G'O'ZA NAVLARINING BITTA KO'SAKDAGI PAXTA VAZNI BELGISINING TAHLILI
Full text
142 UDK: 633.1:44 G‘O‘ZA NAVLARINING BITTA KO‘SAKDAGI PAXTA VAZNI BELGISINING TAHLILI Abdimuxammedalieva Indira Jumanazarovna QQXAI assistenti, tel: +998913832031, [email protected] Kilishbaev Allayar Bahadır ulı., Mirmanova Nazira Iskenderovna QQXAI, Selekciya va urug‘chilik mutaxassisligi 2-bosqish talabalari DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536915 Annotatsiya: Maqolada bitta ko‘sakdagi paxta vazni belgisi bo‘yicha olingan natijalarda tahlil qilinganda g‘o‘zaning S-4727 navida, o‘simliklarning asosan 5,1-5,5 va 5,6-6,0 gramm oralig‘ida bo‘lgan modal sinflarida 46% va 26% ni, g‘o‘zaning istiqbolli S-4728 g‘o‘za navida esa, olingan natijalari tahlil qilinganda, o‘simliklarning 6,1-6,5 gramm oralig‘ida bo‘lgan modal sinfida 52% tashkil etganligi kuzatildi. Kalit so‘zlar: G‘o‘za, bitta ko‘sakdagi paxta, nav, o‘simlik va belgi tahlil. Annotation: The article analyzes the results obtained by the weight of cotton per boll, and it is found that in the S-4727 cotton variety, in the modal classes of plants mainly in the range of 5.1-5.5 and 5.6-6.0 grams, 46% and 26%, and in the promising S-4728 cotton variety, when analyzing the results obtained, it was observed that it was 52% in the modal class of plants in the range of 6.1-6.5 grams. Keywords: Cotton, cotton in one boll, variety, plant and character analysis. Kirish. Davlatimiz tomonidan g‘o‘zaning serhosil, tezpishar, yuqori tola chiqimi va sifatiga ega, oqpalak kasalligi va turli qishloq xo‘jalik zararkunandalariga, sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamli, tabiiy barg to‘kish xususiyatlariga ega bo‘lgan yangi navlarini yaratishga juda katta e’tibor berib kelinmoqda, chunki bu soha Respublikamizning asosiy iqttisodiy negizlaridan hisoblanadi. Ma’lumki, hozirgi davrda ishlab chiqarishda ekilayotgan g‘o‘za navlari, asosan, genomichi duragaylari va navlararo chatishtirish orqali yaratilgan bo‘lgani uchun, ularga xos qimmatli-xo‘jalik belgilarini, selekcion uslublardan foydalangan holda, tubdan o‘zgartirish qiyin. G‘o‘za o‘simligida asosiy qimmatli xo‘jalik belgilari bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, hosildorlik, tola chiqimi va uzunligi hisoblanadi. Tola esa, g‘o‘zaning asosiy mahsuloti bo‘lganligi sababli, har g‘o‘za navining tola chiqimi ma’lum maydondan olinadigan tola miqdorini belgilaydi. Paxtadan yuqori hosil olishda bir dona ko‘sakdagi paxta vazni muhim ahamiyatga ega [1, 2]. Materiallar va usullar. Tajribamizda manba sifatida tolasi IV-V tipga xos g‘o‘za navlari – S-4727 va S-4728 navlari o‘rganildi. Bu navlar 3 ta takrorlanishdan, har bir takrorlanishda 6 ta qatordan hammasi bo‘lib 36 qator,
143 90x20x1 sxemasida ekildi. O‘simlik unib chiqqan kunidan boshlab fenologik kuzatuvlar olib borildi: 50% unuvchanlik; 50% gullash; 50% ko‘sak ochilishi hisob-kitob qilindi. 2023-2024 yillarda hosilidan terib olingan yakka tanlov o‘simliklari va oilalarning laboratoriya sharoitida bir o‘simlikdagi paxta og‘irligi, chigitni toladan ajratish, tola chiqimi va uzunligi, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni va 1000 dona chigit vazni andoza naviga taqqoslab o‘rganildi. Tadqiqot natijalari. G‘o‘zaning Davlat reestriga kiritilgan g‘o‘zaning S4727 navida bitta ko‘sakdagi paxta vazni belgisi bo‘yicha olingan natijalarda tahlil qilinganda, o‘simliklarning quyidagi 5 ta sinfda taqsimlanganligi kuzatilib, 4,5-5,0; 5,1-5,5; 5,6-6,0; 6,1-6,5; 6,6-7,0 gr va sinflar bo‘yicha taqsimlanishi mos ravishda 12%; 46%; 26%; 13%; 3% ni tashkil etdi. Ushbu g‘o‘za navida asosan o‘simliklar 5,1-5,5 va 5,6-6,0 gramm oralig‘ida bo‘lgan modal sinflarida joylashganligi kuzatildi. S-4728 g‘o‘za navida bitta ko‘sakdagi paxta vazni belgisi bo‘yicha esa, olingan natijalari tahlil qilinganda, o‘simliklarning quyidagi 6 ta sinfda taqsimlanganligi kuzatilib, 4,5-5,0; 5,1-5,5; 5,6-6,0; 6,1-6,5; 6,6-7,0; 7,1-7,5 gr va sinflar bo‘yicha taqsimlanishi mos ravishda 4%; 10%; 22%; 52%; 10%; 2% ni tashkil etdi. Ushbu g‘o‘za navida asosan o‘simliklar 6,1-6,5 gramm oralig‘ida bo‘lgan modal sinfida joylashganligi kuzatildi. Tajribalarimizning ikkinchi yili ya’ni, 2024 yil hosilidan terib olingan yakka tanlov o‘simliklarida bitta ko‘sakdagi paxta vazni belgisi bo‘yicha g‘o‘zaning S4727 navida bitta ko‘sakdagi paxta vazni belgisi bo‘yicha olingan natijalarda tahlil qilinganda, o‘simliklarning quyidagi 6 ta sinfda taqsimlanganligi kuzatilib, 4,6-5,0; 5,1-5,5; 5,6-6,0; 6,1-6,5; 6,6-7,0; 7,1-7,5 gramm va sinflar bo‘yicha taqsimlanishi mos ravishda 10%; 48%; 28%; 10%; 2%; 2% ni tashkil etdi. Ushbu g‘o‘za navida asosan o‘simliklar 5,1-5,5 va 5,6-6,0 gramm oralig‘ida bo‘lgan modal sinflarida joylashganligi kuzatildi. S-4728 g‘o‘za navida bitta ko‘sakdagi paxta vazni belgisi bo‘yicha esa, olingan natijalari tahlil qilinganda, o‘simliklarning quyidagi 5 ta sinfda taqsimlanganligi kuzatilib, 5,1-5,5; 5,6-6,0; 6,1-6,5; 6,6-7,0; 7,1-7,5 gramm va sinflar bo‘yicha taqsimlanishi mos ravishda 8%; 26%; 34%; 30%; 2% ni tashkil etdi. Ushbu g‘o‘za navida asosan o‘simliklar 6,1-6,5; 6,6-7,0 va 7,1-7,5 gramm oralig‘ida bo‘lgan modal sinflarida joylashganligi kuzatildi. Xulosa. Olib borilgan tajribalarimizning bitta ko‘sakdagi paxta vazni belgisi bo‘yicha olingan natijalarda tahlil qilinganda g‘o‘zaning S-4727 navida, o‘simliklarning asosan 5,1-5,5 va 5,6-6,0 gramm oralig‘ida bo‘lgan modal sinflarida 46% va 26% ni, g‘o‘zaning istiqbolli S-4728 g‘o‘za navida esa, olingan natijalari tahlil qilinganda, o‘simliklarning 6,1-6,5 gramm oralig‘ida bo‘lgan modal
144 sinfida 52% tashkil etganligi kuzatildi. Ushbu belgi bo‘yicha kichik nav sinashlarda g‘o‘zaning S-4728 navlari standart S-4727 naviga nisbatan ancha ustunligini namoyon etdi. Bibliografik ro‘yxat: 1. Автономов В.А., Ахмедов Д.Д., Муҳаммадиев А.М., Арипов Х., Джумаев С. Влияние факторов физического воздействия на проявление признака «масса хлопка-сырца одной коробочки», в полевых условиях у сортовхлопчатника С-6524 и Наманган-77. // Фундаментал фан ва амалиёт интеграцияси: муаммолар ва истиқболлар. Респ. илмийамалий конф. мат. – Тошкент. 2018. – С. 86-88. 2. Chorshanbiev N.E., Nabiev S.M. Yangi ingichka tolali g‘o‘za navlarining qimmatli xo‘jalik belgilarini o‘rganish // G‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik o‘simliklarida tez pisharlikni hamda moslanuvchanlikni evolyucion va selekcion qirralari: Xalqaro ilmiy konferenciya materiallari. – Toshkent, 2015.– B. 86–88.