scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BYUDJET TASHKILOTLARIDA ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLISH VA ULARNING SAMARALI BOSHQARUVIDA KUZATILAYOTGAN MUAMMO VA CHEKLOVLAR

Eshqorayev, Javohir

Abstract

Ushbu maqolada budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini yuritish jarayonining mavjud holati, unda uchraydigan tashkiliy va uslubiy muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqotda resurslardan oqilona foydalanish, asosiy vositalarning to‘g‘ri baholanishi, amortizatsiya siyosatini takomillashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirishning ahamiyati yoritiladi. Natijada asosiy vositalarni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy- amaliy takliflar ishlab chiqiladi.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 87 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us BYUDJET TASHKILOTLARIDA ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLISH VA ULARNING SAMARALI BOSHQARUVIDA KUZATILAYOTGAN MUAMMO VA CHEKLOVLAR Eshqorayev Javohir Termiz Davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi talabasi [email protected] Annotatsiya Ushbu maqolada budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini yuritish jarayonining mavjud holati, unda uchraydigan tashkiliy va uslubiy muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqotda resurslardan oqilona foydalanish, asosiy vositalarning to‘g‘ri baholanishi, amortizatsiya siyosatini takomillashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirishning ahamiyati yoritiladi. Natijada asosiy vositalarni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiyamaliy takliflar ishlab chiqiladi. Kalit so‘zlar Budjet tashkiloti, asosiy vositalar, buxgalteriya hisobi, aktivlarni baholash, amortizatsiya, samaradorlik, davlat byudjeti, moliyaviy nazorat, raqamlashtirish, audit. Budjet tashkilotlarida zamonaviy iqtisodiy boshqaruv talablarining to‘liq amalga oshirilishi tejamkorlik, samaradorlik va shaffoflik ko‘rsatkichlarini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liq. Bunda, eng avvalo, buxgalteriya hisobi va tahliliy jarayonlarni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Budjet tashkiloti deb, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan va o‘z faoliyatini bevosita davlat tomonidan belgilangan vazifalar asosida amalga oshiradigan vazirlik, idora yoki muassasalarga aytiladi. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot Strategiyasida davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini oshirish, ijtimoiy tashabbuslarni moliyalashtirish va resurslardan oqilona foydalanish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Jumladan, “Fuqarolar byudjeti” mexanizmini kuchaytirish va byudjet taqchilligini nazorat ostida ushlab turish vazifalari ham budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi va ularni boshqarish jarayonini yanada takomillashtirishni talab etadi. Ilmiy manbalarning tahliliga ko‘ra, asosiy vositalar hisobini yuritish masalasi nafaqat iqtisodiy nazariyada, balki amaliyotda ham dolzarb bo‘lib, R. Raxmonov, S. Vohidov, M. Umarova, B. Hasanov va boshqa olimlar ushbu borada samarali ilmiy CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 88 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us yondashuvlarni ilgari surganlar. Shu bilan birga, asosiy vositalarning moliyaviy nazoratini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, ularning baholash mexanizmlarini takomillashtirish va monitoring tizimini kuchaytirish masalalari hali ham qo‘shimcha tadqiqot va takomillashtirishni talab etadi. Amaliyot ko‘rsatadiki, asosiy vositalarni hisobga olish jarayonida bir qator qiyinchiliklar mavjud. Bular, xususan: • vositalarni guruhlarga to‘g‘ri ajratishdagi noaniqliklar; • eskirgan va foydalanish muddati o‘tgan aktivlarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishning sustligi; • amortizatsiya siyosatini noto‘g‘ri qo‘llash; • axborot tizimlarining yetarli darajada integratsiyalanmaganligi; • nazorat va audit jarayonlarining yetarli darajada tizimlashtirilmaganligi. Ushbu muammolarni chuqur tahlil qilish natijasida ular shartli ravishda ikki toifaga ajratiladi: 1. Tashkiliy-texnik muammolar — resurslarni boshqarishdagi noaniqlik, texnologik vositalar eskirishi, axborot tizimlari yetishmasligi; 2. Uslubiy muammolar — normativ-huquqiy hujjatlarning takomillashmaganligi, amortizatsiya va baholash usullarini to‘g‘ri tanlamaslik va boshqalar. Shu bois, budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni samarali boshqarish uchun raqamlashtirilgan hisob tizimlarini joriy etish, baholash metodologiyasini qayta ko‘rib chiqish, audit jarayonlarini kuchaytirish va kadrlar malakasini oshirish zarurdir. Adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonuni, 3-modda. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoniga 1-ilova.www.lex.uz.