"ELEKTRON HUKUMAT VA RAQAMLI IQTISODIYOT" FANINI O'QITISHNING PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK ASOSLARI
Abstract
"ELEKTRON HUKUMAT VA RAQAMLI IQTISODIYOT" FANINI O'QITISHNING PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK ASOSLARI
Full text
364 “ELEKTRON HUKUMAT VA RAQAMLI IQTISODIYOT” FANINI O‘QITISHNING PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK ASOSLARI 1Xursandov Hamidillo Fayzillo o‘g‘li, 2Barakayev Akmal Musurmonovich Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali O‘zbekiston, [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot” fanini o‘qitishning psixologik va pedagogik jihatlari tadqiq qilinadi. Maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalari, talabalarning psixologik xususiyatlari va pedagogik usullarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida fan mazmunini takomillashtirish va o‘qitish metodikasini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: еlektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, pedagogika, psixologiya, oliy ta’lim, ta’lim texnologiyalari, ta’lim mazmuni. Zamonaviy ta’limning raqamlashtirilishi tahlillari shuni ko‘rsatadiki, ta’lim jarayonida talabaning shaxsiyatida sezilarli o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi: axborot va kommunikatsiya texnologiyalari uni butunlay qamrab oladi. Raqamlashtirish sharoitida o‘qituvchilar an’anaviy ta’limda uzoq vaqtdan beri o‘rganilgan muammolarga duch kelishadi, lekin ularni yechish uchun yangi metodlar va texnologiyalar talab qilinadi. Psixologlar esa virtual ta’sir ostida yuz berayotgan yangi turdagi ijtimoiylashuvni o‘rganishga majbur bo‘lmoqda, bu esa o‘z navbatida yangi shaxs va yangi avlodni shakllantiradi. Ta’limni raqamlashtirish jarayonida pedagogik, psixologik va ijtimoiy munosababtlarga oid muammolar yuzaga chiqadi. Bu borada har qanday tadqiqotchi — ta’limni raqamlashtirish bilan bog‘liq psixologik va pedagogik, ijobiy va salbiy jihatlarni, uning shaxsiy rivojlanishiga, xususan, ijtimoiylashuviga ta’sirini aniqlash va baholash, bu jarayonda eng ko‘p e’tibor va kuch talab qiladigan o‘quv jihatlarini ajratib ko‘rsatishdir. D.Ergashevaning tadqiqotlarida “Raqamli madaniyatning yetishmasligi, ya’ni axborotning ortiqcha yuklanishi, uni ongli ravishda qabul qilmaslik, masalan, butun tafakkur jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, axborotning ko‘proq ko‘ngilochar va vizual xarakteri esa shunday ataladigan “klip tafakkur”ni shakllantiradi. Kognitiv funksiyalar, xususan, xotira zarar ko‘radi, chunki o‘quvchi o‘zini qiynamaydi, ya’ni ma’lumotni olishning osonligi uni yodlash zaruratini yo‘q qiladi. Yana bir ruhiy jarayon — diqqat, turli ma’lumotlarni tezkor va nazoratsiz qabul qilish natijasida sinib ketadi va tarqaladi, natijada bog‘liq bo‘lmagan hodisalar idrok qilinadi. Psixologik nuqtayi nazardan qaraganda, shu sababli o‘quvchi kirib kelayotgan ma’lumotni tahlil va sintez qilish amaliyotini har doim ham rivojlantira olmaydi. Vositali muloqot davrida o‘qituvchi va o‘quvchi zanjiridagi teskari aloqa qiyinlashadi, bunday
365 sharoitlarda o‘quvchi ishtiroki va ma’lumotni o‘zlashtirish bo‘yicha haqiqiy manzarani tushunish va ifodalash imkonsiz bo‘ladi. Bunday raqamli kontekstdagi vositali muloqot o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘quv jarayonini to‘liq amalga oshirish uchun psixologik va pedagogik imkoniyatlarni kamaytiradi, bu esa o‘quv motivatsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi” deyilgan [1]. B.Suropov o‘zining “Talabalarni tayyorlashda raqamli texnologiyalar va iqtisodiy bilimlarni integratsiyalash: pedagogik va psixologik jihatlar” nomli maqolasida kasbga yo‘naltirilgan mazmunni ishlab chiqish, raqamli texnologiyalar va iqtisodiy bilimlarni integratsiyalash, raqamli va iqtisodiy kompetensiyalarni rivojlantirish, ta’lim va taraqqiyot maqsadlariga erishish, o‘zini-o‘zi baholash va tanqidiy qaror qabul qilish va internetga bog‘liqlik muammosini hal qilish, tez o‘rganish uchun xotirani mustahkamlash, motivatsiya va qobiliyatni rivojlantirishni rag‘batlantirish, xotira bilan bog‘liq o‘rganish strategiyalariga e’tibor qaratish, sabr va qiziquvchanlikni shakllantirish kabi jihatlarga e’tibor qaratadi [2]. Bir qator xorijiy tadqiqotchilar tomonidan “Elektron hukumat” fanini o‘qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanishning psixologik va pedagogik jihatlarini aniqlash borasida keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. S.Natarajan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim mazmuniga integratsiyalashuvi jarayonini chuqur o‘rganib, ta’lim tizimini yaxshilash, ta’limda elektron boshqaruv, qadriyatlarga asoslangan ta’lim yondoshuvi orqali natijalarga erishishni o‘rgangan [3]. O‘quv jarayoni murakkab jarayon bo‘lib, uni o‘rganish uchun tizimli yondashuvdan foydalanish maqsadga muvofiq. Talabalarga elektron hukumatning rolini o‘rganishga tizimli yondashuvni muvaffaqiyatli qo‘llash asosan obyekt strukturasini aniqlashga bog‘liq. Bunday holda, biz ta’lim berishni mos ravishda ikkita qismga ajratamiz: birinchisi-o‘qitish, bu o‘qituvchining faoliyati va ikkinchisi o‘qishbu talabaning faoliyati. Ikki qism bir-biri bilan o‘zaro hamohang jarayon bo‘lib, birbirlarini to‘ldiruvchi butun bir o‘quv jarayonini aks ettiradi. Talabalarga “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot” fanini o‘qitish o‘ziga xos funksiyalarni amalga oshirishni ta’minlaydigan jarayon bo‘lib, kamida ikkita turdagi faoliyatga asoslangan murakkab ta’lim hisoblanadi. Birinchisi, “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot” fanini bilimlarini o‘zlashtirish, ikkinchisi esa, o‘rganilgan bilimlarni iqtisodiy, kasbiy faoliyatida va hayotiy vaziyatlarda qo‘llashni amalga oshirish. Bugungi kunda talabalar bilimini boshqarish nafaqat o‘qituvchi tomonidan taqdim etilgan bilimlarni olish, uni takomillashtirishga, ayni paytdagi muammolarni ijodiy va mustaqil ravishda hal etishga qodir shaxsni shakllantirishga e’tibor qaratilishi kerak. Insonning faolligi uning sezgi, diqqat, xotira, tasavvur, fikrlash, nutq, aqliy va ruhiy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
366 Zamonaviy ta’lim tizimida ta’limga yangicha yondashuvlarni tahlil qilish va ularga mos holda dasturiy ta’minotlardan samarali foydalanish orqali ta’lim dasturlarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir. Ilmiy adabiyotlarda yuzaki, chuqur, natijaga yo‘naltirilgan va uzluksiz ta’limga asoslangan yondashuvlar ajratib ko‘rsatilgan bo‘lib, ularning har biri talabaning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan munosabati va motivatsion omillarini ifodalaydi [4]. Yuzaki yondashuvda talaba materialni shunchaki eslab qolish, imtihonni topshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bilimning mazmuni va amaliy qo‘llanishi bilan qiziqmaydi. Aksincha, chuqur yondashuvda talaba tushunchalarni o‘zlashtirish, izlanish, mazmunni anglash, mavjud bilim bilan bog‘lash orqali haqiqiy bilim hosil qilishga intiladi. Natijaga yo‘naltirilgan yondashuvda esa yuqori baho yoki natijaga erishishga harakat qiladi, vaqtni va resurslarni tartibli taqsimlab, ba’zan chuqur, ba’zan yuzaki usullarni qo‘llaydi. Uzluksiz ta’lim yondashuvi esa butun hayot davomida o‘qish va o‘zgaruvchan axborot muhitiga moslashish zaruriyatidan kelib chiqadi. Shu nuqtai nazardan, ta’lim dasturlarini yangilash jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, xususan, masofaviy ta’lim platformalari, sun’iy intellektga asoslangan baholash tizimlari va interaktiv vositalarni joriy etish orqali talabalarning individual yondashuvlarini hisobga olish mumkin. Bunday integratsiya ta’lim sifatini oshirishga, chuqur o‘zlashtirishga va uzluksiz o‘qish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Talabalarning psixologik xususiyatlari fan mazmunini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, zamonaviy talabalar vizual va interaktiv materiallarni yaxshiroq qabul qiladi. Shuning uchun darslarda multimedia vositalaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, interfaol usullar talabalarning bilimlarini 30% ga oshirishi mumkin. Loyihalar asosida o‘qitish: talabalar real loyihalarda ishtirok еtish orqali bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga еga bo‘ladi. guruhli ishlar: Bu usul talabalarning jamoaviy ishlash qobiliyatini oshiradi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari: Onlayn platformalar orqali bilimlarni mustahkamlash imkoniyati [5]. Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot fanining psixologik va pedagogik aspektlarini olib borilgan kuzatishlar, tajribalar va o‘rganilgan adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib quyidagilar aniqlandi: Psixologik aspektlar: motivatsiya – talabalarni zamonaviy raqamli texnologiyalar, davlat boshqaruvida raqamlashtirish jarayonlarining ahamiyatiga qiziqtirish, ichki va tashqi motivlarini uyg‘otish; axborot oqimini idrok etish – katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash, tanlab olish va muhimini ajratib olish qobiliyatini shakllantirish;
367 Kreativ va tanqidiy fikrlash – elektron hukumat tizimlarining samaradorligini tahlil qilish, muammoli vaziyatlarga yangicha yechim topish; Psixologik barqarorlik – yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan qo‘rquv charchoq yoki ishinchsizlikni yengib o‘tish; Shaxslararo munosabat – talabalar o‘rtasida hamkorlik, jamoaviy ish, onlayn kommunikatsiya madaniyatini shakllantirish; Kasbiy psixologik tayyorgarlik – davlat xizmati biznes yoki ta’lim sohasida elektron hukumat texnologiyalaridan foydalanishga psixologik tayyor bo‘lish. Pedagogik aspektlar: O‘quv jarayonini interfaollashtirish – elektron ta’lim platformalari, virtual sinflar, multimedia vositalaridan foydalanish; Innovatsion metodlardan foydalanish – masofaviy ta’lim, muammoli ta’lim, loyiha usuli, gamifikatsiya, case-study; Kompetensiyaga yo‘naltirish – talabalarni nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘nikma va malakalarga ega qilish; Individual yondashuv – turli tayyorgarlik darajasidagi talabalar uchun mos topshiriqlar va resurslar yaratish; Axborot madaniyatini shakllantirish – talabalarga davlat xizmatlaridan to‘g‘ri foydalanish, axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishni o‘rgatish; Integratsiya – fanlarni iqtisodiyot, huquq, axborot texnologiyalari bilan uzviy bog‘lab o‘qitish; Refleksiya va baholash – talabalar o‘z bilimlarini baholay olishi, mustaqil tahlil qilishi va o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish. Shunday qilib, yuqoridagi jadvaldan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, mamlakatimiz oliy ta’limini modernizatsiya qilish davom etmoqda, u zamon bilan hamnafas, ammo innovatsiyalar xavfini hisobga olish va o‘z samaradorligini isbotlagan an’anaviy ta’lim texnologiyalaridan voz kechmaslik zarur. Rossiyada samarali ta’lim muhitini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning muhim roli aniq, chunki ulardan foydalanish bilimlarni o‘zlashtirish darajasini oshirishga, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash va mustaqil fikrlashga tayyorlikni shakllantirishga yordam beradi. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, ta’lim faoliyatida innovatsion texnologiyalardan foydalanish yuqori saviyali mutaxassislar tayyorlashning zaruriy shartidir. Shu bilan birga, innovatsion texnologiyalardan foydalanish jarayonida jamiyat uchun yangi xavfxatarlar yuzaga kelishini unutmaslik kerak. Albatta, zamonaviy ta’lim muhitini amaliy o‘zgartirishda ilmiy tahlil va mavjud tajriba bilan taqdim etish va ularning
368 o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ergasheva Dilorom Daniyarovna. (2024). PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL ASPECTS OF DIGITALIZATION OF EDUCATION. Frontline Social Sciences and History Journal, 4(05), 27–35. https://doi.org/10.37547/social-fsshj-04-05-04. 2. Suropov B.M. (2024). INTEGRATING DIGITAL TECHNOLOGIES AND ECONOMIC KNOWLEDGE IN STUDENT TRAINING: PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL PERSPECTIVES. https://doi.org/10.5281/zenodo.13997365 3. Natarajan, Sundarapandiyan. (2015). E-GOVERNANCE IN EDUCATION: PURSUIT OF EDUCATION EXCELLENCE. i-manager's Journal on School Educational Technology. 11. 11. 10.26634/jsch.11.2.3701. 4. Marton, F., & Säljö, R. (1976). On qualitative differences in learning: I— Outcome and process. British Journal of Educational Psychology, 46(1), 4–11. https://doi.org/10.1111/j.2044-8279.1976.tb02980.x 5. Xursandov.H.F., GulDPI “Uzluksiz ta’limda aniq fanlarni o‘qitishga oid zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar” mavzusidagi Respublika ilmiyamaliy konferensiya materiallari to‘plami. 360-361 b.