scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK TEXNOLOGIYA O'QITUVCHILARINING DIZAYN KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Zaripova Sevara Erkin qizi

Abstract

BO'LAJAK TEXNOLOGIYA O'QITUVCHILARINING DIZAYN KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Full text

86 BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA O‘QITUVCHILARINING DIZAYN KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI Zaripova Sevara Erkin qizi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi mustaqil izlanuvchisi Oliy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash nafaqat muayyan o‘quv fanlari bo‘yicha bilimlarni yuksak darajada o‘zlashtirishni, balki amaliy va ijtimoiy faoliyatda faol ishtirok etishga tayyorlashni ham nazarda tutadi. Bu esa talabalarni oliy ta’limning muhim va ajralmas qismi hisoblangan bo‘lajak kasbiga tayyorlashga ham to‘la ma’noda taalluqlidir. Hozirgi sharoitida oliy ta’lim tashkilotlarida texnologik ta’lim yo‘nalishida bo‘lajak mutaxassislarning dizayn kompetensiyalarini shakllantirishni sifat jihatdan mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarish, texnologiya fani mazmunini takomillashtirish muammosi bo‘lajak mutaxassislarni mehnat faoliyatiga tayyorlash, amaliy faoliyatning turli sohalarida ularda sub’ektiv mehnat tajribasi va faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishning dolzarbligi bilan uzviy bog‘liq. Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining dizayn kompetensiyalarni shakllantirish deganda biz quyidagilarni nazarda tutamiz: texnologik operatsiyalarni izchil, to‘g‘ri bajarish tartibiga, texnologik meʼyorlarga, texnika xavfsizlik qoidalariga roiya etgan holda, aniq vaziyatlarda asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanish, mahsulotni ishlab chiqishda foydalanadigan texnik obʼektlar bo‘yicha bilimlari, ko‘nikmalari, malakalaridan samarali foydalanish qobiliyati sifatida taʼriflash mumkin. Jamiyatda ta’lim rolining o‘zgarishini ko‘p jihatdan innovatsion jarayonlar belgilab berdi. Avvallari ta’lim o‘quvchilarni “hayotga tayyorlashga”, ularda bilimlar, malakalar, informatsion va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, endilikda ta’lim shaxsga ta’sir ko‘rsatuvchi texnologiyalar va uslullarni yaratishga ko‘proq yo‘naltirilmoqda va bu esa, o‘z navbatida, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlar o‘rtasida muvozonatni ta’minlashga, o‘z-o‘zini rivojlantirishga (o‘z-o‘zini kamol toptirishga, mustaqil ravishda bilimini oshirishga), shaxsning o‘z individualligini namoyon etishiga va jamiyatdagi o‘zgarishlarga tayyorgarligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Innovatsion texnologiyalar - bu o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro ta’sirlashishining prinsipial jihatdan yangi uslub va metodlar bo‘lib, ular pedagogik faoliyatda samarali natijalarga erishishni ta’minlaydi. Har qanday yangilik jamiyatdagi o‘zgarishlar tufayli va ilmiy texnika taraqqiyotining mantiqiy davomi sifatida paydo bo‘ladi. Faoliyat sohalarida yangiliklar 87 bo‘lishi muqarrar. Ilmiy texnika taraqqiyoti korxona va tashkilotlarning mehnat faoliyatida muhim o‘zgarishlarni taqozo etadi. Zamonaviy o‘quv darslarida loyihalash faoliyatini joriy etish — innovatsion usulni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Hozirgi zamon sharoitida mutaxassislar bilimli, chuqur mushohada va mulohaza asosida qarorlar qabul qilishga qodir, o‘z kasbi-kori sir-asrorlarini puxta egallagan bo‘lishi shart. Bu esa, o‘z navbatida, mustaqil davlatimiz kelajagi bo‘lmish yoshlarni tarbiyalashda va ularning barkamol inson bo‘lib shakllanishida o‘qituvchilar, pedagog olimlar, korxona rahbarlari, boshqaruv personallari zimmasiga o‘ta mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Demak, zamonaviy tashkilot va korxonalarda faoliyat ko‘rsatadigan bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy shakllanishida pedagoglarning alohida o‘rni bor. Hozigi vaqtda ta’lim sohsidagi innovatsiyalar dolzarb bo‘lib bormoqda, zero, aynan ta’lim inson mavjudligini belgilab beruvchi asosiy sohalardan hisoblanadi. Ta’limning zamonaviy tizimida jamiyatning asosiy talablaridan biri har tomonlama rivojlangan, murakkab vaziyatlarda nostandart yechimlarni topishga, ijodiy fikrlay oladigan va butun hayoti davomida uzluksiz ta’lim olishga qodir shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish, shakllantirishdan iborat. Hozirgi vaqtda ta’lim tizimimizning yangi avlod ta’lim stadartlarini joriy etish jamiyatning ehtiyoj va talablarini qondiruvchi mutaxassislar tayyorlashga yangicha yondashuvlarni qayta anglashni taqozo etmoqda. Bu esa innovatsion yondashuv asosida umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida texnologik kompetensiyalarni shakllantirishni talab qiladi. Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarning texnologik tayyorgarligida qator kamchiliklar aniqlandi: pedagogik xodimlarda innovatsion ijtimoiy-iqtisodiy shartsharoitlarda mehnat tarbiyasi va texnologik ta’lim maqsadi haqida aniq tasavvurlar mavjud emas; qishloq maktab o‘quvchilari mehnat tarbiyasi mazmuni bugungi kun talablari asosida ishlab chiqilmagan, o‘quvchilarning individual xususiyatlari va qiziqishlari yetarli darajada to‘liq hisobga olinmaydi, mehnat tarbiyasi atrof-muhitning mintaqaviy va milliy o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmagan holda umumiy tarzda tashkil etiladi; maktab o‘quvchilarining texnologik tayyogarligini tashkil etish shakllari mehnatni tashkil qilish zamonaviy shakllariga mos kelmasligi hollari mavjud; texnologik ta’lim va tarbiya moddiy-texnik bazasining yuqori emasligi hamda ushbu kamchiliklarning natijasi o‘laroq o‘quvchilarda mehnatga ehtiyojning mavjud emasligi. Mamlakatimiz pedagogikasi uchun xos bo‘lgan yoshlarni texnologik tayyorlashning an’anaviy muammosi bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zining yangi 88 qirralarini namoyon etmoqda, bu esa mos ravishda mehnat tarbiyasi tizimining maqsadi, mazmuni va protsessual xarakteristkalarini tubdan o‘zgartirishni va kompleks-texnologik tayyorlashni talab qiladi. Ta’lim tizimi oldiga tevarak atrofdagi juda murakkab o‘zgarishlarga insonning doimiy ravishda moslashishini ta’minlash vazifasi qo‘yilmoqda. Bugungi kunda ilmiy texnika taraqqiyotining texnik, industrial davri rivojlanishi o‘rnini texnologik rivojlanish davri egallamoqda. Ishlab chiqarishning asosiy vazifasi eng yaxshi texnologik xossalarga ega bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarishdan iborat. Bunda texnologiklik keng ma’noda tushuniladi va iqtisodiy, ekologik va boshqa ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Texnologik jamiyat tomonidan XXI asr yoshlari oldiga qo‘yilayotgan ko‘plab talablar orasidan quyidagilarni aloxida ko‘rsatib o‘tish mumkin: atrof-muhitni tushuna olish; yangi ijtimoiy muhitga qiyinchiliksiz va ixtiyoriy ravishda integrallashish; jamiyatda to‘g‘ri yo‘nalish ola bilish qobiliyati, uning qonunlariga muvofiq zarur shaxsiy sifatlarni shakllantirish, atrof-muxitga moslashish qobiliyatiga ega bo‘lish; safarbarlik sifatiga ega bo‘lish; ertangi kunga ishonish hissini yo‘qotmaslik uchun jamiyat bilan birga o‘zgarishga o‘rganish; kelajakka yo‘nalish ola bilish (sifatli ta’lim olishga intilish, XXI asrda talab etiladigan bilimlarni egallash), o‘zida bilish qobiliyatlarini rivojlantirish; o‘z ishini tashkil qila olishlik, hayotiy muvaffaqiyat kafolati sifatida kasbiy yuksalishga intilish; ijodkorlik va yaratuvchilik sifatlarini rivojlantirish. Zero, har qanday jamiyat sharoitida insonning o‘zi asosiy qadriyat hisoblanadi. Harakatlar loyihasi sifatida texnologik ta’limning maqsadlari va shaxsning shakllanishi jarayonidan kutiladigan natija o‘quvchilarni texnologik tayyorlash tizimini ishga tushirish va rivojlantirish mazmuni, shakllari va metodlarini zamonaviylashtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Texnologik ta’lim g‘oyasi talabalarning texnologik tayyorgarligini, ularning texnologik jamiyat sharoitidagi roliga qaratilgan yangi “Texnologiya” fanida mujassam bo‘lgan. Texnologik tayyorgarlik – bu bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining ongida olamning texnologik manzarasini shakllantirish asosida ularni amaliy faoliyatga tayyorlash jarayonidir. Bunda olamning texnologik manzarasi sifatlari, ya’ni qayta o‘zgartiruvchi fikrlashi va ijodkorlik, dizayn qobiliyatlarining rivojlanishi hamda dunyo qarashining muhim elementi sifatida qaraladi. Afsuski, o‘ziga xos jozibadorligiga qaramasdan texnologik ta’limining maqsadi va vazifalari hozircha pedagogik amaliyotda yetarli darajada keng qo‘llanilgani yo‘q. “Texnologiya” loyihasini joriy etish jarayoni bizning pedagogika fanimizda talabalarni texnologik tayyorlash mustaqil muammo sifatida yetarlicha o‘rganilmagan, o‘quvchilarni kompleks texnologik tayyorlash sohasida ilmiy tadqiqotlar deyarli olib borilmagan; 89 texnologik tayyorgarlik mazmunini aniqlash va ularni o‘quv jarayonida qo‘llashga oid ilmiy asoslangan yondashuvlarning mavjud emasligi ham ishni ancha murakkablashtiradi. Pedagogik texnologiyaning muhim g‘oyasi — ijobiy natijaga erishish, uning g‘oyasini amalga oshirish uchun, eng avvalo, o‘qitish tartibini, didaktik tizimni yaratish zarur. Boshqacha aytganda, didaktik tizimni yaratish uchun quyidagilar muhim hisoblanadi: a) maqsadni qat’iy belgilash; v) maqsadga erishish vositalari; g) vositalardan foydalanish qoidalari; maqsadga erishish natijalari. Ta’lim berishning yuqorida tavsiflangan modeli: «maqsad — vosita — ulardan foydalanish qoidalari — natija» har qanday pedagogik texnologiyaning asosini tashkil etadi. Texnologiya fani talabalarning o‘quv-tarbiya ishlarinining bir yoki bir necha yondosh sohalarida bilimlarni, amaliy ko‘nikma va malakalarni samarali o‘zlashtirishini, shuningdek, ularda shaxsiy xususiyatlari va axloqiy sifatlarning rivojlanishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, u pedagogik jarayonning asosiy tashkiliymetodik vositasi hisoblanadi. Xorijiy tajriba va o‘zimizning pedagogik prognozlarimiz shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish tuzilmasida yaqin kelajakda kichik va o‘rta biznes tadbirkorligi deb atalmish korxonalar asosiy o‘rinni egallaydi, ularga yuqori intellektual rivojlangan, turli xil amaliy malakalar, yaxshi texnologik kompetensiyaga ega mutaxassislar juda zarur bo‘ladi. Aytilganlarni umumlashtirib, shuni ta’kidlash joizki, shaxsning funksional savodxonligi va kasbiy safarbarligini ta’minlashga qaratilgan umumta’lim tayyorgarlik tuzilmasini ishlab chiqish zamonaviy pedagogikaning muammolaridan hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirli hamda Respublika Ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilgan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun Texnologiya fanidan o‘quv dasturi. Toshkent 2017. 2. O‘.Q.Tolipov, S.N.Sayidahmedov Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. – T., “Fan va texnologiyalar”, 2014. – B. 335. 3. Sh.S.Sharipov O‘quvchilar kasbiy ijodkorligi uzviyligini ta’minlashning nazariyasi va amaliyoti. Diss. …ped. fan. dok. – T., 2012. – 307 b. 4. Зарипов Л.Р. Инновацион ёндашув асосида 5-7-синф ўқувчиларида технологик компетенцияларни шакллантириш методикаси. Педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (РhD). Дисс. -Т.:2020 й.-141 б.