SHOʻRLANGAN TUPROQLAR SHAROITIDA GʻOʻZA CHIGITINING UNIB CHIQISH DINAMIKASIGA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TAʻSIRI
Full text
360 UO‘K: 633.511+631.879.42 SHOʻRLANGAN TUPROQLAR SHAROITIDA GʻOʻZA CHIGITINING UNIB CHIQISH DINAMIKASIGA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TAʻSIRI Sarsenbaeva Nilufar Jengisbay qızı, “Agronomiya” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Zinatdinov Kamalatdiyin Mnajatdin uli, assistent o‘qituvchi Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537500 Annotatsiya. Maqolada gʻoʻza chigitining unib chiqish dinamikasiga organo-mineral kompost, goʻng va mineral oʻgʻitlar ta’siri aniqlandi. Bunda asosan organo-mineral kompostlarning tuproqning suv-fizik va agrokimyoviy hususiyatlariga ijobiy ta’sir etishi orqali gʻoʻza nihollarining unib chiqish darajasi sharhlangan. Kalit soʻzlar. Tuproq, chigit, organo-mineral kompost, goʻng, mineral oʻgitlar, suv-fizik va agrokimyoviy hususiyatlar. Аннотация. В статье определено влияние органо-минерального компоста, навоза и минеральных удобрений на динамику прорастания семян хлопчатника. При этом основное внимание уделено положительному воздействию органо-минеральных компостов на водно-физические и агрохимические свойства почвы, что способствует повышению степени всхожести семян хлопчатника. Ключевые слова: почва, семена, органо-минеральный компост, навоз, минеральные удобрения, водно-физические и агрохимические свойства. Annotation. The article identifies the effect of organo-mineral compost, manure, and mineral fertilizers on the germination dynamics of cotton seeds. The study mainly highlights the positive influence of organo-mineral composts on the soil’s water-physical and agrochemical properties, which contributes to improving the germination rate of cotton seedlings. Keywords: soil, seeds, organo-mineral compost, manure, mineral fertilizers, waterphysical and agrochemical properties. Kirish. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sugʻoriladigan yerlarining deyarli hammasi har xil darajada shoʻrlangan boʻlib, unumdorligi juda past hisoblanadi. Sizot suvlarining satxi tuproqning unumdor qatlamiga juda yaqin (1,5-2,0 m) boʻlganligi sababli shoʻrlanish jarayoni doimo kuzatiladi. Bu esa oʻz navbatida tuproq tarkibida salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Tuproqlarning meliorativ holati yomonlashgani sari oʻsimliklarning oʻsishi, rivojlanishi va yaxshi hosil toʻplashi qiyinlashadi. Bunday muammolarning oldini olish va yumshatish boʻyicha bugungi kunda respublikamiz olimlari tomonidan har xil chiqindilardan va organik oʻgʻitlar bilan noanʻanaviy agrorudalarni ilmiy asoslangan nisbatlarda kompostlar tayorlab, ularni
361 ekish oldidan shudgor ostiga va ekinlarning vegetaciya davrida qoʻllash boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Qishloq xoʻjaligida kompostdan foydalanish organik chiqindilarni minimallashtirish va oʻsimlikchilikka qoʻshiladigan oʻgʻitlar va fungitsidlar miqdorini kamaytirish uchun juda samarali. Kompost tuproqning barcha fizik xususiyatlarini yaxshilaydi: massa, zichlik, gidravlik oʻtkazuvchanlik, porozlik va suvni ushlab turish qobiliyati va boshqalar. Organo-mineral kompostlarni qoʻllash natijasida gʻoʻzaning oʻsibrivojlanishiga, chigitning unib chiqish dinamikasiga ijobiy taʻsir etib, natijada gʻoʻza hosildorligining ortishiga erishiladi. Adabiyotlar tahlili. Shoʻrlangan tuproqlar sharoitida organo-mineral kompostlarni shudgor ostiga qoʻllash tuproqlarning suv-fizik va agrokimyoviy xususiyatlariga ijobiy taʻsir koʻrsatib, gʻoʻza chigitining normal unib chiqishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Tuproqqa organik oʻgʻit bermay, almashlab ekish tizimlarini qoʻllamay, faqat mineral oʻgʻitlari hisobiga hosil olinaversa yildan-yilga tuproq unumdorligining pasayib borishidan dalolat beradi. Qolaversa, noanʻanaviy agrorudalarning faqat oʻzini ishlatgandan koʻra, ularni goʻng bilan aralashtirib kompost sifatida qoʻllanilsa tuproq unumdorligiga ijobiy ta’sir koʻrsatishi soʻngi paytlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida aniqlangan [1; 43-45-b., 3; 8183-b.]. Kompostni qoʻllash organik moddalar, ozuqa moddalari darajasini (uzoq vaqt davomida sekin oʻgʻitlash ta’sirini taʻminlaydi), mikrobial biomassani oshiradi va tuproqning fizik hususiyatlarini yaxshilashi kuzatilgan (aeratsiya, suvni ushlab turish qobiliyati va boshqalar) [2; 203-208-b.]. Bazi bir manlarga koʻra, murakkab organomineral kompostdan foydalanish tuproqning yuqori qatlamining (0-20 sm) fizik xususiyatlarini yaxshilashga, agrotexnik jihatdan qimmatli agregatlarning tarkibi va tuproq strukturasi koeffitsientining oshishiga, suvga chidamliligining oshishi aniqlandi. Bundan tashqari, tuproq zichligini kamaytirish, gʻovakligining, suv sigʻimining oshishiga va suv xususiyatlarining yaxshilashiga yordam berishi aniqlangan [5; 21-22-b.]. Metodologiya. Tajriba dala usuli boʻyicha olib borildi. Tadqiqotlar 9variantdan 4 qaytariqtan iborat boʻlib, variantlar tizimli uslubda joylashtirildi. Gʻoʻza chigitining unib chiqish dinamikasini aniqlash tajribaning I va III takrorlanishlarining har bir variantlaridagi maxsus belgilangan 1 pogon metr maydonlarda olib borildi.
362 Chigitining unib chiqish dinamikasi “Dala tajribasini o‘tkazish uslublari (Tashkent, 2007)” [4] uslubiy qoʻllanmasidan foydalanilgan holda aniqlandi. Tadqiqot natijalari. Tajriba natijalariga koʻra, nazorat variantida gʻoʻza niholining unib chiqa boshlashi 22 aprelda kuzatilib, nazorat variantida 1,5 dona unib chiqqanligi kuzatildi. Mineral fonida goʻng 10, 15 va 20 t/ga qoʻllanilgan 2-3-4 variantlarda nihollarning unib chiqishi 2,0-2,5-4,0 donani tashkil qilib, nazorat variantiga nisbatan 0,5-1,0-2,5 dona koʻp boʻldi. Mineral oʻgʻitlar bilan birgalikda organo-mineral kompostlarni 10 va 12 t/ga me’yorlarida qoʻllanilganda chigitning unib chiqishi 2,0-2,5 dona boʻlsa, mineral oʻgʻitlar bilan birgalikda organo-mineral kompostlarni 20, 22 va 24 t/ga me’yorlarida qoʻllanilganda chigitning unib chiqishi 3,5-4,5 donani tashkil etdi. Demak, qoʻllanilgan goʻng va kompostlar ta’sirida tuproqda barcha suvfizik, mikrobiologik holatlarning yashilanishi natijasida nihollarning unib chiqishi yuqoriligi aniqlandi. Bu holatni keyingi yildagi oʻtkazilgan tajriba va kuzatuvlar tasdiqladi. Kuzatish soʻnggi muddatiga (30.04) kelib, yuqoridagi koʻrsatkichlar barcha variantlarda ham oshgan holda farqlar saqlanib qolganligi kuzatildi. Bu davrda nazorat variantida 18,5 dona nihollar unib chiqqan boʻlsa, 10, 15 va 20 t/ga goʻng solingan variantlarda 19,5-20,0-21,0 dona va kompostlar orasida maqbul hisoblangan kompost-4 22 t/ga qoʻllanilgan 8-variantda esa 23,5 donani tashkil qildi. Kuzatuvlarning oxirgi muddatida hamma variantlarning koʻrsatkichlari birbiriga yaqin boʻldi. Xulosa. Chigitning unib chiqishi organo-mineral kompostlarning me’yorlariga va nisbatlariga bogʻliq holda oʻzgacha boʻlib, qoʻllanilgan organomineral kompostlarning eng maqbul ta’siri gʻoʻzaning unib chiqish darajasi 22 t/gа organo-mineral kompost qoʻllanilgan 8-variantda kuzatilib (30.IV) 29,0 donani tashkil qilib, bu boshqa variantlarga nisbatan ikki-uch kun ilgari unib chiqishiga va nihollarning toʻla unib chiqqanligi aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Abdinazarov J., Boltaev S.M. Ingishga tolali gʻoʻza parvarishida qoʻllanilgan kompost meyorlarining tuproqni agregat holatiga ta’siri. // Agro kimyo himoya va oʻsimliklar karatini ilmiy-amaliy jurnali. 2024. №1. B. 43-45. 2. Bertran, E., Sort, X., Soliva, M., and Trillas, I. (2004). Composting Winery Waste: Sludges and Grape Stalks, Bioresource Technol, 95, P. 203-208. 3. Boltaev S., Urmanova M. Bentonit asosli organomineral kompostlar tuproq meliorativ holatining oʻzgarishi va paxta hosildorligiga taʻsiri. // Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi jurnali. Maxsus son [3]. 2023. B. 81-83. 4. Dala tajribasini o‘tkazish uslublari (OʻzNIXI). -Tashkent. 2007. B. 145. 5. Славгородская Д.А. Влияние сложного органоминерального компоста на свойства чернозема обыкновенного и урожайность озимой пшеницы в западном предкавказье. // Автореф. дисс. на соиск. уч. степ. к. с-х. н. -Кроснодар. 2014. С. 21-22.