ASALARI MAHSULDORLIGINI OSHIRISHDA FATSELIYA O'SIMLIGIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Full text
459 UO‘K: 638.381.132 ASALARI MAHSULDORLIGINI OSHIRISHDA FATSELIYA O‘SIMLIGIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI Jo‘rayeva D.R q.x.f.f.d. (PhD)., k.i.x. dil[email protected] Parmanova D.M q.x.f.f.d. (PhD)., k.i.x. [email protected] Shoxnazarova Sh.A q.x.f.f.d. (PhD). [email protected] Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537731 Annotatsiya: Maqolada gulshiraga boy bo‘lgan fatseliya o‘simligidan foydalanish, fatseliya asalining kimyoviy xususiyatlari, fatseliya gullariga asalarilarni qo‘nish davrlari va fatseliya gulchangini kimyoviy tarkibi to‘g‘risida hamda asalarilarning asal mahsuldorligini oshirish to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Fatseliya, o‘simlik, urug‘, tuproq, ko‘chat, go‘ng, hosildorlik, asalari, fatseliya asali. Аннотация: В статье приведены экспериментальные данные по повышению медопродуктивности пчел с использованием фацелии – растения с богатым нектарам. Ключевые слова: Фацелия, растение, семена, почва, рассада, навоз, урожайность, пчелы, фацелиевый мед. Annotation: The article provides information on the use of phaselia, a plant rich in nectar, the chemical properties of phaselia honey, the periods when bees land on phaselia flowers, the chemical composition of phaselia pollen, and increasing honey productivity in bees. Key words: Phacelia, plant, seed, soil, seedling, fertilizer, fertility, bees, Phacelia honey. Mavzuning dolzarbligi. Qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari singari, uning asosiy sohasi hisoblangan asalarichilikni rivojlantirish borasida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, asalarichilik sohasini barqaror rivojlanishiga huquqiy asos bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 oktabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3327-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2022 yil 8 fevraldagi PQ-120-sonli qarorlarida ham asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirish yo‘nalishida, asal yetishtirish hajmini 2021 yilda 25 ming tonnaga nisbatan 2026 yilga kelib, uning salmog‘ini 52,5 ming tonnaga yetkazish yoki ikki barobardan ziyod ko‘paytirish kabi topshiriqlar belgilab berilgan.
460 Ushbu topshiriqni bajarishda eng avvalo, asalarilar uchun gulshira beruvchi maydonlar kerak bo‘ladi. Bu maydonlarni yaratishda, gulshiraga boy o‘simliklarni ekib, asalarilar uchun ozuqa bazasini mustahkamlash zarur. Asalarilarning asal mahsuldorligini oshirish uchun gulshiraga boy fatseliya ekin turini o‘z vaqtida ekish, to‘g‘ri parvarishlash natijasida asalarilarning mahsuldorligini oshirish mumkin bo‘ladi. Tanlovga taqdim etilayotgan ushbu loyiha Respublika Prezidenti topshiriqlarini amalga oshirish uchun dasturi amal bo‘ladi. Tadqiqotning maqsadi: asalari oilasini mahsuldorligini oshirishda fatseliya o‘simligidan foydalanish samaradorligini aniqlashdan iborat. Tadqiqot usullari. Ilmiy-tadqiqot ishlari Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti dala tajriba xo‘jaligida hamda “G‘ulomxo‘ja asalchiligi” fermer xo‘jaligidagi asalari oilalarida olib borildi. Mazkur xo‘jalikdagi asalari oilalari nazorat guruhi bo‘lib, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan asalari oilalari esa tajriba guruhi bo‘lib xizmat qildi tadqiqot ishlari tajriba o‘tkazish tasviriga asosan amalga oshirildi. Loyiha davomida ekilgan fatseliya o‘simligining vegetatsiya davrlari doimiy tarzda kuzatilib, ilmiy o‘rganilib borildi. Fatseliya o‘simligidan olingan gulshira va gulchangini tarkibi, fatseliya o‘simligidan olingan asalning kimyoviy tarkiblari laboratoriya sharoitida o‘rganiladi. Tadqiqotlar o‘tkazish oldidan, asalari oilasini o‘sishi va rivojlanishi parametrlari o‘rganildi va asalari oilalari birma-bir nazoratdan o‘tkazilib, baholandi va bonitirovka qilindi (A.N.Burenin va G.N.Kotova 1997). Asalarilarda tadqiqot o‘tkazish guruhlarini tashkil etish bir-biriga solishtirib, o‘rganish ishlari V.Brovarskiy., Sh.Suyarkulov (2021) uslublari asosida bajarildi. O‘simliklarning nektarini aniqlashda Ye.K.Liventsova uslubi asosida aniqlandi. Tadqiqotning iqtisodiy samaradorligi tajribadagi har bir sarf etilgan harajatlar va olingan mahsulot o‘rtasidagi farqni aniqlash usuli bilan amalga oshirildi. Tadqiqotlar davrida olingan barcha raqamli ma’lumotlar biometrik variatsion statistika usulida qayta ishlandi (Ye.K. Merkuryeva, 1984). Tadqiqot natijalari: Fatseliya o‘simligini ekish uchun birlamchi materiallar tayyolandi. Fatseliyani ekish uchun 2:1:1 nisbatda ya’ni 2 qism tuproq, 1 qism qum va 1 qism go‘ng (kompost) qo‘shilib aralshma tayyorlandi. Stakanlarga tayyorlangan tuproqni solib fatseliya urug‘lari ekib chiqildi.
461 1-rasm. Tuproq tayyorlash va fatseliya urug‘ini ekish jarayoni Stakanchalarga ekilgan fatseliya o‘simligi kunaro sug‘orib turildi va 7kundan so‘ng, unib chiqa boshladi. Tadqiqotlar olib borish jarayonida fatseliya o‘simligida fenologik kuzatuvlar o‘tkazish bilan birga, muntazam ravishda begona o‘tlardan tozalab borildi. Fenologik kuzatuvlar olib borishda asosan o‘simlikdagi barg soni, uzunligi, diametri kabi o‘lchamlar o‘rganib borildi. Fatseliya o‘simligi ekilgandan so‘ng 14 kun o‘tgach, uning balandligi (uzunligi) 7-9 sm ni tashkil etdi. Fatseliya o‘simligi ekilgandan 20 kun o‘tgach, uning balandligi 10-12 sm ni tashkil etganligi kuzatildi. Stakanchalarga ekilgan fatseliya o‘simligini dalaga tayyorlangan yerga ekish uchun avvalo, yer maydoni tayyorlandi. Buning uchun ajratilgan yer maydoni haydaldi, jo‘ya olindi va kompost (organik o‘g‘it) sepildi va fatseliya o‘simligini ekish uchun tayyorlandi. Tayyor bo‘lgan yer maydoniga stakanchalarga ekilgan fatseliya o‘simligi ekib chiqildi va sug‘orildi. Fenologik kuzatuvlar olib borildi, begona o‘tlardan tozalanib turildi. Toshkent viloyati sharoitida havo harorati tez-tez o‘zgarib tursa ham (shamol, qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar, bulutli havo, past harorat) tajribadagi Krainka zotli asalarilar, bunday haroratga tez moslasha oldi va asalarilar tez fursatda rivojlandi. Ona asalarilarni kunlik tuxum qo‘yishini tezlashtirdi, asalari oilasini kunlik gulshira va gulchangi bilan ta’minlab turdi. Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, tajribadagi asalarilarning faol uchishi, ularning havo namligiga, hamda havo haroratining keskin o‘zgarib turishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ekanligi aniqlandi. Tajribadagi asalarilarning kunlik uchish faolligi o‘rtacha uch bora o‘lchov davri (3 minutda) holati quyidagi 2-rasmda keltirilgan.
462 2-rasm. Asalarilarning kunlik uchishi 2-rasm tahlili shuni ko‘rsatdiki, Krainka zotli asalarilari kun davomida 199 marotaba uyasidan uchib chiqqan bo‘lsa, huddi shunday vaqtda nazorat guruhidagi mahalliy asalarilar esa 165 marotaba uyasidan uchib chiqqanligi aniqlandi. Tadqiqotlar natijasida, tajriba guruhidagi asalarilar nazorat guruhidagi asalarilarga nisbatan 34 marotaba ko‘p uchib chiqganligi aniqlandi, yoki bu 120,6 %ni tashkil etdi. 3-rasm. Asalarilarni kunlik uchish faolligini aniqlash jarayoni 3-rasmda ko‘rsatilganidek, asalarilarning kunlik fatseliya gullariga uchish faolligi ertalab soat 800 dan kech soat 1600 gacha bo‘lgan davr ichida, o‘zgarib turdi. Eng ko‘p uchish faolligi soat 1200 dan 1600 gacha bo‘lgan davrda kuzatildi.
463 Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, gulshiraga boy bo‘lgan o‘simliklarni ekib, asalarilar uchun ozuqa bazasini mustahkamlash hamda asalarilarning asal mahsuldorligini oshirish uchun gulshiraga boy bo‘lgan fatseliya o‘simligi ekin turini o‘z vaqtida ekish bilan birga chorvachilikda chorva mollari uchun shirali ozuqa bazasini yaratish hamda ko‘k siderat o‘g‘it sifatida tuproq unumdorligini oshirish uchun ham foydalanish mumkin, asalarilarnito‘g‘ri parvarishlash natijasida, asalari oilasining mahsuldorligini ham oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 oktyabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3327 sonli qarori, “Qishloq hayoti” gazetasi, 2017-yil 17-oktyabr. 2. Головин А.И., Алимов Т.К., Высокодоходная культура-фацелия// Ж. Пчеловодство 2020, № 5. Стр. 20-22. 3. Кильянова Т.В., Сафина Н.В. Влияние срока сева фацелии на медосбор в условиях Среднего Поволжья. Ж. «Пчеловодство», 2019, №6, стр. 20-22. 4. Жўраева Д.Р., Т.П.Ахмедов. Fatseliya serasal o‘simlik sifatida. International scientific and practical conference “Application and development of smart technologies in agriculture” may 30, 2024. 5. Савин А.П., Логинова О.Н., Сроки посева фацелии пижмолистной1// Ж.Пчеловодство 2024, № 1. Стр. 22-24