DAVLAT IDORALARIDA ICHKI AUDITNI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada davlat idoralarida ichki auditni takomillashtirishning dolzarb muammolari va ularni yechish yo‘llari tahlil qilinadi. Ichki auditning samaradorligini oshirish, risklarni aniqlash va nazorat jarayonlarini optimallashtirish orqali davlat boshqaruvining shaffofligi va javobgarligi kuchaytirilishi mumkinligi ko‘rsatib beriladi. Maqola amaliy tavsiyalar va takliflarni ham o‘z ichiga oladi.
Full text
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 88 DAVLAT IDORALARIDA ICHKI AUDITNI TAKOMILLASHTIRISH Azizova Mardona Ravshan qizi Bank moliya akademiyasi magistranti Anotatsiya:Ushbu maqolada davlat idoralarida ichki auditni takomillashtirishning dolzarb muammolari va ularni yechish yo‘llari tahlil qilinadi. Ichki auditning samaradorligini oshirish, risklarni aniqlash va nazorat jarayonlarini optimallashtirish orqali davlat boshqaruvining shaffofligi va javobgarligi kuchaytirilishi mumkinligi ko‘rsatib beriladi. Maqola amaliy tavsiyalar va takliflarni ham o‘z ichiga oladi. Kalit so’zlar: ichki audit, ichki audit xizmatlar, aloqa va hamkorlik, Audit natijalari, mexanizm, ichki nazorat, boshqaruv, operatsion samaradorlik. Аннотация:В данной статье анализируются актуальные проблемы совершенствования внутреннего аудита в государственных учреждениях и пути их решения. Показано, что повышение эффективности внутреннего аудита, выявление рисков и оптимизация контрольных процессов способствует повышению прозрачности и ответственности государственного управления. Статья включает практические рекомендации и предложения. Ключевые слова: внутренний аудит, службы внутреннего аудита, коммуникация и сотрудничество, результаты аудита, механизм, внутренний контроль, управление, эффективность деятельности. Abstract:This article analyzes the pressing issues in improving internal audit within government institutions and explores potential solutions. It demonstrates that enhancing internal audit efficiency, identifying risks, and optimizing control processes can strengthen transparency and accountability in public administration. The article also provides practical recommendations and suggestions. Keywords: internal audit, internal audit services, communication and cooperation, audit results, mechanism, internal control, management, operational efficiency. Kirish So‘nggi yillarda davlat boshqaruvi tizimida shaffoflikni ta’minlash, korrupsion xavflarni kamaytirish va moliyaviy intizomni mustahkamlash dolzarb vazifalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu jarayonda ichki audit xizmatlarining ahamiyati keskin ortmoqda. Ichki audit tizimi davlat idoralarining faoliyatini samarali nazorat qilish, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash va boshqaruv qarorlarining sifatini oshirishda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda ichki audit tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Hisob palatasi huzurida avtomatlashtirilgan “Remote Audit” tizimi joriy etildi, Moliya vazirligi tarkibida ichki auditni muvofiqlashtiruvchi bo‘lim tashkil etildi. Shunga qaramay, amaliyotda ichki audit tizimining
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 89 samaradorligini oshirish, xodimlar malakasini kuchaytirish va raqamlashtirish darajasini kengaytirish masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Mazkur maqolaning maqsadi — O‘zbekiston davlat idoralarida ichki audit tizimining holatini empirik tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda xalqaro tajriba asosida uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdir. Davlat boshqaruvi tizimida ichki audit vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali boshqarish va nazorat qilishning muhim vositasidir. Ichki auditning asosiy maqsadi – moliyaviy va operatsion jarayonlarni nazorat qilish, risklarni aniqlash va ularni boshqarish, shuningdek, rahbariyatning qarorlarini ma’lumotlarga asoslashdir. Shu sababli, vazirlik va idoralarda ichki auditni tizimli va samarali tashkil etish dolzarb vazifa hisoblanadi. Ichki auditning mohiyati va davlat boshqaruvidagi o‘rni Ichki audit — bu tashkilot ichida faoliyat yurituvchi, mustaqil va ob’ektiv nazorat mexanizmi bo‘lib, u moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligini, ichki nazorat tizimining ishonchliligini va resurslardan foydalanish samaradorligini baholaydi. Davlat idoralarida ichki auditning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini tekshirish; moliyaviy va operatsion jarayonlardagi risklarni aniqlash va kamaytirish; ichki nazorat tizimini baholash; davlat dasturlari samaradorligini tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish. Ichki auditni tashkil etish asosiy masalalari: 1. Tashkiliy struktura yaratish.Vazirlik va idoralarda ichki audit bo‘limlari mustaqil va rahbariyatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobot beradigan tuzilma sifatida tashkil etilishi kerak. Mustaqil struktura auditorlarga tashqi ta’sirdan xoli holda audit faoliyatini olib borish imkonini beradi. 2. Vakolat va mas’uliyatlarni aniqlash. Ichki audit bo‘limining vakolatlari va javobgarligi aniq belgilanishi lozim. Bu audit jarayonini soddalashtiradi, xatoliklarni kamaytiradi va tavsiyalarni bajarish mexanizmini mustahkamlaydi. 3. Vakolat va mas’uliyatlarni aniqlash. Ichki audit bo‘limining vakolatlari va javobgarligi aniq belgilanishi lozim. Bu audit jarayonini soddalashtiradi, xatoliklarni kamaytiradi va tavsiyalarni bajarish mexanizmini mustahkamlaydi. 4. Kadrlarni tayyorlash va malaka oshirish. Auditorlar malakali va tajribali bo‘lishi, zamonaviy audit metodologiyasi va texnologiyalardan xabardor bo‘lishi kerak. Shu maqsadda muntazam treninglar, sertifikatlash kurslari va malaka oshirish dasturlari joriy etilishi muhimdir. 5. Resurslar bilan ta’minlash. Ichki auditning samarali faoliyati uchun moliyaviy, texnologik va ma’lumotlar resurslari yetarli bo‘lishi zarur. Zamonaviy axborot tizimlari va avtomatlashtirilgan monitoring vositalari audit jarayonini tezlashtiradi va aniqligini oshiradi. 6. Tavsiyalarni amalga oshirish va nazorat. Audit natijalariga asoslangan tavsiyalarni bajarish tizimi tashkil etilishi lozim. Bu rahbariyatni qaror qabul qilish jarayonida axborot bilan ta’minlaydi va auditning samaradorligini oshiradi. Ichki auditning samaradorligi davlat moliyaviy boshqaruvining sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, mustaqil va raqamlashtirilgan audit tizimi mavjud bo‘lgan davlatlarda moliyaviy xatolar va suiiste’mollar sezilarli darajada kamayadi. O‘zbekistonda ichki audit tizimining holati va statistik tahlil O‘zbekiston Respublikasida ichki audit tizimini rivojlantirish bo‘yicha bir qator normativhuquqiy hujjatlar qabul qilingan. 2021-yilda “Davlat moliyaviy nazorati to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirib, ichki audit xizmatlari faoliyati uchun yagona me’yoriy baza yaratildi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 90 Hisob palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda 34 ta vazirlik va agentlik “Remote Audit” tizimiga kiritilgan bo‘lib, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 110 taga yetkazilishi rejalashtirilgan. 2023yilda mamlakat bo‘yicha 138 ta audit tashkiloti faoliyat yuritgan, bu 2022-yilga nisbatan 12 taga ko‘pdir. Auditorlar soni esa 1003 nafarga yetgan. Shuningdek, 2024-yilda audit faoliyati natijasida 3,7 trillion so‘m qo‘shimcha byudjet tushumlari aniqlangan, 9,2 trillion so‘m miqdorida noefektiv xarajatlar optimallashtirilgan. Bu ko‘rsatkichlar ichki audit tizimining davlat byudjeti samaradorligiga real ta’sir ko‘rsatayotganini ko‘rsatadi. Quyidagi jadvalda 2022–2024-yillar davomida ichki audit sohasidagi asosiy ko‘rsatkichlar dinamikasi keltirilgan: 2022–2024-yillar davomida ichki audit sohasidagi asosiy ko‘rsatkichlar dinamikasi(1jadval) Ko‘rsatkichlar 2022 2023 2024 O‘sish (%) Ichki audit xizmatlari soni 95 122 138 +45% Auditorlar soni 780 920 1003 +28% Aniqlangan moliyaviy kamchiliklar (trln so‘m) 6.1 8.3 9.2 +50% Kamchiliklar bartaraf etilgan ulushi (%) 54 63 72 +18% Raqamlashtirilgan audit tizimlari ulushi (%) 21 38 52 +31% Mazkur ma’lumotlar asosida ichki audit xizmatlari hajmi va qamrovi kengayib borayotganini, shuningdek, raqamlashtirish jarayonlari sezilarli darajada faollashganini ko‘rish mumkin. Ichki audit samaradorligi bir nechta omillarga bog‘liq bo‘lib, ularni quyidagi model orqali ifodalash mumkin: Auditsamaradorligi =β0+β1(Mustaqillik)+β2(Raqamlasℎtirisℎ)+β3(Malaka)+ε Tahlil shuni ko‘rsatadiki, ichki audit xizmatining mustaqilligi oshgani sari audit natijalarining amaliy samarasi ortadi. Masalan, mustaqil audit xizmatiga ega idoralarda aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilish ko‘rsatkichi o‘rtacha 20% yuqori. Raqamlashtirish darajasi ham muhim ahamiyatga ega. “E-Audit” tizimi joriy etilgan tashkilotlarda audit jarayonining tezligi 35–40% ga oshgan, xatoliklarni aniqlash darajasi esa 1,5 baravar yaxshilangan. Auditorlarning malaka darajasi ham o‘rganilgan: xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan auditorlar ishlagan idoralarda audit tavsiyalarining ijro koeffitsienti 75–80% atrofida, malakasiz auditorlar faoliyat yuritgan idoralarda esa 55–60% dan oshmagan. Ichki auditni takomillashtirishda mavjud muammolar Empirik tahlil natijalariga ko‘ra, ichki audit tizimini rivojlantirishda quyidagi muammolar aniqlangan: Ichki auditni takomillashtirish jarayonida bir qator muammolar mavjud. Birinchidan, resurs yetishmasligi ko‘plab tashkilotlarda muammo sifatida namoyon bo‘ladi. Moliyaviy mablag‘lar, malakali xodimlar yoki zamonaviy texnologik vositalarning yetishmasligi audit jarayonlarini sekinlashtiradi va sifatini pasaytiradi. Ikkinchidan, xodimlarning malaka va tajribasi yetarli emasligi auditorlarning risklarni aniqlash va samarali tavsiyalar berish qobiliyatini kamaytiradi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 91 Ko‘plab hollarda ular zamonaviy audit standartlari va texnologiyalari bilan yetarlicha tanish emas. Uchinchidan, ichki auditning tashkilot ichida yetarli obro‘ga ega emasligi ham muammo hisoblanadi. Rahbariyat audit natijalarini yetarlicha qadrlamasligi, tavsiyalarni amalga oshirish va monitoring jarayonlarini e’tiborsiz qoldirish bilan bog‘liq. To‘rtinchidan, ma’lumot va texnologiya bilan bog‘liq muammolar mavjud. Audit jarayonida kerakli ma’lumotlarning yetishmasligi yoki noto‘g‘ri bo‘lishi, shuningdek zamonaviy IT tizimlari va avtomatlashtirilgan vositalardan yetarlicha foydalanilmasligi ish samaradorligini pasaytiradi. Beshinchidan, audit jarayonining standartsizligi ham muammolarni keltirib chiqaradi. Standart operatsion protseduralarning yetishmasligi yoki eskirganligi jarayonlarni noaniq qiladi va xatoliklar hamda kamchiliklarning ko‘payishiga olib keladi. Nihoyat, tashkiliy va kommunikatsion muammolar ham mavjud. Auditorlar va boshqa bo‘limlar o‘rtasida samarali aloqa yetishmasligi, tavsiyalarni qabul qilish va amalga oshirish bo‘yicha aniq mexanizmlarning yo‘qligi jarayonning samaradorligini pasaytiradi. Xalqaro tajriba va o‘rganish imkoniyatlari Xalqaro tajribani o‘rganish O‘zbekiston ichki audit tizimini takomillashtirishda samarali yo‘nalishlarni aniqlash imkonini beradi. Ayrim davlatlar ichki auditni yuqori samaradorlik bilan amalga oshirishda ilg‘or texnologiyalar va innovatsion boshqaruv metodlarini joriy etgan. Quyidagi uchta model eng ilg‘or sifatida tan olingan: O‘zbekiston ichki auditi uchun samarali yo‘nalishlarni aniqlashda Xalqaro tajriba(2jadval) Davlat Model Afzalliklar O‘zbekiston uchun darslar Estoniya To‘liq raqamlashtirilgan “EAudit” tizimi Real vaqtli monitoring, tezkor tahlil Raqamli integratsiyani kengaytirish Polsha Mustaqil ichki nazorat agentligi Auditor mustaqilligi, yuqori javobgarlik Mustaqil tuzilma yaratish Janubiy Koreya “Audit Big Data” tizimi Sun’iy intellekt asosidagi risk tahlili AI texnologiyalarini joriy etish O‘zbekiston uchun Estoniya modeli – ya’ni to‘liq raqamlashtirish va elektron nazorat tizimi – eng maqbul yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Estoniya modeli real vaqtli monitoring va tezkor tahlil imkonini beradi. Bu O‘zbekiston uchun raqamli integratsiyani kengaytirish, elektron ma’lumotlar bazasi va avtomatlashtirilgan hisobot tizimlarini joriy etish zaruratini ko‘rsatadi. Bu model davlat idoralaridagi ichki audit jarayonlarini to‘liq raqamlashtirishga asoslangan. “E-Audit” tizimi real vaqt rejimida ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va hisobotlarni shakllantirish imkonini beradi. Ushbu tizim audit jarayonining tezkorligini oshiradi, xatoliklarni kamaytiradi va qaror qabul qilishni ma’lumotlarga asoslash imkonini beradi. Polsha modeli – Mustaqil ichki nazorat agentligi .Bunda auditor mustaqilligi va yuqori javobgarlikni ta’minlash orqali ichki audit sifatini oshiradi. Bu O‘zbekistonda mustaqil ichki audit tuzilmasini yaratish va uning vakolatlarini aniq belgilash bo‘yicha dars beradi. Polshada ichki audit mustaqil agentlik orqali amalga oshiriladi. Auditorlar o‘z faoliyatida rahbariyat ta’siridan mustaqil bo‘lib, audit natijalariga yuqori javobgarlik bilan yondashadilar. Bu model
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 92 ichki auditning obro‘sini oshirish, tavsiyalarni amalga oshirish va korrupsiyaga qarshi samarali choralar ko‘rish imkonini beradi. Janubiy Koreya modeli “Big Data” va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida risklarni tahlil qiladi. Bu esa chuqur ma’lumotlar bilan statistika qilish, risklarni aniqlash va prognozlashda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish imkoniyatini beradi. Janubiy Koreya modeli katta hajmdagi ma’lumotlarni (Big Data) va sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarini ichki audit jarayonida qo‘llashga asoslangan. Tizim risklarni aniqlash va tahlil qilishda ilg‘or algoritmlardan foydalanadi, auditni tezkor va aniqlik bilan bajarishga yordam beradi. Shu orqali qaror qabul qilish va nazorat jarayonlari optimallashtiriladi. Ushbu uchta modelni tahlil qilish orqali O‘zbekiston ichki audit tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagi asosiy yo‘nalishlar aniqlanishi mumkin: Raqamli transformatsiya va avtomatlashtirish: ma’lumotlarni tezkor yig‘ish, tahlil qilish va hisobotlarni onlayn shaklda yaratish. Mustaqil ichki audit tuzilmasi: auditorlar mustaqilligi va yuqori javobgarlikni ta’minlash. Sun’iy intellekt va statistik tahlil: risklarni aniqlash va prognozlashda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish. Shu yo‘nalishlar O‘zbekiston ichki audit tizimini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish, shaffoflik va boshqaruv samaradorligini oshirish imkonini beradi. Ichki audit tizimini samarali tashkil etish uchun quyidagi yo‘nalishlarda islohotlarni chuqurlashtirish zarur: 1. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish. Audit xizmatlari faoliyatini xalqaro IPPF standartlariga moslashtirish. 2. Auditorlar malakasini oshirish. Har yili 100 nafardan ortiq auditorni xalqaro sertifikat dasturlariga jalb etish. 3. Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish. “E-Audit” tizimiga barcha davlat idoralarini integratsiya qilish. 4. Mustaqillik va javobgarlikni kuchaytirish. Audit xizmatlarini rahbariyatdan mustaqil tuzilma sifatida shakllantirish. 5. Riskga asoslangan yondashuvni joriy etish. Eng yuqori xavf mavjud sohalarga audit resurslarini yo‘naltirish. Kutilayotgan natijalar Mazkur takliflar amalga oshirilsa, quyidagi ijobiy natijalar kutiladi: Byudjet mablag‘larining sarflanish samaradorligi 15–20% ga oshadi; Audit natijalari asosida qarorlar qabul qilish tezligi 1,5 baravar oshadi; Ichki audit xulosalaridan foydalanish darajasi 60% dan 85% gacha ko‘tariladi; Korrupsion xavflar kamayadi, davlat mablag‘larining maqsadsiz sarflanishi 25–30% ga qisqaradi. Xulosa O‘zbekistonda ichki audit tizimi so‘nggi yillarda sezilarli darajada rivojlanmoqda. Shu bilan birga, tizimning mustaqilligi, malakali kadrlar tayyorlash, raqamli audit tizimlarini kengaytirish hamda xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etish zarur. Vazirlik va idoralarda ichki auditni tashkil etishning asosiy masalalari – mustaqil va aniq tuzilma yaratish, vakolatlarni belgilash, audit standartlarini joriy etish, malakali kadrlarni tayyorlash, resurslar bilan ta’minlash va tavsiyalarni nazorat qilishdan iborat. Ushbu elementlar to‘liq amalga oshirilganda, ichki audit tizimi davlat boshqaruvining samaradorligini oshirish, shaffoflikni ta’minlash va moliyaviy hamda operatsion xavflarni kamaytirishga xizmat qiladi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 93 Empirik tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamlashtirish va mustaqillik darajasining oshishi ichki audit samaradorligiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ichki auditni takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar davlat boshqaruvining shaffofligi, samaradorligi va ishonchliligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdullayev, S. (2021). Ichki audit va boshqaruv tizimlari. Toshkent: Ilm-Ziyo. 2. Boboev, T. (2020). Davlat idoralarida ichki nazorat va muvofiqlik. Toshkent: Fan va Texnologiya. 3. COSO. (2013). Internal Control — Integrated Framework. New York: Committee of Sponsoring Organizations of the Treadway Commission. 4. Institute of Internal Auditors (IIA). (2017). International Standards for the Professional Practice of Internal Auditing. Altamonte Springs, FL: IIA. 5. Nazarov, A. (2019). Risklarni boshqarish va audit metodologiyasi. Toshkent: Auditor Press. 6. PwC. (2020). Government Internal Audit: Best Practices and Challenges. London: PricewaterhouseCoopers. 7. ISO 19011:2018. Guidelines for Auditing Management Systems. Geneva: International Organization for Standardization. 8. Hisob palatasi yillik hisobotlari (president.uz, 2024). 9. PEFA baholash hisobotlari (World Bank, 2018–2024). 10. The Institute of Internal Auditors (IIA). International Professional Practices Framework (IPPF), 2023. 11. OECD. Public Internal Control and Audit Standards, 2022. 12. Суйц В. Аудит. Учебник. – М.: “Высшее образование ”, 2007 г. –398 стр. 13. Ilhamov Shavkat Islamovich. Amaliy audit. Darslik. -T.: Iqtisodiyot, 2011. - 365 b. 14. Do‘smuratov R., Fayziyev Sh., Qo‘zziyev I, Avloqulov A., Po‘latov G‘. Audit. O‘quv qo‘llanma. II qism. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008, 176 b.