6-7 BOLALAR RIVOJLANISHINING PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA QILSHDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK
Abstract
Inson jismoniy rivojlanishini diagnoz qilish ancha oson kechadi, buning uchun ayrim mashqlar bajarilgach, uning natijasiga binoan xulosa chiqarish mumkin, lekin ruhiy, ma’naviy, ijtimoiy rivojlanishni tashxis qilish mashaqqatli faoliyatning mahsulasi hisoblanadi. Bolalar rivojlaninishining diagnostika qilishda ota onalar bilan hamkorlik qilish, eng samarali usul hisoblanadi Ushbu maqolada diagnoz qilish usullaridan foydalanish haqida fikr yuritilgan.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 298 6-7 BOLALAR RIVOJLANISHINING PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA QILSHDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK Hasanova Irodaxon Najmiddin qizi University of business and science Oliy ta’lim muassasasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17547873 Annotatsiya. Inson jismoniy rivojlanishini diagnoz qilish ancha oson kechadi, buning uchun ayrim mashqlar bajarilgach, uning natijasiga binoan xulosa chiqarish mumkin, lekin ruhiy, ma’naviy, ijtimoiy rivojlanishni tashxis qilish mashaqqatli faoliyatning mahsulasi hisoblanadi. Bolalar rivojlaninishining diagnostika qilishda ota onalar bilan hamkorlik qilish, eng samarali usul hisoblanadi Ushbu maqolada diagnoz qilish usullaridan foydalanish haqida fikr yuritilgan. Tayanch so’zlar: tashxislash, aqliy rivojlanish, Kern-Irasek, «Grafik diktant», yo‘riqnoma, suhbat, kuzatish, ko‘nikma, tayyorgarlik, diagnoz qilish,yondashish,omil. Jahonda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda diagnostik yondashuvlarni metodik takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Ilmiy-pedagogik izlanishlar natijalari ko‘rsatadiki, tayyorlov va katta guruh bolalarining individual rivojlanish xaritasini tuzish orqali ularning kognitiv, ijtimoiy-emotsional va lingvistik ko‘nikmalarini aniq baholash mumkin. Diagnostika tizimi orqali bola rivojlanishidagi muammoli nuqtalar erta aniqlanib, mos individual ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi. Zamonaviy ta’limda formativ monitoring, rivojlanish indikatorlari, kompetensiyaviy baolash kabi tushunchalar ushbu jarayonning asosini tashkil etmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan diagnostika vositalari ta’limning sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirishda diagnostik metodikalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, maktabgacha ta’limdagi diagnostik tizimni uzluksiz takomillashtirish global dolzarb masalaga aylangan. Dunyoda maktabgacha ta’limda diagnostika tizimini takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilgan. Kanadada maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligi va tayyorgarlik darajasini baholashga yo’naltirilgan “Rivojlanish monitoringi tizimi” (Early Development Instrument – EDI) loyihasi amalga oshirilgan. Buyuk Britaniyada “Boshlang‘ich tayyorgarlikni baholash modeli” (School Readiness Assessment Framework) loyihasi maktabgacha yoshdagi bolalarning tayyorgarligini aniqlash uchun ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqqan. AQSHda bolalarning ijtimoiy-emotsional va lingvistik rivojlanishini aniqlash maqsadida “Bolalar uchun integral rivojlanish diagnostikasi” (Diagnostic Assessment of Preschool Children) ilmiy-tadqiqot loyihasi amalga oshirilgan. Inson jismoniy rivojlanishini diagnoz qilish ancha oson kechadi, buning uchun ayrim mashqlar bajarilgach, uning natijasiga binoan xulosa chiqarish mumkin. Lekin ruhiy, ma’naviy, ijtimoiy rivojlanishni tashxis qilish mashaqqatli faoliyatning mahsulasi hisoblanadi. Bu maqsadda qo‘llanayotgan metodikalar muayyan darajada murakkab bo‘lib, har doim ham to‘g‘ri natija beraveradi, deb xulosa chiqarish, shoshilinch qaror qabul qilish noxush oqibatlarga olib keladi. Pedagogik amaliyotda pedagog-psixologlar va o‘qituvchilar shaxsning alohida sifatlarini o‘rganadilar, lekin olingan natijalarga asoslangan holda, rivojlanishning barcha tarkiblariga
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 299 umumiy baho berishga har doim ham musharraf bo‘lavermaydilar. Chunki tajriba uzluksizligini ta’minlash integrativ yondashishni taqozo etadi, ko‘pomillik tahlilgina uning echimiga ijobiy ta’sir etadi, xolos. Diagnostika (yunon tilida «dia»- shaffof, «gnosiss»-bilim degan ma’noni bildiradi)- o‘rganilayotgan ob’ekt yoki jarayon to‘g‘risida aniq ma’lumot olishning umumiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Diagnostikaning ahamiyatini meditsina nuqtai nazaridan qarasak, kasallik belgilari va ularni kelib chiqish sabablari to‘g‘ri aniqlansa, davolanish natijasida bemor tuzalib ketishining kafolati oshadi. Xato tashxis esa faqat shifokorlarning aqliy harakatini yo‘qqa chiqaribgina qolmay, balki kasalning tuzalish imkoniyatini ham susaytirishi mumkin. Tana aozolari salomatligi to‘g‘risida aytilgan ushbu fikrlar ruhiy sog‘liqqa ham bevosita aloqadordir. Ta’lim oluvchilarning shaxsiy-xarakterologik sifatlarini aniqlashning, hech bo‘lmaganda oddiy metodikasini egallash, uni tatbiq etish, kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning muhim unsurlaridan biridir. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv maskanlari o‘qituvchilari ko‘pincha o‘quvchi-yoshlarning aqliy qobiliyatlarini o‘rganishga e’tibor qaratadilar, ammo ularning tarbiyalanganlik darajalarini va xulqiy nuqsonlarini korreksiyalash muammolarining uzluksiz ta’lim tizimida yagona uzviylik va yaxlitlik nuqtai nazaridan talqin qilishga, uning echimlarini topishga o‘rinishmaydi. O‘quvchilar va bolalarning aqliy rivojlanishlari ko‘p jihatdan mustaqil fikrlashga, umumiy tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liq. Ularning tarbiyalanganlik darajasini tashxis qilish, ma’naviy-ma’rifiy rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish, zarur bo‘lsa xulqiy nuqsonlarini bartaraf etish hozirgi davrning muhim talablaridan biridir. Ijtimoiy pedagogik tashxispedagogik omillarning samaradorligini oshirish maqsadida shaxsga axloqiy, intellektual, estetik, jismoniy, sotsiologik, ekologik va ijtimoiy -psixologik ta’sir ko‘rsatish haqidagi axborotlarning majmui. Yoshlar jamoasidagi har bir shaxsning tarbiyalanganlik darajasini tashxis qilish uchun avvalambor «tarbiya» va «tarbiyalanganlik» atamasining tarkibiy qismlari, mezonlari nimalar bilan belgilanishini tushunish zarur. Shaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilish orqali hosil bo‘lgan obraz- «Men»-obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi insonning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini belgilaydi va barkamollik mezonlari bo‘lib hisoblanadi. Abdulla Avloniy o‘zining «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida inson kamolotida tarbiyaning o‘rnini alohida taokidlab, «Janobi Haq insonlarning asl xilqatda isteodod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin, bu insondagi qobiliyatni kamolga etkazmoq tarbiya vositasida bo‘ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta bo‘lsa, baxtiyor bir inson bo‘lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o‘ssa, nasihatni qulog‘iga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil bir rasvoi odam bo‘lib chiqadi» 1 -deb ta’kidlaydi. SHunday ekan, bugungi kunda pedagogik nazariya va amaliyot muammolarini tadqiq qilish va echimini topishda pedagogik tashxis hamda korreksiya muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogikada ilgari etarli darajada e’tibor berilmagan yo‘nalish-pedagogik tashxis shaxsning ma’naviy qiyofasini sotsiokorreksiyalash, xususan, o‘qish va xulq-atvordagi nuqsonlarni bartaraf etish masalalari bugungi kunda salmoqli ahamiyatga ega bo‘lib borishi bilan belgilanadi va u quyidagilarda o‘z aksini topadi: 1 Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ -Т., 1994 .-89 б
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 300 1. Mafkuraviy tizimning o‘zgarishi, ijtimoiy yangilanish tarbiyalanganlikka yangicha yondashish, qarash, munosabat, mezon, talab, mohiyat, mazmun, shakl, atribut taqozo etishi. 2. Milliylik bilan diniylikning uyg‘unlikka ega ekanligi, millatlararo munosabatlardagi bag‘rikenglik tarbiyalanganlik fenomenologiyasi ko‘lamini yanada kengaytirishni talab qilishi. 3. Bilimdonlik va tarbiyalanganlik zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol yondashuv asosida talqin qilinishiga ijtimoiy zarurat tug‘ilishi. 4. Pedagogik tadqiqotlarda psixologik nazariya va amaliy-ilmiy apparatni qo‘llanilishi, muhitga muvofiqlantirilishi tendensiyasi kuchayishi. 5. Test, testologiya (prinsiplari, funksiyalari, parametrlari, interpretatsiyasi) hamda matematik statistika imkoniyatlaridan foydalanilishi, diagnostika, korreksiya turkumlari tatbiqiyligi namoyish etilishi. 6. Xulq-atvorda og‘ish, ya’ni deviant holati ko‘lami kengayishi va uni bartaraf qilish ehtiyoji umumbashariy ahamiyat kasb etishi kabilar. Yoshlar jamoasida pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya ishlari metodik jihatdan to‘g‘ri yo‘naltirilganda jamiyatning har bir aozosi ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirishda, mafkuraviy immunitet hosil qilishda, ularning o‘zligini anglashda, vatanparvarlik va fidoiylik tuyg‘ularini, millatlararo totuvlikni, diniy bag‘rikenglikni, tolerantlikni shakllantirishda hamda komil insonga xos bo‘lgan fazilatlarni: sofdillik, to‘g‘riso‘zlik, adolatparvarlik, saxovatlilik, or-nomuslik, tantilik sifatlarini tarkib toptirishda ijobiy samaralarga erishish mumkin. Pedagogik tashxisning jamiyatimizdagi yosh avlod ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdagi ahamiyatini ilmiy asoslab berish, ularning ma’naviy qiyofasi, ularni sotsiokorreksiya qilish yo‘llari va qonuniyatlari, intellektual salohiyati orasidagi aloqadorlikni aniqlash, mavjud ma’naviy-ma’rifiy ishlarning bugungi holatidan kelib chiqqan holda uning ta’lim bosqichlariaro uzviylik va uzluksizligini ta’minlaydigan metodikani yaratish dolzarb muammo hisoblanadi. Bir qator tadqiqotchi olimlar pedagogik diagnostikani: «Pedagogik faoliyatni optimallashtirishda, qulaylashtirishda zarur bo‘lgan axborotni qo‘lga kiritish jarayoni» deb ta’kidlaydilar. YA. Yirasek, A. Kern yoshlarning bilim olishga moyilliklarini aniqlovchi yo‘naltiruvchi testlari, D. B.Elkoninning «Grafik diktant»i, A. L. Vengerning «Nuqtalar bo‘yicha chizish», I. SHvansarning «Aqliy rivojlanishni diagnostika qilish», V. V, Xolmovskayaning «Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning qobiliyatlarini tashxislash» kabi metodikalari mashhurdir. Rus olimi V. I. Zverev: »Pedagogik diagnostika-bu turli pedagogik vaziyatlarni o‘rganish, aniqlash, ta’lim tizimi qatnashchilarining xilma-xil qobiliyatlari darajasini bilishdan iborat jarayon»(65,12), -degan fikrni ilgari suradi. Boshqa rus olimasi L. Denyakina: «Pedagogik diagnostika-bu pedagogning o‘quvtarbiyaviy jarayonni tashxislashda individual-malakaviy sifatlarini belgilovchi, shaxsning ijodiy taraqqiy topishida ko‘makchi, pedagogik jamoaning muvaffaqiyatini oshiruvchi faoliyatdir»,-deb yozadi. Barcha tavsiflarni umumlashtirib, quyidagicha fikr bildirishni joiz deb o‘ylaymiz: pedagogik diagnostika-pedagog shaxsining va u bilan muloqotga kirishuvchilarning pedagogik tizim natijalarini tahlil qilish, kafolatlash va tavsiyalar berish jarayoni. Pedagogik diagnostika: birinchidan, individual ta’lim jarayonini qulaylashtirishi, ikkinchidan, jamiyat talabidan kelib chiqqan holda, ta’lim-tarbiya natijalarini to‘g‘ri aniqlashni taminlashi, kafolatlashi, uchinchidan, o‘ziga xos ta’lim yo‘nalishi va
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 301 mutaxassislikni oqilona tanlashga yordam berishi kerak. Pedagogik diagnostika yordamida ma’naviy-ma’rifiy jarayon tahlil qilinadi va ta’lim-tarbiya natijalari aniqlanadi. Tashxislashda nafaqat ta’lim-tarbiya natijalarini sarhisob qilish, balki ularning o‘zgarish dinamikasini ham nazarda tutish lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O’zbekiston respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi. –T.: 2018. 2. Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. Tafakkur sarchashmalari. T.2017-y. 3. N.M.Kayumova Maktabgacha pedagogika. TDPU nashriyoti. 2017-y. 4. Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ -Т., 1994 .-89 б 5. F.Qodirova.Maktabgacha pedagogika.darslik.2019 y.T.Tafakkur nashriyoti. 6. D.Q.Asqarova.Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi.o’quv qo’llanma.Namangan.2020.