scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OLMA O'SIMLIGI KO'CHATLARINI VEGETATIV KO'PAYTIRISHNING MORFO-BIOLOGIK VA XO'JALIK XUSUSIYATLARINING TASNIFI

Anvarova Madina Akrom qizi

Full text

339 OLMA O’SIMLIGI KO’CHATLARINI VEGETATIV KO’PAYTIRISHNING MORFO-BIOLOGIK VA XO’JALIK XUSUSIYATLARINING TASNIFI Anvarova Madina Akrom qizi Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Charxin ilmiy-tajriba stansiyasi Samarqand DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537435 Annotatsiya: Olma ko’chati yetishtirishda madaniy olma navlari. MM-106 payvandtagli daraxtlarning o’sish kuchi. Olma daraxtlari aprel oyining oxiri, may oyining boshlarida gullab, mevasi avgust oyida pisha boshlaydi. Kalit so’zlar: Olma, payvandtaglar, MM106, parxesh, payvand, vegetativ. Аннотация: Культурные сорта яблони в сеянцевом производстве. Сила роста деревьев на подвое ММ-106. Яблони цветут в конце апреля – начале мая, а плоды начинают созревать в августе. Ключевые слова: яблоня, подвои, ММ-106, прививка, привой, вегетативный способ. Abstract: Cultivated apple varieties in apple seedling production. Growth vigor of trees with MM-106 rootstock. Apple trees bloom in late April, early May, and their fruits begin to ripen in August. Keywords: Apple, rootstocks, MM106, grafting, graft, vegetative. KIRISH Olma ko’chati yetishtirishda madaniy olma navlaridan Renet Simirenko, Oq Rozmarin, Kandil snap, Qishki oltin olma (Parmen zimniy zolotoy) daraxtlarining mevasidan olingan urug’lar kuchli o’suvchi payvandtaglar yetishtirish uchun foydalaniladi. Kuchsiz va o’rtacha payvandtaglar parxesh yo’li bilan ko’paytiriladi. Urug’idan va vegetativ usulda yetishtirilgan payvandtaglarga asosiy standart va yangi istiqbolli olma navlaridan qalamchalar tayyorlanib kurtak payvand qilinadi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA BUVITI ning Charxin filiali tomonidan olib borilgan ko’p yillik tajriba va kuzatishlar natijasida olmaning urug’idan yetishtirilgan bir yashar nihollar tuproqda xlor miqdori 0,01350,0273% bo’lganligida ham yaxshi o’sib Xitoy va Sivers olmalariga nisbatan kuzda payvandtaglar soni 1,2-1,6 marta ko’proq saqlanib qolgan, ya’ni Kavkaz olmasiga nisbatan uch marta ko’proq payvandtag yetishtirilgan. Charxin hududidagi deyarli barcha olma navlarining ildizini parxish qilish va ildizidan chiqadigan bachki novdalar orqali ko’payishi oson. Bir yashar olma ko’chati ekilganidan keyin uchinchi-to’rtinchi yili hosilga kiradi. Olmaning bu navini sizot suvi yer yuziga yaqin, sho’rxok tuproqlarda o’stirsa bo’ladi. Quyidagi MM106, MM111 payvandtaglarga payvandlangan kurtaklarning 8-12% nobud bo’lgan. Qolgan payvandtaglarda bu ko’rsatkich 2-4% dan oshmagan. Yoz 340 mobaynida MM105 va MM111 tiplaridagi kurtaklarning nisbatan ko’proq nobud bo’lishiga sabab ularning ildiz va novdalarining mo’rtligidandir (tuproqqa ishlov berish vaqtida mexanik sinish), MM111 tipida esa uning ayrim madaniy navlar (mazkur holatda Starkrimson va Golden Delishes navlari) bilan yaxshi mos kelmasligi natijasida payvandustning payvandtagga birikkan joyidan sinib ketishi kuzatiladi. Muhokama va natijalarHar xil kuchsiz o’suvchi payvandtaglarning ularga payvand qilingan madaniy navlar ko’chatlarining o’sishi va rivojlanishiga ta’sirini ifodalovchi ma’lumotlar alohida qiziqish uyg’otadi. Har xil payvandtagdagi u yoki bu nav, shuningdek, bitta payvandtagdagi har xil navlar ko’chatlarining o’sish kuchidagi farq har xil payvandtag tiplari va navlarning biologik xususiyatlari hamda ularning payvand komponentlari sifatidagi bir-biriga bo’lgan ta’siri bilan bog’liqdir. Sezilarli farqlarni o’sish kuchi har xil payvandtaglar va payvandust kurtaklarning shoxlanishga moyillikni keltirib chiqaradi. Olma daraxtlarining tez hosilga kirishi va hosildorligi faqatgina har xil payvandtaglarda emas, balki bitta payvandtagdagi har xil navlar chegarasida ham o’zaro farqlandi. Binobarin, o’rganilgan barcha payvandtaglarda hosil berishning dastlabki yillarida eng yuqori hosildorlik Renet Simirenko va Golden Delishesda, birmuncha pastroq mahsuldorlik esa Starkrimson va Jonatan navlarida qayd etildi.1936-yili 70 xil vegetativ usulda ko’payadigan payvandtaglar o’sish xususiyatiga qarab bir necha guruhlarga bo’lib chiqilgan. Eng kuchsiz payvandtaglar 8-9 tiplari, yarim pakana bo’ylilar guruhiga 2,3,4,5 va 8 tiplari, kuchli o’suvchilarga 1,6,11,14,15 tipdagi va eng kuchli o’suvchi pakana payvandtaglar guruhiga 12,13 va 16 tiplari kiritilgan. Hozir vegetativ usulda ko’payadigan 27 ta eng yaxshi payvandtag ajratildi. 1921yillarda (Angliya) vegetativ usulda ko’payadigan 101-115 tipdagi payvandtag ajratilib, shulardan 102,104,106 va 111 tipidagilari yaxshi deb topilgan. Vegetativ usulda ko’payadigan pakana payvandtaglar bilan birinchi marta I.V.Michurin shug’ullana boshlagan. 1901-yili I.V.Michurin paradizkani Xitoy olmasi bilan chatishtirish natijasida sovuqqa chidamli yarim pakana Michurin paradizkasini yetishtirgan. Dusen uncha katta bo’lmagan, bo’yi 4-6 m keladigan daraxtdir, ildiz bachkilari chiqarmaydi, lekin ildiz bo’g’zidan novdachalar o’sib chiqadi. Novda va shoxchalar qoramtir timqora bo’lib, oq dog’lar bilan qoplangan. Ekilganidan keyin uchinchi to’rtinchi yili hosilga kiradi, sovuqqa paradizkaga nisbatan ancha chidamli. O’sishdan ancha erta to’xtab, kuzgi sovuqlar boshlangunicha daraxt sovuqqa bardosh bera oladigan bo’lib qoladi. Paradizka sust o’sadi, umri ham qisqa bo’ladi. Ildiz atrofidan ildiz bachkilari o’sib chiqadi. Novda va shoxchalari ingichka och-yashil va ochqizg’ish qo’ng’ir rangda Dusenga nisbatan barvaqt 341 hosilga kiradi, serhosil, mevasi yirik, shirin bo’ladi. Dusen 2 qurg’oqchilikka, sovuqqa chidamli, sernam, tuproq namiga ancha ta’sirchan, nami ko’p zichlashib qolgan tuproqlarda sust o’sadi, parxish qilinganida kam ildiz payvandtaglar paydo qiladi. Janubiy zonada joylashgan ko’chatzorlarda payvandtaglar bilan yaxshi tutashadi, shuning uchun ko’chatlar yaxshi o’sib mo’l hosil beradi. Bachki novdalarni kam chiqaradi. Payvandtaglarning 8-9 tiplari paradizka, 4 va 5 tiplari dusen guruppasiga mansubdir. MM-106 o’rta bo’yli payvandtag, qon bitiga chidamli, Severniy razvedchik navli olmani M-1 payvandtagi bilan chatishtirilishi natijasida Angilyaning Moling Merton tajriba stansiyasida yaratilgan. O’zbekistonga yaqinda kirib kelgan. 2011yili BUVITI xo’jaliklari shu payvandtagda 450 ming donadan ortiq ko’chat yetkazishdi. 2012-yili bu raqam bir milliondan ortgan. 2011-yili Ukrainadan 200 ming dona payvandtag olib kelib, xo’jaliklarda mavjud payvandtag ona bog’larni yangilash va nav tozaligini ta’minlash maqsadida shu payvandtagdan ona bog’lari yaratildi. Yevropa mamlakatlari bilan bir qatorda Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Qirg’izistonda ham bu payvandtagdan keng foydalanishmoqda. Bu payvandtag past bo’yli bog’larda barcha mamlakatlarda yetakchi o’ringa ega. Ona bog’larning to’plari yarim yoyiq o’sadi va ba’zi haddan ziyod o’sgan novdalar mayda shoxchalar bilan qoplangan bo’ladi. Bu payvandtag novdalari kuchli ildiz hosil qilish xususiyatiga ega. Shuning uchun ildiz otgan novdalar ko’chatxonada o’zlarini yaxshi namoyon etadi, yaxshi o’sadi va rivojlanadi, ulardan sifatli standart ko’chat hosil bo’ladi. Bir ona tupidan 15-20 dan, yaxshi agrotexnika olib borilsa, undan ham ko’proq, sifatli payvandtag olish mumkin. MM-106 payvandtagli daraxtlarning o’sish kuchi M-7 payvandtagli daraxtlarga qaraganda kuchliroq. Ildizlari gorizontal joylashgan va ancha chuqur tushadi, elastic (sinuvchan emas). Bu daraxtlarni tuproqda yaxshi joylashishiga sabab bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda bu payvandtagli daraxtlar og’ir va tuproq qatlamli qalin bo’lgan yerlarda ham yaxshi o’sadi. MM-106 payvandtagda o’suvchi navlar boshqa past bo’yli payvandtagda o’suvchi navlarga nisbatan ertaroq hosilga kiradi. Birinchi mahsuldor hosilni uchinchi-to’rtinchi yiliyoq bera boshlaydi va mahsuldorligini, to’g’ri agrotexnik tadbirlari qo’llanilsa, tez oshirib boradi. Bu payvandtagning ona bog’ida, ko’chatxonada va bog’da sermahsulligi uni O’zbekiston sharoitida sug’oriladigan yerlarda keng qo’llash zarurligidan ishora beradi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda yuqorida sanab o'tilgan meva navlarini ko'paytirish yurtimizning iqtisodiyotiga va qolavyersa agrar sohasiga juda katta foyda keltiradi. 342 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Sh.Rajametov, I.Normuratov,”Meva,rezavor meva va tok ko’chatzorlarini tashkil etish” “Toshkent”- 2018. 72-75 bet 2. E.Xolmurodov,M.A.Zuparov,R.K.Sattarov “Qishloq xo’jalik fitopatalogiyasi” Toshkent2014. 448-449,461-462 betlar. 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev .”Harakatlar strategiyasi” 2017-yil.