ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA KASBIY TA'LIM TASHKILOTLARI O'QUVCHILARINI AMALIYOTGA YO'NALTIRISH SHAKLLARI, METODLARI VA VOSITALARI
Abstract
ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA KASBIY TA'LIM TASHKILOTLARI O'QUVCHILARINI AMALIYOTGA YO'NALTIRISH SHAKLLARI, METODLARI VA VOSITALARI
Full text
44 ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA KASBIY TA’LIM TASHKILOTLARI O‘QUVCHILARINI AMALIYOTGA YO‘NALTIRISH SHAKLLARI, METODLARI VA VOSITALARI Sharipov Abror Anvar oʻgʻli Professional ta’limni rivojlantirish instituti tayanch doktoranti Annotatsiya: Maqolada kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida amaliyotga yo‘naltirishning shakllari, metodlari va vositalari yoritilgan. O‘quvchilarda amaliy ko‘nikma va kompetensiyalarni rivojlantirishda interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda raqamli ta’lim platformalarining samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, tajriba-sinov ishlari natijalariga tayangan holda innovatsion ta’lim metodlarining afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: kasbiy ta’lim, pedagogik texnologiyalar, amaliyotga yo‘naltirish, raqamli ta’lim, metodlar, vositalar. Аннотация: В статье освещены формы, методы и средства ориентации учащихся профессиональных образовательных учреждений на практику посредством современных педагогических технологий. Научно обоснована эффективность использования интерактивных методов, информационнокоммуникационных технологий и цифровых образовательных платформ в формировании практических навыков и компетенций учащихся. Также показаны преимущества инновационных методов обучения на основе экспериментальных данных. Ключевые слова: профессиональное образование, педагогические технологии, ориентация на практику, цифровое обучение, методы, средства. Abstract:The article explores the forms, methods, and tools of practice-oriented training of vocational education students through modern pedagogical technologies. The effectiveness of interactive methods, information and communication technologies, and digital learning platforms in developing students’ practical skills and competencies is scientifically justified. The advantages of innovative teaching methods are also demonstrated based on experimental research results. Keywords: vocational education, pedagogical technologies, practice-oriented training, digital learning, methods, tools. Kirish. Hozirgi kunda kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini amaliyotga yo‘naltirish zamonaviy texnologiyalar bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, “Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi” kabi texnik yo‘nalishlarda ta’lim jarayonini faqat nazariy bilimlar bilan cheklab bo‘lmaydi.
45 Shu sababli amaliyotni samarali tashkil etish metodikasini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida takomillashtirish zaruratga aylandi [10]. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar – bu kasbiy taʼlim jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish, kasbiy faoliyatga tayyorlanishlarini ta’minlaydigan, ularning shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, taʼlim jarayonini optimallashtirish va samaradorligini oshirish, ijodkorligini rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va mustaqil fikrlashini shakllantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar tizimidir [11]. Asosiy qism. Ilmiy izlanishlar natijasida kasbiy ta’lim tashkilotlarida pedagogik texnologiyalarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi: ·O‘quv jarayonida o‘quvchi shaxsini markazga qo‘yish; ·O‘quvchilarning kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv jarayonini tashkil qilish; ·O‘rgatishdan ko‘ra, o‘rganishga undovchi usullarni joriy etish; ·Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish uchun sharoit yaratish; ·O‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish; ·Ish beruvchilarning talablariga mos malakali kadrlarni tayyorlash [10]. ·Innovatsion va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish; ·O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash; ·Yangi bilimlarni faol o‘zlashtirishga sharoit yaratish. O‘quvchilarning mustaqil ishlash, muammo yechish va kasbiy faoliyatga tayyorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun amaliy mashg‘ulotlar aniq maqsadlarga asoslangan holda tashkil etiladi [10]. Bu esa har bir topshiriqning real hayotiy faoliyat bilan bog‘lanishini ta’minlaydi. Kasbiy ta’limda amaliyot o‘quvchilarni bevosita kasbiy faoliyatga tayyorlashda hal qiluvchi o‘ringa ega. Shu bois, amaliyotning maqsadga yo‘naltirilganligi deganda, uni aniq pedagogik va kasbiy natijalarni ko‘zlab tashkil etish tushuniladi. Bu jarayonda amaliyot o‘quv dasturida belgilangan kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, amaliy muammolarni tahlil qilishga va kasbiy vazifalarni hal qilishga tayyorlashi zarur. Asosiy jihatlari quyidagilardan iborat: “rejalilik va izchillik – amaliyot dasturi aniq o‘quv maqsadlariga asoslanadi, bosqichma-bosqich murakkablik darajasini oshirib boradi; kasbiy yo‘nalishlilik – har bir amaliy topshiriq o‘quvchining tanlagan kasbi doirasidagi aniq ish faoliyatiga mos keladi; nazariy bilimlarning amaliy qo‘llanilishi – o‘quvchilarda nazariy bilimlarni real vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmasi shakllantiriladi; mustaqillik va ijodkorlikni rag‘batlantirish – o‘quvchilarga erkin fikr yuritish, amaliy qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi; baholash va tahlil – har bir
46 bosqich yakunida amaliy faoliyat tahlil qilinadi, natijalar baholanadi va takomillashtirish choralari belgilanadi”[9]. “Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi ustasi” yo‘nalishidagi o‘quvchiga MS Excel, Python yoki C++ dasturiy muhitida real ishlab chiqarish hisob-kitoblarini modellashtirish topshirig‘i berilishi, amaliyotning maqsadga yo‘naltirilganligini ifodalaydi. Kasbiy o‘quv jarayonida modul o‘quv kartalari asosida ishlash orqali o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish va tajriba orttirish imkoniyati beriladi. Har bir modul amaliy topshiriqlar, loyiha ishlari, nazorat savollari va o‘zini baholash mezonlarini o‘z ichiga oladi [13]. Bugungi kunda kasbiy ta’lim tizimida o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularni real mehnat faoliyatiga tayyorlash eng muhim pedagogik vazifalardan biridir. Ta’lim sifati o‘quvchi shaxsining kasbiy malakasini, mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlaydigan asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchilarni amaliyotga yo‘naltirish shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish hamda ta’lim jarayonida qo‘llash dolzarb masala hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini rivojlantirishga oid qaror va farmonlarida ham o‘quv jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, dual ta’lim tamoyillarini joriy etish, ishlab chiqarish bilan hamkorlikni kuchaytirish alohida ta’kidlab o‘tiladi. Tadqiqot obyekti va qo‘llanilgan metodlar Kasbiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida amaliyotga yo‘naltirish jarayoni mazkur tadqiqotning obyekti sanaladi. Tadqiqotning predmeti esa o‘quvchilarning amaliy tayyorgarligini oshirishga xizmat qiluvchi shakl, metod va vositalarni aniqlash va ularning samaradorligini tajriba-sinov asosida amalga oshiriladi. Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi:[7] - Nazariy tahlil va umumlashtirish – bunda mavjud ilmiy adabiyotlar, xorijiy va milliy tajribalar o‘rganiladi; - Kuzatish va suhbat – ta’lim jarayonini o‘rganish, o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan muloqot orqali ma’lumotlar to‘planadi; - Anketalashtirish – o‘quvchilarning kasbiy amaliyotga tayyorgarligi darajasi aniqlanadi; - Tajriba-sinov ishlari – yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyot jarayoniga joriy etish orqali samaradorlik aniqlanadi;
47 - Statistik tahlil – olingan ma’lumotlarni qayta ishlanadi va ilmiy xulosalar chiqariladi. Kasbiy ta’lim tizimida o‘quvchilarni amaliyotga yo‘naltirish bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri bo‘lib, ularning bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutadi. Ushbu jarayonni samarali tashkil etish uchun ta’lim shakllari, metodlari va vositalarini to‘g‘ri tanlash zarur. [7] Amaliyotga yo‘naltirish shakllari Kasbiy ta’limda amaliyotga yo‘naltirish shakllari o‘quvchilarning nazariy bilimlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish amaliyoti bilan integratsiyalashgan holda o‘zlashtirishini ta’minlaydi: [8] ·Ishlab chiqarish amaliyoti – korxona va tashkilotlarda haqiqiy ishlab chiqarish muhitida bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash. ·O‘quv amaliyoti – o‘quv muassasasi qoshida tashkil etilgan laboratoriyalar, ustaxona va markazlarda o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash. ·Dual ta’lim – ta’lim muassasasi va ishlab chiqarish korxonasi hamkorligida nazariya va amaliyotning uyg‘unlashtirilgan shakli. ·Modulli ta’lim – amaliy ko‘nikmalarni mustaqil ravishda bosqichma-bosqich egallash. ·Simulyatsiya va loyiha ishlari – muayyan ishlab chiqarish vaziyatlarini modellashtirish va ularni mustaqil hal qilish orqali o‘quvchilarda amaliy malaka hosil qilish. Amaliyotga yo‘naltirish metodlari Metodlar o‘quvchilarda ijodiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi: [9] ·Muammoli ta’lim metodi – ishlab chiqarishdagi real muammolarni o‘quvchilarga yechimini topdirish orqali o‘rgatish. ·Loyiha metodi – o‘quvchilarning kichik guruhlarda yoki yakka tartibda real loyihalar ustida ishlashi. ·Interfaol metodlar – “Aqliy hujum”, “Debat”, “Klaster”, “Bumerang” kabi usullar yordamida bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash. ·Trening va amaliy mashg‘ulotlar – maxsus o‘quv-laboratoriya uskunalaridan foydalangan holda kasbiy harakatlarni mashq qilish. ·Case-study metodi – aniq ishlab chiqarish vaziyatlari bo‘yicha tahlil qilish va qaror qabul qilish. ·Ustoz-shogird an’analari – tajribali ustoz rahbarligida shogirdning malaka oshirishi.
48 Amaliyotga yo‘naltirish vositalari Vositalar zamonaviy texnologiyalarga asoslangan bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqil bilim olish imkoniyatlarini kengaytiradi: ·Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT): kompyuter simulyatorlari, virtual laboratoriyalar, raqamli platformalar (Moodle, Google Classroom, Zoom, Padlet). [10] ·Didaktik vositalar: darsliklar, amaliy qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar, mashq topshiriqlari. [1] ·Texnik vositalar: interaktiv doska, multimedia vositalari, ishlab chiqarish dastgohlari va trenajyorlar. [3] ·Portfolio va baholash kartalari: o‘quvchilarning amaliy faoliyati natijalarini hujjatlashtirish va baholash. [10] ·Innovatsion vositalar: AR/VR texnologiyalari asosida ishlab chiqarish jarayonlarini modellashtirish. [10] Olingan natijalar va ularning tahlili Ilmiy tadqiqotlar va amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida amaliyotga yo‘naltirish o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshiradi. Jumladan, loyiha asosidagi ta’limdan foydalanilgan guruhlarda o‘quvchilarning ijodkorlik darajasi 25–30 % ga, AKT asosida mashg‘ulotlar tashkil etilganida esa mustaqil ishlash ko‘nikmalari 40 % ga oshgan. Quyidagi jadvalda taqqoslash natijalari keltirilgan: Guruh turi Nazariy bilim (o‘zlashtirish %) Amaliy ko‘nikma (%) Mustaqil ishlash (%) An’anaviy ta’lim guruhi 70 55 40 Zamonaviy texnologiyalar asosidagi guruh 85 75 65 Bu natijalar amaliyotga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilar kasbiy tayyorgarligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi. Amaliyotga yo‘naltirishning pedagogik shart-sharoitlari samaradorligi: ·O‘quvchilar nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash darajasi 25–30% ga oshdi. ·Zamonaviy pedagogik texnologiyalar (interaktiv metodlar, raqamli platformalar, masofaviy ta’lim vositalari) qo‘llanganda o‘quvchilar faoliyati sezilarli darajada faollashdi. So‘rovnoma natijalari:
49 ·120 nafar o‘quvchi orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada 68% o‘quvchi amaliyot jarayonida bilimlarini chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lganini ta’kidladi. ·24% o‘quvchi amaliy mashg‘ulotlarda nazariy bilimlarni to‘liq tatbiq etishda muammolarga duch kelgan. ·8% o‘quvchilar esa amaliy mashg‘ulotlarda o‘qituvchi yordamiga ehtiyoj yuqoriligini bildirgan. Tajriba-sinov ishlari: ·Tajriba guruhida amaliy ko‘nikmalarning o‘zlashtirilish darajasi nazorat guruhiga nisbatan 20% yuqori bo‘ldi. ·Mustaqil topshiriqlar va loyiha asosida o‘qitish natijasida o‘quvchilarda ijodkorlik va muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalari rivojlandi. Kasbiy ta’lim tashkilotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarni amaliyotga yo‘naltirish samarali natija beradi. Amaliyot jarayonida qo‘llanilayotgan metod va vositalar tizimli ravishda boyitilib borilsa, o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarlik sifati sezilarli darajada oshadi. Tadqiqot natijalari jadvali Ko‘rsatkichlar Nazorat guruhi (%) Tajriba guruhi (boshlanish) (%) Tajriba guruhi (yakuniy) (%) Bilim darajasi 62 61 82 Ko‘nikma darajasi 58 59 79 Amaliyotga tayyorgarlik 55 56 81
50 O‘quvchilarni amaliyotga yo‘naltirish samaradorligi diagramma ko‘rinishida Kasbiy ta’limni amaliyotga yo‘naltirish shakllari, metodlari va vositalari masalasi ko‘plab xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan. Jumladan, J. Dewey (AQSh) – tajribaviy ta’lim nazariyasining asoschisi bo‘lib, o‘quvchilarni faqat nazariy bilimlar emas, balki amaliy faoliyat orqali o‘qitish zarurligini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, amaliyot orqali o‘zlashtirilgan bilim o‘quvchini real hayotga tayyorlaydi. D. Kolb (AQSh) – “Tajriba asosidagi o‘qitish modeli”ni ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, bilim jarayoni to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi: konkret tajriba, refleksiya, abstrakt tushunchalar yaratish va faol eksperiment qilish. Bu model kasbiy ta’limda amaliyotning ahamiyatini ilmiy jihatdan asoslab bergan. T. Bates (Kanada) – raqamli pedagogika va onlayn o‘qitish metodlari bo‘yicha tadqiqot olib borgan. Uning fikricha, virtual laboratoriyalar, simulyatorlar va raqamli resurslar kasbiy ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning amaliy malakasini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. A. Avliyoqulov – O‘zbekistonda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etish masalalarini o‘rgangan. Uning ilmiy ishlarida modul asosidagi ta’lim, interfaol metodlar va kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuv asoslab berilgan.
51 Sh. T. Toshpo‘latov – kasbiy ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali o‘quvchilarni amaliyotga tayyorlash yo‘nalishida izlanishlar olib borgan. Xorijiy olimlarning tadqiqotlari ko‘proq nazariy konsepsiyalar va modellar ishlab chiqishga qaratilgan (Kolb modeli, Dewey tajriba nazariyasi, Sho‘n refleksiya modeli). Mahalliy olimlar esa bu nazariyalarni milliy ta’lim tizimi sharoitida amaliy qo‘llash masalalariga e’tibor qaratganlar. Har ikki yo‘nalishda ham asosiy g‘oya: o‘quvchilarni nafaqat nazariy bilim bilan, balki real amaliy tajriba asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashdan iboratdir . Xulosa. Kasbiy ta’lim tizimida o‘quvchilarni amaliyotga yo‘naltirish zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali samarali tashkil etilishi mumkin. Dual ta’lim, modulli o‘qitish, loyihaviy metodlar, axborotkommunikatsiya texnologiyalari va interaktiv metodlar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik, kasbiy mas’uliyat kabi kompetensiyalarni shakllantiradi. Shu bois, kasbiy ta’lim muassasalari oldida zamonaviy metodlarni joriy etish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va ishlab chiqarish korxonalari bilan doimiy hamkorlik kuchaytirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zamonaviy texnologiyalarni amaliyotlarda qo‘llash ta’lim jarayonini yanada samarali, qiziqarli va interfaol qilishga yordam beradi. O‘quvchilarga turli platformalar va texnologiyalar yordamida o‘z bilimlarini sinash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari yaratish, amaliyot rahbarlarini esa samarali baholash va o‘quvchilarning rivojlanishini kuzatish imkonini beradi. Texnologiyalarning imkoniyatlarini to‘liq qo‘llash orqali amaliy mashg‘ulotlar sifatini oshirish mumkin. Kasbiy ta’limni amaliyotga yo‘naltirish bo‘yicha quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: 1.Amaliyotchi ustoz va ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyani kuchaytirish - ta’limni ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘lash asosiy shart deb hisoblanadi. Shu bois kasbiy ta’lim muassasalari hamkor korxonalar bilan “dual ta’lim” elementlarini keng qo‘llashi tavsiya etiladi. 2.Modulli va kompetensiyaga asoslangan ta’lim dasturlarini keng joriy etish – bunda amaliy ko‘nikmalarni samarali shakllantirish uchun modul asosida tuzilgan o‘quv dasturlari qo‘llanishi kerak. Bu o‘quvchiga o‘z qiziqishi va kasbiy ehtiyojlariga mos ravishda individual yo‘nalishda ta’lim olish imkonini beradi. 3.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) ta’lim jarayoniga keng integratsiya qilish - virtual laboratoriyalar, simulyatorlar va onlayn
52 platformalar orqali amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish ta’lim samaradorligini sezilarli oshiradi. 4.Amaliy topshiriqlar asosida baholash tizimini joriy etish - nazariy bilimlar bilan bir qatorda o‘quvchilarning haqiqiy ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish jarayonida baholash mexanizmini joriy etish ta’lim natijalarini yanada obyektiv bo‘ladi. 5.O‘qituvchilar va ustalarning malakasini muntazam oshirish - ta’lim jarayonida eng katta samaradorlikni beruvchi omillardan biri – ustozlarning zamonaviy texnologiyalarni egallaganlik darajasi. Shu bois o‘qituvchilarni ishlab chiqarish amaliyotlariga jalb qilish va doimiy malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish zarur. 6.Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish uchun ko‘p darajali monitoring tizimini joriy qilish - o‘quvchilarning amaliy tayyorgarlik darajasi portfoliolar, loyiha ishlari, mustaqil laboratoriya topshiriqlari orqali muntazam monitoring qilinishi lozim. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Dewey, J. (1938). Experience and Education. New York: Macmillan. 2. Kolb, D. A. (1984). Experiential Learning: Experience as the Source of Learning and Development. Englewood Cliffs: Prentice-Hall. 3. Knowles, M. (1990). The Adult Learner: A Neglected Species. Houston: Gulf Publishing. 4. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Harvard University Press. 5. Hasanboev, J. (2010). Pedagogika. Tashkent: O‘qituvchi nashriyoti. 6. Qodirov, A. (2018). Kasbiy ta’limda innovatsion texnologiyalar. Tashkent: Fan. 7. Abduraxmonov, Q. (2020). Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularning amaliy qo‘llanilishi. Tashkent: TDPU nashriyoti. 8. Rasulova, M. (2021). Kasbiy ta’limda amaliyotga yo‘naltirishning ilmiymetodik asoslari. Tashkent: O‘zMU nashriyoti. 9. UNESCO (2021). TVET for sustainable development. Paris: UNESCO Publishing. 10. “Perevodnыe zaimstvovaniya sposobstvuyut formirovaniyu novыx leksicheskix modeley” (Perevodnыe zaimstvovaniya po kolleksii “Internet”, ZiyoNET 11. Respublikanskiy institut professionalnogo obrazovaniya (Respublika Belarus). (n.d.). Sbornik nauchnыx statey “Teoriya i metodika professionalnogo obrazovaniya”.Minsk: RIPO 12. Nichkalo, N. G., Filonov, G. N., & Suxodolskaya-Kuleshova, O. V. (red.). (2012). Sovremennoye obrazovaniye kak otkrыtaya sistema.Institut nauchnoy i pedagogicheskoy informatsii RAO, "YURKOMPANI".