KUZGI BUǴDOYDAN KEYINGI EKILGAN KARTOShKA ZARARKUNANDALARI RIVOJLANISH BIOEKOLOGIYASI
Full text
429 UDK: 63+632.7+632.9 KUZGI BUǴDOYDAN KEYINGI EKILGAN KARTOShKA ZARARKUNANDALARI RIVOJLANISH BIOEKOLOGIYASI Toreniyazov E.Sh. q.x.f.d., professor, Rozımova A.P. kichik ilmiy xodim Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537672 Annatociya: Maqolaga Qoraqalpoǵiston agrobiocenozida ekilayotgan kuzgi buǵdoydan keyingi kartoshka ekilgan dalalarda paydo bóladigan zararkunandalar turlari rivojlanish bioekologiyasi, dinamikasi, zarar keltirishini aniqlash bóyicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalari kiritilgan. Kalit so‘zlar: Ósimlik, nav, nihol, hosil, zararkunanda, areal, biologiyasi, dinamikasi, dominant, tahlil. Аннотация: В статью включены результаты исследований по определению видового состава и биоэкологических особенностей развития, динамики, вредоносности вредителей, появляющихся на картошке после озимой пшеницы в агробиоценозе Каракалпакстана. Ключевая слова: Растений, сорт, рассады, урожай, вредитель, ареал, биология, динамика, доминант, обсуждение. Annotation: The article presents the results of studies to determine the species composition and bioecological characteristics of the development, dynamics and harmfulness of potato pests after winter wheat in the agrobiocenoses of Karakalpakstan. Key words: Plant, variety, sprout, harvest, pest, areal, biology, dynamics, dominant, analysis Kirish: Sónggi yillardagi Qoraqalpoǵiston sharoiti dehqonchiligidagi yangi texnologiyaning joriy etilishi, vegetaciya davrida dalaga ikkita ekin turidan hosil olish tadbirlari rivojlantirilmoqda. Vegetaciya davri biroz qisqa, tuplanadigan foydali issiqliq meyorlari chegeralangan xududning shimoliy tumanlarida kuzgi buǵdoy navlaridan bushagan dalalarga kartoshka ekini turlarining tez pishar navlarini joylashtirish va kutilgan hosil olishga sharoit mavjud ekanligi hisobga olingan yangi texnologiya joriy etilmoqda. Natiyjada kuzgi buǵdoy navlari iyun oyidan boshlab, mazkur agroiqlim va tuproq sharoitiga mos agrotexnik tadbirlar kóllanilib iyun oyinig ikkinchi dekadasi hosil yiǵib olinadiganligi va keyin erlar bush qolishi hisobga olingan. Ushbu sharoitda kuzgi buǵdoydan bóshagan maydonlarga kóp yillardan ekilib
430 kelinayodgan kech pishar kartoshka navlari ekilib, etarli hosil olinadiganligi qayd etilgan. Ekinlarni ushbu darajada joylashtirish va qóllaniladigan agrotexnik tadbirlar olib borishda biotopda kóplagan zararkunandalar tuplanib ósimliklarning ósubrivojlanishiga salbiy ta`sir etadigan muammo mavjud ekanligi isbotlandi. Mazkur sharoitda rivojlanadigan zararkunandalariga qarshi samarali kurash tadbirlarini ishlab chiqish uchun turlarni tóla aniqlash, bioekologik rivojlanish sharoitlari, dinamikasi, keltiradigan zarar mezonini belgilab olish taqoza etildi. Qo‘llanilgan usullar va metodologiyasi: Hudud sharoiti kuzi budoy va kartoshka biotopida tarqalgan zararkunandalar turlari, rivojlanish bioekologiyasi [3], keltiradigan zarar mezoni [2] uslublari asosida olib borildi. Ilmiy tadqiqotlarni olib borish va natijalarning statistik taqlil qilish qabul qilingan uslublar asosida bajarildi [1] Tadqiqot natijalari va tahlili: Qoraqalpoǵiston sharoiti shimoliy tumanlarda kartoshkaning (Solanum tuberosum L.) órtapishar-Arnova, Sante, Romano navlari iyun oyining ikkinchi va uchinchi un kunliklarida ekilib, iyul oyi ikkinshi ón kunligida dalada yappasiga rivojlanayodgan nihollar paydo bóladi. Natijada tuproqda qolgan zararkunandalarning asosiy turlari ushbu dalalarga tuplanib, rivojlanib zarar keltiradiganligi qayd etildi. Kartoshkaning er tagidagi mevalarini buzaqboshi (Gryllotalpa gryllotalpa L.), sim qurti (Agriotes meticulosus Cond.), may qunǵizi (Melolontha hippocostani F.), unib chiqqan nihollarini kuzgi tunlam (Agrotis segetum Den. et Schif.), undov raqamli tunlam (Agrotis exclmationi L.), kartoshka bloshkasi (Psylliodes affinis) barglari bilan qizil boshli shpanga (Epicauta erythrocephala Pall.), ǵovaqlovchi poshsha (Liriomyza bryoniae), kartoshka kuyasi (Phthorimaea operculella Zell.), tamaki tripsi (Thrips tabaci Land.), issiqxona oqqonati (Trialeurodes vaporariorum Westw.), ǵóza oqqonati (Bemisia tabaci Genn.), órgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.) turlari tarqalib zarar keltiradiganligi qayd etilgan. Kuzgi tunlam unib chiqayotgan nihollarning ildizini kemiradi, ustki qismini qirqadi. Gamma tunlami Etuk qurtlarining bóyi 3-3,5 sm, yashil rangda bólib, tanasida 8 ta oqish tasma shaklida yollari bor. Katta yoshdagi qurtlarida 3 juft, yosh qurtlarida 2 juft soxta oyoǵi bólib, odimlab xakatlanadi. Yosh qurtlari barglarni ilma-teshik, katta yoshdagilari barglarni eb qóyadi. Gamma tunlami ósimliklarni shikastlash shakli jihatidan karadrinaga óxshaydi. Simqurtlar Qónǵizlari qizilqónǵir va qora rangli bólib, chóziq-ovalsimon shaklli, uzunligi 2-3 mm dan 18-20 mm gacha etadi. Tuximlari shakli ovalsimon
431 oq uzunligi 0,5-1,5 mm. Simqurt deb ataladiganlar lichinkasi shakli uzuncilindrsimon usti qattaq xitin moddasi bilan qoplangan, aniq segmentlarga bólingan, sariq-jigarrangli uch juft oyoqli. Rivojlanish davrining oxirida tana uzunligi 10-28 mm ga etadi. Qizil boshli shpanga Qattiq qanotlilar, voyaga etgani 10-15 mm, tanasi uzincha, boshi yarim sharsimon, oyoqlari uzun, muylovlari ingichka, tanasi qora rangli qónǵiz. Boshining asosiy qismi qizil. Tuximi oval uchi dumoloq, oqkulrang, 2,5mm. Samkalari tuproqda 2,5 sm chuqurchaga 100-200 dona tuxim quyadi. Ustini qumadi, umri davomida ikki marotaba tuxim quyadi. Embrional rivojlanishi 3-4 xafta, sung qurtlari chiqib, triungulin deb atalib, tanasi uzuncha, boshi katta, jaǵlari kuchli, oyoqlarining boltirlari uzun, boshi va tanasi tuklar bilan qoplangan, 3,5-4,5 mm. Tadqiqotlar natijasida kartoshka navlari ekilgan shimoliy tumanlari maydonlarida uchragan asosiy zararkunandalar turlaridan qizil boshli shpanga, kuzgi tunlam, sim qurti, buzoqboshi, kartoshka bloshkasi, kartoshka kuyasi, urgimchakkana, ǵóza oqqonati, zang kanasi, karadrina turlari aniqlanib, ósimliklarning vegetativ, generativ organlari bilan oziqlanishi natijasida ósib rivojlanishidan orqada qoldirib, hosilning kamayib ketishiga olib kelishi hisobga olindi. Kuzgi buǵdoydan yiǵim terimidan sóng bushagan dala maydonlarini agrotexnik tadbirlarni tuǵri bajarish zararkunandalarning kamayishiga ekin hosildorlini oshirishiga yordam beradi. Bundan tashqari havoning urtacha kunli kun harorati 23,00S-27,00S kótarilishi bilan kartoshka ekinlar ekilgan maydonlarda turlariga nisbatan agrobiocenozning asosiy zarakunandasi hisoblangan kemiruvchi zararkunandalarning rivojlanish uchun yozgi tinim davriga kirmasdan uzliksiz rivojlanib zarar keltirishiga imkoniyat yaratib beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Adashkevich B.P. « Биологическая защита крестоцветных овощных культур от вредных насекомых». –Tashkent: «FAN», 1983. –S. 180-188. 2. Dospexov B. A. Методика полевого опыта. - M.: Kolos, 1986.-351 3. Запевалова С.Б. Тропина С.М. Методические указания по прогнозу развития и размножения основных вредителей хлопчатника и других сельскохозяйственных культур. –Tashkent : -1987.-37 s. 4. Toreniyazov T.E. Danakli meva bog‘larida tarqalgan shiralarning asosiy turlari va ularning zarar mezoni / Agro kimyo ximoya va ósimliklar karantini Toshkent: 1922, Maxsus soni.8-9 b. 5. Xo‘jaev.Sh.T. Insekticid, akaricid, biologik faol moddalar va fungicidlarni sinash bóyicha uslubiy kórsatmalar-Toshkent, 2015. -103 b.