriba uslubi. G‘o‘za navlarining urug‘lik chigitlari laboratoriya sharoitida 1000 dona chigit vazni, unib chiqish quvvati va unuvchanligi aniqlandi (GOST 2182061-76). Tadqiqot natijalari. Keltirilgan 1-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, konuslar bo‘yicha o‘rganilgan navlarning urug‘lik chigitlarini 1000 dona chigit vazni ko‘rsatkichi bo‘yicha 101,6 g dan 136,3 g gacha vaznga ega bo‘lganligi kuzatildi. Ushbu belgi bo‘yicha Sulton navi urug‘lik chigitlari eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lganligini guvohi bo‘lamiz, ya’ni I-konusida 136,3 g vaznga ega bo‘ldi. Namangan-77 navining IV-konuslaridan terib olingan chigitlari ushbu belgi bo‘yicha yengil 101,6 g bo‘lganligi kuzatildi. Qolgan navlarda oraliq ko‘rsatkichlarni tashkil etdi. Konuslar bo‘yicha terib olingan navlarning urug‘lik chigitlari pastki konuslardan yuqori konuslarga qarab chigitlarning 1000 dona vazni pasayib borishi aniqlandi. Konuslar bo‘yicha terib olingan paxta xom ashyosida 1000 dona chigit vazni, unish quvvati, unuvchanlik va pishib yetilganlik ko‘rsatkichlari T/r Navlar Konuslar bo‘yicha 1000 dona chigit vazni, g Unib chiqish quvvati, % Unuvchanligi, % Chigitlarni pishib yetilganligi, % 1 S-6524 I 128,6 91,1 98,1 96/31 II 124,8 93,4 97,3 97/39 III 119,3 92,8 96,7 95/40 IV 110,0 83,6 86,4 85/53 2 Sulton I 136,3 91,5 96,7 96/38 II 131,7 92,1 97,2 97/39 III 125,6 92,5 96,2 97/42 IV 117,6 82,2 86,4 86/61
19 3 Omad I 127,9 96,6 98,3 97/28 II 125,9 95,9 97,7 97/34 III 118,3 93,1 97,5 96/31 IV 112,0 84,0 87,8 86/54 4 Namangan-77 I 120,8 92,5 97,9 96/35 II 117,5 94,2 97,7 98/33 III 108,3 94,3 97,5 97/43 IV 101,6 84,0 88,0 87/56 5 Buxoro-6 I 106,0 95,5 98,0 90/22 II 114,0 96,0 99,0 96/22 III 116,0 96,5 98,0 98/26 IV 111,6 64,4 83,2 84/60 6 Buxoro-102 I 111,0 96,0 98,5 96/10 II 121,0 97,5 99,5 96/14 III 119,0 97,5 99,0 96/26 IV 114,0 67,0 84,5 85/64 Konuslar bo‘yicha navlardan terib olingan urug‘lik chigitlarning unib chiqish quvvati 64,4 % dan 97,5 % ga ega bo‘ldi. Buxoro-102 navining II va IIIkonuslaridan terib olingan urug‘lik chigitlar yuqori ko‘rsatkichga 97,5 % ga, ushbu belgi bo‘yicha eng past ko‘rsatkichga Buxoro-6 navining IV-konusidan terib olingan chigitlarga to‘g‘ri kelib, 64,4 % ni tashkil etdi. Navlarning urug‘lik chigitlari konuslar bo‘yicha unib chiqish quvvatining yuqori ko‘rsatkichlari II-III-konuslaridan terib olingan chigitlarga to‘g‘ri keldi. Barcha o‘rganilgan navlarning IV-konusida chigitlarning unib chiqish quvvati 64,4 % dan 84,0 % gacha bo‘lganligi aniqlandi. Navlarning urug‘lik chigitlarning unuvchanlik ko‘rsatkichlari 83,2 % dan 99,5 % gacha bo‘lganligini aniqlandi. Ushbu belgi bo‘yicha ham yuqori ko‘rsatkichlar unib chiqish quvvati kabi II-III-konuslaridan terib olingan chigitlarga to‘g‘ri kelganini kuzatildi. IV-konuslardan terib olingan chigitlarning unuvchanligi navlarda 90,0 % dan kam bo‘lganligi aniqlandi. O‘rganilgan navlar urug‘lik chigitlarining pishib yetilganligi konuslar bo‘yicha tahlil qilinganda 84/60 dan 98/33 gacha ko‘rsatkichga ega bo‘lganligi kuzatildi ya’ni shunga mos ravishda 84% birinchi va ikkinchi guruh, 16% uchinchi guruh (xom chigitlar)dan 98% birinchi va ikkinchi guruh, 2% 3 guruh (xom chigit) tashkil etdi. Urug‘lik chigitlarni pishib yetilganlik ko‘rsatkichi bo‘yicha Igruhga kiruvchi chigitlar soni bo‘yicha Namangan-77 va Buxoro-6 navlar chigitlariga to‘g‘ri keladi, hamda II-gruhga kiruvchi chigitlar sonining kamligi ham ushbu navlarning chigitlariga to‘g‘ri kelganligi kuzatildi.
20 Urug‘lik chigitlarni pishib yetilganlik ko‘rsatkichi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich IV-konuslardan terib olingan chigitlarga to‘g‘ri kelib, 84/60 dan 87/56 gacha bo‘lganligi aniqlandi, ya’ni shunga mos ravishda 84% birinchi va ikkinchi guruh, 16% uchinchi guruh (xom chigit)dan 87% birinchi va ikkinchi guruh, 13% uchinchi guruh (xom chigitlar) bo‘lganligi aniqlandi. Xulosa. Chigitlarning pishib yetilganlik darajasi konuslar bo‘yicha tahlil qilinganda II-gruhga kiruvchi chigitlar sonining ko‘payib borishi pastki konuslardan yuqori konuslarga ko‘tarilgan sari ularning miqdori ham ortib borishi aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Narimanov A. G‘o‘za urug‘chiligi. Paxtachilik ma’lumotnomasi. Toshkent2016. 14 b. 2. Narimanov A.A., Raximov J., Abduraimov J. Urug‘ sifatini belgilovchi asosiy tamoyil, // J:. «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi», 2009 №5, 16 b. 3. Narimanov A.A., Seytmusayev B.A., Mamajonov I.N. “Urug‘lik paxtani yetishtirish va yuqori konditsiyali urug‘lik fondini tayyorlash”. //J:. Farg‘ona Davlat universiteti ilmiy xabarlar, №6. 2024 y. 108-113 b. 4. Rashidova D.K., Mamedov N.M., Yakubov M.M. “G‘o‘zada joylashgan o‘rniga ko‘ra 1000 dona chigit vaznining o‘zgarishi”. //J:. "Fan va innovatsiyalar" xalqaro ilmiy jurnali, №6. 2024 y. 18-21 b. 5. Seitmusayev B.A., Narimanov A.A., Seytmusayev A.I. “G‘o‘za navlarida o‘simlik tupi konuslari bo‘yicha laboratoriya sharoitida unish quvvati va unuvchanlik ko‘rsatkichlari”. //J:. O‘zbekiston