INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 11, 2025 121 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us INVESTITSIYA LOYIHALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI ANIQLASH MEXANIZMLARI Eshqorayev Javohir Termiz Davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi talabasi
[email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqolada kapital qo‘yilmalar (investitsiyalar) samaradorligini baholashning nazariy asoslari, ularning iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rinishlari hamda baholash mezonlari yoritib berilgan. Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va mehnat unumdorligini oshirish orqali namoyon bo‘lsa, ijtimoiy samaradorlik aholining turmush sifati, ta’lim darajasi va sog‘liqni saqlash sohasidagi yaxshilanishlarda aks etishi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada kapital qo‘yilmalarni baholashda qo‘llaniladigan umumiy (absolyut) va nisbiy samaradorlik ko‘rsatkichlari, ularning amaliy ahamiyati hamda me’yoriy qiymatlari tahlil qilingan. Shuningdek, investitsiyalar samaradorligini oshirish uchun tejamkor variantlarni tanlash, texnik modernizatsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini yangilash zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari investitsion qarorlar qabul qilishda ilmiy yondashuvning ahamiyatini ochib beradi hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonida investitsiyalarni oqilona rejalashtirishning muhimligini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar: kapital qo‘yilmalar, iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy samara, me’yoriy koeffitsient, investitsion qarorlar, ishlab chiqarish samarasi, nisbiy samaradorlik, ishlab chiqarish xarajatlari, resurslardan samarali foydalanish. Samaradorlik tushunchasini izohlashdan avval, “samara” va “samaradorlik” atamalarining mazmuniga e’tibor qaratish kerak. Iqtisodiy samara deganda ishlab chiqarish hajmining oshishi, mehnat unumdorligining ko‘tarilishi, milliy daromadning ko‘payishi yoki ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshlang‘ich va joriy xarajatlarning qisqarishi tushuniladi. Ijtimoiy samara esa jamiyat farovonligini oshirish, aholining ta’lim darajasini yuksaltirish, bo‘sh vaqtning ko‘payishi kabi omillar orqali namoyon bo‘ladi. Samaradorlik (iqtisodiy yoki ijtimoiy) esa erishilgan samaraning unga sarflangan resurslar va xarajatlarga nisbati bilan aniqlanadi. Buni quyidagi formula asosida ifodalash mumkin: Iqtisodiy samaradorlik = Olingan natija / Natijaga erishish uchun sarflangan xarajatlar. Ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini baholash mezoni milliy daromad hajmini ishlab chiqarish resurslari va xarajatlariga nisbatan maksimal darajada oshirishga erishishdir. Shu sababli kapital qo‘yilmalar samaradorligini aniqlash muammosi doimo nazariya va amaliyot oldida turgan eng muhim masalalardan biri bo‘lib kelgan. Sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti tomonidan kapital qo‘yilmalar samaradorligini baholash bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Natijada akademik T. S. Xachaturov boshchiligida kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning Namunaviy (tipovoy) metodikasi ishlab chiqilgan. Ushbu metodika uzoq yillar davomida amaliyotda qo‘llanilib kelmoqda va hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 11, 2025 122 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us Rossiya Fanlar akademiyasi hamda Statistika vazirligining fikriga ko‘ra, xalq xo‘jaligi miqyosida iqtisodiy samarani milliy daromadning o‘sishi orqali baholash mumkin. Bunda iqtisodiy samara xalq xo‘jaligi tarkibiy bo‘g‘inlarida – tarmoqlar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlar darajasida shakllanadi. Demak, yuqori bo‘g‘inning samaradorligi ko‘p jihatdan pastki bo‘g‘inning samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, iqtisodiy samaradorlikni korxona darajasidan boshlab, butun iqtisodiyot darajasigacha o‘rganish zaruriyatini tug‘diradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning yakuniy maqsadi inson ehtiyojlarini qondirish bo‘lganligi sababli kapital qo‘yilmalar samaradorligini faqat iqtisodiy foyda nuqtayi nazaridan emas, balki ijtimoiyiqtisodiy natija sifatida baholash maqsadga muvofiqdir. Ya’ni, bozor iqtisodiyotini shakllantirishning o‘zi maqsad emas, balki jamiyatning ijtimoiy farovonligini ta’minlash vositasidir. Investitsion rejalashtirish va loyihalashtirish jarayonlarining barcha bosqichlarida kapital qo‘yilmalar samaradorligini hisoblab borish talab etiladi. Namunaviy metodikaga ko‘ra, kapital qo‘yilmalar samaradorligi ikki asosiy ko‘rsatkich asosida aniqlanadi: 1. Umumiy (absolyut) iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti, 2. Nisbiy iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti. Bunda umumiy samaradorlik olinadigan natijaning uni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kapital xarajatlariga nisbati orqali hisoblanadi. Shuningdek, kapital qo‘yilmalarning o‘zini qoplash muddati ham hisob-kitobda muhim o‘rin tutadi. Kapital qo‘yilmalar samaradorligini baholash jarayonida umumiy (absolyut) iqtisodiy samaradorlik bo‘yicha olingan natijalar amaldagi me’yoriy ko‘rsatkichlar hamda avvalgi yillarning statistik natijalari bilan solishtiriladi. Agar kapital qo‘yilmalar ko‘rsatkichlari belgilangan me’yorlardan past bo‘lmasa yoki o‘tgan davr natijalariga nisbatan yuqori bo‘lsa, u holda kapital qo‘yilmalar iqtisodiy jihatdan samarali deb baholanadi. Iqtisodiy me’yor deganda o‘zaro mazmun jihatdan bir xil hisoblangan ko‘rsatkichlar tizimi uchun belgilangan normativ qiymat, masalan samaradorlikning standart miqdori (Yen), tushuniladi. Kapital qo‘yilmalar samaradorligi odatda ishlab chiqarish hajmi o‘sishi natijasida olingan qo‘shimcha mahsulot miqdorining ushbu natijaga erishish uchun sarflangan investitsiyalar hajmiga nisbatida o‘lchanadi. Biroq kapital qo‘yilmalar samaradorligini baholashdagi murakkablik shundan iboratki, investitsiya kiritish bilan ishlab chiqarishning real natija berishi o‘rtasida ma’lum vaqt farqi mavjud bo‘ladi. Xalq xo‘jaligi miqyosida kapital qo‘yilmalar umumiy samaradorligining me’yoriy koeffitsenti Yen = 0,14 deb qabul qilingan: • sanoat tarmog‘i uchun Yen = 0,16, • qishloq xo‘jaligi uchun Yen = 0,12, • qurilish tarmog‘i uchun Yen = 0,22, • savdo sohasi uchun Yen = 0,25. Kelgusida ushbu me’yorlarning oshib borishi texnika taraqqiyoti, mehnat unumdorligining yaxshilanishi, mahsulotning material sig‘imi va asosiy fondlar sig‘imining kamaytirilishi bilan izohlanadi. Nisbiy iqtisodiy samaradorlik esa muayyan xo‘jalik-texnik vazifalarni hal etishda bir nechta variantlarni solishtirish orqali eng tejamkor (ratsional) variantni tanlashga xizmat qiladi. Ushbu
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 11, 2025 123 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us yondashuv, masalan, yangi texnikani joriy etish yoki korxonalarni modernizatsiya qilish kabi loyihalarda qaysi yechim iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ekanligini aniqlashga imkon beradi. Nisbiy samaradorlikni aniqlash uchun xarajatlar quyidagi formula orqali hisoblanadi: Ji+Sm⋅Ki=minJ_i + S_m \cdot K_i = \minJi+Sm⋅Ki=min bu yerda: • Kᵢ – variant bo‘yicha kapital qo‘yilmalar, • Jᵢ – mazkur variantning joriy xarajatlari, • Sₘ – kapital qo‘yilmalar samaradorligining me’yoriy koeffitsenti. Qaysi variant bo‘yicha hisoblangan qiymat eng kam bo‘lsa, iqtisodiy jihatdan afzallik o‘sha variantga beriladi. Kapital qo‘yilmalar samaradorligining me’yoriy koeffitsenti 0,14 bo‘lganda, investitsiyalarning o‘rnini qoplashning me’yoriy muddati: 10.14=7.1 yil\frac{1}{0.14} = 7.1 \text{ yil}0.141=7.1 yil Savdo tarmog‘i uchun Sₘ = 0,25 bo‘lganda, kapitalni qoplash muddati: 10.25=4 yil\frac{1}{0.25} = 4 \text{ yil}0.251=4 yil Ijtimoiy xarajatlarning asosiy maqsadi esa iqtisodiy natijadan tashqari qo‘shimcha ijtimoiy samaraga erishishdir. Bunga quyidagilar kiradi: • aholining yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash; • kasallanish ko‘rsatkichlarini kamaytirish; • ta’lim darajasini oshirish; • bo‘sh vaqtning ko‘payishi va undan samarali foydalanishni ta’minlash. Ijtimoiy samara, asosan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, savdo va xizmat ko‘rsatish, kommunal xo‘jalik muassasalarini barpo etish va modernizatsiya qilish orqali yuzaga keladi. Yakunda, investitsiyalar samaradorligini to‘g‘ri baholash moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, yuqori daromadga erishish, texnologik yangilanish, risklarni boshqarish hamda uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 25.12.2019 yildagi O‘RQ-598-son. 2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni, 2022 yil 28 yanvar. 3. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 24.12.1998 y. 4. Vahobov A.V., G'ozibekov D.G. "Investitsiyalarni moliyalashtirish". Darslik. -T.: "Moliya", 2023. - 356 b. 5. Vaxabov A.V., Xojibakiyev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv qo‘llanma.; i.f.d., professor A.V. Vaxabovning umumiy tahriri ostida. – T.: “Moliya”, 2010. – 328-b.