scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O'YIN FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI. BOLA HAYOTIDA O'YINNING AHAMIYATI

Madgafurova Dilfuza Oxunovna, Abduraximova Ruxshona Azizjon qizi

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida o‘yin faoliyatining ahamiyati, uning rivojlantiruvchi, tarbiyaviy va ijtimoiylashtiruvchi funksiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘yin faoliyatining psixologik-pedagogik xususiyatlari, bolalarning aqliy, jismoniy va emotsional rivojlanishidagi roli yoritiladi. Ilmiy asoslangan holda o‘yin orqali bola shaxsi qanday shakllanishi, undagi liderlik, hamkorlik, muomala madaniyati kabi sifatlarning namoyon bo‘lishi izohlanadi.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 385 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O‘YIN FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI. BOLA HAYOTIDA O‘YINNING AHAMIYATI Madgafurova Dilfuza Oxunovna1, Abduraximova Ruxshona Azizjon qizi2 1Maktabgacha ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi, 2Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17557413 Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida o‘yin faoliyatining ahamiyati, uning rivojlantiruvchi, tarbiyaviy va ijtimoiylashtiruvchi funksiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘yin faoliyatining psixologik-pedagogik xususiyatlari, bolalarning aqliy, jismoniy va emotsional rivojlanishidagi roli yoritiladi. Ilmiy asoslangan holda o‘yin orqali bola shaxsi qanday shakllanishi, undagi liderlik, hamkorlik, muomala madaniyati kabi sifatlarning namoyon bo‘lishi izohlanadi. Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, o‘yin faoliyati, psixologik rivojlanish, ijodiylik, ijtimoiylashtirish, bolalar o‘yini, rolli o‘yin, didaktik o‘yin, sensor rivojlanish, emotsional rivojlanish. Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich, eng asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Mutaxassislar va o’qituvchilarning ilmiy xulosalariga ko’ra, inson barcha ma’lumotlar va ma’lumotlarning 70 foizini besh yoshga to’lgunga qadar oladi. Mana shu faktning o’zi, bolalarimizning barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiya va ta’lim qanchalik muhimligini yaqqol ko’rsatib turibdi. Xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribasini o’rganish shuni ko’rsatadiki, zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalari maktabgacha yoshdagi bolalarni ijobiy ijtimoiylashtirish, ularning har tomonlama shaxsiy, ma’naviy-axloqiy va bilimni rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi tegishli faoliyat turlari asosida ijodiy qobiliyat va tashabbuskor xulqatvor profilini shakllantirish, yosh qiziqishlari sohasida kattalar va tengdoshlari bilan muloqot qilish kabi shart-sharoitlarni yaratish bilan tavsiflanadi. Maktabgacha yosh — bolaning hayotida eng faol, ta’sirchan va intensiv rivojlanish davridir. Bu bosqichda bolaning shaxsiyati shakllanib boradi, atrof-muhit bilan faol muloqotga kirishadi, o‘z “men”ini anglay boshlaydi. Ana shu jarayonda o‘yin faoliyati bola uchun tabiiy ehtiyoj sifatida namoyon bo‘ladi va ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali vositalardan biri hisoblanadi. O‘yinning pedagogik va psixologik mohiyati. O‘yin — bu bolaning ichki dunyosini, kechinmalarini, tasavvurini va orzularini ifoda etish vositasi. Psixologlar fikricha, o‘yin orqali bola o‘zining hayotiy tajribasini boyitadi, atrofdagi voqea-hodisalarni qayta aks ettiradi. Lev Vygotskiy ta’kidlashicha, o‘yin – bolaning “yaqin rivojlanish zonasi”da sodir bo‘ladigan faoliyat bo‘lib, unda bola hali egallamagan ijtimoiy rollarni sinab ko‘radi, ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi. O‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda bolalarga mansub bo‘lgan mehnat ham, narsalar haqida fikr yuritish ham, san’at, xayol qilish, dam olish va xushchaqchaqlik manbalari ham mujassamlangandir. Mana shu jarayonlarning barchasi o‘yin REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 386 faoliyatida namoyon bo‘ladi hamda bolalar talab qilayotgan darajadagi to‘laqonli hayotni ta’min eta oladi. O‘yinning bolalarni maftun etuvchi tomoni ana shunda. O‘yin faqat tashqi muhitdagi, narsa va hodisalarni bilish vositasi bo‘libgina qolmay, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va mazmunli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birlikda ularning individual fazilatlari ham shakllanadi. Mana shu nuqtayi nazardan o‘yin maktabgacha ta’limtarbiya ishlari orasida eng asosiysi hisoblanib, markaziy o‘rinda turadi. Demak, maktabgacha yoshdagi ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq ravishda tashkil qila bilishga bog‘liqdir. Bolaning haddan tashqari o‘yinga berilib ketishini (xayoliy tarzda cho‘pdan yasalgan otni, stulchalardan qilingan paroxodni berilib haydashni) real voqelikdan chetga chiqib ketish deb qaramaslik kerak. Bola voqelikni, ya’ni o‘zi yashab turgan muhitni va undagi turli-tuman narsa hamda hodisalarni juda sevadi. Bola o‘zining voqelikka bo‘lgan cheksiz muhabbatini va undagi narsa hamda hodisalarni bilishga bo‘lgan intilishini o‘zining xilma-xil o‘yin faoliyatlarida ifoda etadi. Shuning uchun bola o‘zining turli variantdagi o‘yinlarida xayoliy muhit yaratib, voqelikni mumkin qadar to‘la va to‘g‘ri aks ettirishga intiladi. O‘yin faoliyatining asosiy turlari Maktabgacha yoshdagi bolalarda quyidagi o‘yin turlari keng tarqalgan: 1. Rolli (syujetli) o‘yinlar –Mazmunli-rolli o‘yinlar va ularning ahamiyati. Bolalar bog‘chada asosan mazmunli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarni o‘ynaydilar. Ular o‘zlarining turli o‘yinlarida kattalarning oilaviy hayot sharoitlariga doir hodisalarni, mehnat faoliyatlarini, bayramlarni, muhim sanalar kabi hodisalarni qayta tiklaydilar. 2. Didaktik o‘yinlar – tarbiyaviy maqsadga yo‘naltirilgan, bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlovchi o‘yinlar. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, didaktik o‘yin (loto, rasmli kubiklardan har turli ko‘rinishlar chiqara bilish, son-sanoq, mozaika, shashka, topishmoqlar kabi) maktabgacha yosh davrida oddiy o‘quv topshiriq usuliga ko‘ra bilim olishning samaraliroq yo‘lidir, didaktik o‘yinlar ko‘pincha turli vazifalar bilan bog‘liq bo‘lgan qobiliyatlar va tafakkurlarning rivojlanishiga yordam beradi. Bu jihatdan didaktik o‘yinlar katta guruh bolalarini maktabdagi o‘qish faoliyatiga tayyorlash vositalaridan biridir. 3. Harakatli o‘yinlar – bolalarning jismoniy rivojlanishiga xizmat qiladi. 4. Ijodiy o‘yinlar – bolalarning fantaziyasi va tasavvurini rivojlantiradi. 5. Qurilish va konstruktor o‘yinlari – mantiqiy fikrlash, muvofiqlashtirish va muhandislik qobiliyatlarini rivojlantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning qurish-yasash mashg‘ulotlari ularning kuzatuvchanligi va tafakkurining rivojlanishida alohida ahamiyatga egadir. Qurish-yasash o‘yinlari hamisha ma’lum maqsadga qaratilgan o‘yinlar bo‘lib, bolalardan murakkab o‘quv, malaka va bilimlarni talab qiladi. Qurish-yasash o‘yinlarida bolalar turli narsalarning detallari (ya’ni ayrim qismlari) faqat tashqi tomondangina emas, balki ichki tomondan ham o‘zaro uzviy bog‘liqligini bilib oladilar O‘yinning rivojlantiruvchi ahamiyati Intellektual rivojlanish: Didaktik va ijodiy o‘yinlar bola tafakkurining kengayishiga, xotira, diqqat, nutq va tafakkur jarayonlarining rivojlanishiga xizmat qiladi. Jismoniy rivojlanish: Harakatli o‘yinlar orqali bola harakat koordinatsiyasini, muvozanatini, chaqqonligini oshiradi. Ijtimoiylashtirish: O‘yinda bola boshqa bolalar bilan muloqot qiladi, fikr almashadi, navbat kutish, qoidalarga bo‘ysunish, murosa qilishni o‘rganadi. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 387 Emotsional rivojlanish: Bola o‘yin orqali o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etadi, stressni yengillashtiradi va o‘ziga ishonchini mustahkamlaydi. O‘yin faoliyatida tarbiyachining o‘rni kata ahamiyatga ega. Chunki tarbiyachi bola o‘yinga qiziqishini uyg‘otishi, uni faol ishtirokchi sifatida shakllantirishi va o‘yinni samarali tashkil etishi lozim. Bu orqali bola faqat vaqt o‘tkazmaydi, balki ko‘nikmalarni egallaydi, mustaqil fikr yuritadi. O‘yin orqali bilim berish, ya’ni o‘qitishning o‘yinga singdirilishi zamonaviy pedagogikaning muhim yo‘nalishidir. Tarbiyachi o‘yin orqali bolalarning fikrlash qobiliyatini, diqqatini, xotirasini va tasavvurini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi. Jumladan, rolli o‘yinlar orqali bola hayotiy voqealarni o‘zida aks ettiradi, ijtimoiy rollarni anglaydi va muloqot ko‘nikmalarini o‘zlashtiradi. Shuningdek, konstruktiv (qurilish) o‘yinlar orqali bola tafakkurini rivojlantiradi, ijodiy yondashuv hosil qiladi. Tarbiyachining asosiy vazifalaridan biri – o‘yinni rejalashtirish, unga pedagogik maqsadni singdirish va har bir bolaning ishtirokini ta’minlashdan iboratdir. Har bir o‘yinda bolalarning yoshiga, qiziqishlariga va individual xususiyatlariga mos yondashuv bo‘lishi lozim. Tarbiyachi bolalarga o‘yinda erkinlik berar ekan, shu bilan birga, ularni kuzatadi, yo‘naltiradi, kerakli vaqtda yordam beradi. O‘yin jarayonida bolalarda mehnatsevarlik, hamkorlik, liderlik, o‘zaro hurmat, tartib va intizom kabi sifatlar shakllanadi. Tarbiyachi bu jihatlarni o‘yin orqali singdiradi. Ayniqsa, jamoaviy o‘yinlarda bolaning jamoada o‘z o‘rnini topishi, mas’uliyatni his qilishi va boshqalar bilan muloqot qilish qobiliyati rivojlanadi. Zamonaviy ta’limda interaktiv va didaktik o‘yinlar orqali bilim berish usuli keng qo‘llanilmoqda. Bu usullar bolalarda nafaqat bilim va malakani shakllantiradi, balki ularni faol, mustaqil, tashabbuskor shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi. Shunday qilib, o‘yin – bu faqatgina ko‘ngilochar vosita emas, balki bolani har tomonlama rivojlantirish, unga ta’lim-tarbiya berishning samarali usulidir. Tarbiyachining bu jarayondagi roli – yo‘naltiruvchi, qo‘llab-quvvatlovchi, rag‘batlantiruvchi bo‘lib, u bolalarning shaxs sifatida kamol topishida muhim omil hisoblanadi. Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki o‘yin — maktabgacha yoshdagi bola hayotining mazmunidir. O‘yin orqali bola hayotni o‘rganadi, o‘z qiziqishlarini aniqlaydi, jismoniy va aqliy jihatdan yetuklashadi. Zamonaviy maktabgacha ta’limda o‘yinning o‘rni beqiyos bo‘lib, uning to‘g‘ri tashkil etilishi bolaning har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi. Shunday ekan, o‘yin faoliyati nafaqat vaqt o‘tkazish vositasi, balki samarali ta’lim-tarbiya metodidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Yo‘ldosheva G.T. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. – Toshkent: «Fan va texnologiya» nashriyoti. (2020). 2. Sodiqova Sh. Maktabgacha pedagogika. – T.,”Tafakkur bo„stoni”, 1992. 3. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006. 4. Karimova Z.M. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: «O‘qituvchi» nashriyoti. (2019). 5. Qodirova M.N. Didaktik o‘yinlar orqali bolalarni rivojlantirish. – Toshkent: «Ilm ziyo» nashriyoti. (2018). 6. Vigotskiy L.S. O‘yin va uning bola rivojlanishidagi o‘rni. – Moskva: Pedagogika. (2005). REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 388 7. Sultonova D.S. Maktabgacha ta’limda o‘yin faoliyatini tashkil etish. – Toshkent: «Innovatsiya ziyo» nashriyoti. (2021). 8. Sharipova N.I. Pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlar. – Toshkent: «Fan» nashriyoti. (2017). 9. Abdullayeva M.A. Maktabgacha ta’lim metodikasi. – Samarqand: «Zarafshon» nashriyoti. (2020). 10. Davronova D.I. Bolaning shaxsiy rivojlanishida o‘yin va uning turlari. – Buxoro: «Ilm va taraqqiyot».(2019). 11. Qosimova R.R. Ilk yoshdagi bolalarni tarbiyalashda o‘yin faoliyatining roli. – Nukus: «Bilimdon».(2021).