MILLIY MADANIYATNING O'ZIGA XOSLIGINI SAQLASHDA MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISHNING USTUVOR YO'NALISHLARI
Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada talabalarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini shakllantirish jarayonida ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Talabaning shaxs sifatida kamol topishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishi, madaniy-estetik qarashlarini rivojlantirishda bunday tadbirlarning samaradorligi asoslab beriladi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish, amalga oshirish va baholash bosqichlari hamda ushbu jarayonda o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro hamkorligi ko‘rsatib o‘tiladi. va madaniy xulq me’yorlarini shakllantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berilgan.
Full text
UZSCIENCE INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH Volume 3, Issue 11 November-2025 1 MILLIY MADANIYATNING O‘ZIGA XOSLIGINI SAQLASHDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI Abdullayeva Dilrabo Zubayevna O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Mustaqil izlanuvchi tadqiqotchisi Annotatsiya: Mazkur maqolada talabalarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini shakllantirish jarayonida ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Talabaning shaxs sifatida kamol topishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishi, madaniy-estetik qarashlarini rivojlantirishda bunday tadbirlarning samaradorligi asoslab beriladi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish, amalga oshirish va baholash bosqichlari hamda ushbu jarayonda o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro hamkorligi ko‘rsatib o‘tiladi. va madaniy xulq me’yorlarini shakllantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, talaba shaxsi, ma’naviy qadriyatlar, ma’naviyat darslari, madaniy-estetik tarbiya, interfaol metodlar ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ОРГАНИЗАЦИИ ДУХОВНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКИХ МЕРОПРИЯТИЙ ПО СОХРАНЕНИЮ САМОБЫТНОСТИ НАЦИОНАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ Абдуллаева Дилрабо Зубаевна Узбекский государственный институт искусств и культуры Независимый исследователь Аннотация: В данной статье анализируется роль и значение духовно-просветительских мероприятий, проводимых в образовательных учреждениях в процессе формирования духовнонравственного мировоззрения студентов. Обоснована эффективность таких мероприятий в становлении студента как личности, воспитании уважения к национальным и общечеловеческим ценностям, развитии его культурно-эстетических взглядов. Также рассмотрены этапы планирования, организации, реализации и оценивания духовно-
UZSCIENCE INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH Volume 3, Issue 11 November-2025 2 просветительской деятельности, а также сотрудничество преподавателей и студентов в данном процессе. В завершение приводятся практические рекомендации, направленные на формирование духовного иммунитета, культурного поведения и социальной активности студентов. Ключевые слова: духовно-просветительское воспитание, личность студента, духовные ценности, уроки духовности, культурноэстетическое воспитание, интерактивные методы PRIORITY DIRECTIONS OF ORGANIZING SPIRITUALEDUCATIONAL EVENTS IN PRESERVING THE IDENTITY OF NATIONAL CULTURE Abdullaeva Dilrabo Zubayevna Uzbek State Institute of Arts and Culture Independent Researcher Abstract: This article analyzes the role and importance of spiritual and educational activities organized in educational institutions in shaping students’ spiritual and moral worldview. The effectiveness of such activities in forming the student’s personality, fostering respect for national and universal values, and developing cultural and aesthetic perspectives is substantiated. The stages of planning, organizing, implementing, and evaluating spiritual and educational work, as well as the collaboration between teachers and students in this process, are examined. The article concludes with practical recommendations aimed at developing students’ spiritual immunity, cultural behavior, and social responsibility. Keywords: spiritual and educational upbringing, student personality, spiritual values, lessons of spirituality, cultural and aesthetic education, interactive methods. Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarning ma’naviy olamini mustahkamlash, ularni milliy g‘oya, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jamiyat barqarorligining asosiy omillaridan biridir. Axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi sharoitda yoshlar ongiga tezkor va bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi turli mafkuraviy oqimlar, g‘arbona turmush andozalari va iste’molchilik madaniyatining kuchayishi ma’naviy tarbiyaning mazmuni va uslublarini yangilashni talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan oliy ta’lim
UZSCIENCE INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH Volume 3, Issue 11 November-2025 3 muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish va talabalarni ushbu jarayonga faol jalb etish yoshlarning mustaqil fikrlashi, ijtimoiy faolligi, axloqiy pozitsiyasi va hayotiy qadriyatlarini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Talabalarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorligi ularning shaxsiy mas’uliyati, ijodkorligi va tashabbuskorligini oshirish bilan birga, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantiradi. Bu esa, o‘z navbatida, yosh avlodning ma’naviy immunitetini kuchaytirib, turli yot g‘oyalarga qarshi barqaror mafkuraviy pozitsiya shakllanishiga yordam beradi. Shuning uchun mazkur mavzuni ilmiy jihatdan o‘rganish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan “Yangi O‘zbekiston – yangi ma’naviyat” tamoyiliga asoslangan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning ma’naviy barkamolligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.[1;45] Xususan, quyidagi siyosiy-huquqiy hujjatlar mazkur yo‘nalishning normativ asosini tashkil etadi: • “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorlar; • “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish” davlat dasturlari; • O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi (2030yilgacha); • “Yoshlar – kelajagimiz” va “Yoshlar daftari” dasturlari; • Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish bo‘yicha farmoyishlar.[2;67] Mazkur siyosiy yo‘nalishlar yoshlarni har tomonlama yetuk, mustaqil fikrlaydigan, milliy o‘zligini anglaydigan, jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etadigan shaxs sifatida tarbiyalashga qaratilgan. Talabalarni ma’naviyma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga tayyorlash esa davlat siyosati oldiga qo‘yilgan ushbu strategik vazifalarning amaliy ifodasidir. Bugungi kunda globallashuv, axborot oqimlarining tezkorligi hamda madaniy-mafkuraviy jarayonlarning keskin faollashuvi ta’lim jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa yoshlar ongiga ta’sir etuvchi tashqi g‘oyaviy bosimlar, internet makonidagi turli mafkuraviy oqimlar, ommaviy madaniyat ko‘rinishlari ularda ma’naviy immunitetning kuchli bo‘lishini talab qiladi. Shu nuqtai nazardan talaba yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasini tizimli ravishda tashkil etish, ularni ma’rifiy tadbirlarni tashkil
UZSCIENCE INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH Volume 3, Issue 11 November-2025 4 etishga tayyorlash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.[3;87] Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya – bu shaxsning ichki dunyosini, ongini, qadriyatlar tizimini, estetik didini, madaniy munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan uzluksiz pedagogik jarayon bo‘lib, talabaning jamiyatda faol hayotiy pozitsiya egallashiga shirkat qiladi. Talaba nafaqat tayyor bilim oluvchi, balki ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qiluvchi subyekt sifatida shakllanishi zarur. (1-jadval) 1-jadval Talabalarning ma’naviy-ma’rifiy jarayonda faol bo‘lishi quyidagi psixologik sifatlar bilan izohlanadi: Psixologik sifat Izoh Ma’naviy mas’uliyat Talabaning jamiyat oldidagi burchi va qadriyatlarni anglash darajasi Ijtimoiy faollik Tashabbus ko‘rsatish, jamoatchilik faoliyatida ishtirok etish Kommunikativ madaniyat Jamoada muloqot qilish, fikr almashish, boshqalarni tinglash Refleksiya O‘z faoliyatini tahlil qila olish va xulosa chiqarish Demak, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar nafaqat tashkiliy jarayon, balki talaba shaxsining ijtimoiy-psixologik rivojlanish tizimidir.[4;112] O‘zbekiston Respublikasida yoshlar tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, quyidagi hujjatlar mazkur yo‘nalishning qonuniy asosini yaratadi: • “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (2020) • “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonun (2016) • 2030-yilgacha mo‘ljallangan Ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi • “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” tamoyili Mazkur hujjatlar yoshlarning ma’naviy barkamolligini oshirish, ularni vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik ruhida tarbiyalashni taqozo etadi.[5;124] Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra 2024-yil holatiga ko‘ra O‘zbekistonda talabalar soni 1,4 milliondan ortiq, yoshlarning 64% internetdan muntazam foydalanadi. Yoshlar orasida ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatish darajasi 86%ni tashkil etadi. So‘nggi uch yil ichida oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar soni 2,3 baravar oshgan (Vazirlik ma’lumotlari asosida).[6;90]
UZSCIENCE INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH Volume 3, Issue 11 November-2025 5 Bu esa yoshlar ongiga ta’sir qilish manbalari ham kuchayganini ko‘rsatadi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar avvalgidan ko‘ra metodik va texnologik jihatdan yanada takomillashtirilishi zarur. Bunda interfaol metodlar: “Debat”, “Aqliy hujum”, “Master-klass”, “Rollli o‘yin”, “Sinfdan tashqari davra suhbati” samaradorlikni oshiradi.[7;45] Talabalarni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga tayyorlash – bu ularni madaniy, axloqiy, mafkuraviy, ijtimoiy jihatdan yetuk shaxs etib tarbiyalashning asosiy vositasidir. Ushbu jarayon tizimli olib borilganda: • talabalarda ma’naviy immunitet shakllanadi; • milliy qadriyatlarga hurmat mustahkamlanadi; • ijodiy fikrlash va tashabbuskorlik rivojlanadi; • jamiyatda barqaror ma’naviy muhit shakllanadi. Shu bois, oliy ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini takomillashtirish zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar asosida amalga oshirilishi lozim.[8;54] Talabalarni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga tayyorlash bugungi globallashuv jarayonida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Yoshlar ongiga tashqi mafkuraviy bosimlarning kuchayishi, ommaviy madaniyat unsurlarining faol kirib kelishi, internet makonida turli axborotlar oqimining kuchayishi ularning ma’naviy olamini mustahkamlash zarurligini ko‘rsatadi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni puxta rejalashtirish va samarali tashkillashtirish talabaning shaxsiy mas’uliyati, ijodkorligi, axloqiy e’tiqodi, ijtimoiy faolligi va milliy o‘zlikni anglash xususiyatlarini rivojlantiradi. Talabalarni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga tayyorlash yo‘llarini yanada rivojlantirishga qaratilgan quyidagi tavsiyalarni berish mumkin: - Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimlashtirish zarur. Tadbirlar tasodifiy emas, balki uzluksiz, rejalashtirilgan va ilmiymetodik asosga ega bo‘lishi kerak; - Talabalarni tashabbuskorlikka rag‘batlantirish lozim. Ular tadbirning qatnashchisi emas, balki g‘oya muallifi, tashkilotchisi va baholovchisi sifatida ishtirok etsinlar; - Interfaol va ijodiy metodlardan foydalanish samaradorlikni oshiradi. Debatlar, davra suhbatlari, teatrlashtirilgan sahna chiqishlari, “ochiq minbar”, "rol o‘ynash" mashg‘ulotlari talabalarning faolligini kuchaytiradi;
UZSCIENCE INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH Volume 3, Issue 11 November-2025 6 - Raqamli axborot maydonidan to‘g‘ri foydalanish muhim. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’rifiy kontent yaratish, videoroliklar, podkastlar, bloglar yuritish yoshlarning qiziqishini oshiradi; - Mahalliy madaniyat va milliy urf-odatlarni tadbirlarga integratsiya qilish yoshlarning milliy o‘zligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida shuni ko‘rish mumkinki, talaba yoshlar faqat ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning ijrochisi emas, balki uning faol tashabbuskor tashkilotchisi bo‘lib shakllanishi mumkin. Bunda pedagoglarning metodik tayyorgarligi, ta’lim muassasalarining ruhiy-ma’naviy muhitni shakllantirishdagi roli, shuningdek madaniyat va san’at muassasalari bilan hamkorlik muhim o‘rin egallaydi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabaning dunyoqarashi, vatanga sadoqat tuyg‘usi, insoniylik mezonlarini anglash va jamiyatda o‘z o‘rnini belgilash jarayonida hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “Uzbekistan” NMIU, 2023. 2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2020 y., № ЗРУ–637. 3. O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2016. 4. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. – 464 b. 5. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176 b. 6. Qodirov E., Xudayberganov M. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar metodikasi. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020. – 210 b. 7. Sodiqova D. Talabalarda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda ma’naviy tadbirlarning o‘rni // Pedagogika va psixologiya jurnali. – 2022. – №3. – B. 45–52. 8. Turdiboyeva Z. Ma’naviy tarbiya tizimida zamonaviy yondashuvlar. – Toshkent: Fan, 2019. – 154 b. 9. Abdullayev D.I. Musiqa ta’limida ma’naviyat va estetik tarbiya masalalari // Ta’lim va innovatsiya. – Qarshi DU ilmiy jurnali, 2023. – №2. – B. 33–41.
UZSCIENCE INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH Volume 3, Issue 11 November-2025 7 10. G‘ulomov A., Hasanov B. Pedagogika. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. – 356 b. 11. Jomeev R.T. Talaba shaxsini shakllantirishda tarbiyaviy jarayonning o‘rni. – Buxoro: BDU nashriyoti, 2020. – 198 b. 12. Vigotskiy L.S. Psixologiya razvitiya lichnosti. – Moskva: “Pedagogika”, 2018. – 320 s. 13. Dewey J. Democracy and Education. – New York: The Macmillan Company, 2016. – 366 p. 14. Hofstede G. Culture and Organizations: Software of the Mind. – London: McGraw-Hill, 2017. – 298 p. 15. UNESCO. Education for Sustainable Development Goals: Learning Objectives. – Paris: UNESCO Publishing, 2020.