scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TIJORAT BANKLARI AKTIVLARINING DAROMADLILIGIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR

Eshqorayev, Javohir

Abstract

Mazkur maqolada tijorat banklari aktivlarining daromadliligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Xususan, makroiqtisodiy barqarorlik, inflyatsiya darajasi, investitsion muhit, qimmatli qog‘ozlar bozori rivoji, kredit siyosati va kredit portfelining diversifikatsiya darajasi banklar daromadliligini belgilovchi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Prezidentning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarning banklarning moliyaviy barqarorligiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil etiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tijorat banklari aktivlaridan olinadigan daromadlilikni oshirish uchun kredit portfelini optimal boshqarish, risklarni kamaytirish va aktivlar tarkibini diversifikatsiya qilish zarur degan xulosaga kelindi.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 09, 2025 93 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com TIJORAT BANKLARI AKTIVLARINING DAROMADLILIGIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR Eshqorayev Javohir Termiz Davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi talabasi [email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqolada tijorat banklari aktivlarining daromadliligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Xususan, makroiqtisodiy barqarorlik, inflyatsiya darajasi, investitsion muhit, qimmatli qog‘ozlar bozori rivoji, kredit siyosati va kredit portfelining diversifikatsiya darajasi banklar daromadliligini belgilovchi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Prezidentning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarning banklarning moliyaviy barqarorligiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil etiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tijorat banklari aktivlaridan olinadigan daromadlilikni oshirish uchun kredit portfelini optimal boshqarish, risklarni kamaytirish va aktivlar tarkibini diversifikatsiya qilish zarur degan xulosaga kelindi. Kalit so‘zlar tijorat banklari, aktivlar daromadliligi, kredit portfeli, diversifikatsiya, moliyaviy barqarorlik, inflyatsiya, qimmatli qog‘ozlar bozori, investitsion kreditlar, risklarni boshqarish, foiz daromadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi farmonida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bank tizimining moliyaviy mustahkamligini oshirishda muhim omil sifatida qayd etilgan. Xususan, inflyatsiya darajasini 5 foizdan yuqori bo‘lmagan ko‘rsatkichda ushlab turish orqali tijorat banklarining milliy valyutadagi aktivlarining qadrsizlanish xavfi pasayadi. Bu esa, bir tomondan, banklar tomonidan kredit resurslari qiymatini kamaytirish imkonini yaratadi, ikkinchi tomondan esa, kreditlarning qaytarilish ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga hamda kredit operatsiyalaridan olinadigan foiz daromadlarining ortishiga olib keladi. Shuningdek, iqtisodiyotga investitsiyalar oqimini kengaytirish tijorat banklarining investitsion kreditlar hajmini oshiradi. Mamlakatda qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishi esa banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq aktiv, passiv hamda savdo-vositachilik operatsiyalari hajmini kengaytiradi. Natijada: • tijorat banklarining foiz va dividendlar ko‘rinishidagi daromadlari oshadi; • yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar (jumladan, Markaziy bank va Hukumat obligatsiyalari) portfeli kengaygani sababli banklarning joriy likvidliligi mustahkamlanadi. Bu holat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining likvidlilik bo‘yicha prudensial talablariga to‘liq mos keladi. Chunki mazkur qimmatli qog‘ozlar yuqori likvidli aktivlar sifatida e’tirof etiladi va bankning likvidlik ko‘rsatkichlarida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali AT “Asakabank” kredit portfelining tarmoq tarkibiga e’tibor qaratamiz va xulosa qilamiz. 1-jadval INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 09, 2025 94 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com AT “Asakabank” kredit portfelining tarmoq tarkibi, foizda 1 Tarmoqlar 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y. 2023 y. Sanoat 62,8 68,2 70,6 67,2 63,9 Qishloq xo‘jaligi 6,8 5,5 4,3 4,0 3,6 Transport va kommunikatsiya 1,2 1,9 1,8 1,8 1,7 Qurilish 1,2 1,2 1,3 1,0 1,0 Savdo va umumiy ovqatlanish 3,9 4,4 4,9 4,6 3,4 Moddiy-texnika ta’minoti 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 Uy-joy kommunal xo‘jaligi 0,5 0,4 0,4 0,3 0,4 Boshqa tarmoqlar va sohalar (shu jumladan jismoniy shaxslar) 23,6 18,4 16,7 21,1 27,0 Jami 100 100 100 100 100 1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Asakabank kredit portfelining diversifikatsiya darajasi 20192023 yillarda juda past bo‘lgan. CHunki, iqtisodiyotning sanoat tarmog‘iga berilgan kreditlarning Asakabankning kredit portfelidagi ulushi tahlil qilingan davr mobaynida 62 foizdan yuqori bo‘lgan. Holbuki, xalqaro bank amaliyotida umum e’tirof etilgan mezonga ko‘ra, tijorat banklari kreditlarining 25 foizdan ortiq qismini bitta tarmoq korxonalariga berilishi maqsadga muvofiq emas. 1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, iqtisodiyotning tayanch tarmoqlari bo‘lgan qishloq xo‘jaligi, transport va kommunikatsiya, qurilish tarmoqlariga berilgan kreditlar Asakabankning kredit portfelida juda kichik salmoqni egallaydi. Xulosa va takliflar (o‘zgartirilgan ko‘rinish) 1. Kredit portfeli tuzilmasining yetarlicha diversifikatsiya qilinmaganligi tijorat banklari faoliyatida kredit riskining yuqori darajada saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Kreditlarning ma’lum tarmoqlar yoki mijozlar guruhlari bo‘yicha to‘planib qolishi potentsial zararlarni oshiradi. 2. Tijorat banklarida kredit operatsiyalarining daromadlilik–xavflilik nisbatini optimallashtirish maqsadida kredit portfelining moliyaviy xavfsizlik darajasini baholovchi ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish maqsadga muvofiq. Bunda: o kreditlarning o‘rtacha rentabellik darajasi, o kredit portfelining sektoral diversifikatsiya ko‘rsatkichlari, o kreditlarning tasniflanish darajasi, o kechiktirilgan kreditlar ulushi kabi ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor qaratilishi kerak. 3. Banklar uchun risklarni oldindan baholashga asoslangan kredit siyosatini takomillashtirish, kredit oluvchilarning moliyaviy holatini tahlil qilishda zamonaviy scoring texnologiyalaridan foydalanish daromadlilikni oshirishning muhim shartidir. 1 Jadval muallif tomonidan AT Asakabankning yillik xisobotlari ma’lumotlari asosida tuzilgan. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 09, 2025 95 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1.O‘zbekiston Respublikasi qonuni “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”, 2016-yil 13-aprel, № O‘RQ404. 2.“Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalar”, http://www.lex.uz 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan ‘‘Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni