XX ASR BOSHLARIDA SHARQIY TURKISTONDA O'ZBEK TILINING QO'LLANILISHIGA DOIR
Full text
234 XX ASR BOSHLARIDA SHARQIY TURKISTONDA O‘ZBEK TILINING QO‘LLANILISHIGA DOIR Shahlo Karimova, Oriental Universiteti dotsenti, F.f.f.d, [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17556469 Annotatsiya. Mazkur maqolada Dilafkor, Barqiy, Zarif qori Toshkandiy, Farhatiy kabi o‘zbek shoirlarining asarlaridan tanlab olingan misollar tahlili asosida o‘zbek tili tarixiga nazar tashlanadi. Kalit so‘zlar: XX asr adabiyoti, uyg‘ur tili, fonologik vositalar, assimilyatsiya, leksik birliklar, ijodiy bahs, devon, g‘azal, musaddas. XX asr boshlarida Muqimiy, Zavqiy, Furqat kabi iste’dodli shoirlar ma`rifatchilik davri adabiyotining eng qizg‘in va eng suronli davrida barakali qalam tebratgan ijodkorlardir. Bu shoirlar peshqadam vakillari sirasida Sharqiy Turkistonda yashab faoliyat ko‘rsatgan bir qator O‘zbek ijodkorlari ham bor. Ularning ko‘pchiligi ham ijodda, ham ijtimoiy hayotda faol bo‘lganlar, O‘zbek ma’rifatparvarlik adabiyotining Sharqiy Turkistondagi rivojlanishiga muhim hissa qo‘shganlar. Shoirlar an’anaviy janrlarda g‘azal va sayohatnoma, maktub janrlarida ham o‘z mahoratlarini sinab bir qator asarlar yozgan. Ularda xalq hayotini tasvirlashga urinishlar: ijtimoiy hayot, insoniy sevgi-muhabbat, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, insonparvarlik g‘oyalarini ifodalaganlar va turmush tartibotiga kirib kelayotgan yangiliklarni adabiyotga badiiy so‘z vositasida olib kirganlar. Ayni davrda xo‘jalik va madaniy hayotning yuksalishi va taraqqiyoti yangi-yangi tushunchalarning til qatlamiga kirib kelishiga sababchi bo‘lganlar. O‘z navbatida leksik qatlamni yangi so‘zlar bilan boyitishga harakat qildilar. Mazkur davrda O‘zbek tili leksikasi 3 manba asosida boyib borganini qayd etgan ko‘plab mutaxassislar ularni quydagicha izohlaydi: 1. O‘zbek tilining o‘z ichki imkoniyatlari va qonun-qoidalari zaminida yuzaga kelgan so‘zlar hisobiga; 2. Xalqning jonli tili asosida; 3. O‘sha davrda adabiy til tarkibiga boshqa tillardan kirib kelayotgan so‘zlarni manba bo‘lib xizmat qilishida deb belgilaydilar. [1;125-126] Nafaqat rus tili, balki boshqa tillardan, jumladan, fors-tojik tilidan tilidan ham kirib kelgan so‘zlar tufayli bu so‘zlarning leksik va grammatik xususiyatlarida ham o‘zgarishlar o‘zbek tili, jumladan, uyg‘ur tiliga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Sharqiy Turkistonga u yoki bu sabablar bilan borib qolgan o‘zbek shoirlari aynan ona tiliga yaqin bo‘lgan uyg‘ur tili elementlarini ham qorishiq holatda ishlatdilar. Bu shoirlar asarlarining til xususiyatlari, qahramon tili, badiiy asar tili, muallif tili, stilistik did va
235 uslubga alohida e’tibor bilan qaratdilar. Natijada shoirlar qahramonlarning individual tili orqali ularning kasb-hunari va xarakterini ochib berishga, lirik qahramon “ichki tug‘yonlari”ni ta’sirchan ifodalashga intildilar. XIX asrning ikkinchi yarmidagi adabiy til va uslub taraqqiyoti uchun yangiyangi muammolarni olg‘a surdilar. Adabiy tilni yangi grammatik shakllar va leksik elementlar bilan boyitdilar. Bu ijodkorlardan biri o‘zbek ma’rifatparvarlik adabiyotining mashhur vakillari sirasida ijod qilgan shoir Dilafkordir. [2] Shoir ijodidagi til rivoji uchun muhim hissalar, uning lirik merosining til jihatdan tadqiqida oydinlashadi. Til o‘zida jamiyat va iqtisodiy-ijtimoiy turmushda bo‘lgan hamma o‘zgarishlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri va bevosita aks ettiradi. Shuning uchun ham Dilafkor asarlari tilida so‘zlashuv nutqiga xos xususiyatlar, mumtoz adabiyotga xos badiiy uslub va leksik-grammatik shakllar hamda uyg‘ur tiliga xos elementlar mavjud [3; 88-89]. Avvalo, shoir asarlarida poetik uslub va tilning xalqqa tushunarli, sodda, ravon bo‘lishiga intiladi [4; 132-135]. U hajv ostiga olingan shaxslarning ijtimoiy kirdikorlari, illatlari fosh etish usulidan san’atkorlik bilan foydalanadi. Tamsil, o‘xshatish, sifatlash, metaforalar bilan o‘xshatish bilan keskin fosh qiladi, she’rda ko‘tarinki ruh ustuvorlik qiladi. E’tibor qilinsa, qorin-qursoq, shaxsiy manfaat yo‘lida nafs yo‘lida manfur ishlardan qaytmas insonlarni xalq ning peshona teri bilan yuzaga kelgan mehnatni o‘ziga o‘zlashtirish va o‘zgalarga qarshilik intonatsiyalarni uqtirish, xitob va undovlar ko‘p. Shoir asarlarini oddiy tilda xalq tiliga yaqin tushunarli tarzda yetkazishga, tilni soddalashtirishga, xalq maqollari va ifodalaridan keng foydalanishga intilgan.[5; 142] Dilafkor she’rlarida xalq jonli tili xususiyatlari bilan birga ozarbayjon tili, ya’ni Fuzuliy she’riyatining ta’sirlarini ham oz o‘rinlarda bo‘lsa-da uchratamiz. Bu misollardagi so‘zlar g‘arbiy-adabiy tilning, ya’ni ozarbayjon tilining adabiy shakli asosida berilgan. Ayrim o‘rinlarda qaratqich kelishigi -ning, qo‘shimchasi -ning, -ni, - i shaklida ishlatiladi. Ma’lumki,-ing,-i qaratqich kelishigining eng qadimgi shaklidir. Tushum kelishigi qo‘shimchasi esa -ni, -n, -i shakllarida ishlatiladi. Chiqish kelishigining qo‘shimchasi -din,-tin,-in shaklida, jo‘nalish kelishigining qo‘shimchasi esa -g‘a, -ga, -ka, -a shakllarida ham g‘arbiy tilga xos xususiyat sifatida ko‘zga tashlanadi. Aniq o‘tgan zamon fe’lining I shaxs birligi -di,-ti yordamida hosil bo‘ladi. Masalan, hozirgi kelasi zamon fe’lining bo‘lishsizlik shakli esa -man, -men qo‘shimchasi bilan ham hosil qilinadi. Shuningdek, sifatdosh yasovchi -g‘an, -gan qo‘shimchasi -an shaklida ham qo‘llanadi. Zamondosh ijodkorlar sirasida xalq tilining leksik boyligidan keng foydalanish shoir asarlarining badiiy qiymatini oshirishga xizmat qilgan. Bu narsa sodda badiiy uslubda yozilgan shoir she’rlarining yuksak darajada xalqchilligini ta’minlagan va
236 jonli tilga yaqinlashishiga, xalqning xotirasida uzoq muddat saqlanishiga va tezroq yod olinishiga olib kelgan xususiyatlardir. She’riy matnlarda xalq qo‘shiqlari elementlari ham uchraydi. Dilafkorga zamondosh Barqiy [4; 87-88] xalq og‘zaki ijodi uslubiga ergashadi. Asar tilini ommabop qilishga urinishlar aynan oddiy xalq nutqida keng qo‘llanishda bo‘lgan mashhur maqollar, iboralar, matallar, cho‘pchaklar bolalar folkloridagi elementlarni qo‘llash yoki ularga ishora qilishlar ham uchraydi. Shuning uchun xalq maqollari, hikmatli so‘zlar, iboralarni asar misralariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bo‘lmasa, uning mazmunini saqlagan holatda mohirlik bilan singdiradi: Bir hikoyat bordurur andoqki, Mahmudi ayoz Man o‘zim har joydaman, albatta, ko‘nglim sandadur. Ushbu baytda keltirilgan Mahmudi Ayoz nomi xalq rivoyat va ertaklarida duch keladigan qahramon bo‘lib, aqlli va jo‘yali fikrlari bilan oddiy odamlarning, salatanat ishlarining muammosiga yechim topib bera oladigan, mazlumlarning og‘irini yengil qiluvchi va zolimlarni oxirda uyatda qoldiruvchi shaxs sifatidda gavdalanadi. [6; 7879.] Dilafkorga zamondosh ijodkorlardan shoir Barqiy ham [7] asarlarini muhim qadar sodda, ma’noli, ravon va obrazli bo‘lishi uchun xalq tili elementlaridan ustalik bilan foydalanib, go‘zal o‘xshatishlar, istiora, kinoya, mubolag‘a, sifatlash, majoz va qarshilantirish usullaridan unumli foydalanadi. Uning “Bormusiz”, “Dilrabo” she’rlarida bir xil shakldagi so‘zlarning turli ma`nolarda kelib tajnis san’atidan foydalanganligini ham ko‘rishimiz mumkin. Shoir she’rlarida mahalliy shevalarga xos xususiyatlar mavjudligi asarlarning morfologik xususiyatlari shu kabi she’rlar tilidagi olmoshlarning hozirgi o‘zbek tilidagi olmoshlarga aynan o‘xshashligi bilan xarakterlanadi. Biroq ko‘p o‘rinda III shaxs kishilik olmoshlari -ul tarzida, ko‘rsatish olmoshlari -shul,-bul tarzida qo‘llanadi. Leksik ifodaning xilma-xilligiga erishish maqsadida bahaqqi kabi kirish birikmalarni ham faol qo‘llanganligini ko‘ramiz. Masalan, -mi so‘roq yuklamasini - mu tarzida ishlatib, ohang va ritmik jihatdan o‘ynoqilikni hosil qilishda qo‘llaydi: Ahd qildingkim, Vatan xalqingga sodiq bo‘lg‘ali, Er yigitning so‘zlari bo‘lgaymu yolg‘on bo‘lmagay. Bilmagan ishini bilurman deb xatolashmak uyat Demak, bu parchalarda fe’l so‘z turkumiga xos bo‘lgan morfologik ko‘rsatishlar,-gani,-kani,-qani maqsad ravishdoshlari -g‘ali tarzida, -r, -ar sifatdosh qo‘shimchasi esa -r, -ur tarzida qo‘llanib, -moq harakat nomi qo‘shimchasi esa -mak tarzida ishlatiladi va bu davrga xos leksik-morfologik unsurlar sifatida xarakterlanadi. Barqiy ham xalq og‘zaki ijodi uslubiga ergashdi. Asarlar tilini ommabop qilishga intilgani aynan xalq maqollari, hikmatli so‘zlari va iboralarni asar
237 mazmuniga olib kirgani bilan ifodalanadi. Masalan, misralardagi “osh egasi bilan totliq”, “er yigitning so‘zi bitta” kabi maqollar 1 ham fikrimizga dalil bo‘la oladi. Shoir xalq maqollaridan foydalanar ekan, ulardan ilhomlanib o‘zi ham xalq maqollari darajasidagi hikmatli so‘zlar, iboralar ijod qiladi. Shoir asarlarini mumkin qadar sodda, ma’noli, qiziqarli, obrazli bo‘lishi uchun xalq tili elementlaridan foydalanarkan, original o‘xshatishlar, istioralar, kinoya, mubolag‘a, sifaltlashlar, majozlarni qo‘llaydi. Masalan: Bog‘ aro raftor qilsang, g‘unchalarda handadur Sarv ila shamshod-u ar-ar sanga dilbandadur. Shoir bu o‘rinda mashuqaning qaddi-qomatini sarv bilan shamshodga o‘xshatib, bog‘ uzra tik sayr qilib yurishi, hatto gulzordagi sarv bilan shamshodga ham hasad bo‘lishiga qiyoslanadi. Shoir bir o‘rinda omonim so‘zlardan ham foydalanadi. Barqiy g‘azal va muxammaslarida birla, ila ko‘makchilari, -kim, -ki, gar, lek bog‘lovchilari va bir qator yuklamalarning o‘sha davrdagi variantlaridan foydalanadi. Hozirgi kelasi zamon qo‘shimchasi quydagi shakllarda uchraydi. Hech ilojim yo‘qdurur qildim bo‘lak hummorig‘a Man o‘zim har joydaman, albatta, ko‘nglum sandadur. Yana boshqa morfologik xususiyatlar ham oydinlashadi. Shoir asarlarida qo‘llangan olmoshlar hozirgi o‘zbek tilida qo‘llangan olmoshlarga ham o‘xshaydi. Ey ulusim, yaxshiroq bul nechuk ilmi bilik Ma’rifatni bilmagaylar jondin yuvgay ilik. Zarif qori Toshkandiy ijodida qofiya talabiga ko‘ra bilig so‘zining bilik variantini qo‘llaydi. Tushum kelishigining qo‘shimchasini -ni,-ti tarzida ishlatiladi va bu ishlatilish Farg‘ona shevalariga xos morfolgik xususiyatlar bo‘lsa, bu shevalarga hamohang ohangda she’riy variantlarda qo‘llaydi. Chiqish kelishigi qo‘shimchasi - din, -tin tarzida, jo‘nalish kelishigi -a shaklida. Masalan: Gul qizorib sorg‘orur ra’no yuzungning rashkidin Bu gul oraz ila borsang agar bo‘ston aro. Qilmag‘il rohat tamannosin jahon ichra Zarif Kimsa rohat ko‘rmas bu kulbayi ahzon aro. Leksik qatlam nisbatan yengil shakllardan foydalaniladi. Ravishdosh -b, -ib - bon,-ibon shakllarida (“kezibon dahri haram”), ozarbayjon she’riyatiga xos. -r, -ar qo‘shimchasi -ur tarzida, -dim aniq o‘tgan zamon I shaxsning -misham kelishi (“tolibi yor o‘lmisham”) uchraydi. Yuqoridagi aytilganlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1 .1990.432تەب ىناس: ىچۈگزۈت: تەممەھۇم مىھەر. ر قلەخ لاقامۇغيۇئىرىللىسمەت
238 1. Ikki o‘lkada yashovchi aholining ijtimoiy, ma’naviy va madaniy hayotiga, ilmiy va adabiy jarayondagi rivojlanishlarda til jihatdan o‘zaro yaqinlik muhim rol o‘nagan. 2. XX asr boshlarida avval Turkiston madrasalari tahsilini ko‘rgan shoirlar uchun Qashqar, G‘ulja, Xo‘tan kabi shaharlarda ijodini davom ettirgan bo‘lsalar ham ular suz ichgan ma’naviy buloqlar mushtarak bo‘lgan: Hofiz, Shayx Sa’diy, So‘fi Olloyor, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Huvaydo, Fuzuliy, Navoiy, Mashrab kabi shoirlarning asarlariga muhabbat, badiiy adabiyot – mumtoz so‘zga yetaklagan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Tursunov O‘, O‘rinboyev B. O‘zbek adabiy tili tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1982. 2. Каримова Ш. Ўзбек мумтоз шеъриятида поэтик мазмун ва янгиланишлар (Завқий ва Муҳсиний ижоди мисолида): Филология фанлари номз. ...дисс. – Тошкент, 2018 3. ىتايىرشەن قلەخ ڭاجنىش .رەبكەئ رىداق :ناغنلاراييەت اقشىلىق رشەن .ىرىلىچۇغزاي كېبزۆئ ڭاجنىش Шинжонг ўзбек адиблари. Нашрга тайёрловчи: Қодир Акбар. Шинжонг халқ нашриёти.(uyg‘urcha)1989 й., 8889 бетлар. 4. Ҳурматжон Фикрат., Қодир Акбар. Ўзбек адабиёти тарихи. Урумчи: Шинжонг халқ нашриёти, 2005. (уйғур тилида) (Hurmatjon Fikrat., Qodir Akbar. History of Uzbek literature.Urumchi: Xinjiang People’s Publishing House, 2005. (in Uyghur). 5. Маллаудов С. Тарихий достонлар. Тўплам: Уйғур адабиёти ва фольклоридаги жанрлар. – Алмута, 1980. 6. 1990.432تەب ىناس: ىچۈگزۈت: تەممەھۇم مىھەر. ر قلەخ لاقامۇغيۇئ-ىرىللىسمەت 7. هﭘهﺳاهﭘ﴿ ىانرﯗﮊ ىيﻤاﺌ ىتيتﺳريﯟنﯝ ڭاﺟنيش .ىريﺳهت ىيقﯟهز هﺪيﺘايﺪاﺟﺌ ىرلرﺌلش كيبزﯢﺌ ﮛلﺨنش- .)ﯽﻣﺴق ﻦهﭘ ﯽﺌاﻣتﺟﺌ 4ﻦاﺳ2012ﯽلي12 Ш.Каримова. Шинжонг ўзбек шоирлари ижодиётида Завқий таъсири. Шинжонг Давлат университети хабарномаси. 2012-yil, 4-son. 8. Маматохунов У. Уйғур адабиёти классиклари. – Тошкент, 1960