scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GENDER YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI KASBLAR OLAMI BILAN TANISHTIRISH USULLARI

Barotova Shoxsanam Baxtiyor kizi, Toshimova Marjona Komilovna

Abstract

Ushbu maqolada gender yondashuv asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni kasblar olami bilan tanishtirishning samarali usullari yoritilgan. Bolalarda kasblar haqidagi dastlabki tushunchalarni shakllantirish, ularni qiziqtirish va kelajak kasb tanloviga tayyorlashda gender tenglik tamoyillarini hisobga olish muhimligi ta’kidlangan. Shuningdek, rolli o‘yinlar, vizual materiallardan foydalanish, interfaol mashg‘ulotlar va ota-onalar hamkorligida amalga oshiriladigan usullar misolida gender stereotiplarni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 381 GENDER YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI KASBLAR OLAMI BILAN TANISHTIRISH USULLARI Barotova Shoxsanam Baxtiyor kizi1, Toshimova Marjona Komilovna2 1assistant, Samarqand davlat pedagogika institute, 2Samarqand davlat pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17557402 Annotatsiya: Ushbu maqolada gender yondashuv asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni kasblar olami bilan tanishtirishning samarali usullari yoritilgan. Bolalarda kasblar haqidagi dastlabki tushunchalarni shakllantirish, ularni qiziqtirish va kelajak kasb tanloviga tayyorlashda gender tenglik tamoyillarini hisobga olish muhimligi ta’kidlangan. Shuningdek, rolli o‘yinlar, vizual materiallardan foydalanish, interfaol mashg‘ulotlar va otaonalar hamkorligida amalga oshiriladigan usullar misolida gender stereotiplarni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: gender yondashuv, gender tenglik, maktabgacha ta’lim, kasblar olami, kasb tanlash, kasbiy tasavvur, stereotiplar / gender stereotiplari, innovatsion o‘yinlar (AR/VR texnologiyalar) Аннотация: В статье рассматриваются эффективные методы знакомства детей с миром профессий в дошкольных образовательных организациях, основанные на гендерном подходе. Подчеркивается важность учета принципов гендерного равенства в формировании у детей первоначальных представлений о профессиях, развитии интереса к ним и подготовке к будущему профессиональному выбору. Также показаны способы преодоления гендерных стереотипов на примере ролевых игр, использования наглядных материалов, интерактивных упражнений и методов, реализуемых совместно с родителями. Ключевые слова: гендерный подход, гендерное равенство, дошкольное образование, мир профессий, выбор профессии, профессиональное воображение, стереотипы/ гендерные стереотипы, инновационные игры (технологии дополненной и виртуальной реальности) Abstract: This article examines effective methods for introducing children to the world of professions in preschool educational institutions, based on a gender approach. It emphasizes the importance of incorporating gender equality principles in developing children's initial understanding of professions, developing interest in them, and preparing them for future career choices. It also demonstrates ways to overcome gender stereotypes through role-playing, the use of visual aids, interactive exercises, and methods implemented jointly with parents. Key words: gender approach, gender equality, preschool education, world of professions, career choice, professional imagination, stereotypes/gender stereotypes, innovative games (augmented and virtual reality technologies) Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bolalikdan ta’limdagi tengsizliklar shakllana boshlaydi va ta’limda jinsga oid stereotiplar darhol paydo bo‘ladi. Shu bois gender yondashuv – ayol va erkak bolalarga teng huquqlar va imkoniyatlar berish, kasb-tanlash bo‘yicha noto‘g‘ri REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 382 stereotiplarni bartaraf etish – maktabgacha ta’limda dolzarb masaladir. UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda to‘rt 5 yoshli boladan bittasi hech qachon maktabgacha ta’lim olmadi, ya’ni 137 million bolaning 35 millioni bu bosqichga kira olmayapti. Shu bilan birga, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim qamrovi keskin ortdi: 2015–2021 yillarda 3– 6 yoshdagi bolalarning bog‘chaga ro‘yxatdan o‘tish darajasi 20 % dan 62 % ga ko‘tarildi. Bu ko‘rsatkich qiz va o‘g‘il bolalar o‘rtasida teng taqsimlanganligi ta’limdagi gender tengligini mustahkamlash uchun qulay zamin yaratadi. Shu sababli pedagoglar oldida bolalarda kasbga qiziqishni shakllantirish jarayonida jinsiy stereotiplardan holi muhit yaratish mas’uliyati turibdi. XX-asr oxiri va XXI-asr boshlarida qabul qilingan global hujjatlar (masalan, 1995 yilgi Pekin platformasi) har bir ta’lim bosqichida, jumladan maktabgacha ta’limda, darslik va metodik materiallardan jinsiy stereotiplarni chiqarib tashlashni tavsiya qilgan. Shu nuqtai nazardan, bola to‘liq rivojlanishi uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida gender tengligi tamoyillarini tatbiq etib borilmoqda. Gender tengligi – ayol va erkaklarga teng huquq, majburiyat va imkoniyatlarni kafolatlashni anglatadi. Ta’lim jarayonida bu tenglik quyidagicha aks etishi lozim: birinchidan, o‘g‘il va qiz bolalarga bir xil sharoit va resurslar taqdim etish, ularning qobiliyatini rivojlantirishda teng yondashuvni qo‘llasih Masalan, matematik va texnika fanlari faqat o‘g‘il bolalar uchun emas, balki qizlar uchun ham ochiq bo‘lishi kerak; san’at va unga uyg‘un kasblari esa faqat qizlar emas, erkaklar uchun ham tavsiya etilishi mumkin. Ikkinchidan, maktabgacha ta’lim muhitida jinsiy stereotiplarni qisqartirishga intilish lozim. O‘qituvchilar “o‘g‘il bola ham agar yiqilsa, jarohatlansa yoki xafa bo‘lsa yig‘lashi mumkin” yoki «qiz bolalar ham arava, asbob-anjomlar, uskunalar bilan o‘ynshi mumkin» kabi tasavvurlarni tarbiyaviy jarayonda tushintirib borilishi lozim. Uchrashuvlarda va o‘yin maydonchalarida jinsga qarab o‘yinchoqlarni ajratmaslik, bolalarni turli xil rollarga jalb qilish orqali stereotiplar bartaraf etiladi. Uchinchi tamoyil – gender neytralli — o‘yin va mashg‘ulotlarda jins bo‘yicha taqsimlanmagan muhit yaratishdir. Masalan, maktabgacha ta’lim muassasasida «qizlar» yoki «o‘g‘illar» o‘ynash joyi ayri bo‘lmaydi; qiz bolalar ham kuzovni (avtomobil) ta’mirlashga oid o‘yinchoqlar bilan, o‘g‘il bolalar esa pishirish, tashkilotchilik o‘yinlari bilan shug‘ullanishadi. To‘rtinchidan, ota-ona va tarbiyachilarni gender masalalari bo‘yicha muntazam xabardor qilib borish zarur. Pedagoglar va oilalarni gender tengligi haqida o‘qitish natijasida uyda ham maktabgacha ta’lim tashkiloti muhitidagi yondashuv davom ettiriladi. Beshinchi muhim tamoyil – o‘quv dasturi va o‘quv-metodik qo‘llanmalarda gender muvozanatiga e’tibor qaratish. Ilmiy tadbirlar va xalqaro tavsiyalar ta’kidlashicha, darsliklar, o‘yinchoqlar va boshqa o‘quv resurslari jinsga oid cheklovlarsiz tayyorlanib, turli kasb va rollar bo‘yicha xilma-xil namunalarni aks ettirishi lozim. Bolalarni kasblar olami bilan tanishtirishda jinsiy cheklovlardan holi metodlarni qo‘llash muhim. Buning uchun amaliy tajribalar (ekskursiyalar va uchrashuvlar) tashkil etish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar katta e’tibor bilan atrofdagi odamlar faoliyatiga qaraydi. Mutaxassislar aniqlashicha, ish joylariga uyushtirilgan ekskursiyalar bolalarning kasblarga oid tasavvurlarini shakllantirishda eng samarali vositadir. Bunday uchrashuvlar paytida pedagoglar tarbiyalanuvchilarga turli kasb egalari (masalan, erkak ham va ayol ham ish yuritadigan kasbsanoat, muhandislik yoki tibbiyot muassasalari) faoliyatini ko‘rsatadi. Ayol muhandis, erkak hamshira kabi rollar bolalarni gender bo‘yicha cheklanmagan dunyo bilan tanishtiradi. Rolli o‘yinlari qo‘llash orqali bolalarning tasavvuriga ijobiy ta’sir ko‘rsatish uchun turli kasblarga oid rollar yaratish zarur. Ularni guruhlarga bo‘lib, rol o‘ynash, kasbiy loyihalar REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 383 tayyorlash, muammolarni hal qilish vazifalarini berish orqali ijodkorlikni rag‘batlantirish mumkin. Masalan, “Shifoxona” yoki “Mehnat ustaxona” kabi o‘yin markazlarida qiz bola doktorlik, o‘g‘il bola maktab o‘qituvchisi rolida o‘ynashi mumkin. Bunday o‘yinlarda pedagog doim gender neytral tilda harakat qilib, bola bajarishi mumkin bo‘lgan har qanday kasbni yuqori baholar edi. Shuningdek, onlayn mentorlik loyihalari yoki interfaol videolar orqali ham ko‘rgazmali kasb ta’limini kengaytirish mumkin. Adabiyot va o‘quv resurslari. Bolalarga mo‘ljallangan kitob va multiplikatsion resurslar (animatsiyalar) tanlab olinayotganda keng turdagi kasblar tasvirlanganlariga e’tibor beriladi. Masalan, ertaklar to‘plamida ayol muallim, erkak hamshira kabi kam namoyon bo‘lgan obrazlar ham keltiriladi. Misol uchun, M.Montessori va Reggio Emilia kabi pedagoglarning yondashuvlarda maktabgacha ta’limda jinsiy asossiz qiziqarli asbob-uskunalar qo‘llaniladi, qiz bolalar ham aravachalar, qurilish asbob-uskunalari bilan, o‘g‘il bolalar esa oshxona jihozlari bilan o‘ynashi mumkinligi ta’kidlanadi.O‘yinchoqlar va materiallar jinsga qarab ajratilmasligi, hamma bola istalgan o‘yinchoq bilan o‘ynashga rag‘batlantirilishi pedagogik metodlardan biridir. Chorlov uslublari va tasvirlarni tanlash jarayonini ham gender steriotoplardan holi qilish. Kunlik so‘zlashuv, chorlov jarayonida, mash‘ulotlarda jinsga oid sarlavha, ibora va ko‘rinishlardan holi uslub qo‘llaniladi. Masalan, bolalrni chorlashda “qizlar, o‘g‘illar” toifalashdan voz kechib, “bolajonlar” yoki “do‘stlar” kabi neytral so‘z ishlatiladi. Bundan tashqari, ko‘rgazmalar, stiker va posterlar tayyorlarshda ham “qizlar uchun” yoki “o‘g‘illar uchun” toifalaridan foydalanilmaydi. Och-qalabaki munozaralar va o‘yinlar. O‘qituvchilar bolalarning fikrini tinglab, “Qaysi kasbni qilishni yoqtirar ekansan?” kabi savollar bilan ular bilan suhbat quradi. Pedagoglar “bu kasb faqat qizlarga mos emasmi?” degan stereotiplarga norozilik bildiradi va boshqalarning fikrini ham kiritib baham ko‘radi. Shu bilan birga, “Nega siz bu ko‘yinni tanladingiz?” kabi savollar bilan bolalarni o‘z qarorlarini himoya qilishga o‘rgatish, turli xulqatvor va qiziqishlari bo‘yicha do‘st guruhlarini birlashtiruvchi kross-avtiv o‘yinlar (masalan, “Nima qilishni xohlaysan? – Eshki bolokishi yoki kitobxona?”) orqali jamiyatdagi kasblarning xilma-xilligini o‘rgatish mumkin. NAEYC uyushtirgan bitta tajriba shuni ko‘rsatdiki, jinsga asoslangan bo‘limlar yo‘qligi va neytral til ishlatilishi bolalarda gender mezonlarini kamaytiradi. Amaliy usullar va innovatsion yangiliklarni kiritish ham kasblar bilan tanishtirishda amaliy yordam berib kelmoqda. kasblar olamini o‘rgatishda nafaqat an’anaviy, balki zamonaviy texnologiyalarni ham qo‘llash mumkin. Masalan, interfaol ta’lim o‘yinlari va masalalar orqali bolalar guruhlarga bo‘lingan holda kasblar sirlari bilan tanishadi. Virtual voqelik (VR) ekskursiyalar, interaktiv mobil ilovalar va onlayn viktorinalar yordamida turli kasblar bilan virtual sayohatlar uyushtirish mumkin. Kodlashtirish, robototexnika kabi STEM-modullar maktabgacha yoshda ham qiziqarli shaklda olib borilsa, qiz bolalar va o‘g‘il bolalarda ilm-fanga qiziqish uyg‘otiladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, shved maktabgacha ta’lim muassasalarida joriy etilgan gender neytral yondashuvdagi bolalar an’anaviy bog‘chalardagi tengdoshlariga nisbatan ish bo‘lish bo‘yicha kamroq stereotiplarga ega bo‘ladi. Shuningdek, pedagoglar ijodiy amaliyotlarga urg‘u berib, “Kasblar haqidagi ertaklar” yozish, loyihaviy ishlash, teatr yoki qo‘l mehnatini ahamiyatiga doir mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali kasblar haqida tasavvurini kengaytiradi. O‘zbekiston maktabgacha ta’lim sohasida so‘nggi yillarda katta o‘zgarishlar qilmoqda. O‘zbekiston Prezidenti va hukumatining “2030-yilgacha ta’limni rivojlantirish” konsepsiyasida REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 384 barcha bolalar uchun sifatli boshlang‘ich ta’lim kafolatlangani ta’kidlangan. 2022-yilda Toshkentda YUNESKO butunjahon konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi, unda har bir bolaning sifatli erta ta’lim olish huquqi yana bir bor tasdiqlandi. Jahon banki hisobotiga ko‘ra, o‘tkazilgan islohotlar natijasida 2021 yilda maktabgacha yoshdagi bolalar qamrovi 62 % ga yetdi va bu o‘g‘ilqiz o‘rtasida teng taqsimlandi. Kengaytirilgan bog‘chalar, xususan davlat bog‘chalari ayollarni ham bozorga jalb qilib, 2023 yilda taxminan 72 mingdan ortiq ayolni ish bilan ta’minladi. O‘zbek tadqiqotchilari interfaol metodlarni ta’lim jarayonida muhim deya ta’kidlaydi; ular ekskursiya va o‘yinlar bolalarning kasbga oid tushunchalarini shakllantirishda samarador ekanligini aniqlashgan. Xalqaro misollarga kelsak, Shvetsiyadagi gender neytral bog‘cha tajribasi ma’lumki, bolalarda gender stereotiplari kamayganini ko‘rsatdi. AQShdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida anti-bias pedagogikasi asosida tashkil etilgan sinflarda qizlar yuk mashinasi bilan, bolalar oshxonada pishirgich bilan o‘ynaydi, pedagoglar esa bolalarni «do‘stlar» deb chaqirishadi. Boshqa OECD mamlakatlari va Yevropa shtatlarida ham o‘qituvchilarning malakasini oshirish, darsliklarni tahlil qilish va yangi o‘quv dasturlari joriy etish orqali jinsiy tenglikni mustahkamlash bo‘yicha yondashuvlar amalga oshirilmoqda.. Statistik ma’lumotlar bu masalaning dolzarbligini ko‘rsatadi. Yuqorida keltirilganidek, O‘zbekiston maktabgacha ta’limga qamrovni keskin oshirish hisobiga so‘nggi 5 yilda bu bosqichdagi qamrovni uch baravar oshirdi.. Jinsiy tenglikni mustahkamlash borasida xalqaro reytinglar ham O‘zbekistonda ijobiy o‘zgarishlarni tasdiqlaydi: Jahon banki gender tengligi indeksida O‘zbekiston eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakatdan biri sifatida qayd etildi.. Biroq, bog‘cha yoshida kasb-tanlash bo‘yicha real stereotiplar hali ham mavjud: OECD hisobotiga ko‘ra, bolalar allaqachon maktab oldi davrida turli kasb va o‘yinlarda jinsiy xayollarga bo‘lingan bo‘lishi mumkin, shu sababli erta bosqichdan aralashuv zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Shokirova X. (2025). Gender yondashuv asosida kelajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasining amaliy jihatlari. Modern Science and Research, 2(3), 469–474. 2. Aminova N.H., Nosirova R.H. (2025). Maktabgacha yoshdagi bolalarning kasbga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirishning samarali usullari. Ta’limning zamonaviy transformatsiyasi, 17(1), 94–98. 3. OECD (2022). Gender Stereotyping in Education: Key Findings of the OECD Strength through Diversity Project. Paris: OECD Publishing. 4. UNESCO (2022). YUNESKO Butunjahon konferentsiyasi erta yoshdagi bolalar tarbiyasi va ta’limga sarmoyalarni koʻpaytirishga chaqiradi. (Onlayn press-reliz). 5. Dutton A. (2022). Gender Exploration in Preschool: A Director’s Story. Voices of Practitioners (NAEYC), Fall 2022, V.17. 6. World Bank (2023). Gender tengligi tahlili: O‘zbekistonda gender siyosati natijalari. Tahliliy hisobot. 7. Rajalin L. va boshq. (2017). Early preschool environments and gender: Effects of gender pedagogy in Sweden. Journal of Experimental Child Psychology, 154, 151–164.