scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XORIJ TAJRIBALARI ASOSIDA OILADA ILK YOSHDAGI BOLALAR BILAN ISHLASHNING NAZARIY ASOSLARI

Maloxat Esonova Akilovna, Mamajonova Saodatxon Bahromjon qizi

Abstract

Soʻnggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimiga qaratilgan e’tibor va sohani uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasi tizimda bolalar qamrovi imkoniyatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tarbiyachilaming kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlar samaradorligini oshirishda oʻziga xos yondashuvni talab etadi. Jismonan barkamol, axloqan pok, estetik didli, e’tiqodli, sadoqatli, texnika ilmining zamonaviy asoslarini puxta egallagan, har taraflama ma’naviy yetuk, jismonan garmonik rivojlangan kishini tarbiyalash hozirgi kungacha davrimizning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblanib kelindi.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 283 XORIJ TAJRIBALARI ASOSIDA OILADA ILK YOSHDAGI BOLALAR BILAN ISHLASHNING NAZARIY ASOSLARI Maloxat Esonova Akilovna1, Mamajonova Saodatxon Bahromjon qizi2 1Qoʻqon davlat universiteti dotsenti, 2Qoʻqon davlat universiteti, Maktabgacha ta’lim yoʻnalishi, 302-guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17544614 Soʻnggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimiga qaratilgan e’tibor va sohani uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasi tizimda bolalar qamrovi imkoniyatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tarbiyachilaming kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlar samaradorligini oshirishda oʻziga xos yondashuvni talab etadi. Jismonan barkamol, axloqan pok, estetik didli, e’tiqodli, sadoqatli, texnika ilmining zamonaviy asoslarini puxta egallagan, har taraflama ma’naviy yetuk, jismonan garmonik rivojlangan kishini tarbiyalash hozirgi kungacha davrimizning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblanib kelindi. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining "Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish" deb nomlangan ustuvor yoʻnalishida bolalarni sogʻlom turmush tarzini yuritishga oʻrgatish, gimnastika va faol oʻyinlar boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashgʻulotlari va sportga qiziqish uygʻotishni shakllantirish, jismonan sogʻlom oʻsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash masalasining ustuvor vazifa sifatida belgilab qoʻyilganligi ham fikrimizning yorqin namunasidir. Pedagogika va psixologiyada ilk yosh Pedagogika va psixologiyada ilk yosh toʻgʻilgandan boshlab 3 yoshgacha boʻlgan davrni qamrab oladi. Ba’zi manbalarda 0–2 yosh yoki 0–3 yosh deb olinadi, ammo umumiy qabul qilingan chegarasi 0–3 yoshdir. Bu davr bolaning jismoniy, nutqiy, emotsional va ijtimoiy rivojlanishi eng tez kechadigan bosqich hisoblanadi. Shu sababli ilk yoshdagi ta’lim-tarbiya metodikasi alohida fan sifatida shakllangan. Ilk yosh davrining ahamiyati. - Psixologik rivojlanish: bola bu davrda hissiyotlarni ifodalashni, ijtimoiy aloqalarni oʻrganadi. Onaga bogʻliqlikdan asta-sekin mustaqillikka oʻtish jarayoni boshlanadi. - Nutq rivoji: 1 yoshdan keyin bola atrofdagi tovushlarni takrorlashga, soʻzlarni shakllantirishga oʻtadi. - Jismoniy rivojlanish: yurish, yugurish, oddiy harakatlarni bajarish orqali muskullar mustahkamlanadi. - Bilish jarayonlari: sezgi organlari orqali oʻrganish, narsalarni ushlab koʻrish, taqqoslash, eslab qolish jarayoni tezlashadi. - Ilk yoshdagi bolalarning psixofiziologik rivojlanishini oʻrganish. Faning asosiy vazifalari - Tarbiya va ta’lim metodlarini ishlab chiqish. - Tarbiyachilar va ota-onalarni metodik bilimlar bilan ta’minlash. - Innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 284 - Chet el tajribalarini oʻrganib, milliy sharoitga moslashtirish. Davlat standartining maqsadi Davlat standartining maqsadi — maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sogʻlom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi bolalarning sogʻlom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat. Davlat standartining asosiy vazifalari: - Maktabgacha ta’limning mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilash; - Milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; - Oʻquv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; - Ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; - Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida toʻlaqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishga boʻlgan sanitariya-gigienik talablarni belgilash; - Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish me’yorlarini tartibga solish; - Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oʻyinlar, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsion vositalar bilan jihozlash; - Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yongʻin xavfsizligini ta’minlashga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini ta’minlash. Davlat standartining tarkibiy qismlari: - Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari (1-ilova); - Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat oʻquv dasturi (2-ilova); - Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oʻyinlar toʻplami, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash me’yorlari (3-ilova). Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida toʻlaqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishdagi gigienik talablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilishloyihalash ishlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yongʻin xavfsizligini ta’minlashga qoʻyiladigan talablar tegishli qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Namunaviy oʻquv rejasi. Maktabgacha ta’limning namunaviy oʻquv rejasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oʻtkaziladigan mashgʻulotlarning nomi, eng kam (minimal) hajmi va ularning yoshi boʻyicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.Namunaviy oʻquv reja maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun asos hisoblanadi. Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyilayotgan talablar. Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi. Kichik soha: Yirik motorika. Talab: Bola oʻz tanasi va uning a’zolarini boshqaradi, maqsadli toʻgʻri harakatlanadi. Kutilayotgan natijalar. 0-1 yosh: - Boshi va koʻkragini koʻtaradi; orqasidan qorniga va qayta oʻgiriladi; - yordamsiz oʻtiradi; REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 285 - oyoqlarini izlaydi va topib, ogʻziga tortadi; - turli yoʻnalishlarda emaklaydi; toʻrt oyoqlab harakatlanadi; - tirgakka suyangan holda oyoqda turadi; - kattalar yordamida va yordamisiz oyoqda turadi; - yura boshlaydi; - kichik toʻsiqlar ustidan xatlab oʻtadi. 1-2 yosh: - Kattalar yordamisiz turli yoʻnalishlarda yuradi; - tizzasiga oʻtiradi; - yuguradi; engashib oʻyinchoqlarni oladi; - zinapoyadan yuqoriga qadam ba-qadam koʻtariladi. 2-3 yosh: - Bir oyoqda turib muvozanatni saqlaydi; - mustaqil zinapoyadan koʻtariladi va tushadi; - tepalikdan sirgʻanib tushadi; - ikki oyoqlab bir joyda sakraydi, oldinga siljib sakraydi; - kichik toʻsiqlar ustidan sakrab oʻtadi; - yopiq eshikni ochadi, eshikdan kiradi va chiqadi; - uch oyoqli velosipedda uchadi. Bolani rivojlantirish boʻyicha faoliyat. 0-1 yosh: - Bolani sevimli oʻyinchoʻgʻi yaqiniga emaklab kelishini ragʻbatlantirish; - Bola oʻtirgan holatdan yotgan holatga tushishi va koʻtarila olishi uchun yumshoq joyni ta’minlash; - Bolani qorindan orqasiga aylanishini va qorniga oʻgirilishini ragʻbatlantirish; - “Men tomon emakla”, “oʻtir” koʻrsatmalari orqali bola bilan hamkorlikda oʻyinlar tashkil qilish; - Bola xatlab oʻta olishi uchun uni “past predmetlar” bilan ta’minlash; - Vazifani murakkablashtirish maqsadida predmetlar sonini (masalan, kubiklarni) astasekin koʻpaytirib borish; - Bola qiziqayotgan predmetiga emaklab yoki xatlab yetishishi uchun imkoniyat yaratish. 1-2 yosh: - Bolaga tortish, choʻzish, koʻtarish imkonini beruvchi predmetlarni taklif qilish; - Bola bilan qoʻl va oyoqlarni harakatlantirib va xirgoyi qilib oʻynash; - Bola erkin harakatlanishi uchun xavfsiz va mustahkam muhit yaratish; - Bolaga aravacha, otchalar, kubiklar, yirik oʻyinchoq mashinalar bilan oʻynashni oʻrgatish; - Bola bilan toʻgʻri yoʻnalishda yurish, yugurish, emaklash, predmetlarni otish/ilib olish imkoniyatini beradigan oʻyinlar oʻynash; - Ertalabki badantarbiyani ochiq havoda tashkil qilish. 2-3 yosh: - Bolaning harakat tajribasini turli xil jismoniy mashqlar bilan boyitish; - Bola bilan yoʻnalishini topishi va boʻsh joyda harakatlanishi uchun harakatli oʻyinlar oʻtkazish; REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 286 - Bolaga kichik tepalikka chiqish va tushishida koʻmaklashish; - Bolalarni harakat faolligini tashkil etishda jamoaviy shakllarga jalb etish; - Tanish harakatlarni birgalikda oson va erkin, bir maromda va kelishgan holda bajarish; - Polda turli kataklar, yoʻlakchalar, doirachalar chizish hamda bolaga quvonch va xursandchilik bagʻishlaydigan mashqlar bajarish. Kundalik hayotda, jamiyatda, tabiatda xavfsiz yurish-turish asoslarining shakllanishi toʻgʻilgandan 3 yoshgacha bola hali juda kam tajribaga ega boʻlganligi sababli: - Bolani qarovsiz qoldirmaslik va jarohatlanishning oldini olish; - Oʻyin va mustaqil harakat mobaynida doimiy ravishda bolaning kayfiyatini kuzatish; - Sokin va doʻstona ohangda gapirish; - Bolaga oʻyinchoq tanlashda ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga rioya qilish lozim. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish. Kichik soha: “Men” kontseptsiyasi. Talab: Bola oʻzini oʻz xususiyatlariga ega, ijobiy shaxs sifatida qabul qiladi. Bola mustaqil va oʻziga javob beradi. Kutilayotgan natijalar: 0-1 yosh: - Oʻz ismini muvozanat bildiradi, ishora va tovushlar bilan javob beradi; - ayrim tana a’zolarini koʻrsatadi (boshi, qoʻli, oyoq, burni); - koʻzguda oʻz aksiga kuladi; - kattalar e’tiborini turliicha oʻziga tortadi; - istagan natijaga erishganda xursandchilikni ifodalaydi yoki norozilik bildiradi, injqlanadi. 1-2 yosh: - Koʻzguda, rasmda oʻzini taniydi, oʻz ismini biladi; - kattalar talabi bilan uning istagi toʻgʻri kelmasa e’tiroz bildiradi; - kattalar tomonidan oʻzining harakatlariga bildirilgan ragʻbat va tanbehni farqlaydi. 2-3 yosh: - Oʻzi va buyumlari haqida soʻzlaydi (bu meniki); - hamma ishni oʻzi bajarishga intiladi; - oʻzi bajargan ishga sevinadi; - oʻz narsalarini taniydi; - oʻzini aniq bir jinsga mansubligini biladi; - biror-bir ishni mustaqil bajaradi. Bolani rivojlantirish boʻyicha faoliyat. 0-1 yosh: - Bolani ismi bilan chaqirish; - Bolaning tana a’zolarini koʻrsatish va nomini aytish; - Bolaga koʻproq tabassum bilan qarash, u bilan birgalikda koʻzguga qarash; - Turli vaziyatlarda bolaning hissiyotlarini ta’riflab oʻtish (“Zarina ayiqcha kelganiga xursand boʻlyapti”, “Shahzoda charchadi, uyqusi kelyapti”); - Bolaning harakatlariga koʻra munosabatni bildirish. 1-2 yosh: - Bolaga oʻzini ijobiy baholashida koʻmaklashish: “men — yaxshi”, “men tirishqoq”; - Bolani boshqalar bilan boʻlishishga oʻrgatishni boshlash; - “Oʻgʻil bolalar — kuchli”, “qiz bolalar — muloyim” kabi stereotiplardan qochish; REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 287 - “Man qilinadi” va “...mumkin emas” iboralaridan voz kechish; bolaga notoʻgʻri harakatlar oqibatini tushuntirgan holda uni yoʻnaltirish (“Qum koʻzingga tushsa, koʻzing ogʻriydi”). 2-3 yosh: - Bolani boshqalar bilan muloqotda oʻzini tanishtirishga odatlantirish; - Bolani yutuqlari uchun albatta maqtash, yutuqlar kichikroq boʻlsa ham; - Bola bosh boʻladigan holatlarni tashkil etish; - Tanbeh berishdan oʻzini tiyish. Singapur tajribasi. Ta’lim yondashuvi: Singapurda ilk yoshdagi bolalar uchun Early Childhood Development Agency (ECDA) tomonidan maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. 2–3 yoshdan boshlab bolalar “playgroup” guruhlariga qatnaydi. Metodika: - Oʻyin orqali ta’lim berish, koʻproq sezgi va qiziqishga asoslangan mashgʻulotlar. - Bolaning nutqiy rivojlanishi va ijtimoiy koʻnikmalariga katta e’tibor qaratiladi. Ota-onalar bilan hamkorlik: - Ota-onalarning bola tarbiyasidagi ishtiroki majburiy darajada ragʻbatlantiriladi. Chet el tajribasi 1. Singapur Dasturiy asos: ECDA (Early Childhood Development Agency) tomonidan 0–3 yosh uchun maxsus rivojlantiruvchi dasturlar mavjud. Metodika: - “Learning through play” (oʻyin orqali ta’lim). - Erta nutq rivojlantirish dasturlari (she’r va qoʻshiq orqali). - Montessori elementlari qoʻllaniladi. Afzalliklari: - Koʻp tillilikka tayyorlash (ingliz va mandarin). - Ota-onalarni ishtirokini majburiylashtirish. - Ijtimoiy tenglik – barcha qatlam uchun imkoniyat. Yaponiya tajribasi Ta’lim yondashuvi: Yaponiyada ilk yoshdan boshlab bolalarning mustaqilligi va ijtimoiy koʻnikmalarini shakllantirishga katta e’tibor beriladi. Metodika: - “Hoikuen” (bolalar bogʻchasi) va “Yochien” (maktabgacha ta’lim muassasalari) orqali bola 0 yoshdan boshlab tarbiyaga olinishi mumkin. Xususiyati: - Koʻproq intizom, tartib, guruhda ishlash va kattalarga hurmat qadriyatlari oʻrgatiladi. - Oʻyin faoliyati bilan bir qatorda oddiy uy yumushlariga jalb etish ham muhim. Innovatsion yondashuv: - Sensorika, musiqiy tarbiya va ijodkorlikni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratiladi. Yaponiya tajribasi 1. Tashkiliy tuzilma Yaponiyada ilk yoshdagi bolalar uchun ikki xil muassasa mavjud: - Hoikuen – parvarish va tarbiya maskanlari (0–6 yosh). Asosan ishlovchi ota-onalar bolalarini olib kelishadi. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 288 - Yochien – 3 yoshdan boshlab maktabgacha ta’lim muassasasi. - 0 yoshdan boshlab bolalar davlat nazoratidagi maktabgacha tizimga qabul qilinishi mumkin. 2. Metodika va tamoyillar - Mustaqillikni rivojlantirish – bola erta yoshdan oʻzini oʻzi kiyinish, ovqatlanish, oddiy vazifalarni bajarishga oʻrgatiladi. - Intizom va tartib – bolalar navbat kutish, guruhda ishlash, kattalarga hurmatni mashq qilishadi. - Life skills – bola oddiy mehnat jarayonlariga (oʻyinchoqlarni yigʻish, gullarga suv quyish) jalb etiladi. - Estetik tarbiya – musiqiy mashgʻulotlar, origami, rasm va qoʻl mehnati keng qoʻllaniladi. Xulosa Singapur tajribasidan – oʻyin asosida til oʻrgatish va ota-onalarni faol jalb qilish. Yaponiya tajribasidan – mustaqillik, intizom va oddiy mehnat koʻnikmalarini erta shakllantirish. Singapur tajribasi – zamonaviy, koʻptillilik va global dunyoga tayyorlashga yoʻnaltirilgan. Yaponiya tajribasi – milliy qadriyatlar va intizomni tarbiyalashga asoslangan. Oʻzbekiston uchun ikkalasidan ham eng yaxshi jihatlarni olish maqsadga muvofiq: ota-onalarni faol jalb qilish (Singapur) va bolalarni mustaqillik hamda intizomga oʻrgatish (Yaponiya). FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi Toshkent-2022. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori "Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi". 3. Esonova Maloxatxon Akilovna Maktabgacha pedagogika. Oquv qollanma. Toshkent-2022. 4. Malikovna, Nazirova Guzal, and Mamadjanova Muyassar Nurmatovna. "Basic principles of technology for teaching methodological subjects in preschool education." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 071 11.12 (2022): 415-417. 5. Achilova S. Pedagogical opportunities for the upbringing of physical qualities by purposeful development of action potential in preschool children // International Journal of Social Sciences & Interdisciplinary Researc. Vol.11. Date of publication: 04.04.2022, – P.134 143.(IF 7.429). 6. Esanova Malohat MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARGA YOʻNALTIRISH USULLARI Actual Problems in Higher Education in the Era of Globalization … 7. Esonova Maloxat MAKTABGACHA 6-7 YOSHLI BOLALARNI OʻQITISHDA MATEMATIK BILIMLAR BERISH Actual Problems in Higher Education in the Era of Globalization … 8. Esonova Malohat MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MATEMATIK RIVOJLANISHINING MILLIY VA XORIJIY KONSEPSIYALARI 9. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects (Spain) 2 … 10. Эсонова М. Акиловна.ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ РЕЧИ ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА Экономика и социум, 1086-1089