OROLBO'YI SHAROITIDA OZUQA BAZASINI YAXSHILASH MAQSADIDA ABIOTIK, BIOTIK OMILLARGA BARDOSHLI OZUQABOP EKINLARNI SINASH
Full text
69 UO‘K: 633.1-3. OROLBO‘YI SHAROITIDA OZUQA BAZASINI YAXSHILASH MAQSADIDA ABIOTIK, BIOTIK OMILLARGA BARDOSHLI OZUQABOP EKINLARNI SINASH Seitmusayev Bayrambay Abatbayevich Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi e-mail: [email protected] Kochkarov Farxаd Xo‘jamuratovich., Allashov Baxram Davletbayevich., Parmanova Dilnoza Mavlanovna Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536612 Annotatsiya. Keyingi yillarda Orol dengizi sathining kamayib borishi natijasida iqlim o‘zgarishlari, tuproqlarning sho‘rlanishi kabi muammolar yuzaga chiqmoqda. Tuproq sho‘rlanishi, suv tanqisligi qishloq xo‘jaligi ekinlari, jumladan ozuqabop ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Orolbo‘yi hududida ozuqabop ekinlar hosildorligini oshirishda shu hudud tuproq-iqlim sharoitida ozuqabop ekinlarni ekib sinash, hamda eng maqbullarini tanlash kerak bo‘ladi. Ushbu maqolada orolbo‘yi hududida sinash uchun ekilgan ozuqabop ekinlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar. Orolbo‘yi, iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, sho‘rlanish, ozuqabop ekinlar, hosildorlik, sinash. Аннотация. В последние годы снижение уровня Аральского моря привело к таким проблемам, как изменение климата и засоление почв. Засоление почв и дефицит воды негативно влияет на урожайность сельскохозяйственных культур, в том числе кормовых. Для повышения урожайности кормовых культур в Приаралье необходимо провести испытание кормовых культур в почвенно-климатических условиях региона и выбрать наиболее подходящие. В данной статье представлена информация о кормовых культурах, высаженных для испытания в Приаралье. Ключевые слова. Приаралье, изменение климата, дефицит воды, засоление, кормовые культуры, урожайность, исптание. Abstract. In recent years, the receding Aral Sea level has led to problems such as climate change and soil salinization. Soil salinization and water scarcity negatively impact the yield of agricultural crops, including forage crops. To increase forage crop yields in the Aral Sea region, it is necessary to test forage crops under the region's soil and climatic conditions and select the most suitable ones. This article presents information on forage crops planted for testing in the Aral Sea region. Keywords. Aral Sea region, climate change, water scarcity, salinization, forage crops, yield, soil utilization. Kirish. Bugungi kunda Orol dengizidagi suv hajmi 1960-yil darajasining 10 foizidan ham kamrog‘ini tashkil etmoqda. Suv hajmi qariyb 15 martaga kamaygan. Qoldiq suv hajmi 3 ta havzaga bo‘lingan: G‘arbiy dengiz, Sharqiy dengiz va
70 Kichik Orol. So‘nggi 55-yilda Orol dengizining qurigan tubida 5,2 million gektar maydonda yangi Orolqum cho‘li paydo bo‘ldi. Dunyoning boshqa har qanday cho‘llarida bo‘lgani kabi Orolqumda ham odamlarning to‘kis hayot kechirishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, biologik xilmaxillik va ekotizimni qo‘llab-quvvatlash uchun kerak bo‘lgan infratuzilma, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyot va farovonlik uchun zarur boshqa shart-sharoitlar mavjud emas. Iqlim o‘zgarishi mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va sog‘liqni saqlash tizimidagi dolzarb muammolarni yanada og‘irlashtiruvchi asosiy omillardan hisoblanadi Orolbo‘yi mintaqasining katta qismi qurg‘oqchil hudud bo‘lib, O‘zbekiston hududida yer maydonlarining katta qismi tanazzulga uchrashga va cho‘llanishga moyil bo‘lgan qurg‘oqchil zona sifatida tasniflanadi. Qurg‘oqchilik, qum va tuz bo‘ronlari kabi hodisalarning tez-tez yuz berishi va intensivligi katta ahamiyat kasb etayotganligi va deyarli har yili sodir bo‘ladigan hodisaga aylanib borayotganligi aholi salomatligi uchun sezilarli darajada xavf-xatarlarning oshishiga va qishloq xo‘jaligi ekinlari, jumladan ozuqabop ekinlar hosildorligining pasayishiga olib kelmoqda. Shulardan kelib chiqqan holda orolbo‘yi hududida ozuqabop ekinlarning nav, namunalarini ekib sinash, ularni qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha va o‘rganish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalardan hisoblanadi. Materiallar va uslublar. Tadqiqot materiallari sifatida ozuqabop ekinlarning mahalliy va xorijiy nav, namunalari qo‘llanildi. Ilmiy tadqiqotlarda dala, laboratoriya tajribalari, fenologik kuzatuvlar umumqabul qilingan uslubiy qo‘llanma va urug‘likning sifat ko‘rsatkichlari O‘zDSt 2823:2014 dan foydalanildi. Natijalar va munozara. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan, Milliy genbankdan, hamda xorijdan olib kelingan ozuqabop ekinlarning nav va namunalari tadqiqot ishlariga jalb etildi. Bularning ayrimlari sho‘rlangan tuproqli yerlarda ham ekib o‘rganilgan va ijobiy natijalar olingan. Ammo aynan Orolbo‘yi hududi tabiiy tuproq-iqlim sharoitlarida ekib sinalmagan. Ularni aynan Orolbo‘yi hududida sinash, hududga mos ozuqabop ekin turi, nav yoki namunasini tanlash, kelgusida ular ustida seleksiya ishlarini davom ettirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani, Ko‘ko‘zak MFY hududida joylashgan “Qayrat tabisli” fermer xo‘jaligi yer maydonlarida quyidagi iqlim o‘zgarishlariga bardoshli bo‘lgan ozuqabop ekinlar nav, namunalari sinash uchun ekildi. Quyidagi 1-sxemada turli xil ozuqabop ekinlarni ekish tasvirlangan.
71 1-sxema. Kegeyli tumanida tashkil etilgan tajriba ko‘chatzori 11 10 9 8 7 6 5 4 3 2 1 10 qator 2 qator 2 qator 2 qator 2 qator 2 qator 2 qator 1 qator 2 qator 5 qator 4 qator Boshoqli va dukkakli ekinlar aralashmasi Hashaki lavlagi-O‘ zbekiston-83 navi Raps – yangi namuna Xantal yangi namuna Fatseliya – yangi namuna Qizil sebarga xorijiy yangi namuna Barg karam yangi xorijiy namuna Esparset-yangi tizma Qishgi no‘ xat xorijiy yangi namuna Burchoq (konskiy bob) Tundra navi Qizil sebarga xorijiy yangi namuna Sxemada keltirilganidek 9 turdagi ozuqabop eknlarning 10 ta nav, namunalari sinash uchun ekildi. Ularda fenologik kuzatuvlar olib boriladi, qimmatli xo‘jalik belgilari o‘rganiladi. Xulosa va tavsiyalar. Orolbo‘yi hududi tabiiy tuproq-iqlim sharoitida ozuqabop ekinlarning turli xil nav, namunalarini sinash shu hududga mos ekin turi va navini tanlash, kelgusida Orolbo‘yi hududida ushbu ekinlar navlarini ekib ko‘paytirish imkoniyatlarini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. B.D.Allashov, M.X.Zulfikarov, M.N.Sattarov. Primary seed production of fodder crops. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science 614 (1), 012160 https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1755-1315/614/1/012160 2. B.D.Allashov Milliy genbankdan olingan oqjo‘xori namunalarini ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganish. 2024Ж. Science and innovation. Tom 3. №Special Issue 47. 574-579 b. 3. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. O‘zPITI, Toshkent. 2007, 147 b. 4. Доспехов Б.А. «Методика полевого опыта. 5-е изд.» - М.: Агропромиздат, 1985. 351 с.